24.08.2022 yildagi PF-198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish. Bunda, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari) bo‘lgan huquqlarini bekor qilish. Bunda, ushbu huquqlar yuridik shaxs muassislariga (ishtirokchilarga), agar qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning yuridik shaxsdagi ulushiga (qo‘shilgan hissasiga) mutanosib ravishda o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa ko‘chmas mulk obyektini mulk qilib berish, bundan ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy obyektlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish uchun ularning roziligini olish, bundan taraflar o‘rtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish sohasida — mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan huquqlarni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korporativ munosabatlar sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar yoki boshqa ko‘rinishdagi ma’muriy hujjatlar qabul qilish amaliyoti. Bunda, xo‘jalik jamiyatining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushiga (aksiyalariga) egalik qiluvchi davlat organlari ulushdor (aksiyador) sifatida qarorlar qabul qilishni (ovoz berishni) yuqori turuvchi davlat organi bilan yozma tarzda kelishib olishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning ustav fondidagi (kapitalidagi) garovga qo‘yilgan ulushlarni (qo‘shilgan hissalarni) garovga oluvchining roziligisiz tasarruf etish amaliyoti. Bunda, mazkur rozilik olinmaganligi ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — UZKAD tizimi) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UZKAD tizimiga Garov reyestri, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri, “Davlat mulki” axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reyestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn ma’lumot almashinuvi paytida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shu sababli UZKAD tizimida bo‘lmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu huquq UZKAD tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va ma’lumot taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, ko‘chmas mulk haqida ushbu tizimda bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ma’lumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan UZKAD tizimidan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha “mulk tarixi”ga oid ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘ladi va ulardan haq evaziga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalaniladi, davlat siriga oid hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni har bir ko‘chmas mulk obyektini bosqichma-bosqich identifikatsiyalagan holda UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha respublika markazlashtirilgan jamg‘armasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — respublika kompensatsiya jamg‘armasi) etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha hududiy markazlashtirilgan jamg‘armalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy kompensatsiya jamg‘armalari) etib qayta nomlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar natijasida yetkazilgan zararlar respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida mulkdorga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zarar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning 4-bandiga asosan respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi, bundan mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan zararlarni qoplashning boshqa manbalari belgilangan hollarda, kompensatsiya to‘lovlari respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ushbu manbalar hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanmagan va (yoki) regress tartibida undirib olish shartisiz davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘rsatilgan hollarda, respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasining mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvni cheklash maqsadida quyidagi huquqiy institutlarni qonunchilikda va yuridik amaliyotda qo‘llash ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullarini, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofli egallovchining mulkiy huquqlari himoya qilinadi, mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlari qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulk belgilangan tartibda auksion orqali sotilganda, kreditorning roziligiga ko‘ra, sotib oluvchiga mulkning qiymatini uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan xususiy mulk huquqini buzish holatlari ro‘yxatini, bunda, mansabdor shaxslar va xizmatchilarning qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlardan tashqari quyidagi harakatlari xususiy mulk huquqini erkin amalga oshirishga aralashish va daxlsizligini buzish deb hisoblanadi hamda ularga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanilishiga asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkka erkin egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishni cheklash, taqiq qo‘yish, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni asossiz rad etish yoki boshqacha har qanday ko‘rinishda mulkdor yoki uning mulkiy huquqlariga ta’sir o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning xo‘jalik faoliyatiga yoki mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan hosil va mahsulotni realizatsiya qilish hamda daromadlarni tasarruf etishga aralashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulk obyekti va u joylashgan hududga, shu jumladan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektiga mulkdorning ruxsatisiz kirish, bu haqda uchinchi shaxslarga ko‘rsatma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni va unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish, foydalanishga berish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga aralashish, bu to‘g‘risida huquqiy hujjat qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorga uning ixtiyoriga zid tarzda mol-mulki bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa davlat va jamoatchilik vazifalarini yuklash yoxud nomaqbul shartlarni qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq to‘lamasdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga oid ma’lumotlarni so‘rash yoki bunday ma’lumotlarni mulkdorning ruxsatisiz ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk va mulkiy huquqlardan sud qarorisiz mahrum etish yoki mulkdorga ulardan voz kechishga qaratilgan har qanday jismoniy, ruhiy yoki boshqa shakldagi majburlov choralar qo‘llash, tazyiq o‘tkazish yoxud mol-mulkni tasarruf etishga doir asossiz talablarni qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarni, shu jumladan uning zaruriy mudofaa turini, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida, shu jumladan zaruriy mudofaa holatida o‘zi himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘char mulk o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yilganda mulkdor ta’qib qilish orqali uni qaytarib olishi, ko‘chmas mulkka nisbatan esa unga o‘zboshimchalik bilan kirgan yoki egallab olgan shaxsni chiqarib yuborish orqali egaligini tiklashi mumkin bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkni o‘zboshimchalik bilan egallash yoki unga kirish yoxud mulk daxlsizligini boshqacha tarzda buzish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mulkiy huquqlariga nisbatan “Xabeas korpus” institutini, bunda, surishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bog‘liq qarorlarini ko‘rib chiqish uchun sudga kiritish nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning sudga murojaat qilish huquqlarini davlat boji orqali tartibga solish tizimini, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan holatlarni qisqartirib, ularning jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini cheklash, mahrum qilish yoki boshqa har qanday ko‘rinishda ta’sir qilishga qaratilgan da’volari, arizalari va shikoyatlari uchun umumiy asoslarda davlat boji to‘lanishi, davlat bojini to‘lash bo‘yicha mablag‘lar budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilishi, ushbu mablag‘lardan oqilona va asosli foydalanilayotganligini nazorat qilish nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik sudlarida mol-mulkni o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan da’vogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi, bunda da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, undan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda davlat boji undirish nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan regressiv (da’vo qiymati oshishiga qarab davlat boji stavkasi proporsional ravishda tushib boradi) davlat boji stavkalarini qo‘llash joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi qonun loyihalarini kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini, loyihada ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini asossiz hisobdan chiqarganlik, ortiqcha undirilgan va to‘langan pul mablag‘larini tadbirkorlik subyektining birinchi talabiga binoan qaytarmaganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi uch oy muddatda davlat mulki obyektlarini respublika mulki va munitsipal mulk obyektlariga ajratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘plamini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarining namunaviy ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulki obyektlarini boshqarishda Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari va davlat mulkidan foydalanuvchilarning vazifalarini aniq chegaralash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarini boshqarish bo‘yicha vakolatli tuzilmalarni, ularning vazifalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilga qadar bosqichma-bosqich respublika mulki obyektlarini respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan saqlash tizimiga o‘tish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari 2022-yil yakuniga qadar o‘zlari hamda tizim tashkilotlari boshqaruvidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning kadastr organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan davlat ko‘chmas mulk obyektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan rasmiylashtiriladigan dalolatnoma asosida uning tegishli hududiy boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-198-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish

1.

Xususiy mulk himoyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

xususiy mulk huquqini bekor qilish asoslarining qat’iy ro‘yxatini belgilash;

xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi bilan bog‘liq qoidalarga aniqlik kiritish;

mol-mulkdan sudning qarorisiz mahrum qilish mumkin emasligini qat’iy belgilash;

undiruvni mol-mulkka qaratish yo‘li bilan mol-mulk olib qo‘yilayotganda, mulkdor huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish;

xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish hamda uning bozor aktividagi ulushini oshirishni yanada kengaytirish.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Yer va binolarni ijaraga olish va berish qonunchiligini takomillashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

yer va binolar ijara shartnomalarining muddatlarini qat’iy belgilash, yerlarni ijaraga olish muddatlarini uzaytirish;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shakllarini belgilash;

binolarni ijaraga olish shartnomasini yangilash, o‘zgartirish yoxud bekor qilish yuzasidan ogohlantirish muddatlarini aniq belgilash;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) bilan bog‘liq qoidalarni belgilash;

yer va binolarni ijara oluvchining mulkdan uzoq muddat foydalanish kafolatlarini kuchaytirish;

yer va binolarni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilash;

ikkilamchi ijara shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

ijara haqini oshirish yoxud kamaytirishni (vaqtinchalik/doimiy) talab qilish huquqini ta’minlash;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara obyektiga yetkazilgan zararni belgilash va ularni qoplash;

ijaraga olingan ko‘chmas mulklarni ijaraga olish davrida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarga qarshi sug‘urta qilish huquqi.

2022-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

3.

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining mulkiy huquqlarini mustahkamlash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihadasotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqiga ega shaxslar ushbu uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan so‘ng, agar shartnoma shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir oy ichida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan chiqishi shartligini belgilash bo‘yicha Fuqarolik kodeksining 488-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nazarda tutiladi.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qayta ko‘rib chiqish.

Qonun loyihasi. Loyihada quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi:

mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qisqartirish;

mol-mulk joylashgan hudud va ushbu mol-mulkka egalik qilib kelayotgan shaxsning doimiy yashash joyiga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi differensial muddatlarni belgilash;

egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlar asosida mulk huquqi qaysi holatlarda sud tomonidan va qaysi holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan e’tirof etilishini belgilash.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar. Qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ko‘chmas mulk obyektini identifikatsiyalagan holda quyidagi bosqichlarda UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkaziladi:

Kadastr agentligi

1-bosqich — ko‘p kvartirali uylar;

2022-yil dekabr

2-bosqich — davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy obyektlar;

2023-yil iyun

3-bosqich — tijorat tashkilotlariga tegishli obyektlar (har chorakda kamida 20 mingta);

2027-yil dekabr

4-bosqich — yakka tartibdagi turar joylar va boshqa obyektlar (har chorakda kamida 150 mingta);

5-bosqich — ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar (2025-yildan boshlab har chorakda kamida 100 mingta).

2027-yil dekabr

2027-yil dekabr

6.

Mulkdor — jismoniy shaxsning ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada oilaviy meros, yagona daromad keltiruvchi mehnat quroli yoki aktivga, shuningdek, qarzdorning ulushlarga ajratilmagan birgalikdagi va (yoki) umumiy mulkiga undiruv qaratilmasligiga oid qoidalarni belgilash nazarda tutiladi.

2022-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Majburiy ijro byurosi

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlardaxlsizligini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadayakka tartibdagi tadbirkorlarga eksport qiluvchi yuridik shaxslar kabi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqini berish nazarda tutiladi.

2022-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi

8.

Davlat uy-joy fondidan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada quyidagilarni belgilovchi davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;

munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;

davlat uy-joy fondini xususiylashtirish;

davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z tasarrufida bo‘lgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, o‘zl?rining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2022-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tasarrufida uy-joylar mavjud vazirlik va idoralar

9.

Yuridik shaxslarning yagona ta’sischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan so‘ng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish;

mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyatining to‘xtab qolmasligini ta’minlash mexanizmlari;

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga nisbatan meros munosabatlarini tartibga solish masalalari.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10.

Fermer xo‘jaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadafermer xo‘jaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqilib, tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

II. Mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish

11.

Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi:

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Kadastr agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. Markaziy bank, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va tijorat banklari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2022-yil oktabr

2. Mavjud elektron ma’lumotlar bazalari va tijorat banklari ma’lumotlar bazalarining texnik jihatlarini o‘rganish;

2022-yil noyabr

3. Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2022-yil noyabr

12.

Avtotransport vositalarini garovga qo‘yish tartibini soddalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Birlamchi bozordan olingan avtotransport vositasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yishda garov reyestriga kiritilishi majburiy bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib, avtotransport vositasining davlat raqami va avtomobil vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma haqidagi ma’lumotlarni kiritishni ixtiyoriy etib belgilash.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Ichki ishlar vazirligi

13.

Aktivlarni sekyuritizatsiya qilish (aktivlarni erkin ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarga aylantirish) istiqbollarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma va amaliy chora-tadbirlar rejasi. Unda:

mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida aktivlarni sekyuritizatsiya qilish istiqbollari o‘rganiladi;

xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi;

aktivlarni sekyuritizatsiya qilish va ularni fuqarolik muomalasiga kiritish samaradorligi baholanadi;

ayrim davlat aktivlari eksperiment tariqasida sekyuritizatsiya qilinadi.

2022-yil oktabr

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta faoliyati amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi bilan bog‘liq cheklovni bekor qilish.

Qonun loyihasi. Loyihada chet ellik tashkilotlarga filial yoki vakolatxonalar ochish orqali sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

15.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona sud amaliyotini ta’minlash.

Sud qarorlarini umumlashtirish. Bunda, sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlar berish nazarda tutiladi.

Xususan, yer uchastkalari 2021-yil 1-avgustga qadar jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan hamda kompensatsiya tariqasida boshqa yer uchastkasi berish nazarda tutilgan hollarda ushbu kompensatsiya turini o‘zgartirish majburiyatini yuklash bilan bog‘liq sud qarorlari va ularning ijrosi umumlashtirilib, tahlil qilinadi.

2022-yil noyabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 06/22/198/0770-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)