29.07.2022 yildagi PQ-337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-127-son qaroriga muvofiq, shuningdek, taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2022 — 2024-yillarda taekvondo (WT) sport turini (keyingi o‘rinlarda — taekvondo) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondoni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” (poomsae) yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish orqali nafas olish, xotira va konsentratsiyani yaxshilash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek, istiqbolda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ko‘p bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug‘ullanishi uchun hududlarda “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida taekvondo bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-o‘qituvchilarni jalb etish, shuningdek, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun taekvondo bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlarni joriy etish, taekvondo klublarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondoni o‘qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxonalar tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda taekvondo bo‘yicha xalqaro standartlarga mos zamonaviy inventarlar va jihozlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida sog‘lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida taekvondoni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajadagi axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan foydalanilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Taekvondo (WT) sport turini 2022 — 2024-yillarda kengroq rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, jamg‘armalar, klublar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining 2023-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr — Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo va parataekvondo bo‘yicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, o‘rta-maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi va talabalari o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda:
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ushbu bandda ko‘rsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandda ko‘rsatilgan taekvondo festivali va xalqaro turnirni 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo festivali va xalqaro turnirda mahalliy taekvondochilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega bo‘lgan xalqaro darajadagi kuchli taekvondochilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur musobaqalarni o‘tkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) yuqoridagi musobaqalarni turistik marshrutlar obyektlari ro‘yxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining assotsiatsiya tizimida O‘zbekiston taekvondo akademiyasini (keyingi o‘rinlarda — Taekvondo akademiyasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Taekvondo akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda yangi “leadership” imijini yaratish maqsadida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (tabiiy gaz, elektr, telekommunikatsiya, ichimlik va oqova suv tarmoqlari) mavjud obyektlaridan birida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport vazirligi (A. Ikramov), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxammedov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov):
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasining tavsiyalarini inobatga olib, Taekvondo akademiyasi joylashadigan aniq manzilni belgilasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2027-yillarda Taekvondo akademiyasini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat bo‘lmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish ishlarini yakunlasin va foydalanishga topshirsin. Bunda, akademiyaning binosi va zarur infratuzilmasini barpo etish 2024-2025-yildagi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) Taekvondo akademiyasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatsin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha o‘quv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, master-klasslar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Taekvondo akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taekvondo akademiyasi faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablag‘lari ham yo‘naltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Taekvondo akademiyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) Qurolli Kuchlar tizimida taekvondoni ommalashtirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirsin, shu jumladan harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida turnirlar hamda musobaqalarni tashkil qilsin, ularni sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibiga jalb qilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taekvondo bo‘yicha terma jamoalarning asosiy tayyorgarligi uchun 2023-2024-yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazini barpo etish va ularni zamonaviy sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari iqtidorli yosh sportchilarni tanlab oladi hamda ularni kelgusida milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga tayyorlab beradi, shuningdek, hududiy saralash musobaqalarini, klub chempionatlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvardan boshlab 3-ilovaga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan sport turi — taekvondoga qiziqishini oshirish maqsadida taekvondo bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etsin, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-o‘qituvchilarni jalb qilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti huzurida Sportchilarni ilmiy-uslubiy va tibbiy-biologik ta’minlash muammolari laboratoriyasi tashkil qilinsin va uning faoliyati universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetida taekvondo bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida kasbiy ta’limni takomillashtirish, ilmiy, ilmiy-uslubiy bazani yaratish va yanada rivojlantirish choralarini ko‘rsin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga tegishli shart-sharoitlarni yaratish, ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish uchun ularga hududlardagi yirik tashkilotlar va homiylarni biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalarida trener-yo‘riqchi lavozimini joriy etish orqali taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini bitirib, terma jamoaga jalb etilmagan yosh trener kadrlarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondoni ommalashtirish maqsadida yoshlar o‘rtasida tuman (shahar) va hudud miqyosidagi musobaqalarni muntazam ravishda tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo bo‘yicha tashkil etiladigan mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va sport musobaqalarida hududiy sport jamoalari ishtirok etishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Sh.Sh. Maxmudov hamda O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi raisi Sh.R. Tashmatov belgilansin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional taekvondochilar sifatida tayyorlash ishlarini samarali tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda taekvondo infratuzilmasini barpo etish va kengaytirishga investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish, boshqa zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondoni ta’lim muassasalari, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, ushbu yo‘nalishda xalqaro va chet el tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda taekvondoni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga to‘laqonli erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini har yarim yilda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilish, zarur chora-tadbirlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-337-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taekvondo (WT) sport turini 2022 — 2024-yillarda kengroq rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi huzurida taekvondo (WT) bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda — taekvondo) U 19 respublika professional klubini tashkil etish.

1. Taekvondo (WT) bo‘yicha U 19 respublika professional klubi faoliyatini samarali tashkil qilish.

2022-yil dekabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

2. Taekvondo (WT) bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” musobaqasini o‘tkazish.

Har yili mart

2.

Ilg‘or tajribani joriy etish maqsadida O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi yo‘llanmasi asosida hududlarga trenerlarni va mutaxassislarni ma’lum bir muddatga yuborish (rotatsiya qilish).

1. Taekvondo rivojlanmayotgan hududlarga trenerlar va tegishli mutaxassislarni yuborish (rotatsiya qilish), ularni biriktirish, reja va shartlarni ishlab chiqish.

2. Tajriba sifatida Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini tanlash.

2022-yil dekabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov),

Sirdaryo (G‘. Mirzayev)

va Xorazm (F. Ermanov)

viloyatlari hokimliklari

3.

Hududlarda taekvondo bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash.

2. Saralab olish (seleksiya) yo‘li bilan aniqlangan iqtidorli yoshlar kelajakda taekvondo bo‘yicha oliy mahoratli sportchi bo‘lib shakllanishi uchun ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yo‘naltirish.

3. Ta’lim muassasalarida ushbu yoshlarning o‘qish va shug‘ullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

4. Mahalla, tuman va shaharlarda olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida yosh taekvondochilar uchun doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish.

5. Tuman (shahar) saralash bosqichlarining uzluksiz o‘tkazilishini joriy etish.

6. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etgan iqtidorli yoshlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yo‘lga qo‘yish.

2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalaridagi taekvondo bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash.

1. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash.

2. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo bo‘limlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” (poomsae) yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish.

2023-yil yanvar

Ijrochilar, homiylar, grant va boshqa mablag‘lar

Maktabgacha ta’lim vazirligi (B. Onorboyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (kelishuv asosida)

2. Loyiha doirasida tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini taekvondo bo‘yicha inventar va kiyimlar bilan ta’minlash.

2023-yil aprel

6.

Taekvondochilarning sport tibbiyoti bo‘yicha bilimlarini oshirish.

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari sport tibbiyoti kafedralari tomonidan Koreya Respublikasining yetakchi sport tibbiyoti klinikalari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etish.

2. Seminar-treninglarni sport kardiologiyasi, travmatologiyasi va ortopediyasi, farmakologiyasi, sportchilarning samatik kasalliklarini davolash, immunitetni korreksiyalash (tuzatish), funksional tashxis (diagnostika), sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashg‘ulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi kabi mavzularda amalga oshirish.

2022-yil sentabrdan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

7.

“Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini amalga oshirish.

1. Taekvondoni ta’lim muassasalari, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish.

2. Ta’lim muassasalari, mahallalarda taekvondo bo‘yicha to‘garaklarni tashkil qilish.

3. Taekvondo bo‘yicha nodavlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni qo‘llab-quvvatlash.

4. Hududlarda taekvondo infratuzilmasini kengaytirish maqsadida investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish.

2022-yil dekabrdan boshlab

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug‘ullanish xarajatlarini qoplab berish tartibini joriy etish.

“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Sport-ta’lim muassasalarida taekvondo bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘quv reja va o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov, Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv reja va o‘quv dasturlari, maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy qilish.

2022-yil dekabr

9.

Taekvondo bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan adabiyotlarni yaratish.

1. Sport qahramonlari hayoti jozibali bayon etilgan badiiy adabiyotlarni yaratish.

2. Mashhur sportchilar tajribasini ko‘rsatib beruvchi o‘quv adabiyotlar yaratish va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil davomida

Ijrochilar, homiylar va boshqa mablag‘lar

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov, A. Aslonov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

10.

Elektron ta’lim resurslarida taekvondo bo‘yicha mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika yagona ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Taekvondo bo‘yicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qo‘llanmalar yaratish.

2. Elektron darslik va qo‘llanmalarning respublika yagona ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

2022-yil aprel

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

11.

O‘quv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida taekvondo rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish.

1. Taekvondo bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarning (Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya va boshq. ) ilg‘or tajribasini o‘rganish.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov)

2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ushbu mamlakatlar sportchilarining yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil noyabr

12.

Xalqaro taekvondo federatsiyasi (World Taekwondo), Osiyo taekvondo uyushmasi (WT Asia) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning taekvondo bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

Taekvondo bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya davlatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorligini kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

2022-yildan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

13.

O‘zbekistonda an’anaviy tarzda taekvondo bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha) xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish.

1. Respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr — Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivalini o‘tkazish.

2023-yildan boshlab har yili sentabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taekvondo va parataekvondo bo‘yicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini Toshkent shahrida o‘tkazish.

2023-yil noyabr

3. Mazkur musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish.

Musobaqalar yakunlari bo‘yicha

14.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali taekvondoni keng targ‘ib qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash:

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida taekvondo bo‘yicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Taekvondo WT” maxsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida taekvondoni keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini o‘tkazish;

taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va namoyish etish;

sport jurnalistlarining taekvondo yutuqlari tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr

Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov),

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab taekvondo (WT) bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalari tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining hududlar kesimida soni
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni*

Shundan

2023-yilda

2024-yilda

2025-yilda

2026-yilda

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

110

27

27

28

28

2.

Andijon viloyati

130

33

32

33

32

3.

Buxoro viloyati

130

33

32

33

32

4.

Jizzax viloyati

100

25

25

25

25

5.

Qashqadaryo viloyati

130

33

32

33

32

6.

Navoiy viloyati

100

25

25

25

25

7.

Namangan viloyati

130

33

32

33

32

8.

Samarqand viloyati

180

45

45

45

45

9.

Sirdaryo viloyati

100

25

25

25

25

10.

Surxondaryo viloyati

100

25

25

25

25

11.

Toshkent viloyati

180

45

45

45

45

12.

Farg‘ona viloyati

150

37

37

38

38

13.

Xorazm viloyati

100

25

25

25

25

14.

Toshkent shahri

200

50

50

50

50

Jami

1 840

461

457

463

459

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining aniq manzilli ro‘yxatini tasdiqlaydi. Bunda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari sonini ko‘paytirishga ruxsat beriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qaroriga ilovaning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi va 4-ilovaning nomlanishidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilovaning izohida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan kurash mahorat sport maktablarini tashkil etish manzillariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan takliflari asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Qo‘shimcha ustuvor sport turi sifatida shaxmat rivojlanishi lozim bo‘lgan respublika tuman (shahar)lari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, qo‘shimcha ustuvor sport turi sifatida shaxmat rivojlantiriladigan tuman (shahar)larda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, o‘qituvchi-trenerlar, mahalla aholisi o‘rtasida shaxmat bo‘yicha doimiy ravishda musobaqalar va shaxmat haftaliklari o‘tkazib boriladi va ushbu tadbirlar mahalliy budjet hamda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning “v” kichik bandi “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yildan boshlab har yili avgust” so‘zlari “Har yili oktabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yildan boshlab har yili avgust” so‘zlari “Har yili noyabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 14-pozitsiyaning 5-bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 20-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 13-banddagi “1-iyulga” so‘zlari “1-oktabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil iyun” so‘zlari “2023-2024-yillar davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil dekabr” so‘zlari “2023-2024-yillar davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ijrochilar mablag‘lari” so‘zlari “Investitsiya dasturida nazarda tutilgan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil oktabr” so‘zlari “2023-2024-yillar davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunidagi “2023-yil oktabr” so‘zlari “2023-2024-yillar davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaroriga 1-ilovaning 13 va 16-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohining yugurish yo‘lakchalarini mukammal ta’mirlash.

2022-yil mart

Respublika budjeti mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi o‘yingohning yugurish yo‘laklarini rezina qoplamalarga o‘zgartirish.

2022-yil dekabr

16.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.

2022-yil davomida

Respublika budjeti mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

2. Bandixon tuman sport maktabida badminton uchun mo‘ljallangan sport zalini qurish.

2022-yil davomida

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qarori 6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavzeda joylashgan 259-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida zamonaviy boks maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar to‘liq jihozlanishini ta’minlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-163-son qarori 6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sarako‘l ko‘chasi, 24 m-uy manzilida joylashgan 175-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tutash hududda zamonaviy gimnastika maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar to‘liq jihozlanishini ta’minlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi “Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-208-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, ushbu band talablari Vazirlar Mahkamasi va mahalliy budjetlarning zaxira jamg‘armalari mablag‘lariga, shuningdek maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalar, “Mehribonlik” uylari, sport-ta’lim muassasalariga hamda tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “ikki oy” so‘zlari “uch oy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandning oltinchi xatboshisidagi “ikki oy” so‘zlari “uch oy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

56.

Forish tumani

11.

Forish tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi

Forish tumani sport maktabi

12.

Forish tumani 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 591-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

591.

Zafarobod tumani

18.

Zafarobod tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi

Zafarobod tumani sport maktabi

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshisi “O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi” so‘zlaridan keyin “va homiylik” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)