22.09.2020 yildagi PF-6065-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat koʻrsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4079-son qarori bilan respublikaning mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Keng jamoatchilik fikrlarini va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzildagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga hamda davlat xizmatlari markazlariga, almashtirish uchun esa oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tugʻilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tugʻilishi FHDY organi tomonidan qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan soʻng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga koʻra rasmiylashtirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartalari belgilangan hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun murojaat oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan kelib tushganda masʼul xodim tomonidan 15 kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportlari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom, amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti 2030-yil 31-dekabrgacha haqiqiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

Ichki ishlar vazirligi 2024-yil 1-yanvardan ID-kartalarni olish boʻyicha anketalarni toʻldirishda ICAO hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ingliz tilida fuqaroning familiya va ismini koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi 2024-yil 1-yanvarga qadar taqdim etilgan barcha ID-kartalar boʻyicha jismoniy shaxslarning maʼlumotlar bazasida fuqaroning familiya va ismini ingliz tilidagi maʼlumotlari bilan toʻldirilishini taʼminlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish, elektron navbatga turish va onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyati joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar davlat xizmatlarini olish yuzasidan murojaat qilganda va idoralararo oʻzaro elektron hamkorlikni tashkil qilishda dasturiy platformalardan keng foydalangan holda identifikatsiya ID-kartasidan foydalanish imkoniyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarni tatbiq etish orqali “Elektron hukumat” tizimini modernizatsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda fuqarolar davlat idoralari va tashkilotlariga murojaat qilganda identifikatsiya ID-kartasidan foydalanishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan texnik va texnologik sharoitlarni oʻrganilishini hamda joriy etilishini tashkillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 31-dekabrga qadar identifikatsiya ID-kartasidan foydalanishda xalqaro tajribani oʻrganib, uning asosida “Elektron hukumat” tizimining davlat va aholi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlari boʻyicha qoʻshimcha elektron shakllarini ishlab chiqib, takomillashtirishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda identifikatsiya ID-kartalarini Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Konsepsiya va uni amalga oshirish “Yoʻl-xaritasi” loyihalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini aholi orasida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6065-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish hamda undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik maʼlumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chip — ID-kartadagi biografik maʼlumotlar, raqamli fotosurat va qoʻl barmoq izi hamda boshqa maʼlumotlarni saqlovchi elektron qurilma;

personallashtirish — ID-karta egasining biografik va biometrik maʼlumotlarini ID-kartaga kiritish;

verifikatsiyalash — ID-kartaga kiritilgan biometrik maʼlumotlarning ID-karta egasining biometrik maʼlumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish;

maʼlumotlarni yigʻish punkti — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik va biometrik maʼlumotlarini jamlash, ID-kartalarni personallashtirish va berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda davlat xizmatlari markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta olish uchun talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) — ID-karta oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik va biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat.

3. ID-karta Oʻzbekiston Respublikasi mulkidir va uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi himoyasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tugʻilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra);

bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshdan — 10 yil muddatga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ID-karta qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. ID-karta belgilangan namuna boʻyicha lotin alifbosida oʻzbek tilida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqaroning xohishiga koʻra lotin alifbosida qoraqalpoq yoki oʻzbek tillarida personallashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. ID-karta blankasiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjatning nomi;

b) ID-kartaning raqami;

v) ID-karta egasining:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

tugʻilgan sanasi;

fuqaroligi;

tugʻilgan joyi;

jinsi;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

g) ID-kartaning:

berilgan sanasi;

kim tomonidan berilgani;

amal qilish muddati tugaydigan sana;

d) ID-karta egasining raqamli surati.

ID-kartada uning egasining imzosi boʻlishi shart (16 yoshga yetganidan keyin).

Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishda ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

8. Chipga ID-karta egasining quyidagi maʼlumotlari kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biografik maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tilida familiya va ismi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli surati;

qoʻl barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;

elektron raqamli imzo kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. ID-kartani rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. ID-kartani rasmiylashtirish va berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra — bola tugʻilgandan boshlab 16 yoshga toʻlguniga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro 16 yoshga toʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-kartaga yoki chipga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta yoʻqotib qoʻyilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaro tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va elektron talabnoma shakllantirilgan kundan boshlab bir ish kunida koʻrib chiqiladi.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro ID-kartani yoʻqotgan taqdirda oʻziga qulay boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat etadi. Yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yoʻqolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida beriladi;
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chipga millati haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onalar turli millatga mansub boʻlishsa, birinchi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohishiga qarab otasining yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik, fuqaroning yozma arizasiga koʻra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga oʻzgartirilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga toʻlgandan soʻng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va millati oʻzgargandan soʻng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqaro ID-karta olish uchun oʻziga qulay boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shakldagi ariza-anketa;

ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);

davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas).

12. ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan hujjatlar toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar ID-karta olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga shaxsan oʻzlari yoki qonuniy vakillari orqali (ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punktining masʼul xodimi tomonidan oʻn besh kun muddatda ushbu shaxslarni yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

14. Haqiqiy harbiy xizmatni oʻtab, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartasi boʻlmagan harbiy xizmatchilarga ID-karta kontrakt asosida xizmat qilgan harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma asosida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilariga ID-kartalar harbiy qism joylashgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan tegishli harbiy qism rahbarlarining yozma iltimosnomalari asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maʼlumotlarni yigʻish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va ID-kartani rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizachiga avval jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilmagan yoki jismoniy shaxsning avvalgi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan biriktirilgan boʻlsa, talabnoma ID-kartaga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi talabnomadagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va toʻgʻriligini tekshiradi, mavjud boʻlmagan hollarda esa real vaqt rejimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar fuqaro qoʻl barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud koʻzoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, maʼlumotlarni yigʻish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ID-karta bepul almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish boʻyicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. 16 yoshga toʻlgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, fuqaroning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga ID-kartasi maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shakldagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqidagi tasdiqlangan qaror nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlanganligi axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi ID-kartani rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.
(202 — 203-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. ID-kartadan foydalanish

21. ID-karta egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. ID-karta yoʻqolgan taqdirda, fuqaro darhol yangi ID-kartani olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Topib olingan ID-karta ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vafot etgan shaxsning ID-kartasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ID-kartani yoʻq qilish maqsadida maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsning ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilsa, uning ID-kartasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga yuboriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida yoki jazo muddatini oʻtab boʻlgach, unga ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan qaytariladi.

ID-karta surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan taqdirda, yangi ID-karta vakolatli organning olib qoʻyish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlaridan ozod etilgan va pasporti yoki ID-kartasini yoʻqotgan shaxslarga ID-karta berish masalalari ilgari hujjatlashtirilgan yoki soʻngi yashash joyi yoxud turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlsalar, koʻrib chiqiladi.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Fuqaroga yangi ID-karta berish chogʻida ilgari berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-karta yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish istagini bildirgan fuqaro ID-kartani soʻnggi yashash joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoki turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Fuqaro ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmasligi, uni yaroqsiz holga keltirishi, yoʻqotib qoʻyishi, shuningdek, boshqa shaxsga tegishli boʻlgan ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qoʻyish, ID-kartadan gʻarazli maqsadlarda foydalanish, uni yoʻq qilish, yaroqsiz holatga keltirish yoki yashirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan javobgarlik belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida ID-karta yoʻqolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati boʻlganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan soʻrov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan maʼlumotnoma olinadi.

ID-karta oʻgʻirlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga maʼlumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga voyaga yetmagan shaxslar nomidan murojaat qilgan shaxslar yoki voyaga yetgan va ID-kartani birinchi marotaba olayotgan fuqarolar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra — bola tugʻilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga toʻlganda;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);

davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik maʼlumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Personallashtirish agentligi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va toʻgʻriligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasidareal vaqt rejimida

4-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni davomida

5-b?sqich

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yoʻqotib qoʻyilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

6-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtiradi va beradi.

ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga toʻlgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni soliq toʻlovchi sifatida hisobga oladi.

Maʼlumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Maʼlumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Fuqaroning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Oʻzgarish boʻlgan kuni real vaqt rejimida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish hamda undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) — egasining shaxsini va fuqaroligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, egasining shaxsiy biografik va biometrik maʼlumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chip — ID-kartadagi biografik maʼlumotlar, raqamli fotosurat va qoʻl barmoq izi hamda boshqa maʼlumotlarni saqlovchi elektron qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
personallashtirish — ID-karta egasining biografik va biometrik maʼlumotlarini ID-kartaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiyalash — ID-kartaga kiritilgan biometrik maʼlumotlarning ID-karta egasining biometrik maʼlumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni yigʻish punkti — ID-karta olish uchun murojaat qilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biografik va biometrik maʼlumotlarini jamlash, ID-kartalarni personallashtirish va berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda davlat xizmatlari markazlari.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta olish uchun talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) — ID-karta oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik va biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga quyidagi muddatlarga beriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tugʻilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshdan 60 yoshgacha — 5 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 yoshdan oshganlarga — 10 yil muddatga.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarolariga ID-karta uning milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi), shuningdek, ularning oila aʼzolariga (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlariga) — ID-karta 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. ID-karta qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. ID-karta belgilangan namuna boʻyicha lotin alifbosida oʻzbek tilida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xohishiga koʻra lotin alifbosida qoraqalpoq yoki oʻzbek tillarida personallashtiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. ID-karta blankasiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjatning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ID-kartaning raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ID-karta egasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ID-kartaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kim tomonidan berilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish muddati tugaydigan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ID-karta egasining raqamli surati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-kartada uning egasining imzosi boʻlishi shart (16 yoshga yetganidan keyin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishda ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chipga ID-karta egasining quyidagi maʼlumotlari kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biografik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millati mavjud boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli surati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron raqamli imzosi kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. ID-kartani rasmiylashtirish, berish, almashtirish va bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. ID-kartani rasmiylashtirish va berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga:
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga koʻra — bola tugʻilgandan boshlab 16 yoshga toʻlguniga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs 16 yoshga toʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ID-kartaga yoki chipga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ID-karta yoʻqotib qoʻyilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, fuqaroligi, jinsi oʻzgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida koʻrib chiqiladi.
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ID-kartani yoʻqotgan taqdirda, yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yoʻqolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida beriladi.
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. ID-kartasi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs 16 yoshga toʻlganda ID-karta olish uchun bir oydan kechikmasdan maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xorijiy davlatlarga vaqtincha chiqqan, Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs xorijda boʻlgan vaqtda ID-kartaning amal qilish muddati tugasa yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, fuqaroligi, jinsi oʻzgargan boʻlsa, shuningdek, chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki qabul qilgan hamda tegishli yoshga yetgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelganidan soʻng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli hujjatlar bilan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzildagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga ID-kartani almashtirish masalasida murojaat qilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs ID-karta olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosining milliy pasporti (Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;

tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki fuqaroligini yoʻqotgan holatda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan hujjatlar toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar ID-kartani rasmiylashtirish va olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga shaxsan oʻzlari yoki qonuniy vakillari orqali (ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punktining masʼul xodimi tomonidan oʻn besh kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maʼlumotlarni yigʻish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va ID-kartani rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizachiga avval jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilmagan yoki jismoniy shaxsning avvalgi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan biriktirilgan boʻlsa, talabnoma ID-kartaga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi talabnomadagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va toʻgʻriligini tekshiradi, mavjud boʻlmagan hollarda esa real vaqt rejimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs qoʻl barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud koʻzoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, maʼlumotlarni yigʻish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ID-karta bepul almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish boʻyicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ushbu shaxs bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, shaxsning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagi holatlarda Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning ID-kartasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bekor qilinadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar u uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi yashash manziliga qaytmasa;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha xorijga chiqqan fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi yashash manziliga qaytmasa yoki xorijda uni almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bekor qilish toʻgʻrisida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet davlatdagi tegishli organlarning soʻroviga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda — fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining oʻlim haqida guvohnoma yoki maʼlumotnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosi milliy pasportining amal qilish muddati tugaganidan soʻng olti oy davomida uni almashtirmasa yoki oʻz davlati fuqaroligidan chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs ID-kartani olayotganda yoki uni almashtirishda oʻzi yoki qarindoshlari haqida yolgʻon maʼlumot berganda, qalbaki, soxta hujjatlarni taqdim etganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning bekor qilingan ID-kartasi shaxsning soʻnggi yashash joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punkti yoki turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga yoʻq qilish uchun topshirilishi shart.
(22-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yoʻq qilish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning 22-bandi oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshi asosida ID-kartasi bekor qilingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga 30 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi toʻgʻrisida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan ogohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketishdan bosh tortgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq chora koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. ID-kartadan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. ID-karta egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. ID-karta yoʻqolgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs darhol yangi ID-kartani rasmiylashtirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Topib olingan ID-karta egasiga qaytarish uchun ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vafot etgan shaxsning ID-kartasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ID-kartani yoʻq qilish maqsadida maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsning ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinsa, uning ID-kartasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida yoki jazo muddatini oʻtab boʻlgach, unga ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan taqdirda, yangi ID-karta vakolatli organning olib qoʻyish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yangi ID-karta berish chogʻida ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan olib qolinadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Fuqaroligi oʻzgargan yoki xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs ID-kartani soʻnggi yashash joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punkti yoki turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yoʻq qilish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmasligi, uni yaroqsiz holga keltirishi, yoʻqotib qoʻyishi, shuningdek, boshqa shaxsga tegishli boʻlgan ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qoʻyish, ID-kartadan gʻarazli maqsadlarda foydalanish, uni yoʻq qilish, yaroqsiz holatga keltirish yoki yashirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan javobgarlik belgilanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida ID-kartasi yoʻqolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisida murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati boʻlganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan soʻrov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan maʼlumotnoma olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs ID-kartasi oʻgʻirlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga maʼlumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga voyaga yetmagan shaxslar nomidan murojaat qilgan shaxslar yoki voyaga voyaga yetgan va ID-kartani birinchi marotaba olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsan javobgar hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra — bola tugʻilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga toʻlganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda yoki fuqarolikni yoʻqotganda;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

chet davlat fuqarosining milliy pasporti (Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi (Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yoʻqotgan holatda);

tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki yoʻqotgan holatda);

davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari)

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik maʼlumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Personallashtirish agentligi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va toʻgʻriligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida

4-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni davomida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yoʻqotib qoʻyilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan maʼlumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

6-bosqich

Maʼlumotlarni yigʻish punkti

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga ID-kartani rasmiylashtiradi va beradi.

Ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya

ID-kartalari berilganligi toʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliqqoʻmitasi

va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga toʻlgan shaxslarni soliq toʻlovchi sifatida hisobga oladi.

Maʼlumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga toʻlgan shaxslarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Maʼlumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Shaxsning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Oʻzgarish boʻlgan kuni real vaqt rejimida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6065/1316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)