Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2023 07.06.2022 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli “Malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini olish uchun talabgorga qoʻyiladigan talablar va attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxslarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etish boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Reglament talablari qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy), fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida ishlashga talabgor boʻlgan yoki ishlayotgan hamda oliy maʼlumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — attestatsiyadan oʻtkazish) — qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarishda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati — vakolatli organ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, markaziy depozitariy, fond birjasi va valyuta birjasi fond boʻlimi nomidan qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish huquqini tasdiqlovchi va tegishli toifasi koʻrsatilgan tarzda jismoniy shaxsga beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro etuvchi organi rahbari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbari, fond birjasining ijro etuvchi organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbari va valyuta birjalarining fond boʻlimi rahbari lavozimini egallash uchun talab etiladigan malaka toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarida, markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boʻlimlari, fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida mutaxassis sifatida ishlash uchun talab etiladigan malaka toifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish boʻyicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish uchun malaka sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan hamda ushbu Reglamentga 1a va 1b-ilovalarga muvofiq elektron shaklda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan malaka sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi shaxslar qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan oʻtishlari shart (ushbu Reglamentning 9-bandida qayd etilgan hollar bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond boʻlimi rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi va (yoki) qimmatli qogʻozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boʻlimlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond boʻlimlarining mutaxassislari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan shaxslar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan lavozimlarni egallashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmasdan majburiy attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi xatboshida qayd etilgan muddat davomida malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar tegishli lavozimlarni qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etish, xizmatlar koʻrsatish va (yoki) qimmatli qogʻozlar bozorida ishlarni bajarish huquqisiz egallashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida, fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida ishlayotgan malaka sertifikatiga ega xodimlar ikki kishidan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshidagi xodimlarning lavozimlari, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari koʻrsatilgan roʻyxat xoʻjalik yurituvchi subyektning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagi shaxslar istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi imtiyozli diplomga ega oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari, (agar oliy maʼlumotga egaligi toʻgʻrisidagi diplom berilgan kundan uch yildan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi besh yil mobaynida CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI — The Financial Markets Association xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud Moliyaviy risk menejer FRM sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega boʻlgan shaxslar vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtmasdan va belgilangan yigʻimni toʻlamasdan, II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Attestatsiya komissiyasining ish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli organ huzurida attestatsiya savollarini tuzish, qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash, jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish, attestatsiyani oʻtkazish bilan bogʻliq yuzaga kelgan bahsli masalalarni hal qilish, attestatsiya natijalarini rasmiylashtirish va attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan shaxslarning apellyatsiyalarini koʻrib chiqish maqsadida attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Attestatsiya komissiyasi vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan vakolatli organning mansabdor shaxslari va mutaxassislari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi hamda uning rais va rais oʻrinbosari hamda aʼzolardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi majlislarining kun tartibidagi masalalar muhokamasi va qabul qilingan qarorlarning xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida boshqa davlat boshqaruvi organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlari, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasi vakillari attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining raisi vaqtincha boʻlmaganda (xizmat safari, mehnat taʼtili, betoblik sababli), attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari komissiyaga raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq tashkiliy masala va tadbirlar attestatsiya komissiyasi kotibi (keyingi oʻrinlarda — kotib) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kotib quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan talabgorlar roʻyxatini shakllantirish, bu haqda talabgorlarni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalariga asosan tegishli malaka sertifikatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va talabgorlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Attestatsiya komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan shaxslarning apellyatsiyalarini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Attestatsiya savollarini tuzish, qayta qoʻrib chiqish va tasdiqlash, attestatsiyani oʻtkazish bilan bogʻliq yuzaga kelgan bahsli masalalarni hal qilish, attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan shaxslarning apellyatsiyalarini koʻrib chiqish va malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda uni bekor qilish bilan bogʻliq masalalar attestatsiya komissiyasining majlislarida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasining majlislari zaruratga koʻra, lekin kamida bir oyda bir marta oʻtkaziladi. Kotib attestatsiya komissiyasining majlisini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining majlisi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida qatnashayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining yoki attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmaganda, raislik qiluvchi shaxsning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi oʻtkazilishi (majlis oʻtkaziladigan sana, joy va vaqti) toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasining aʼzolari kotib tomonidan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ buyrugʻiga asosan attestatsiya komissiyasining sayyor majlislari ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Attestatsiya savollarini ishlab chiqish uchun tegishli yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgorlar malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgorlar davlat xizmatlari markazlariga bevosita oʻzlari yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgorlar nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — talabgorlar mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3a, 3b va 3v-ilovalarga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilganda, talabgorlar undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng, YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda esa — talabgorlar tomonidan zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabgorlar tomonidan ushbu Reglamentga 3a va 3v-ilovalarga muvofiq shaklda soʻrovnoma toʻldiriladi. Mazkur soʻrovnomalarga talabgorlar quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Reglamentning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar attestatsiyadan oʻtmasdan II toifali malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 3b-ilovaga muvofiq shaklda soʻrovnoma toʻldiradi. Mazkur soʻrovnomaga talabgorlar tomonidan quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs boʻlgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi imtiyozli diplom maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar tomonidan soʻrovnomaga ushbu bandning toʻrtinchi xatboshidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish staji toʻgʻrisida maʼlumotlar (olish imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi oʻzgartirilgan boʻlsa, bu toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi ERIni qoʻllagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgorlar davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzlari yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, ularning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorlar identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlangandan soʻng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Talabgorlar tomonidan ushbu Reglamentga asosan soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq emasligi, tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan va taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan yigʻimni toʻlanmaganligi davlat xizmatlari koʻrsatilishini rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vakolatli organ talabgorlarning soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabgorlarning soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar talabgorlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan elektron shakldagi xabarnoma talabgorlarga 28-bandda belgilangan muddat ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hujjatlari qaytarilgan talabgorlar rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng mazkur Reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda qayta murojaat qilinganda, talabgorlardan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Talabgorlar yetti ish kuni muddati oʻtgandan keyin takroran murojaat qilgan taqdirda, soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi esa qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kotib tomonidan attestatsiya oʻtkaziladigan kundan besh kun avval attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati shakllantirilib, attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroran murojaat qilgan va attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan biroq, shakllantirilgan roʻyxatga kiritilmagan talabgorlar navbatdagi oʻtkaziladigan attestatsiyaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati tasdiqlangan kuni kotib tomonidan talabgor(lar)ning attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilganligi, attestatsiya oʻtkaziladigan sana, joyi va vaqt toʻgʻrisida tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda uni talabgorlarga ular soʻrovnomada koʻrsatgan elektron manzil boʻyicha yuboradi. Davlat xizmatlari markazi talabgorlarning soʻroviga koʻra xabarnomani qogʻoz shaklida berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xabarnoma vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda talabgorlarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, ularning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka sertifikatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi. Agar ushbu kun bayram kuniga toʻgʻri kelsa yoki texnik sabablarga koʻra ushbu kunda attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish shu oyning boshqa payshanba kuni oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga qarab, kotib attestatsiya komissiyasi aʼzolari bilan kelishgan holda, attestatsiyadan ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan sanadan boshqa sanada oʻtkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kotib tomonidan belgilangan attestatsiyadan oʻtkazish kunida attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyxatiga kiritilgan talabgorlar belgilangan vaqtda attestatsiyadan oʻtkaziladigan joyga yetib kelishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar oʻz yonida pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlishi lozim. Pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlmagan yoki attestatsiyaga kechikib kelgan talabgorlar kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ketma-ket ikki marta uzrli sababsiz attestatsiyadan oʻtishga kelmagan talabgorlar vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatidan chiqariladi hamda attestatsiya oʻtkazish boʻyicha ish tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya oʻtkazish boʻyicha ish tugatilgan kundan keyin bir ish kuni mobaynida talabgorlarga ular soʻrovnomada koʻrsatgan elektron manzil boʻyicha xabarnoma yuboriladi va talabgorlar bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi. Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qaytadan taqdim etish umumiy tartibda yangidan murojaat etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtishga kela olmagan taqdirda, ular navbatdagi attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazish jarayoniga texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur dasturiy-texnik uskunalarga ega boʻlgan tashkilot bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya natijalari yuzasidan kompyuter maʼlumotlar bazasini saqlash uchun javobgarlik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar attestatsiyadan test sinovi orqali ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi jami 90 ta savoldan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich talabgorlarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 60 daqiqa beriladi va ular birinchi bosqichda kamida 45 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich talabgorlarning boshqaruv qobiliyati va maʼnaviy dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan 30 ta maxsus savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 30 daqiqa beriladi va talabgorlar ikkinchi bosqichda kamida 22 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlardan faqat birinchi bosqich test sinovini muvaffaqiyatli topshirish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi talabgorlarning tanloviga koʻra davlat yoki rus tillarida kompyuter dasturidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) kompyuter vositasi orqali oʻtkaziladi va natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Attestatsiya natijalariga koʻra test sinovlarini topshirib boʻlgan talabgorlar shu vaqtning oʻzida “attestatsiyadan oʻtdi” yoki “attestatsiyadan oʻtmadi” deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Test sinovi oʻtkazilayotgan vaqtda talabgorlarning quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma, qoʻllanma yoki adabiyotlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa texnika vositalaridan, shu jumladan, uyali aloqa vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan talablar buzilgan taqdirda, talabgorlar attestatsiyadan chetlashtiriladi va attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida test sinovi jarayonlari toʻliq va uzluksiz tarzda onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi hamda videoyozuvga (ovozli) yozib olinadi va ushbu videomateriallar vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Test sinovi natijalariga asosan attestatsiya oʻtkazilgan kuni attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan shaxslarga tegishli malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinadi va bu toʻgʻridagi maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vakolatli organ malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan keyingi ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERI bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorlarga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorlarning elektron manziliga yuboradi va ularni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga talabgorlar oʻzlari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning soʻroviga koʻra malaka sertifikati elektron yoki qogʻoz shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan talabgorlarga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda talabgorlarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan talabgorlar umumiy tartibda yangidan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan talabgorlarga Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Attestatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar apellyatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yozma shaklda shikoyat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbari buyrugʻiga muvofiq besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari (komissiya raisi), tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasi vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyasi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Apellyatsiya komissiyasi shikoyat kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida uni koʻrib chiqishi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha talabgorlarga apellyatsiya komissiyasining qarori apellyatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolangan komissiya majlisi bayonnomasidan koʻchirma koʻrinishida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagilar haqida qarorlar qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirish va ularni “attestatsiyadan oʻtdi” deb topish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Apellyatsiya komissiyasining talabgorning arizasini qanoatlantirish va uni “attestatsiyadan oʻtdi” deb topish haqidagi qaroriga asosan ularga tegishli malaka sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Apellyatsiya komissiyasining attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori asoslantirilgan holda qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ilgari berilgan malaka sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgorlar malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun oʻn ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlariga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda elektron shaklda ushbu Reglamentning 22 va 23-bandlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Soʻrovnomada xato maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi va bu haqda talabgorlarga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Vakolatli organ talabgorlarning soʻrovnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi va ushbu Reglamentning 43-bandida belgilangan tartibda ularga yuboradi, shuningdek, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Vakolatli organ malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va ilgari berilgan malaka sertifikati reyestrdan chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun talabgorlardan qayta attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilganda uning amal qilish muddati amaldagi malaka sertifikatining amal qilish muddatiga muvofiq ravishda amalda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Malaka sertifikatining egasi malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan malaka sertifikati asosida amalga oshiradi. Bunda malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab ilgari berilgan malaka sertifikati oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Vakolatli organning huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari oʻz vaqtida bajarilmaganda, malaka sertifikati bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini olgan jismoniy shaxs malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bir marta qoʻpol buzilishi holatlari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning qonuniy koʻrsatmalari va qarorlarini bajarishdan boʻyin tovlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan vakolatli organ va investorlarni chalgʻitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va (yoki) insayderlik axborotidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi uchun belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda vakolatli organning qaroriga asosan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida malaka sertifikati egasiga qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda yoki u soʻrovnomada koʻrsatgan elektron manzil boʻyicha elektron shaklda xabarnoma yuboradi va malaka sertifikati egasini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Vakolatli organning malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Vakolatli organ malaka sertifikatining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestridagi qaydlariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Malaka sertifikatining reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Vakolatli organ qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr vakolatli organ tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrda malaka sertifikati berilgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati egasining pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilishining tugash muddati, toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, uni bekor qilish sanasi hamda asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar hamma tanishishi uchun ochiq maʼlumotlar sifatida vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy tuzilmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎NAMUNA

‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Yagona interaktiv
‎davlat xizmatlari portali

‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Moliya vazirligi

‎‎Hujjat berilgan jismoniy shaxs: Soʻrovnoma raqami:

‎‎Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish uchun

‎‎I TOIFALI MALAKA

‎‎SERTIFIKATI
__________________________________________________________________________________________ga (jismoniy shaxsning nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish huquqi berildi.

‎Malaka sertifikati berilgan sana:

‎Malaka sertifikati raqami:

‎Vakolatli organning malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori sanasi va raqami:

‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari:

‎Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) maʼlumotlari:

‎Malaka sertifikatining amal qilish muddati 5 yil.

____________________________________________________________
‎‎‎(Vakolatli organ mansabdor shaxsining F.I.O.)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
‎Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlangan.







‎Hujjatning
‎haqiqiyligini
‎tasdiqlovchi QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎NAMUNA

‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Yagona interaktiv
‎davlat xizmatlari portali

‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Moliya vazirligi

‎‎Hujjat berilgan jismoniy shaxs: Soʻrovnoma raqami:

Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish uchun

‎ II TOIFALI ‎ MALAKA

‎SERTIFIKATI

‎‎__________________________________________________________________________________________ga (jismoniy shaxsning nomi)

Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish uchun II toifali malaka berildi.

‎Malaka sertifikati berilgan sana:

‎Malaka sertifikati raqami:

‎Vakolatli organning malakani berish toʻgʻrisidagi qarori sanasi va raqami:

‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari:

‎Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat (pasport, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) maʼlumotlari:

‎Malaka sertifikatining amal qilish muddati: 5 yil

____________________________________________________________
‎‎‎(Vakolatli organ mansabdor shaxsining F.I.O.)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
‎Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlangan.







‎Hujjatning
‎haqiqiyligini
‎tasdiqlovchi QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Talabgor

1. Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq tegishli malaka sertifikatini olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

1. Zaruratga koʻra

2. Talabgor tegishli malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun istalgan davlat xizmatlari markazlariga bevosita oʻzi kelib yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtib, tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.

2. Talabgor xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — soʻrovnoma talabgor tomonidan mustaqil ravishda toʻldirilib, vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa soʻrovnoma avtomatik tarzda

3-bosqich

Moliya vazirligi

1. Vakolatli organ tomonidan talabgorning soʻrovnomasi unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan kundan boshlab koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

1. Soʻrovnoma vakolatli organga elektron shaklda kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida

2. Talabgorning soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

2. Qaror qabul qilingan sanadan keyin ikki ish kuni ichida

3. Kotib tomonidan attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati shakllantirilib, attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

3. Attestatsiya oʻtkaziladigan kundan besh kun avval

4. Attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati tasdiqlangan kuni kotib tomonidan talabgor(lar)ning attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilganligi, attestatsiyadan oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgor YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.

4.Attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati tasdiqlangan kunda

5. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan kelib tushgan elektron shakldagi xabarnomani talabgorga u soʻrovnomada koʻrsatgan elektron manzil boʻyicha yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

5. Vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda

6. Agar xabarnoma vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u talabgorning shaxsiy kabinetida namoyon boʻladi.

6. Avtomatik ravishda

4-bosqich

Moliya vazirligi

1. Vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan vakolatli organning mansabdor shaxslari va mutaxassislari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi tuziladi.

Attestatsiya komissiyasi ishining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida boshqa davlat boshqaruvi organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlari, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasi vakillari attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.

1. Attestatsiya oʻtkaziladigan kundan kamida uch ish kuni oldin

Attestatsiya komissiyasi

2. Attestatsiya komissiyasi tomonidan talabgorlar test sinovlari orqali quyidagi tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi:

a) I toifali malaka sertifikatini olish uchun jami 90 savoldan iborat test sinovi ikki bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqich talabgorlarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 60 daqiqa beriladi va ular birinchi bosqichda kamida 45 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim;

ikkinchi bosqich talabgorlarning boshqaruv qobiliyati va maʼnaviy dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan 30 ta maxsus savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 30 daqiqa beriladi va talabgorlar ikkinchi bosqichda kamida 22 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim.

b) II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlardan faqat birinchi bosqich test sinovini muvaffaqiyatli topshirish talab qilinadi.

Attestatsiya (qayta attestatsiya) kompyuter vositasi orqali oʻtkaziladi va natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.

2. Har oyning birinchi payshanba kunida

5-bosqich

Talabgor

1. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish kunida attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyxatiga kiritilgan talabgor attestatsiyadan oʻtish uchun koʻrsatilgan joyga yetib keladi.

1. Attestatsiyadan oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan kunda

Attestatsiya komissiyasi kotibi

2. Ketma-ket ikki marta sababsiz attestatsiyadan oʻtishga kelmagan talabgor vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatidan chiqariladi va talabgorga u soʻrovnomada koʻrsatgan elektron manzil boʻyicha xabarnoma yuboriladi va talabgor bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.

2. Attestatsiya oʻtkazilgan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida

6-bosqich

Attestatsiya komissiyasi kotibi

1. Vakolatli organ malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan keyin belgilangan tartibda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻzi ERI bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

1. Vakolatli organ malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida.

Davlat xizmatlari markazi

2. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan malaka sertifikatini olgandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazigi talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra, unga malaka sertifikatini elektron yoki qogʻozga chiqarilgan shaklda muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib berishi mumkin.

2. Vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda

3. Agar xabarnoma vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u talabgorning shaxsiy kabinetida namoyon boʻladi.

3. Avtomatik ravishda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________
‎ (sana) ‎‎

‎‎____________________
‎ (son)

‎‎Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi II toifa malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
‎SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎‎

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ‎‎

2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
‎chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) JSHSHIR maʼlumotlari

‎‎
‎‎3. Telefon raqami ‎‎
‎‎4. Elektron pochta manzili ‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________
‎ (sana) ‎‎

‎‎____________________
‎ (son)

Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi II toifa malaka sertifikatini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazmasdan berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
‎SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎‎

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ‎‎

2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
‎chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) JSHSHIR maʼlumotlari.

‎‎

3. CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoxud ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi halqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) moliyaviy risk menejer sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega boʻlgan shaxs boʻlsa, unda ushbu xalqaro sertifikat maʼlumotlari.

‎‎

‎‎4. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi imtiyozli diplom maʼlumotlari.

‎‎
‎‎5. Telefon raqami ‎‎
‎‎6. Elektron pochta manzili ‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3v-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________
‎ (sana) ‎‎

‎‎____________________
‎ (son)

Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifa malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
‎SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎‎

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ‎‎

2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
‎chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) JSHSHIR raqami maʼlumotlari.

‎‎
3. Telefon raqami ‎‎
4. Elektron pochta manzili ‎‎
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/304/0485-son)