29.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745-6
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 29.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745-6
Kuchga kirish sanasi
29.08.2022
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son “Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “malaka guvohnomasiga” degan so‘zlar “malaka sertifikatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d” kichik banddagi “malaka guvohnomasiga” degan so‘zlar “malaka sertifikatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning “g” kichik bandidagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport ma’lumotlari yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.