Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmonining 3-bandiga muvofiq:
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari etib qayta tashkil etilganligi;
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) asosiy vazifalari belgilanganligi va uning tarkibi tasdiqlanganligi;
Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining hamda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) namunaviy tarkiblari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Milliy komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi;
Milliy komissiya yigʻilishlarini tashkil etish, hududiy komissiyalarning hisobot berishi muddatlari;
Milliy komissiya faoliyati boʻyicha maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik;
b) Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
hududiy komissiyalarning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi;
tuman (shahar) komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar va bolalarni oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish chora-tadbirlari;
tuman (shahar) komissiyasining bolalar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatish choralari, qabul qiladigan qarorlari, ularning amal qilish hamda ularni ijro etish muddatlari.
3. Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tegishli namunaviy nizomlar asosida oʻz nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyul,
363-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Milliy komissiya davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.
3. Milliy komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Milliy komissiya oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan faoliyatini tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlarini, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilish huquqiga ega.
5. Milliy komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Milliy komissiya majlislarida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya talablari boʻyicha BMTga taqdim etish uchun tayyorlangan hisobot hamda BMT ustav va shartnomaviy organlarining ushbu hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha berilgan taklif va tavsiyalari dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi va yakuni boʻyicha tegishli tavsiyalar beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-bob. Milliy komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish;
sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash;
“Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish;
bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash;
bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish;
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining, bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Milliy komissiya oʻziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlari, alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalar) va jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatida bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlaydi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
farzandlikka olingan, vasiylik, homiylik belgilangan yoki tutingan (foster) oilaga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining turmush sharoitlari va ularning tarbiyalanishini nazorat qiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishini nazorat qiladi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi;
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtiradi, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlash maqsadida ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
b) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishi monitoringi olib borilishini nazorat qiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatini oʻrganadi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllaydi;
Milliy komissiya qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma kiritadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobi yuritilishini nazorat qiladi, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda vasiylik va homiylik sohasidagi ijobiy ish tajribasini oʻrganadi hamda ommalashtirish choralarini koʻradi;
v) ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish sohasida:
ijtimoiy yetimlikning oldini olish, bolalarning oilada tarbiya olishi va ularga zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi;
bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishning mavjud mexanizmlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni, shu jumladan farzandlikka oluvchilar va tutingan oilalarni tayyorlash va qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalarni shakllantiradi;
bolalarni oilaga berish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashadi;
xabardorlikni oshirish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun bolalarni oilaga berish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishga jamoatchilikni jalb qiladi;
g) sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash sohasida:
bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga belgilangan imtiyozlar asosida taʼlim olish chora-tadbirlarini belgilaydi;
bolalarni, ayniqsa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etadi;
14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiylashuvi hamda integratsiyasini taʼminlash, ularning erkin kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni tashkil etishda koʻmaklashadi;
d) “Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish sohasida:
oʻquvchilar oʻrtasida nazoratsizlikni keltirib chiquvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilaydi;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat hissini shakllantirish orqali ular oʻrtasida salbiy holatlar, daydilik va tilanchilik kabi gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilaydi;
maktablarda sifatli taʼlim-tarbiya ishlarining amalga oshirilish holatini, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yoʻnaltirish, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijadorligini tahlil qiladi;
maktablarda oʻquvchilarning davomatini, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganadi;
e) bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish sohasida:
bolalarning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
bolalar, ayniqsa yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida ularning ijodiy va individual salohiyatlarini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazadi, bolalar sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etilishini tashkil etadi;
bolalarni boʻsh vaqt faoliyatining turli turlariga (toʻgaraklar, seksiyalar, festivallar) jalb etishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar, shu jumladan, qishloq va olis joylar uchun sport musobaqalari va turnirlari oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tadbirlar samaradorligini baholaydi, kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yangi uy-joy massivlarini qurish va loyihalashtirishda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratilishini nazorat qilib boradi;
j) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash sohasida:
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatishga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samaradorligini baholaydi;
taʼlim tashkilotlari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarning ishlab chiqilishi hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etilishiga koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish jarayonlarini tashkil qilishda koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim tashkilotlariga oʻtkazishda koʻmaklashadi;
taʼlim bilan qamrab olinmagan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlimga jalb qilish, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkillashtiradi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlashning yangi yondashuvlari va usullari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
z) bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish sohasida:
bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi;
bolalarda maʼnaviy va madaniy qadriyatlar, yaxshi xulq-atvor, vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, ularda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda mavjud taʼlim dasturlarini samaradorligini baholaydi;
bolalarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb etishga qaratilgan vatanparvarlik tadbirlari va tanlovlar oʻtkazadi;
i) bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish sohasida:
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish holatini oʻrganadi;
taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganadi;
bolalarning sogʻlom rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targʻib etish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;
bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
hududlarda bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oʻrganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
k) bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish sohasida:
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻradi;
bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, shuningdek bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va qarovsizlik profilaktikasi boʻyicha choralar koʻradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha idoralararo maxsus Ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi koʻp tarmoqli strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash va taʼsir choralarini koʻrish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha idoralararo maxsus Ishchi guruh tomonidan bolalarni huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi yuborilgan shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalariga doir axborotni toʻplaydi, oʻrganadi va tahlil qilib boradi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tizimli kamchiliklarning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi va tahlil qiladi hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish choralarini koʻradi;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
l) bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
bolalar oʻrtasida psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻadi va tahlil qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkillashtiradi;
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash boʻyicha choralar koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini isteʼmol qiluvchi bolalarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi bolalarga narkologiya muassasalari tomonidan oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatilishini nazorat qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishni oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
m) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mavjud dastur va tashabbuslarni muntazam monitoring qilib boradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
n) bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga joylashtirish sohasidagi tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qiladi;
bolalar bilan ishlash tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinish tizimini takomillashtirish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqadi;
o) davlat organlari va tashkilotlarining, bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
hududiy komissiyalarining yillik ish rejalarini kelishadi;
hududiy, tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tahlil qiladi, ularga tashkiliy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlaydi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vasiylik va homiylik organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik taʼminlanishini tashkil etadi.
Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
3-bob. Milliy komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
8. Milliy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlaridan Milliy komissiya ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek, Milliy komissiya qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi haqidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
davlat organlari va tashkilotlarida, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida bolalarni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini nazorat qilish;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning oʻrtasida qarovsizlik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat bilan shugʻullanadigan davlat organlari va tashkilotlarini oʻrganish;
Milliy komissiya faoliyatini tashkil etish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislarini jalb qilish;
Milliy komissiya yigʻilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining Milliy komissiya faoliyatiga oid masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida davlat qoʻshimcha taʼlim muassasalarida sport va ijodiy toʻgaraklar tashkil etish hamda bolalar ushbu toʻgaraklarga belgilangan tartibda jalb etilishini nazorat qilish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Milliy komissiya qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma kiritish.
Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Milliy komissiya:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni va murojaatlarni koʻrib chiqishi;
bolaning birinchi navbatdagi manfaatidan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi shart.
Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
4-bob. Milliy komissiya faoliyatini tashkil etish
10. Milliy komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Milliy komissiyaning raisi hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Milliy komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Agentlikka Milliy komissiya yigʻilishlarini oʻtkazish, uning faoliyati uchun zarur axborotlarni toʻplash va tahlil qilishga koʻmaklashadi.
Davlat organlari va tashkilotlari, oʻquv-tarbiya muassasalari, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatini oʻrganish va tekshirish Milliy komissiya ishchi organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
13.Milliy komissiya yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Milliy komissiya raisi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Milliy komissiya faoliyatini tashkil etadi;
Milliy komissiya ish rejasini tasdiqlaydi;
Milliy komissiya yigʻilishi sanasini belgilaydi va kun tartibini tasdiqlaydi;
Milliy komissiya yigʻilishlarida navbatma-navbat raislik qiladi;
Milliy komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha komissiya aʼzolariga ijro etish majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi;
Milliy komissiyaning faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga har yili bir marotaba axborot beradi.
15. Milliy komissiya raisi oʻrinbosari:
Milliy komissiya yigʻilishlarini tashkil etadi va unda koʻrib chiqiladigan materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Milliy komissiya ish rejasi va qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
16. Milliy komissiya aʼzolari Milliy komissiya vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda va muhokama qilishda teng huquqqa ega hamda quyidagilarni amalga oshiradi:
Milliy komissiya yigʻilishlarida va ularni tashkil etishda ishtirok etadi;
Milliy komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalar bilan oldindan (yigʻilishgacha) tanishadi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish hamda ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat yuzasidan Milliy komissiya yigʻilishlarida axborot beradi;
davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati boʻyicha takliflar beradi;
Milliy komissiya hamraisining topshiriqlarini bajaradi.
17. Milliy komissiya aʼzosi yigʻilishda ishtirok eta olmasa, koʻrilayotgan masala boʻyicha oʻz fikrini oldindan yozma ravishda taqdim etish huquqiga ega.
Bunda uning fikri Milliy komissiya yigʻilishida tanishtiriladi va yigʻilish bayonnomasiga ilova qilinadi.
18. Milliy komissiya qarorlari Milliy komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Milliy komissiya hamraisidan birining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
19. Davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari Milliy komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Milliy komissiyaga oʻn besh kun muddatda xabar beradi.
20. Milliy komissiya har chorak yakunlari boʻyicha hududiy komissiyalarning hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy komissiya faoliyati boʻyicha hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va undagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Milliy komissiya raisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
21. Milliy komissiya vakolatiga kiritilgan muhim masalalarni samarali va tezkor tartibda hal qilish uchun vaqtincha yoki doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlar Milliy komissiyaning qarori bilan tuziladi.
Bunda ishchi guruhlarga jalb qilingan xodimlar oʻz faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Agentlik masʼul xodimi Milliy komissiyaning kotibi sanaladi.
Milliy komissiya bayonnomalari va qarorlari loyihalari Milliy komissiya kotibi tomonidan tayyorlanadi va Milliy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
23. Milliy komissiya har yili oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
25. Milliy komissiyani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy nizom Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) hamda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyasi)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.
3. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) qarorlariga, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻz faoliyatini tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlarini jalb qilish huquqiga ega.
5. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalarining qarorlari hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar hududiy komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish;
sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash;
“Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish;
bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash;
bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish;
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tuman (shahar) komissiyalarining bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish.
Hududiy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar hududiy komissiyaning funksiyalari hisoblanadi:
a) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlari, alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalar (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalar) va jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatida bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlaydi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
farzandlikka olingan, vasiylik, homiylik belgilangan yoki tutingan (foster) oilaga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining turmush sharoitlari va ularning tarbiyalanishini nazorat qiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishini nazorat qiladi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi;
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtiradi, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlash maqsadida ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
b) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishi monitoringi olib borilishini nazorat qiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatini oʻrganadi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllaydi;
Hududiy komissiya qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma kiritadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobi yuritilishini nazorat qiladi, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda vasiylik va homiylik sohasidagi ijobiy ish tajribasini oʻrganadi hamda ommalashtirish choralarini koʻradi;
v) ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish sohasida:
ijtimoiy yetimlikning oldini olish, bolalarning oilada tarbiya olishi va ularga zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi;
bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishning mavjud mexanizmlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni, shu jumladan farzandlikka oluvchilar va tutingan oilalarni tayyorlash va qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalarni shakllantiradi;
bolalarni oilaga berish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashadi;
xabardorlikni oshirish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun bolalarni oilaga berish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishga jamoatchilikni jalb qiladi;
g) sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash sohasida:
bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga belgilangan imtiyozlar asosida taʼlim olish chora-tadbirlarini belgilaydi;
bolalarni, ayniqsa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etadi;
14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiylashuvi hamda integratsiyasini taʼminlash, ularning erkin kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni tashkil etishda koʻmaklashadi;
d) “Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish sohasida:
oʻquvchilar oʻrtasida nazoratsizlikni keltirib chiquvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilaydi;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat hissini shakllantirish orqali ular oʻrtasida salbiy holatlar, daydilik va tilanchilik kabi gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilaydi;
maktablarda sifatli taʼlim-tarbiya ishlarining amalga oshirilish holatini, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yoʻnaltirish, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijadorligini tahlil qiladi;
maktablarda oʻquvchilarning davomatini, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganadi;
e) bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish sohasida:
bolalarning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
bolalar, ayniqsa yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida ularning ijodiy va individual salohiyatlarini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazadi, bolalar sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etilishini tashkil etadi;
bolalarni boʻsh vaqt faoliyatining turli turlariga (toʻgaraklar, seksiyalar, festivallar) jalb etishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar, shu jumladan, qishloq va olis joylar uchun sport musobaqalari va turnirlari oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tadbirlar samaradorligini baholaydi, kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yangi uy-joy massivlarini qurish va loyihalashtirishda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratilishini nazorat qilib boradi;
j) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash sohasida:
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatishga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samaradorligini baholaydi;
taʼlim tashkilotlari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarning ishlab chiqilishi hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etilishiga koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish jarayonlarini tashkil qilishda koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim tashkilotlariga oʻtkazishda koʻmaklashadi;
taʼlim bilan qamrab olinmagan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlimga jalb qilish, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkillashtiradi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlashning yangi yondashuvlari va usullari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
z) bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish sohasida:
bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi;
bolalarda maʼnaviy va madaniy qadriyatlar, yaxshi xulq-atvor, vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, ularda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda mavjud taʼlim dasturlarini samaradorligini baholaydi;
bolalarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb etishga qaratilgan vatanparvarlik tadbirlari va tanlovlar oʻtkazadi;
i) bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish sohasida:
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish holatini oʻrganadi;
taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganadi;
bolalarning sogʻlom rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targʻib etish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;
bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
hududlarda bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oʻrganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
k) bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish sohasida:
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻradi;
bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, shuningdek bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va qarovsizlik profilaktikasi boʻyicha choralar koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi koʻp tarmoqli strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash va taʼsir choralarini koʻrish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalariga doir axborotni toʻplaydi, oʻrganadi va tahlil qilib boradi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tizimli kamchiliklarning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi va tahlil qiladi hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish choralarini koʻradi;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
l) bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
bolalar oʻrtasida psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻadi va tahlil qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkillashtiradi;
mutasaddi davlat organlari, tashkilot va idoralar bilan birgalikda bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash boʻyicha choralar koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini isteʼmol qiluvchi bolalarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi bolalarga narkologiya muassasalari tomonidan oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatilishini nazorat qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishni oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
m) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mavjud dastur va tashabbuslarni muntazam monitoring qilib boradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
n) bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga joylashtirish sohasidagi tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qiladi;
bolalar bilan ishlash tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinish tizimini takomillashtirish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqadi;
o) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tuman (shahar) komissiyalarining bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish sohasida:
hududiy komissiyaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi va milliy komissiya bilan kelishgan holda tasdiqlaydi, shuningdek, tuman (shahar) komissiyalarining yillik ish rejalarini kelishadi;
tuman (shahar) komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tahlil qiladi, ularga tashkiliy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
tuman (shahar) komissiyasining qarorlari ustidan kelgan shikoyatlarni oʻrganadi, noqonuniy yoki asossiz qarorlarni bekor qiladi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlaydi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vasiylik va homiylik organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik taʼminlanishini tashkil etadi.
Hududiy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
3-bob. Hududiy komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
8. Hududiy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlaridan hududiy komissiya ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek, milliy va hududiy komissiya qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi haqidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
davlat organlari va tashkilotlarida bolalarni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini oʻrganish va nazorat qilish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning oʻrtasida qarovsizlik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat bilan shugʻullanadigan davlat organlari va tashkilotlarini oʻrganish;
hududiy komissiya faoliyatiga mansabdor shaxslarni, mutaxassislarni, davlat organlari va tashkilotlari vakillarini va boshqa shaxslarni jalb qilish;
hududiy komissiya yigʻilishlarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga oid masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarida hamda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotgan bolalar sharoitlarini, shuningdek, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalaridagi ishlarning holatini oʻrganish;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
davlat organlari va tashkilotlarida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi, ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish;
hududiy komissiya qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma kiritish;
hududiy komissiya tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha bolalar, ularning qonuniy vakillarini yigʻilishga taklif etish, shuningdek, ishlarning holatini joylarga borib koʻrib chiqish;
Hududiy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Hududiy komissiya:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni va murojaatlarni koʻrib chiqishi;
bolaning eng ustun manfaatidan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi;
Milliy komissiya qarorlarini bajarishi shart.
Hududiy komissiyaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
4-bob. Hududiy komissiya faoliyatini tashkil etish
10. Hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli hududiy komissiyaning raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari hududiy komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari Agentlikning hududiy boshqarmalariga hududiy komissiyalarning yigʻilishlarini oʻtkazish, ularning faoliyati uchun zarur axborotlarni toʻplash va tahlil qilishga koʻmaklashadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
13. Hududiy komissiya yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar tashkil etilishi mumkin.
14. Hududiy komissiya raisi:
hududiy komissiya yigʻilishi sanasini belgilaydi va kun tartibini tasdiqlaydi;
hududiy komissiya yigʻilishida raislik qiladi va uning ishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hududiy komissiya nomidan ishtirok etadi;
hududiy komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha komissiya aʼzolariga ijro etish majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi;
hududiy komissiyaning faoliyati boʻyicha belgilangan hisobotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi.
15. Hududiy komissiya raisi oʻrinbosari:
hududiy komissiya raisi topshiriqlarini bajaradi;
hududiy komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi;
hududiy komissiya ish rejasi, qarorlari va dasturlari ijro etilishini nazorat qiladi;
hududiy komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati masʼul xodimi hududiy komissiyaning kotibi sanaladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
17. Hududiy komissiya kotibi:
hududiy komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
hududiy komissiya raisining topshiriqlarini bajaradi;
hududiy komissiya yigʻilishida ishtirok etuvchi komissiya aʼzolari va shaxslarni yigʻilish vaqti va kuni haqida xabardor qiladi, ularning hozirligini tekshiradi, komissiya yigʻilishida koʻrib chiqiladigan materiallar bilan tanishtiradi;
hududiy komissiya yigʻilishlari yakuni boʻyicha bayonnomalar tuzadi, hududiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihasini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
hududiy komissiyaning ish rejasi va dasturlariga takliflarni umumlashtiradi, komissiya qarorlari, ish rejasi va dasturlarining ijrosi monitoringini olib boradi;
hududiy komissiya faoliyatiga oid ish yuritish ishlarini amalga oshiradi;
hududiy komissiya qarorlari nusxasi komissiya aʼzolariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
18. Hududiy komissiya aʼzolari komissiya vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda va muhokama qilishda teng huquqqa ega hamda quyidagilarni amalga oshiradi:
hududiy komissiya yigʻilishlarida va ularni tashkil etishda ishtirok etadi;
hududiy komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun tayyorlangan ish materiallari bilan oldindan (yigʻilishgacha) tanishadi;
masalani (ishni) koʻrib chiqishni qoldirish va unga qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish haqida taklif beradi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha takliflar beradi;
komissiya aʼzosi sifatida oʻzining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi va tegishli hisobotlarni hududiy komissiya kotibiga taqdim etib boradi.
19. Hududiy komissiya aʼzosi yigʻilishda ishtirok eta olmasa, koʻrilayotgan masala boʻyicha oʻz fikrini oldindan yozma ravishda taqdim etish huquqiga ega.
Bunda uning fikri komissiya yigʻilishida tanishtiriladi va yigʻilish bayonnomasiga ilova qilinadi.
20. Hududiy komissiya qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hududiy komissiya qarorlari hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari hududiy komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hududiy komissiyaga axborot beradi.
22. Hududiy komissiya tomonidan uning vakolatiga kiritilgan muhim masalalarni samarali va tezkor tartibda hal qilish uchun vaqtincha yoki doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Ishchi guruhlar hududiy komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ishchi guruhlarga jalb qilingan xodimlar oʻz faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
23. Hududiy komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har chorak yakunlari boʻyicha Milliy komissiyaga hisobot berib boradi.
Hududiy komissiya faoliyati boʻyicha hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va undagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun hududiy komissiya raisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
24. Hududiy komissiya har chorakda oʻz faoliyati yuzasidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga axborot taqdim etib boradi.
5-bob. Tuman (shahar) komissiyasi faoliyatini tashkil etish
25. Tuman (shahar) komissiyasining namunaviy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
26. Tuman (shahar) hokimi tuman (shahar) komissiyasi raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tuman (shahar) komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
28. Tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar tashkil etilishi mumkin.
29. Tuman (shahar) komissiyasi raisi:
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishida raislik qiladi va uning ishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tuman (shahar) komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishi sanasini belgilaydi va kun tartibini tasdiqlaydi;
tuman (shahar) komissiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha komissiya aʼzolariga ijro etilishi majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi.
30. Tuman (shahar) komissiyasi raisi oʻrinbosari:
tuman (shahar) komissiyasi raisi topshiriqlarini bajaradi;
tuman (shahar) komissiyasi raisi yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi;
tuman (shahar) komissiyasi ish rejasi, qarorlari va dasturlari ijro etilishini nazorat qiladi;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tuman (shahar) hokimligi apparati masʼul xodimi tuman (shahar) komissiyasining kotibi sanaladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
32. Tuman (shahar) komissiyasi masʼul kotibi:
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi;
tuman (shahar) komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishida ishtirok etuvchi komissiya aʼzolari va shaxslarni yigʻilish vaqti va kuni haqida xabardor qiladi, ularning hozirligini oʻrganadi, komissiya yigʻilishida koʻrib chiqiladigan materiallar bilan tanishtiradi;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlari yakuni boʻyicha bayonnomalar tuzadi, tuman (shahar) komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
tuman (shahar) komissiyasining takliflarini umumlashtiradi, komissiya qarorlari, ish rejalari va dasturlarining ijrosi monitoringini olib boradi;
tuman (shahar) komissiyasi faoliyatiga oid ish yuritish ishlarini amalga oshiradi;
tuman (shahar) komissiyasi qarorlari nusxasi komissiya aʼzolariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
33. Tuman (shahar) komissiyasi aʼzolari komissiya vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda va muhokama qilishda teng huquqqa ega hamda quyidagilarni amalga oshiradi:
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlarida va ularni tashkil etishda ishtirok etadi;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun tayyorlangan ish materiallari bilan oldindan (yigʻilishgacha) tanishadi;
masalani (ishni) koʻrib chiqishni qoldirish va unga qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish haqida taklif beradi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha takliflar beradi;
Milliy komissiya, hududiy komissiya va tuman (shahar) komissiyasi topshiriqlarini bajaradi;
komissiya aʼzosi sifatida oʻzining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi va tegishli hisobotlarni tuman (shahar) komissiyasi kotibiga taqdim etib boradi.
34. Tuman (shahar) komissiyasi aʼzosi yigʻilishda ishtirok eta olmasa, koʻrilayotgan masala boʻyicha oʻz fikrini oldindan yozma ravishda taqdim etish huquqiga ega.
Bunda uning fikri komissiya yigʻilishida tanishtiriladi va yigʻilish bayonnomasiga ilova qilinadi.
35. Tuman (shahar) komissiyasi qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Tuman (shahar) komissiyasi qarorlari tuman (shahar) komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
36. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tuman (shahar) komissiyasi qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tuman (shahar) komissiyasiga axborot beradi.
37. Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan uning vakolatiga kiritilgan muhim masalalarni samarali va tezkor tartibda hal qilish uchun vaqtincha yoki doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Ishchi guruhlar tuman (shahar) komissiyalarining raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ishchi guruhlarga jalb qilingan xodimlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
38. Tuman (shahar) komissiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida har chorak yakunlari boʻyicha hududiy komissiyaga hisobot berib boradi.
Tuman (shahar) komissiyasi faoliyati boʻyicha hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va undagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun tuman (shahar) komissiyasi raisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
39. Tuman (shahar) komissiyasi har chorakda oʻz faoliyati yuzasidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga axborot taqdim etib boradi.
1-§. Tuman (shahar) komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
40. Quyidagilar tuman (shahar) komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish;
sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash;
“Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish;
bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash;
bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish;
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining bolalarning huquqlari, erkinlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish.
Tuman (shahar) komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Quyidagilar tuman (shahar) komissiyasining funksiyalari hisoblanadi:
a) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
farzandlikka olingan, vasiylik, homiylik belgilangan yoki tutingan (foster) oilaga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining turmush sharoitlari va ularning tarbiyalanishini nazorat qiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishini nazorat qiladi;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi;
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtiradi, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlash maqsadida ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
b) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishi monitoringi olib borilishini nazorat qiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatini oʻrganadi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllaydi;
tuman (shahar) komissiya qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma kiritadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobi yuritilishini nazorat qiladi, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda vasiylik va homiylik sohasidagi ijobiy ish tajribasini oʻrganadi hamda ommalashtirish choralarini koʻradi;
v) ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish sohasida:
ijtimoiy yetimlikning oldini olish, bolalarning oilada tarbiya olishi va ularga zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi;
bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishning mavjud mexanizmlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni, shu jumladan farzandlikka oluvchilar va tutingan oilalarni tayyorlash va qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalarni shakllantiradi;
bolalarni oilaga berish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashadi;
xabardorlikni oshirish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun bolalarni oilaga berish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishga jamoatchilikni jalb qiladi;
g) sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash sohasida:
bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga belgilangan imtiyozlar asosida taʼlim olish chora-tadbirlarini belgilaydi;
bolalarni, ayniqsa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etadi;
14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiylashuvi hamda integratsiyasini taʼminlash, ularning erkin kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni tashkil etadi;
d) “Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish sohasida:
oʻquvchilar oʻrtasida nazoratsizlikni keltirib chiquvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilaydi;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat hissini shakllantirish orqali ular oʻrtasida salbiy holatlar, daydilik va tilanchilik kabi gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilaydi;
maktablarda sifatli taʼlim-tarbiya ishlarining amalga oshirilish holatini, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yoʻnaltirish, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijadorligini tahlil qiladi;
maktablarda oʻquvchilarning davomatini, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganadi;
e) bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish sohasida:
bolalarning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
bolalar, ayniqsa yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida ularning ijodiy va individual salohiyatlarini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazadi, bolalar sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etilishini tashkil etadi;
bolalarni boʻsh vaqt faoliyatining turli turlariga (toʻgaraklar, seksiyalar, festivallar) jalb etishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar, shu jumladan, qishloq va olis joylar uchun sport musobaqalari va turnirlari oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tadbirlar samaradorligini baholaydi, kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yangi uy-joy massivlarini qurish va loyihalashtirishda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratilishini nazorat qilib boradi;
j) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash sohasida:
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatishga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samaradorligini baholaydi;
taʼlim tashkilotlari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarning ishlab chiqilishi hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etilishiga koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish jarayonlarini tashkil qiladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim tashkilotlariga oʻtkazishda koʻmaklashadi;
taʼlim bilan qamrab olinmagan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlimga jalb qilish, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkillashtiradi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlashning yangi yondashuvlari va usullari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
z) bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish sohasida:
bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi;
bolalarda maʼnaviy va madaniy qadriyatlar, yaxshi xulq-atvor, vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, ularda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda mavjud taʼlim dasturlarini samaradorligini baholaydi;
bolalarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb etishga qaratilgan vatanparvarlik tadbirlari va tanlovlar oʻtkazadi;
i) bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish sohasida:
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish holatini oʻrganadi;
taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganadi;
bolalarning sogʻlom rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targʻib etish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;
bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oʻrganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
k) bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish sohasida:
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻradi;
bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, shuningdek bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va qarovsizlik profilaktikasi boʻyicha choralar koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi koʻp tarmoqli strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash va taʼsir choralarini koʻrish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalariga doir axborotni toʻplaydi, oʻrganadi va tahlil qilib boradi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tizimli kamchiliklarning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi va tahlil qiladi hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish choralarini koʻradi;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
l) bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
bolalar oʻrtasida psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻadi va tahlil qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkillashtiradi;
mutasaddi davlat organlari, tashkilot va idoralar bilan birgalikda bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash boʻyicha choralar koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini isteʼmol qiluvchi bolalarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi bolalarga narkologiya muassasalari tomonidan oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatilishini nazorat qiladi;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishni oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
m) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mavjud dastur va tashabbuslarni muntazam monitoring qilib boradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
n) bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga joylashtirish sohasidagi tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qiladi;
bolalar bilan ishlash tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinish tizimini takomillashtirish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqadi;
o) davlat organlari va tashkilotlarining bolalarning huquqlari, erkinlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish sohasida:
tuman (shahar) komissiyasining yillik ish rejasini ishlab chiqadi va hududiy komissiya bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlaydi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joy bilan taʼminlanishini tashkil etadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Tuman (shahar) komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-§. Tuman (shahar) komissiyasining huquqlari va majburiyatlari
42. Tuman (shahar) komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlaridan tuman (shahar) komissiyasi ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek, milliy, hududiy va tuman (shahar) komissiyalari qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi haqidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
davlat organlari va tashkilotlarida bolalarni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini oʻrganish va nazorat qilish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning oʻrtasida qarovsizlik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat bilan shugʻullanadigan davlat organlari va tashkilotlarini oʻrganish;
tuman (shahar) komissiyasi faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlari vakillarini va boshqa shaxslarni jalb qilish;
bolaga nisbatan jamoat tarbiyachisini tayinlash;
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishlarida bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlar rahbarlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga oid masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarida hamda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotgan bolalar sharoitlarini, shuningdek, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalaridagi ishlarning holatini oʻrganish;
(42-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirish, ularni oʻqishga yuborish va ishga joylashtirish masalalari yuzasidan qaror qabul qilish;
tuman (shahar) komissiyasi qarorlari ijrosini taʼminlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma kiritish;
tuman (shahar) komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha bolalar, ularning qonuniy vakillarini yigʻilishga taklif etish, shuningdek, ishlarni joylarga borib koʻrib chiqish;
bolalar masalalariga oid ishlarni zaruratga koʻra bolalarning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
bolalarni afv etish toʻgʻrisida iltimos qilish, ularni javobgarlikdan ozod qilish, ularga ancha yengilroq boʻlgan jazoni qoʻllash, ularni shartli ravishda hukm etish, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar bilan jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga murojaat qilish;
jazoni ijro etish muassasasi bilan birgalikda bolalarni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdimnomalar kiritish;
ichki ishlar organlari bilan birgalikda ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish hamda mahkumni hukmda belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtash vaqtida saqlab turish sharoitlarini oʻzgartirish haqida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish.
Tuman (shahar) komissiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
43. Tuman (shahar) komissiyasi:
tuman (shahar) komissiyasi yigʻilishida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda komissiya aʼzolarining fikrlarini eshitishi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni va murojaatlarni koʻrib chiqishi;
bolaning eng ustun manfaatidan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi;
Milliy komissiya va hududiy komissiya qarorlarini bajarishi shart.
Tuman (shahar) komissiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
3-§. Tuman (shahar) komissiyasining nazorat funksiyalari
44. Tuman (shahar) komissiyasi ichki ishlar organlari bilan birgalikda tarbiyaviy taʼsir qilish yoki maʼmuriy jazolash choralari koʻrilgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, jazoga shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan, respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtagan bolalarning xulq-atvorini kuzatib borishni tashkil etadi, shuningdek, ushbu toifadagi bolalarning hisobini olib boradi.
Zarur hollarda, bolalarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirish yoki ularni taʼlim muassasalariga yuborish chora-tadbirlarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tuman (shahar) komissiyasi bolalarni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarida saqlash, tarbiyalash va taʼlim olish sharoitlari, bolalarning istiqomat joylarida madaniy dam olishlari uyushtirilishi, shuningdek, zarur hollarda, umumtaʼlim maktablarida, boshqa taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy muassasalar va sport tashkilotlarida bolalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish munosabati bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
46. Tuman (shahar) komissiyalari davlat organlari va tashkilotlarida bolalarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinayotganligi, ular bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvoli, ularning umumtaʼlim, madaniy va kasbiy darajasini oshirish uchun zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratib berilganligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Tuman (shahar) komissiyalari, agar ishlarni davom ettirish bolalarning sogʻligʻiga xavf soladigan yoki ular uchun boshqacha ziyon keltiradigan boʻlsa, bolalar va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqlidir.
4-§. Bolalarni joylashtirish chora-tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
47. Tuman (shahar) komissiyalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Milliy gvardiya organlari, taʼlim, mehnat, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar organlari bilan birgalikda jamoatchilikning faol ishtirokida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalar farzandlarini, taʼlim muassasalarida mashgʻulotlarga uzrli sababsiz muntazam bormaydigan bolalarni, shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa bolalarni aniqlaydi va hisobga qoʻyadi hamda ularni joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
48. Tuman (shahar) komissiyasining bolalarni muqobil joylashtirish shakli koʻrsatilgan qarorlari:
a) taʼlim tashkilotlariga:
bolalarni maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim hamda professional taʼlim muassasalariga joylashtirish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirish uchun;
(48-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish uchun;
(48-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sogʻliqni saqlash organlariga — tibbiy muolajaga muhtoj, spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar, psixotrop yoki intellektual oʻzini idora qilish faoliyatiga taʼsir etadigan boshqa moddalarni muntazam isteʼmol qiladigan bolalarni davolashni, rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsonlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatishni tashkil etish uchun;
(48-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
g) ichki ishlar organlariga — bolalar va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalar bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borishni tashkil etish uchun;
d) tashkilotlarning rahbarlariga (mehnat organlaridan boʻsh ish joylari va boʻsh lavozimlar borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingandan keyin) — ishga qabul qilish uchun yuboriladi.
5-§. Tuman (shahar) komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar
49. Tuman (shahar) komissiyalari:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmasdan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan (oʻn uch yoshga toʻlgandan keyin ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno);
oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan davrda jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan;
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan davrda jinoyat alomatlari boʻlgan qilmishlar sodir etgan, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan;
oʻn olti yoshgacha boʻlgan davrda yoʻl harakati qoidalarini buzgan;
boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan;
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqishdan bosh tortgan;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganligi uchun qonunchilikka asosan javobgarlikdan ozod qilingan;
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan bolalar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
6-§. Taʼsir koʻrsatish choralari va ularni qoʻllash
50. Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 49-bandida tutilgan hollarda bolalarga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashi mumkin:
bolaga jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni ogohlantirish;
bolani oʻz ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkilot kuzatuviga topshirish;
oʻn besh yoshga toʻlgan bola zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega boʻlsa va zarar miqdori belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlmasa yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlmagan moddiy zararni oʻz mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
oʻn olti yoshga toʻlgan va mustaqil ish haqiga ega boʻlgan bolalarga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;
Oldingi tahrirga qarang.
(50-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Har bir aniq holat boʻyicha qabul qilingan taʼsir koʻrsatish choralari toʻgʻrisida tuman (shahar) komissiyalari bolaning yashash, oʻqish yoki ish joyi boʻyicha huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borish masalasini hal etish uchun tegishli hududiy ichki ishlar organlariga xabarnoma yuborishga majbur.
51. Tuman (shahar) komissiyalari bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan bolani saqlash, tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi yoki oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi yoxud bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatganligi yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganligi uchun, shuningdek, bolalar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun kuyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan miqdorlarda jarima solish;
istisno hollarda, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita xavf mavjud boʻlganda ish sud tomonidan hal etilgunga qadar bolani vaqtincha ota-onasidan yoki bola ularning vasiyligida boʻlgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organlariga iltimosnoma kiritish;
bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni ogohlantirish.
Tuman (shahar) komissiyalari ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ularni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qoʻyish, shuningdek, agar bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa va bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilsa, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga daʼvo bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
53. Tuman (shahar) komissiyalari oʻz bolalarini tarbiyalashga notoʻgʻri munosabatda boʻlayotgan yoki komissiya chiqargan qarorning bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan ota-onalarga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash haqida, shuningdek, bolalarning huquqbuzarlik sodir etishi uchun sharoit yaratib berayotgan yoxud voyaga yetmaganlarni jinoyat va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar qilishga undayotgan yoki jalb etayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritadi.
54. Ushbu Nizomning 50-bandida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilayotganda tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlikning xususiyati, darajasi va sabablarini, bolaning yoshini va uning hayot sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek, uning turmushidagi, taʼlim muassasasidagi va ishdagi xulq-atvorini albatta hisobga olishi lozim.
Tuman (shahar) komissiyasining ogohlantirish berish toʻgʻrisidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Agar ushbu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etilmasa, taʼsir koʻrsatish chorasi tugallangan hisoblanadi. Namunali axloqi bilan ijobiy natija koʻrsatgan bolalar yoki uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslariga nisbatan ushbu taʼsir koʻrsatish chorasi bir yil oʻtmasdan ham bekor qilinishi mumkin.
Tuman (shahar) komissiyasining bolani oʻz ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga yoki mehnat jamoasi, nodavlat notijorat tashkilot kuzatuviga topshirish toʻgʻrisidagi qarorining amal qilish muddati, agar bola oʻzining namunali axloqi va ishga hamda oʻqishga boʻlgan halol munosabati bilan oʻzining tuzalganligini isbotlasa, mazkur shaxslar yoki tashkilotlar iltimosnomasiga binoan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Belgilangan taʼsir koʻrsatish chorasi natija bermagan taqdirda, tuman (shahar) komissiyasi ushbu Nizomning 50 va 51-bandlarida koʻrsatilgan taʼsir koʻrsatish choralaridan qattiqroq chora qoʻllashga haqlidir.
55. Tuman (shahar) komissiyasining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori shu qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida ana shunday jarima solingan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim, bunday qaror ustidan shikoyat yoki protest berilgan taqdirda esa, mazkur shikoyat yoki protest qondirilmaganligi haqida maʼlumotnoma olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan solingan jarima tegishli bank muassasasiga toʻlanadi.
Jarima muddatida toʻlanmagan taqdirda, tuman (shahar) komissiyasining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori jarima summasini sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq jarima solingan shaxsning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan majburiy tartibda ushlab qolish uchun yuboriladi.
Agar jarima solingan shaxs ishlamayotgan boʻlsa yoki solingan jarimani boshqa sabablarga koʻra uning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan undirib olishning iloji boʻlmasa, jarima tuman (shahar) komissiyasining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori asosida undiruvni huquqbuzarning mol-mulkiga, shuningdek, uning umumiy mulkdagi ulushiga qaratish yoʻli bilan sud ijrochisi tomonidan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Agar bolani yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim muassasasidan chiqarilganidan keyin, uni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda ota-onalik yoki vasiylik huquqlaridan mahrum etilganligi tufayli ular huzuriga yuborish mumkin boʻlmasa, shuningdek, uning avvalgi istiqomat joyiga kelishi bir qancha sabablarga koʻra (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoʻqligi, turmushi va mehnat qilishi hamda bundan keyin tarbiyalanishi uchun kulay sharoitlar yoʻqligi sababli) mumkin boʻlmasa, ushbu muassasa joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi bolani mazkur shaxsning maishiy yashash sharoitini yaxshilash, uni oʻqish yoki ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradi.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Ushbu masalalarni hal qilishda mazkur bandda koʻrsatilgan muassasalar joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi bola ilgari yashab kelgan joydagi yoki uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar turgan joydagi komissiyaning tegishli xulosasini olishi lozim.
57. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod boʻlgan bola istiqomat qilayotgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi u oʻn sakkiz yoshga yetgungacha uni ishga yoki oʻqishga joylashtirish choralarini koʻradi va uning axloqini nazorat qilib boradi.
Jazoni ijro etish muassasasidan ozod boʻlgan bolaning oʻz ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga ularning yoʻqligi yoxud ota-onalik huquqidan yoki vasiylik huquqidan mahrum etilganligi munosabati bilan imkoni boʻlmasa, ozod boʻlgan bolaning ilgari yashab kelgan joyidagi tuman (shahar) komissiyasi jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan uni ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki oʻqishga joylashtirish, shuningdek, unga tegishli uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻradi.
Tuman (shahar) komissiyasi jazoni ijro etish muassasasidan ozod boʻlgan bolani u yordam soʻrab murojaat qilgan kundan boshlab oʻn kun muddatdan kechiktirmay joylashtirish masalasini hal qilishi shart.
6-bob. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari tomonidan ishlarni tayyorlash va koʻrib chiqish
58. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topshirilgan ishlarni;
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni;
bolalar, ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining shikoyatlarini;
bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlar taqdimnomasi boʻyicha berilgan ishlarni;
fuqarolarning arizalari boʻyicha koʻriladigan ishlarni;
oʻz tashabbusi bilan koʻriladigan ishlarni koʻrib chiqadi.
Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari ishlarni ular komissiyaga tushgan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi.
59. Bolalarning huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi tuman (shahar) komissiyasi koʻrib chiqishi lozim boʻlgan materiallar komissiyaning raisi, uning oʻrinbosari hamda komissiya aʼzolari tomonidan oldindan oʻrganib chiqiladi va rais tomonidan:
ishni komissiya majlisida koʻrib chiqish;
ishga oid materiallarni qoʻshimcha ravishda tekshirish yoki tushgan arizalar, taqdimnomalar boʻyicha tekshirib chiqish xususida qaror qabul qilinadi.
60. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish hududiy, tuman (shahar) komissiyada (yoki sudda) koʻrib chiqilgunga qadar:
bola oʻz ota-onasi yoki qonuniy vakillari nazoratiga;
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bola esa — shu muassasalar maʼmuriyatining nazoratiga berilishi mumkin.
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Ishi hududiy, tuman (shahar) komissiyasida koʻrib chiqilayotgan bolaning ruhiy jihatdan sogʻlom ekanligiga shubha tugʻilgan taqdirda, u tibbiyot tekshiruvidan oʻtish uchun yuboriladi.
61. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalari ishlarni tayyorlash va koʻrib chiqish paytida bolaning yoshini, mashgʻulotini, yashab turgan va tarbiyalanayotgan sharoitini, huquqbuzarlik qilganligi faktini va uning mazmunini tasdiqlovchi maʼlumotlarni, huquqbuzarlik qilishga daʼvat etgan katta yoshdagi kishilar va boshqa qatnashchilar boʻlgan-boʻlmaganligini, bolaga ilgari taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligini aniqlashi zarur.
62. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalari zarur maʼlumot va hujjatlarni talab qilib olishi, shuningdek, komissiyada koʻrilayotgan masalalar yuzasidan izohlar olish uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirishi mumkin.
Mansabdor shaxslar va fuqarolar hududiy, tuman (shahar) komissiyalari chaqirigʻi boʻyicha uzrsiz sabablar bilan kelmagan taqdirda, komissiya ishni koʻrib chiqishni qoldirishi, ularni ishlayotgan yoki oʻqiyotgan joyidagi maʼmuriyat, nodavlat notijorat tashkilotlar orqali keltirishni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Ishi koʻrilayotgan bola, shuningdek, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar komissiya majlisiga uzrsiz sabablar bilan kelishdan bosh tortgan taqdirda, ular ichki ishlar organlari orqali hududiy, tuman (shahar) komissiyasining asoslangan qarori boʻyicha olib kelinishi mumkin.
63. Ish koʻrishga tayyor deb topilgach, shu ishni tayyorlash vazifasi topshirilgan hududiy, tuman (shahar) komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari yoki aʼzosi ish koʻrib chiqilishidan oldin bolani, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, zarur hollarda esa taʼlim muassasalarining vakillarini ham barcha materiallar bilan tanishtirib chiqadi, komissiya majlisiga kimlarni chaqirish kerakligini aniqlab oladi hamda ish koʻriladigan vaqt va joyni belgilaydi.
Hududiy, tuman (shahar) komissiyasi majlisi boʻladigan vaqt va joy haqida ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga maʼlum qilinadi.
64. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalarining majlisi komissiya tarkibining yarmidan koʻpi yigʻilganda haqiqiy hisoblanadi.
65. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalarining majlisida ishi koʻrilayotgan bolalar, ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, himoyachisi, zarur hollarda esa u taʼlim-tarbiya olayotgan muassasa psixologi boʻlishi shart.
Hukm etilgan bolalarni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, ularga tayinlangan jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga iltimosnomalarni va mahkumlar xususidagi boshqa iltimosnomalarni koʻrib chiqishda komissiya majlisida jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili va mahkumning oʻzi hozir boʻlishi shart.
Agar holatlarni tekshirib chiqish va muhokama qilish bolaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, komissiya materiallarni majlisda bolaning ishtirokisiz koʻrib chiqishga haqlidir.
66. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalari bolalarning maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi oʻzlariga tegishli ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
67. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan yigʻilish ishtirokchilariga bepul tarjimon xizmati koʻrsatiladi.
68. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalari ish yuzasidan yigʻilish ishtirokchilarining tushuntirishlarini tinglab, ishning barcha holatlarini har tomonlama koʻrib chiqqach, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ushbu Nizomning 50 va 51-bandlarida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash (bunda har bir holatning xususiyatidan kelib chiqib individual yondashish va unga asosan tegishli muddat belgilanadi);
ishni tugatish;
ishni koʻrishni qoldirib, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish;
ishni tergov, surishtiruv yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga topshirish.
69. Komissiya yigʻilishi bayonnomasida yigʻilish boʻlgan sana va joy, ishning mazmuni, unda ishtirok etgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular bergan izohlarning qisqacha mazmuni, ishga oid boshqa maʼlumotlar, qoʻllanilgan taʼsir koʻrsatish chorasi, shuningdek, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat berish tartibi va muddatlarini tushuntirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va komissiyaning masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
70. Hududiy, tuman (shahar) komissiyalari qarorlari yozma shaklda, dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorda:
komissiyaning nomi, ishni koʻrib chiqish sanasi, ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlangan holatlar, mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat, ish yuzasidan qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.
Qaror raislik qiluvchi va komissiyaning masʼul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul qilingandan keyin eʼlon qilinadi.
Komissiya qarorining nusxasi uch kun mobaynida yigʻilish ishtirokchilariga, zarur hollarda, bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlarga topshiriladi yoki pochta (elektron pochta) orqali yuboriladi.
Komissiya qabul qilingan qaror toʻgʻrisida voyaga yetmagan huquqbuzarning ishlab, oʻqib turgan joyiga yoki yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, shuningdek, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yashab turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
72. Tuman (shahar) komissiyasi qarori ustidan yuqori komissiyaga yoki sudga shikoyat berilishi mumkin.
Tuman (shahar) komissiyasi qarori yuzasidan shikoyat tegishliligi boʻyicha hududiy komissiyaga u chiqarilgan va qaror nusxasi olingan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida berilishi mumkin.
Hududiy komissiyaning shikoyat boʻyicha qarori oʻn besh kun ichida qabul qilinishi kerak va chiqarilgan qaror oʻzgartirilmaydi.
Tuman (shahar) komissiyasi qarori yuzasidan sudga shikoyat berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hududiy komissiyaning qarori va shikoyat boʻyicha chiqarilgan qaror yuzasidan prokuror protest bildirishi mumkin. Prokurorning protest bildirishi shu protest koʻrib chiqilgunga qadar komissiya qarorining va shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosini toʻxtatib turadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
73. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
74. Hududiy va tuman (shahar) komissiyalarini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlash shartlarining 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shuʼbalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tumanlar va shaharlar idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya deb ataladi)” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Bolalar masalalari boʻyicha komissiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10 va 11-bandlardagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 40-bandning yettinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 5-bandidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida:
a) 1-ilovada:
10-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼul kotibining” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
10-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish shuʼbasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish shuʼbasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilovada:
10-bandning birinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish shuʼbasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” soʻzlari “Bolalarni himoya qilish shuʼbasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 276-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 277-banddagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo Komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 8-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 11-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarorida:
a) 1-ilovada:
52-banddagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
53-banddagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-ilovaning 3 va 4-pozitsiyalaridagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
31-banddagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qarorida:
a) 3-bandning “v” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha mintaqaviy idoralararo komissiyaning” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha mintaqaviy idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
10-bandning oltinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyani” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-banddagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
49 — 51-bandlardagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 6-pozitsiyasidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi” soʻzlari “Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 09/26/380/0728-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 16-iyundagi 385-son qaroriga 1-ilovaning 2, 6 va 9-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)” 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son; 14.07.2026-y., 09/26/380/0728-son)