29.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-9
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 29.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-9
Kuchga kirish sanasi
29.08.2022
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “20 foizidan” degan so‘zlar “25 foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “emitentning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitalining 20 foizidan” degan so‘zlar “emitent ustav kapitalining 25 foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 1 va 1a-ilovalarning 11.7-bandidagi “baholash faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning raqami, berilgan sanasi va litsenziyaning amal qilish muddati, ko‘rsatilgan litsenziyani bergan organ.” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va berilgan sanasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 2v-ilovaning 7 va 10-bandlaridagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.