08.02.2021 yildagi 60-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlarning vazifalarini, identifikatsiya qilish, qayta yo‘naltirish hamda shaxsiy ma’lumotlar nooshkoraligini ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, shu jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini, mazkur shaxslar bilan yakka tartibda ishlash rejasini hamda ularning moslashuviga yordam ko‘rsatish, shuningdek, odam savdosidan jabrlangan shaxslarni himoya qilish tartibini nazarda tutuvchi Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar yil yakunlari bo‘yicha dekabr oyining 17-sanasiga qadar ushbu qarorning amalga oshirilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axborot taqdim etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki identifikatsiya — jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ma’lumotlarni olishga, o‘rganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat — odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash, ularga tegishli yordamlarni ko‘rsatish uchun odam savdosidan jabrlangan shaxs sifatida e’tirof etishga hamda ularning Qonunda ko‘rsatilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan suhbat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat va qayta yo‘naltirishni olib boruvchi mutaxassis — “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 10-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalarining maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta yo‘naltirish — odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni tezkor, sifatli va malakali yordam ko‘rsatilishiga hamda himoyaga olishga yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy identifikatsiya — jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish faoliyati davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat organlariga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizom qoidalari odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish mazkur shaxslarning huquqlarini himoya qilish, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Identifikatsiya va qayta yo‘naltirishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar dastlabki identifikatsiyani bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organlari) hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yakuniy identifikatsiya Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiya (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya) tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, ma’muriy javobgarlik, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qiladi hamda qayta yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlar orasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan jabrlangan shaxslar haqida ma’lumot to‘playdi, tahlil qiladi va ularni identifikatsiya qilishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy media sohasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan jabrlangan shaxslar haqida ma’lumot to‘playdi, tahlil qiladi va ularni identifikatsiya qilishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni dastlabki identifikatsiya qilish maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishni tashkil etish hamda amalga oshirish davrida odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi va u bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘qnash kelish xavf ostida bo‘lgan shaxslar orasidan odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash uchun identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar va loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish jarayonlarida qatnashayotgan davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mutaxassislarining odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni aniqlash va identifikatsiya qilish usullari va mezonlari bo‘yicha malaka darajasini oshirish maqsadida har yili kamida bir marotaba o‘quv seminar-treninglar tashkil etadi. O‘z xodimlarining malaka darajasini oshirish istagini bildirgan mazkur organ va tashkilotlarning taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti va uning hududiy filiallarida o‘qitish tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlari sodir etilgan xorijiy davlatlar hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari uchun har yili odam savdosining muammosi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish va boshqa mamlakatda aniqlangan odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni qayta yo‘naltirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminar-treninglarini masofaviy video-aloqa kanallari orqali tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish jarayonlarida qatnashayotgan davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mutaxassislarining odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni aniqlash va identifikatsiya qilish usullari va mezonlari bo‘yicha malaka darajasini oshirish maqsadida har yili kamida bir marotaba o‘quv seminar-treninglar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, ma’muriy javobgarlik, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qiladi hamda qayta yo‘naltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qiladi;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning Qonunda ko‘rsatilgan huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan harakatlar ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish faoliyatida qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish hamda ularning odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, ma’muriy javobgarlik, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qiladi hamda qayta yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov o‘tkazish hamda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tishga urinishlar davrida odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning dastlabki identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi va u bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘qnash kelish xavf ostida bo‘lgan shaxslar orasidan odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash uchun identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar va loyihalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, ma’muriy javobgarlik, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qiladi hamda qayta yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarida mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etishni ta’minlash jarayonida qonun buzilish holatlari aniqlanganda, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, kundalik zarur ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolgan shaxslar orasidan odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi va u bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘qnash kelish xavf ostida bo‘lgan shaxslar orasidan odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash uchun identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar va loyihalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarga asosan dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi hamda qayta yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el hududida bo‘lib turgan, odam savdosidan taxminiy jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish davomida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb topish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarga asosan dastlabki identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qiladi, ro‘yxatga oladi hamda ularning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, ma’muriy javobgarlik, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa qonunlarga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan murojaatlar orqali odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida ularni identifikatsiya qiladi hamda qayta yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni davolash davrida odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda ishtirok etish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish vakolatli davlat organlar tomonidan amalga oshirilishida ishtirok etadi va ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqida ma’lumot kelib tushganda zudlik bilan vakolatli davlat organlarini bu haqda xabardor qiladi va dastlabki, yakuniy identifikatsiya qilish hamda qayta yo‘naltirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya va qayta yo‘naltirish bosqichlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi va u bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘qnash kelish xavf ostida bo‘lgan shaxslar orasidan odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash uchun identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dastlabki identifikatsiya qilish jarayoni ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining maxsus jihozlangan xonasida, har bir shaxs bilan alohida, xavfsiz muhitda, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning asosiy ehtiyojlari (oziq-ovqat va suv, mos kiyim, birinchi zarur tibbiy yordam) qondirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlashning dastlabki bosqichida shifokorlar yoki tibbiyot xodimlari ularning sog‘lig‘i holatini, jismoniy shikastlanishlar va kasalliklar mavjudligini qayd etishlari shart. Agar dastlabki identifikatsiya qilish bosqichida shifokor yoki sog‘liqni saqlash mutaxassisi mavjud bo‘lmagan taqdirda, dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organining mutaxassisi (keyingi o‘rinlarda — mutaxassis) sog‘liq va jismoniy shikastlanishlarni (agar mavjud bo‘lsa) tanasini ko‘zdan kechirish asosida qayd etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Dastlabki identifikatsiya qilishda mutaxassis odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga ular tushunadigan tilda o‘zini tanishtirishi va ular bilan ishlashdagi rollarini tushuntirishi, shuningdek, identifikatsiya jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot berishi hamda zarur hollarda psixologning ishtirokini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassis odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga chuqur ruhiy, ijtimoiy, jismoniy va boshqa ta’sir yoki jarohat bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor, aloqa va boshqa xususiyatlarni hamda odam savdosidan jabrlangan erkak va ayollarning turli talab, xohish-istagi, qiziqishini va ehtiyojlarga ega bo‘lishligini inobatga olib, kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik kabi yondashuvlar asosida suhbat olib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning dastlabki identifikatsiyasi suhbat shaklida amalga oshiriladi va uni o‘tkazish uchun shaxsdan rozilik olish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida dastlabki identifikatsiyadan o‘tishga rozilik bergan bo‘lsa, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida dastlabki identifikatsiyadan o‘tishga rozilik bermagan bo‘lsa, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Suhbat o‘tkazish jarayonida mutaxassis odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni quyidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlik holatiga aniqlik kiritish uchun dastlabki identifikatsiyadan o‘tish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki identifikatsiya jarayonida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan shaxs sifatida tan olinsa, unga himoya va Qonunda ko‘rsatilgan yordam turlaridan foydalanish huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar majburlov yoki tahdid ostida sodir etilgan qilmish uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinishi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Dastlabki identifikatsiya quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlaridan jabrlangan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va qonuniy vakillarining arizalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va mansabdor shaxslarning xabarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki identifikatsiyani amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni bevosita o‘zlari aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning murojaat qilishlari uchun mo‘ljallangan “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlagan deb taxmin qilinayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga bevosita murojaat etganida, shuningdek, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning tegishli axboroti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarning o‘z aybini bo‘yniga olish haqidagi arizalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan holatlar aniqlanganda, mutaxassis 5 sutkadan kechiktirmasdan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq odam savdosidan jabrlangan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish uchun suhbat o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Suhbat davomida yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olinadi yoki rad etiladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish anketasi to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Dastlabki identifikatsiya qilish davomida mutaxassis odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni quyidagi huquqlari bilan tanishtiradi hamda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olinganda, ularning ushbu huquqlardan foydalanishi ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixologik yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy maslahat olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha yashash joyidan (boshpanadan) foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimon xizmatlaridan tekin foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Suhbat o‘tkazgan mutaxassis quyidagilarni rasmiylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda dastlabki yordam ko‘rsatish zarurligi haqida arizani to‘ldirib, agar yordam olishni rad etsa, ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda hamda o‘z vakolati doirasida arizani ko‘rib chiqadi yoki vakolat doirasiga kirmasa tegishliligi bo‘yicha vakolatli davlat organiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq dastlabki yordam ko‘rsatish zarurligi haqidagi arizani yoki yordam olishni rad etsa, 7-ilovaga muvofiq arizaning bir nusxasini odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslarni yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni aniqlash uchun mutaxassis ushbu Nizomga 8-ilovada ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ushbu shaxslarni dastlabki identifikatsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash uchun dastlabki identifikatsiya qilishning quyidagi mezonlari amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlar, ya’ni shaxsning roziligi bilan yoki roziligisiz amalga oshiriladigan odamni oldi-sotdi qilish, yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sir o‘tkazish vositalarining qo‘llanilganligi, ya’ni kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor qilish evaziga og‘dirib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsad, ya’ni odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini, to‘qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olish harakatlarining mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida e’tirof etilganda, mutaxassis mazkur shaxsni uning huquqlari bilan tanishtiradi va uning roziligi bilan hududiy komissiyaga shaxsni yakuniy identifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun hujjatlarini yuboradi, zarur bo‘lganda jismoniy va psixologik jihatdan tiklanishida yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashtirilgan muassasaga yuboradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs bilan suhbat o‘tkazish jarayoni mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Suhbat savol-javob tarzida o‘tkaziladi va unda mutaxassis savol berish yo‘li bilan odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning identifikatsiya anketasini to‘ldiradi. Mutaxassis suhbat davomida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy holatini inobatga olgan holda, suhbatni to‘xtatishi va uni boshqa vaqtda davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Suhbat yakunida mutaxassis:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsdan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsdan dastlabki identifikatsiya mezonlariga muvofiq olingan ma’lumotlar asosida yakuniy identifikatsiyani amalga oshirish, zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ushbu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq qaror qabul qilinadi hamda unga odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish jarayonida ishtirok etish uchun ariza berish taklif etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga Qonunda ko‘rsatilgan yordamlar ko‘rsatilishi uchun ariza olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yakuniy identifikatsiya shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish to‘g‘risidagi qaror kelib tushgan paytdan e’tiboran hududiy komissiya tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yakuniy identifikatsiya ma’muriy javobgarlik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hududiy komissiyalar tomonidan odam savdosi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik va aniqlik kiritilgandan keyin shaxsni ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb topish to‘g‘risida qarorni qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirish ularga zarur bo‘lgan yordamni, himoyani va reabilitatsiyani ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirish ularning ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq yozgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Dastlabki identifikatsiya natijasiga ko‘ra, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatish uchun qayta yo‘naltirish tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qayta yo‘naltirish odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning roziligi bilan faqat quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qayta yo‘naltirish ular uchun xavf tug‘dirmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni odam savdosidan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish, ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish talab etilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar ularni qayta yo‘naltirishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan hamkorlik qilish huquqidan foydalanishdan bosh tortmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Qayta yo‘naltirishni amalga oshirayotgan vakolatli davlat organlari odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni himoya qilish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik yashash joyidan (boshpanadan) foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlarini sodir etilishini tashkil etayotgan va amalga oshirayotgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordam berish va himoya qilish maqsadida ularning roziligi bilan odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalarga (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar) yuborilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda tez tibbiy yordam, psixologik yordam, huquqiy maslahat, tarjimon xizmatlaridan tekin foydalanish huquqi, vaqtincha yashash joyi (boshpana) bilan ta’minlash hamda yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilishiga yordam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda mutaxassis tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun vakolatli organlar bilan hamkorlik qilishni taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga ko‘ra, Qonunda belgilangan tartibda sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa sohalarda yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashish va yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tibbiy tekshiruvni amalga oshirilishi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki identifikatsiyani amalga oshiruvchi mutaxassislar bergan xabar asosida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va kamsitishga, mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga duchor etilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolarning vatanga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
(46-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun vakolat doirasida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda daxlsizligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ularni tegishli organ va tashkilotlarga yo‘naltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarda odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardan odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga ko‘ra, xorijiy davlatlarda odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavida nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida ma’lumot berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga huquqiy yordam hamda o‘z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarda yordam ko‘rsatish;
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish faoliyatida qatnashayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va ta’sis hujjatlarida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish vakolati yuzasidan monitoring yuritish hamda qonun buzilish holatlarining oldini olish.
(49-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yo‘naltirishni amalga oshirayotgan vakolatli davlat organlariga quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishida ko‘maklashadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish va jabrlanganlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni kasbga yo‘naltirish va moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni himoya qilish tizimini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga vaqtincha boshpana berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs bilan ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Mutaxassis voyaga yetmagan shaxslarni odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar sifatida identifikatsiya qilganda, ularning “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan huquqlari amalga oshirilishi uchun Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyani xabardor qiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilgan mutaxassis bilan birgalikda huquq va qonuniy manfaatlarni ta’minlash uchun zarur hollarda zudlik bilan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalarga qayta yo‘naltiradi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda quyidagilar ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxslarning uy-joyi xavfsizligi, daxlsizligi, xat-xabarlari sir tutilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimon, pedagog yoki psixolog, shu bilan birga qonuniy vakilning ishtiroki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Xorijdagi odam savdosidan jabrlangan va odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq olib kelinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchilar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bo‘lsa yoki o‘z oilasining qayerdaligini bilmasa, dastlabki identifikatsiyani amalga oshirgan mutaxassis boshqa vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmagan shaxslar oilasini qidirish yoki ularga vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish uchun ushbu jarayon ular bilan maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, ota-onasi yoki qonuniy vakili, homiylik hamda vasiylik organining vakili va psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Suhbat voyaga yetmagan shaxslarning jinsi, yoshi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar bilan suhbat bir xil jinsdagi mutaxassis tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. O‘zbekiston Respublikasi hududida odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish bo‘yicha suhbatda voyaga yetmagan shaxslar ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtirok etishi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxslar suhbatda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtirok etishini rad etgan taqdirda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori hamda psixologning ishtiroki ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdagi odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar bilan suhbat masofaviy video-aloqa kanallari orqali o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar bilan suhbat o‘tkazishdan maqsad uning yoshi, fuqaroligi, ota-onasi yoki vasiylarining mavjudligi va ularning qayerdaligi haqida ma’lumotlar to‘plashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Voyaga yetmagan shaxslar dastlabki identifikatsiya bosqichida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar sifatida ushbu Nizomga muvofiq tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar chet el fuqarolari bo‘lsa, identifikatsiyani amalga oshiruvchi davlat organining mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Identifikatsiya qilish uchun vakolatli davlat organining odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ularning roziligidan qat’i nazar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa ularning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilining va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan olib borilayotgan barcha harakatlar “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarning nooshkoraligini ta’minlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Quyidagilar odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar to‘g‘risida shaxsiy ma’lumotlar nooshkoraligini ta’minlovchi subyektlar (keyingi o‘rinlarda — subyektlar) hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash, qayta yo‘naltirish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va suhbat jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari (kelishilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar (kelishilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar ixtisoslashtirilgan muassasalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Mutaxassis suhbat paytidan boshlab, odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlashda ishtirok etadigan subyektlar maxfiy axborotni himoya qilish bo‘yicha idoraviy hujjatga ega bo‘lishi kerak, bu esa davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar doirasini, shuningdek, xodimlarning maxfiy axborotni oshkor qilmaslik majburiyatini belgilaydi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Subyektlar ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlashda quyidagilarga mas’uldir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni ular haqida ma’lumot to‘plashning sabablari va maqsadlari haqida xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqida shaxsiy ma’lumotni o‘zlarining yozma va og‘zaki roziligisiz muayyan maqsadlar uchun uzatmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning, ular haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy chiqishlarda yoki ommaviy axborot vositalari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda ushbu shaxslar roziligisiz ularning shaxsiga doir ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni faqat ularning roziligi bilan oshkor etish va bunday oshkoralik olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar to‘g‘risida tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni tasvirlaydigan grafik tasvirlar yoki videomateriallardan foydalanganda, ularni tanitmaslik va ovozni o‘zgartirishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar va subyektlar ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv bitimiga imzo chekadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularni oshkor qilish oqibatlari masalalari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni olish vakolatiga ega bo‘lmagan ommaviy axborot vositalariga yoki uchinchi shaxslarga odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar bilan ishlash va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganning shaxsini aniqlanishi mumkin bo‘lgan grafik tasvirlar yoki videolarni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlashga imkon beradigan muayyan ishning kelib chiqishi yoki holati haqida ma’lumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqida chop etilgan bosma ma’lumotlarni boshqalar uchun foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan joylarda qoldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Shaxsiy ma’lumotlarni qabul qiluvchiga ushbu ma’lumotlarni uzatishda maxfiylik tartibotiga rioya qilish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Shaxsiy ma’lumotlarning transchegaraviy uzatilishida xalqaro shartnomalar asosida qabul qiluvchi tomon odam savdosidan jabrlangan shaxslarning huquq va erkinliklarini yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Subyektlar odam savdosidan jabrlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali uzatayotganda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ta’minlaydi, ularning buzilishi va ruxsatsiz ishlatilishining oldini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning huquqlari va erkinliklarini yetarli darajada himoya qilishni ta’minlamaydigan mamlakatlarga o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy ma’lumotlarni uzatish uchun odam savdosidan jabrlangan shaxslarning roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar odam savdosidan jabrlangan shaxslarning hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun ma’lumotlarni uzatish zarur bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy foydalanilayotgan ma’lumotlar ichida shaxsiy ma’lumotlar mavjud bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini jahon internet axborot tarmog‘i orqali uzatishda bunday ma’lumotlarni uzatuvchi subyekt axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda, ularni zarur himoya vositalari bilan ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar tarqatilishi ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan bo‘lsa oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilishni va qayta yo‘naltirishni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Dastlabki identifikatsiyaning noto‘g‘ri amalga oshirilishi, yetarli asoslarsiz odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan shaxs sifatida e’tirof etilishi natijasida shaxslarga ko‘rsatilgan yordamlar uchun sarflangan budjet mablag‘lari dastlabki identifikatsiyani amalga oshirgan davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan huquqlarga ega bo‘lish maqsadida yolg‘on xabar bersa, qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi va yetkazilgan zararni qoplab beradi.
(77-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Identifikatsiya jarayonida shaxs o‘ziga nisbatan qabul qilingan qarorlardan qoniqmasa, Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya va Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya raislariga murojaat qilish huquqiga ega.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Odam savdosidan jabrlangan jismoniy shaxs yoki ushbu holatdan xabardor bo‘lgan boshqa shaxslar

Vakolatli organlar va tashkilotlarga murojaat qiladi yoxud xabar beradi.

Zudlik bilan

2-bosqich

Vakolatli organ va tashkilotlar

1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida dastlabki identifikatsiyadan o‘tishga roziligini oladi.

2. Dastlabki identifikatsiyani amalga oshiradi.

3. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

5 kun ichida

3-bosqich

Vakolatli organ va tashkilotlar

1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olingan shaxsning huquqlarini tushuntiradi.

2. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga belgilangan yordamlarni ko‘rsatadi, agarda chet davlatda bo‘lsa vatanga qaytarish choralarini ko‘radi.

3. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishni taklif etadi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng

4-bosqich

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs

Vakolatli organga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risida rozilik beradi yoki hamkorlikni rad etadi.

Murojaat qilingan kundan e’tiboran 30 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda

5-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Odam savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlarini amalga oshiradi.

Shaxsning roziligidan so‘ng JPK doirasidagi muddatlar

6-bosqich

Vakolatli organ

1. To‘plangan hujjatlarni yashash joyi bo‘yicha hududiy komissiyaga yuboradi.

1. Qaror qabul qilinganidan so‘ng

2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuboradi.

2. Shaxsning roziligidan so‘ng

7-bosqich

Hududiy komissiya

1. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish bo‘yicha yakuniy identifikatsiyani amalga oshiradi

2. Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilgandan va aniqlashtirilgandan keyin kollegial tarzda qaror qabul qiladi.

3. Odam savdosidan jabrlangan shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi bo‘yicha yakka tartibdagi rejani tasdiqlaydi.

15 kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

3-ILOVA

4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni dastlabki identifikatsiya qilish uchun suhbat o‘tkazish bosqichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich nomi

Amalga oshiriladigan harakatlar

Kirish qismi

1. Suhbat olib borayotgan mutaxassis suhbatdoshiga o‘zini tanishtirish.

2. Suhbat o‘tkazish maqsadini tushuntirish (respondentning ehtiyojlarini aniqlash zarurligiga urg‘u bergan holda).

Ma’lumotlarni to‘plash va almashish bo‘yicha kelishish (nooshkoralik asosida)

1. Shaxsni uning shaxsi haqidagi ma’lumotlar sir tutilishidan xabardor qilish.

2. Shaxsni unga doir ma’lumotlarni ishlatish va tarqatishni chegaralovchi huquqlari bilan tanishtirish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari bilan tanishtirish

1. Qonunlarda ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlar bilan tanishtirish.

2. Ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish imkoniyati haqida ma’lumotlar berish.

Shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash

Shaxs bilan keyinchalik aloqa o‘rnatish usullarini belgilash.

Shaxsni odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs bilan aloqaga chiqishdan oldingi hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash

Shaxsni, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxsning taklifini qabul qilish sababi va omillarini aniqlash.

Odam savdosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilari haqida ma’lumotlar to‘plash

1. Shaxslarga (harakat) nisbatan ulardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish kabi harakatlar bo‘lganligini aniqlaydi va tahlil qilish.

2. Shaxsga (vosita) kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish kabi ta’sir choralar qo‘llanilganligini tahlil qilish.

3. Shaxsning (maqsad) fohishaligidan foydalanishni yoki undan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini, to‘qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olish kabi ekspluatatsiya qilish maqsadini aniqlash.

Odam savdosining bevosita belgilari haqida ma’lumotlar to‘plash (odam savdosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilari bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi)

1. Shaxsning psixologik holatini tahlil qilish.

2. Ijtimoiy muammolar va odam savdosidan oldingi holatlarning tahlilini amalga oshirish (yashash manzili, muhit va boshqalar).

Xavfni aniqlash

1. Shaxs va uning yaqin qarindoshlarining sog‘ligiga va hayotiga xavfni tahlil qilish (suhbatdoshda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish xohishini uyg‘otish).

2. Agarda hamkorlik qilish istagi bildirilmasa, unga yordam berish dasturidan chiqishini tushuntirish.

Suhbatdosh (respondent)ning shoshilinch, ustuvor va uzoq muddatli ehtiyojlarini aniqlash

1. Qonunchilik hujjatlarida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari doirasida yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.

2. Uzoq muddatli ehtiyojlarini aniqlash (identifikatsiya qilinmagan shaxsga qo‘llanilmaydi).

Odam savdosidan jabrlanganlar, shaxsni qayta yo‘naltirish

Shaxsni qayta yo‘naltirishga bergan roziligini tegishli tartibda rasmiylashtirish.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni dastlabki identifikatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ANKETASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ro‘yxatga olingan sanasi: _____________________ Ro‘yxatda o‘tgan kodi:__ __________

Suhbat sanasi: _____________________________________________________________

Tashkilot nomi: ____________________________________________________________

Suhbatdoshning familiyasi, ismi, otasining ismi: _______________________________

Tashkilot turi:
□ diplomatik vakolatxona/konsullik muassasasi
□ huquqni muhofaza qiluvchi organ (IIV, Prokuratura, DXX)
sog‘liqni saqlash organlari

bandlik va mehnat organlari

□ NNT

□ xalqaro tashkilot
□ boshqa

Yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotga qayta yo‘naltirilgan tashkilotning nomi: __________
____________________________________________________________________________

1. Shaxsiy ma’lumotlar

Familiyasi:____________________________ _________ Ismi: ______________________

Jinsi: □ Ayol □ Erkak

Tug‘ilgan sanasi: _________________ Tug‘ilgan joyi: ______________________________

Fuqaroligi: □ O‘zbekiston Respublikasi □ Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs □ Boshqa davlat □

Bo‘lgan davlati _______________________________________________________________

Millati/elati: □ O‘zbek □ Boshqa _____________________________________________

Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi: _________________________________________________

Bo‘lgan joyi: ________________________________________________________________

Oilaviy ahvoli:
□ yolg‘iz
□ uylangan/turmushga chiqqan
□ ajrashgan
□ ayrilgan
□ birga yashovchi
□ beva/beva ayol

Onasining familiyasi, ismi:___________________________________________________

Otasining familiyasi, ismi:___________________________________________________

Qonuniy vakil (faqat voyaga yetmaganlar uchun): ___________________________________

Farzandlar soni: □ Yo‘q □ 1 □ 2 □ 3 □ Ko‘proq (ko‘rsating) _______________________

Farzandlarning familiyasi, ismi va tug‘ilgan sanasi:______________________________
_____________________________________________________________________________

2. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
(odam savdosiga duch kelishidan oldin)

Ta’lim darajasi:
□ bir yosh
□ 1
3 yosh
□ 3
7 yosh
□ 7
9 yosh (boshlang‘ich sinflar)
□ 10
17 yosh (o‘rta maktab)
□ litsey
□ o‘rta-maxsus ma’lumot (kollej)

□ oliy ma’lumot
□ tugallanmagan oliy ma’lumot
□ boshqa

Kasb/mutaxassisligi: _________________________________________________________

Agar ta’lim darajasi 0, savodxonlik darajasini ko‘rsatadi (o‘qish va yozishni bilishi?)
□ Ha □ Yo‘q

Oldingi ish tajribasi mavjudligi: □ Ha □ Yo‘q □ Boshqa □

Ketishidan oldin ijtimoiy holati qanday edi:
□ talaba
□ xizmatchi
□ ishsiz
□ boshqa

Oylik/kishi boshiga o‘rtacha oylik daromad (___):_________________________________

Migratsiya sababi:
□ qashshoqlik
□ oiladagi zo‘ravonlik
□ ishsizlik
□ uy-joyi mavjud emasligi
□ boshqa _______________

Muqaddam sudlanganligi: □ Ha □ Yo‘q

Agar bo‘lsa, jinoyat turi, sud hukmining sanasi va sudlanish muddatini ko‘rsating:
____________________________________________________________________________

3. Odam savdosi jinoyatining bosqichlari va elementlari

3.1. Yollash

Yollash sanasi:_______________________________________________________________

Yollanishi amalga oshirilgan davlat ____________________________________________

Yollovchi bilan ushbu shaxs o‘rtasida qanday yo‘l bilan aloqa o‘rnatilgan:
□ shaxsiy aloqa
□ gazetaga e’lon

□ radioga e’lon
□ internet (ijtimoiy tarmoqlar)ga e’lon
□ televideniyega e’lon
□ tanishlar orqali/qo‘shnilar
□ oila a’zolari orqali
□ olib qochish
□ boshqa __________________________________________________________________________

Mazkur shaxsga boradigan davlatida va’da qilingan ish yoki daromad turi:
□ enaga
□ uy ishlari
□ qurilish ishlari
□ qishloq xo‘jaligida ishlash
□ boshqa jismoniy mehnat
□ savdo
□ raqsga tushish
□ ofitsiant(ka)
□ nikoh tuzish
□ shahvoniy-biznes
□ tilanchilik
□ jinoiy faoliyat
□ harbiy xizmat
□ turizm
□ boshqa___________________________________________________________________

Mazkur shaxs qaysi davlatda ishlashga rozi bo‘lgan?: _____________________________

Belgilagan mamlakatda va’da qilingan ish haqi miqdori:__________________________

Mazkur shaxs yollovchiga oldindan avans tariqasida haq to‘laganmi? □ Ha □ Yo‘q
Agar ha bo‘lsa, qancha? ________________________________________________________

Yollovchi haqidagi ma’lumotlar: □ Yuridik shaxs □ Jismoniy shaxs

Agar yollovchi — yuridik shaxs bo‘lsa, ko‘rsating:
□ Sayohat agentligi □ Bandlik agentligi □ Boshqa _________________________________

Agar yollovchi jismoniy shaxs bo‘lsa, ko‘rsating:
Yollovchilar soni: _____________________________________________________________

Birinchi yollovchining jinsi: □ E □ A

Birinchi yollovchining fuqaroligi:
□ O‘zbekiston □ Boshqa davlat _____________________ □ Noma’lum

Millati/elat birinchi yo‘llovchi: ____________________________________________

Birinchi yollovchi bilan munosabatlar turi:
□ oila a’zosi
□ qarindosh
□ seviklisi
□ do‘sti
□ qo‘shnisi
□ tanishi
□ notanish
□ noma’lum
□ boshqa __________________________________________________________________

Ikkinchi yollovchining jinsi: □ E □ A

Ikkinchi yollovchining fuqaroligi:
□ O‘zbekiston □ Boshqa davlat _________________________ □ Noma’lum

Millati/elati Ikkinchi yollovchi: ____________________________________________

Ikkinchi yollovchi bilan munosabatlar turi:
□ oila a’zosi
□ qarindosh
□ seviklisi
□ do‘sti
□ qo‘shnisi
□ tanishi
□ notanish
□ noma’lum
□ boshqa __________________________________________________________________

yollash davrida foydalanilgan boshqarish vositalari:
□ aldov
□ shaxsni sotib olish, jabrlanuvchini boshqarish
□ o‘g‘irlash
□ jismoniy qaramlikdan foydalanish (narkotiklar yoki psixotrop moddalar)
□ boshqa vositalar __________________________________________________________

yollovchiga mazkur shaxs qarzini to‘lashi kerak edimi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, ko‘rsating: Pul miqdori: _________________ Davr: _________________

Nima uchun qarz bo‘lgan? ______________________________________________________

Mazkur shaxs sotilgan bo‘lsa, pul miqdorini ko‘rsating: __________________________

3.2. Tashish

Mazkur shaxs o‘z mamlakatidan boshqa joyga ko‘chirilganmi?
□ Ha □ Yo‘q

Mazkur shaxs o‘z mamlakatidan boshqa joyga olib tashilganmi?
□ Ha □ Yo‘q

Transport xarajatlari kim tomonidan qoplangan:
□ mazkur shaxs
□ odam sotuvchi/yo‘llovchi
□ boshqa __________________________________________________________________

Sayohat usuli:
□ piyoda
□ mashinada
□ qatnovchi taksi
□ yo‘lovchi avtobus
□ poyezd
□ samolyot
□ dengiz kemasi
□ boshqa _________________________________________________________________

Mazkur shaxs chegarani kesib o‘tdimi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, chegarani qanday kesib o‘tganligini ko‘rsating:
□ qonuniy
□ noqonuniy
□ noma’lum

Agar noqonuniy bo‘lsa, foydalanilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsating:
□ shaxsiy
□ qalbaki
□ noma’lum

Viza kerak edimi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, qanday viza bilan foydalanilganligini ko‘rsating:
□ rasmiy
□ qalbaki
□ noma’lum

Shaxsini tasdiqlovchi hujjati hozir qayerda?
□ mazkur shaxsda
□ yo‘llovchida/odam sotuvchida
□ ichki ishlar organlarida
□ noma’lum
□ boshqa ________________________________________________________________

Mazkur shaxs boshqa davlatlar orqali tranzit yo‘llari bilan yurganmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, ushbu shaxs mazkur davlatlar hududida biron-bir faoliyatga jalb etilganligini ko‘rsating?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, faoliyat turini ko‘rsating:
□ enaga
□ uy mehnati
□ qurilish ishlari
□ qishloq xo‘jaligi ishlari
□ boshqa jismoniy mehnat

□ savdo
□ raqsga tushish
□ ofitsiant
□ shahvoniy-biznes
□ tilanchilik
□ jinoiy faoliyat
□ harbiy xizmat
□ turizm
□ boshqa

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ketish shahar/mamlakat

Boradigan/borgan shahar/mamlakat

Foydalaniladigan transport vositasi (piyoda, avtobusda, mashinada samolyotda, poyezdda va boshqalar)

kun/oy/yil

Mazkur shaxs boshqa jabrlanganlar/migrantlar bilan sayohat qilganmi?
(Ha/Yo‘q)

Mazkur shaxs o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan sayohat qilganmi?
(Ha/Yo‘q)

Mazkur shaxs qalbaki hujjatlar bilan sayohat qilganmi?
(Ha/Yo‘q)

Chiqish-kirish vizasi bo‘lganmi?
(Ha/Yo‘q)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tashish vaqtida foydalanilgan boshqarish vositalari:
□ aldov
□ jismoniy zo‘ravonlik
□ ruhiy zo‘ravonlik
□ olib qochish
□ hujjatlarni olib qo‘yish
□ jismoniy qaramlikdan foydalanish
□ boshqa ___________________________________________________________________

Mazkur shaxs tashuvchiga qarzini to‘lashi kerakmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, ko‘rsating: Pul miqdori_________________________________________
Davr____________________

Nima uchun qarz?_____________________________________________________________

3.3. Ekspluatatsiya

Mazkur shaxs boshqa shaxs tomonidan foyda ko‘rish maqsadida ekspluatatsiya (faoliyatga majburlanganmi) qilinganmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, ko‘rsating: ekspluatatsiya boshlangan sana: ________________________

Mamlakat/mamlakatlar ekspluatatsiyasi_________________________________________

Odam sotuvchilar soni: _______________________________________________________

Birinchi odam sotuvchining roli: ______________________________________________

Birinchi odam sotuvchining jinsi: □ E □ A

Birinchi odam sotuvchining millati: ___________________________________________

Ikkinchi odam sotuvchining roli: ______________________________________________

Ikkinchi odam sotuvchining jinsi: □ E □ A

Ikkinchi odam sotuvchining millati: ___________________________________________

Bo‘lgan davlatda jabrlanuvchining faoliyat/ekspluatatsiya turi:
□ Tijorat shahvoniy ekspluatatsiya
□ Notijorat shahvoniy ekspluatatsiya
□ Raqqosa sifatida ekspluatatsiya
□ Enaga sifatida ekspluatatsiya
□ Uy mehnati ekspluatatsiyasi
□ Savdo ekspluatatsiyasi
□ Qishloq xo‘jaligi ekspluatatsiyasi
□ Qurilish ekspluatatsiyasi
□ Mehnat yoki xizmatlar ekspluatatsiyasining boshqa turlari_______________________
□ Qullikda yoki qullikka o‘xshash sharoitlardagi ekspluatatsiya _____________________
□ Tilanchilikka majburlash
□ Jinoiy faoliyatda foydalanish
□ Qurolli to‘qnashuvlarda foydalanish
□ Organlarni yoki to‘qimalarni olib qo‘yish
□ Surrogat ona sifatida foydalanish
□ Farzandni ekspluatatsiya qilish maqsadida boqib olish

□ Ekspluatatsiyaning boshqa turlari ___________________________________________

Ekspluatatsiya bosqichida foydalaniladigan boshqaruv vositasi:
□ Aldov
□ Jismoniy zo‘ravonlik
□ Ruhiy zo‘ravonlik
□ Zo‘ravonlik qilish bilan tahdid qilish
□ Hujjatlarni olib qo‘yish
□ Muayyan qarzini to‘laguncha garov sifatida ushlab turish

□ Jismoniy qaramlikdan foydalanish (narkotik va boshqalar)
□ Hokimiyatni suiiste’mol qilish
□ Jabrlanuvchini nazorat qilgan shaxsning roziligini olish uchun to‘lov yoki imtiyozlarni berish yoki olish
□ Qiynoqlarni qo‘llash
□ Zo‘rlash
□ Qurol qo‘llash
□ Maxfiy ma’lumotlarni ovoza qilish bilan tahdid qilish

□ Harakat erkinligini cheklash
□ Hokimiyatga topshirish bilan tahdid qilish
□ Manipulyatsiya
□ Boshqa___________________________________________________________________

Mazkur shaxs qandaydir qarzini ekspluatatorlarga to‘lashi kerakmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, aniqlashtiring: pul miqdori _________________ davr________________________

Nima uchun qarz? ____________________________________________________________

Ekspluatatsiya shartlari qanday edi?
□ Belgilangan soatdan ko‘proq
□ Tanlash imkoni bo‘lmagan/ish tanlash cheklangan bo‘lgan

□ Oziq-ovqat yo‘qligi
□ Suv yo‘qligi
□ Dam olish kunlari yo‘qligi
□ Tibbiy yordam yo‘qligi
□ Boshqa ___________________________________________________________________

Mazkur shaxs pul oldimi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, har oy olgan pul miqdorini ko‘rsating: ____________________________

Mazkur shaxsga pul to‘plashiga ruxsat berilganmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Boshqa shaxslar ham shunga o‘xshash holatlarga tushib qolganmi?
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, qancha: ________________________________________________________

Jinsi qanaqa? □ Ha □ Yo‘q □ ikkala jinsli

Yoshi taxminan nechada bo‘lgan? □ voyaga yetmagan 18 yoshgacha □ voyaga yetgan, 18 yoshdan kattaroq

4. Odam savdosi vaziyatidan chiqish yo‘llari

Odam savdosi vaziyatidan chiqish sanasi: ________________________________________

Jabrlanuvchi qanday ozod etildi?
□ Ekspluatator tomonidan ozod etilgan
□ O‘zi ozod bo‘lgan
□ Boshqa jismoniy shaxs yordami bilan ozod etilgan
□ Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining aralashuvi bilan
□ NNT yordami bilan
□ noma’lum
□ Boshqa: _________________________________________________________________

5. Ilgari odam savdosidan jabrlanganlik holati

Mazkur shaxs ilgari odam savdosidan jabrlangan bo‘lganligi holati
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ha bo‘lsa, ko‘rsating: ilgari odam savdosidan jabrlangan bo‘lgan sanasi:________

Ilgari odam savdosidan jabrlangan bo‘lgan davlati _____________________________

Bo‘lish davri/yil ___________________________________________________________

Jabrlanuvchi ilgari odam savdosidan jabrlangan bo‘lgan vaqtidagi faoliyat turi/ ekspluatatsiya:

□ Tijorat shahvoniy ekspluatatsiya
□ Notijorat shahvoniy ekspluatatsiya
□ Raqqosa sifatida ekspluatatsiya
□ Enaga sifatida ekspluatatsiya
□ Uy mehnati ekspluatatsiyasi
□ Savdo ekspluatatsiyasi
□ Qishloq xo‘jaligi ekspluatatsiyasi
□ Qurilish ekspluatatsiyasi
□ Mehnat yoki xizmatlar ekspluatatsiyasining boshqa turlari_______________________
□ Qullikda yoki qullikka o‘xshash sharoitlardagi ekspluatatsiya _____________________
□ Tilanchilikka majburlash
□ Jinoiy faoliyatda foydalanish
□ Qurolli to‘qnashuvlarda foydalanish
□ Organlarni yoki to‘qimalarni olib qo‘yish
□ Surrogat ona sifatida foydalanish
□ Farzandni ekspluatatsiya qilish maqsadida boqib olish

□ Ekspluatatsiyaning boshqa turlari___________________________________________

Mazkur shaxs ilgari ham odam savdosidan jabrlangan deb identifikatsiya qilinganmi:
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Agar ushbu shaxs odam savdosidan jabrlangan deb identifikatsiya qilingan bo‘lsa, aniqlashtiring:
Mamlakat__________________________________________________________________

Identifikatsiyani amalga oshirgan tashkilot: ___________________________________

Jabrlanuvchi ilgari odam savdosidan jabrlangan bo‘lganda, yordam ko‘rsatilganmi:
□ Ha □ Yo‘q □ Noma’lum

Holatning aniq tafsiloti: __________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________

Yakunlovchi xulosa:
Mazkur shaxs odam savdosidan jabrlangan deb hisoblanadi/hisoblanmaydi

Imzo ______________ Sana_____________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA

7-ILOVA

8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Asosiy turlari

Belgilari

Belgilari uchun tushunchalar

I. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish mezonlari

1. Jinoiy harakatlar

1.1. Yollash.

Yollash alomatlari quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

1) yollash maqsadida yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish:

jamoat joylarida (dam olish joylari, mehnat yarmarkalari, xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim dasturlarini yoritish bo‘yicha tadbirlar, turli tanlovlar);

bevosita qarindoshlari va tanishlari tomonidan;

internet tarmog‘ida;

sayyohlik va ish bilan ta’minlash agentliklari, tanishish va nikoh agentliklari orqali;

vasiylik/homiylikka olish orqali;

OAVda reklama berish orqali;

boshqa davlat fuqaroligini olishni va’da berish;

firibgarlik.

2) Majburlash orqali:

odam savdosida gumon qilingan shaxs tomonidan jabrlanuvchiga va uning qarindoshlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash orqali;

o‘g‘irlash;

nikohga majburlash;

tovlamachilik.

Yollash deganda, jismoniy yoki yuridik shaxslarni izlash, tanlash, yollash va har qanday ishni bajarish, ish beruvchi yoki boshqa shaxslar manfaatlari uchun xizmatlar ko‘rsatish uchun moddiy tovon puli to‘lash maqsadida odamlarni yollashdagi faoliyati tushuniladi. Yollash kelib chiqqan, tranzit qilingan yoki boradigan mamlakatda amalga oshirilishi mumkin. Yollash jismoniy shaxslar tomonidan ham (erkaklar, ayollar, turmush qurgan juftliklar) va yuridik shaxslar tomonidan (turli xil yuridik va noqonuniy bandlik agentliklari, sayyohlik agentliklari va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin.

Yollashda yolg‘on ma’lumotlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

ta’lim olish imkoniyatlari to‘g‘risida;

ishga joylashish shartlari to‘g‘risida;

taklif qilinayotgan mehnat shartnomasining qonuniyligi to‘g‘risida;

chet elda oila a’zolari bilan uchrashish imkoniyati to‘g‘risida;

yashash sharoitlari to‘g‘risida;

boshqa davlatda ish topish va unda yashash uchun zarur bo‘lgan huquqiy hujjatlarni olish to‘g‘risida;

taklif qilingan ishning mohiyati;

taklif qilingan ish haqi to‘g‘risida.

1.2. Tashish (transportirovka).

Shaxsni ekspluatatsiya qilish maqsadida turli transport vositalaridan foydalanilgan holda yoki foydalanmagan holda davlat hududida yoki chet elda bir joydan ikki joyga ko‘chirish.

Tashish/transportirovka quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

1) jabrlanuvchi shaxsni mamlakat ichidagi boshqa bir turur joyga, (mamlakat ichidagi odam savdosi) yoki chet elda (transmilliy odam savdosi);

2) transport vositalaridan foydalangan holda (avtomobil, samolyot va boshqalar) yoki ularsiz (borish qiyin bo‘lgan hududlar orqali piyoda yurish);

3) jinoiy guruhlar yoki transport kompaniyalari tomonidan.

1.3. Topshirish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni ekspluatatsiya qilish maqsadida bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni topshirish, odatda, mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan pulli bitim natijasida yuzaga keladi. Sobiq egasi uni moddiy manfaat olish uchun yangi egasiga narsa sifatida topshiradi. Pul o‘tkazish nafaqat belgilangan mamlakatda, balki tranzit mamlakatlarida ham amalga oshirilishi mumkin.

1.4. Yashirish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni davlat organlari yoki uchinchi shaxslarga jinoyat haqida xabar berish imkoni bo‘lmagan joylarga yashirish.

Odam savdosidan jabrlangan shaxsni yashirish uning asosiy yashash joyidan tashqarida joylashgan boshqa bir hududda amalga oshiriladi. Bu mehmonxona, mehmon uyi yoki kvartira bo‘lishi mumkin.

Odam savdosidan jabrlangan shaxsni odatda, boshqa shaxslar, rasmiy va norasmiy shaxslar bilan aloqa qilishdan qochish uchun yashiriladi. Yashirishni tan olish juda qiyin, chunki u majburlashdan ko‘ra uy-joy bilan ta’minlash bilan bog‘liq. Uy egasining aybdorligi masalasi va darajasi bu shaxs nima yuz berayotgani haqida bergan ma’lumot miqdoriga bog‘liq

1.5. Qabul qilish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni kelajakda ekspluatatsiya qilish maqsadida bir shaxs boshqa bir shaxsdan qabul qilishi.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni qabul qilish shuningdek, topshirish paytida, odatda mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan pulli bitim natijasida yuzaga keladi. Bunday holda, yangi egasining harakatlariga urg‘u beriladi. Yangi egasi jabrlanuvchini avvalgi egasiga moliyaviy foyda berish evaziga qabul qiladi. Sotib olish, ekspluatatsiya maqsadida ish bilan ta’minlash yoki yollashni o‘z ichiga oladi.

2. Jinoiy ta’sir etish usullari

2.1. Jismoniy yoki ruhiy tahdid qilish.

Shaxsning erkiga qarshi zo‘ravonlikni qo‘llash bilan tahdid qilish.

Shaxs itoatsizlik qilgan taqdirda, unga yoki boshqa shaxslarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qo‘llashga va’da berishni, shuningdek, boshqa shaxslarga zo‘rlik ishlatilayotganini namoyish etishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik tahdidi kuch ishlatish, yakkalash, qurolni namoyish qilish va boshqa tahdidlar sifatida ham e’tirof etiladi.

2.2. Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan badaniga shikast yetkazish.

Badanga qasddan shikast yetkazish, mehnat qobiliyatini sezilarli darajada yo‘qotish yoki jismoniy azob-uqubatlarni keltirib chiqargan, ammo buning natijasida jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmagan qasddan ish tashlash yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlariga olib keladi.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan kaltaklangan yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlari (oziq-ovqat va suv bilan ta’minlanmagan, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmagan va hokazo) bu jismoniy azob-uqubatlarga va/yoki jarohatlarga olib keldi, ammo jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Tanada zo‘ravonlik izlari (chandiqlar va boshqalar) bo‘lishi mumkin) sog‘liqqa zarar og‘irligining sud-tibbiy ta’rifi xulosasi hisobga olinadi.

Zo‘ravonlik, ular ustidan ko‘proq nazorat qilish uchun shaxslarni giyohvand yoki spirtli ichimliklar olishga majbur qilishi mumkin.

Zo‘ravonlik insonni asl shartnomada aks etmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish uchun ham ishlatilishi mumkin (masalan, asosiy vazifalardan tashqari majburiy uy vazifasini bajarish uchun).

2.3. Insonning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan ruhiy zo‘ravonlikdan foydalanish.

Shaxsga ruhiy zo‘ravonlik natijasida odam savdosi jabrlanuvchisi o‘z irodasini erkin nazorat qila olmaydi va odam savdogarining topshirig‘iga binoan harakatlarni amalga oshiradi.

Ruhiy zo‘ravonlik alomatlari shikastlanishdan keyingi stressni o‘z ichiga olishi mumkin — fikrlash buzilishi, tartibsizlik, xotira muammolari va uyquning buzilishi.

Haqorat, har qanday xatti-harakatlar uchun aybdorlik hissini singdirish, masxara qilish, qo‘pol munosabat, qo‘rqitish va boshqalar ruhiy zo‘ravonlik deb ham tan olinadi.

O‘zaro munosabatlarni doimiy ravishda suiiste’mol qilish va buzish, shuningdek, odamning zaifligini oshirishga qaratilgan psixologik majburlashning bir shakli hisoblanadi.

Tahdidlarning ishonchliligi va ta’sirini jabrlanuvchining individual e’tiqodi, yoshi, madaniy darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy holati hisobga olingan holda baholash kerak.

Sog‘likka yetkazilgan zararning og‘irligi to‘g‘risida sud-tibbiyot xulosasi hisobga olinadi.

2.4. Shaxsning hayoti, jismoniy yoki ruhiy salomatligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘ravonlikdan foydalanish.

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish, natijada:

1) ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga;

2) uzoq muddatli sog‘liqni buzilishiga yoki uchdan bir qismidan kam bo‘lgan doimiy nogironlik holatiga olib keladigan o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy shikastlanish.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish.

Ushbu xavfli harakatlar jabrlanuvchiga yetkazish vaqtida hayoti uchun xavfli bo‘lgan yoki normal rivojlanish jarayonida, tegishli tartibda davolanmasa jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi yoki nogironligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarohatlarga kiradi.

Sog‘likka yetkazilgan zararning og‘irligi to‘g‘risida sud-tibbiyot xulosasi hisobga olinadi.

2.5. Qiynash.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs ko‘p marotaba yoki uzoq vaqt davomida og‘riq yetkazish bilan bog‘liq harakatlar, chimchilash, savalash, to‘mtoq yoki o‘tkir uchli narsalar bilan ko‘plab, ammo uncha katta bo‘lmagan shikastlar yetkazish, qizdirilgan buyumlar bilan odam tanasiga ta’sir ko‘rsatish yoki boshqa shunga o‘xshash qiynoqlar.

Qiynoqlar — bu yuqoridagi maqsadlar uchun qasddan qiynoqqa solish yoki jiddiy jismoniy yoki ruhiy azob berishdir.

Qiynoqlar va boshqa zo‘ravonlik turlari o‘rtasidagi farq, berilgan og‘riqning intensivligi asosida belgilanadi.

Qiynoqlar odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsdan pulni undirish, qo‘rqitish yoki ba’zi harakatlarga majburlash maqsadida unga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazishni anglatadi.

Qiynoqlar og‘irlashtiruvchi va qasddan qilingan, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsitadigan muomaladir.

Jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik uyqu, oziq-ovqat va suvdan mahrum qilish, termal, kimyoviy kauterizatsiya (Moxibustion), qo‘rqitish, tibbiy yordamdan, shaxsiy gigiyena buyumlaridan va boshqadan mahrum qilish bilan ifodalanadi.

2.6. Insonni bo‘ysundirish uchun g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomaladan foydalanish.

G‘ayriinsoniy muomala-noqonuniy jismoniy yoki ruhiy azob-uqubatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qiynoqlardan boshqa har qanday muomala.

Shaxsni kamsituvchi muomala — bu odamni boshqa odamlar oldida qo‘pol ravishda kamsitadigan yoki uni o‘z irodasi va vijdoniga zid ish tutishga majbur qiladigan yoki jabrlanuvchini qo‘rquv, kamsitilish, xavotirga soladigan, odamni kamsitishga va jismoniy holatini bostirishga qodir qiynoqlardan boshqa har qanday muomala. shuningdek, jabrlanuvchiga bo‘ysunish uchun axloqiy qarshilik.

Shaxsni kamsituvchi muomala — bu odamni boshqa odamlar oldida qo‘pol ravishda kamsitadigan yoki uni o‘z irodasi va vijdoniga zid ish tutishga majbur qiladigan yoxud jabrlanuvchini qo‘rquv, kamsitilish, xavotirga soladigan, shaxsni kamsitishga va jismoniy holatini bostirishga qodir qiynoqlardan boshqa har qanday muomala.

G‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsitadigan muomala — odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan shaxsni bo‘ysundirish maqsadida unga qarshi qilingan harakatlar majmuasi.

2.7. O‘g‘irlash

Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni xohishiga yoki irodasiga zid ravishda sodir etilgan xatti-harakatlar, yashash joyini yoki vaqtincha yashash joyini o‘zgartirish, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq harakatlar.

Odam o‘g‘irlash quyidagi ketma-ketlikda uchta bosqichni o‘z ichiga oladi:

1) jabrlanuvchini qo‘lga olish;

2) doimiy yoki vaqtincha yashash, ishlash, dam olish, davolanish va boshqalardan ko‘chib o‘tish;

3) ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni irodasiga qarshi yoki uning xohish-irodasini hisobga olmasdan ozodlikdan mahrum qilish bilan ushlab turish.

Shaxsni o‘z xohish-irodasiga qarshi o‘g‘irlash, uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyidan ko‘chib o‘tishi, joylashgan joyidan boshqacha joyda ushlab turish, garovga olish alomatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan va qo‘lga olish, aldash yoki hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘ravonlik ishlatish bilan sodir etilgan yoki bunday zo‘ravonlik tahdidi.

Odam o‘g‘irlash odam savdosi jabrlanuvchisini o‘z irodasiga qarshi qasddan qo‘lga olishni, tashishni va cheklashni o‘z ichiga oladi.

2.8. Hujjatlarni olib qo‘yish.

Odam savdosidan jabrlangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sayohat hujjatlari (pasport, shaxsiy guvohnoma, yashash guvohnomasi va boshqalar), hujjatlarni olib qo‘yish orqali foydalanishdan mahrum qilish.

Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘liq ayrim ishlarni hal qilish zarurati uchun turli bahonalar ostida olib qo‘yilishi mumkin. Keyin o‘z hujjatlarini olgan kishiga bo‘ysunish uchun qo‘rquv va mas’uliyatni his qilish uchun shaxsga qaytarilmaydi.

2.9. Asossiz qarzni to‘lash uchun shaxsni majburiy holatda ushlab turish.

Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni harakat erkinligidan mahrum bo‘lgan holatda, uchinchi shaxs tomonidan qonuniy yoki noqonuniy ravishda belgilangan qarzni to‘lamagunga qadar garovga olinadi.

Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs qamoqqa tashlanadi yoki kichik hududda harakat erkinligi cheklanadi, yoki uchinchi shaxs asossiz qarzni (qarzga qullik) to‘lash paytigacha garovda saqlanadi.

Bu deyarli muddatsiz davom etishi mumkin, chunki bir tomondan, ko‘rsatilayotgan ishlar va xizmatlar kam baholanadi, boshqa tomondan, oziq-ovqat va turar joy uchun to‘lov shu qadar yuqori narxlarda undiriladiki, qarzni undirish deyarli mumkin emas. Bunday munosabatlar qonuniy ko‘rinish berish uchun qarz bilan bog‘liq shartnoma asosida o‘rnatilishi mumkin. Aslida, bunday munosabatlar noqonuniydir, chunki ular yolg‘onga asoslangan va shartnoma shartlari adolatsizdir.

Qarz, ish haqi avanslari yoki sayohat xarajatlarini qoplash uchun qarzlardan, kunlik yashash xarajatlaridan, tibbiy xarajatlar kabi favqulodda xarajatlardan kelib chiqishi mumkin. Ta’sir usullari manipulyatsiyaga, ayniqsa, savodsiz ishchilarga ta’sir qilishi mumkin. Ta’sir qilish usullari, ayniqsa, savodsiz ishchilarga ta’sir qilishi mumkin.

2.10. Aldash.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganga, odam savdosidan jabrlangan shaxsga ham jismoniy, ham ruhiy azob yoki jiddiy og‘riq tug‘diradigan har qanday harakat qasddan sodir etiladi. Yolg‘on, jinoyat sodir yetish usuli sifatida, muayyan holatlar yoki harakatlar haqida yolg‘on ma’lumot berishdan iborat faol harakatlar orqali va holatlarni yoki real faktlarni yashirish yoki yashirishdan iborat harakatsizlik orqali namoyon bo‘lishi mumkin (masalan, qonuniy ish joyi haqida ishga qabul qilish paytida yolg‘on va’dalar, jabrlanuvchining ishlashga majbur bo‘ladigan haqiqiy sharoitlarni yashirish va boshqalar yoki haq haqida operatsiya davomida yolg‘on va’dalar-ish oxirida yoki ma’lum bir kalendar davridan keyin ma’lum bir miqdorda so‘ng daromad butun miqdorini to‘lash uchun).

Aldash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ish, mablag‘ yoki ish beruvchining tabiati haqida yolg‘on gapirish;

mehnat sharoitlari va / yoki ish haqi haqida aldash;

mehnat shartnomasi yoki xizmat shartnomasining mazmuni yoki qonuniyligi haqida yolg‘on gapirish;

oilani birlashtirish haqidagi aldov;

yaxshilangan uy-joy yoki yashash sharoitlari haqida aldash;

qonuniy qolish haqida aldash va/yoki migrant maqomini olish;

safar shartlari va maqsadlari haqida yolg‘on gapirish;

nikoh yoki farzandlikka olish haqidagi yolg‘on va’dalar berish;

ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi to‘g‘risida yolg‘on va’da berish.

Odam savdosi jinoyatini shaxsiy manfaatlar yo‘lida yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganga chalg‘ituvchi va zarar yetkazish maqsadida yolg‘on yoki buzib ko‘rsatilgan faktlar bilan amalga oshiriladi.

Aldash bilan bir qatorda ko‘p hollarda psixologik manipulyatsiya ham ishlatiladi — bu qasddan aldashga asoslangan ishontirish usuli hisoblanadi. Bunda shaxs manipulyator tasvirlangan holatlar haqiqatligiga ishonadi.

Misol uchun, shahvoniy ekspluatatsi qilishdan oldin shaxs, shu maqsadda foydalanilayotgan va taqdirga tan bergan boshqa jabrlanganlar bilan bir xonada bir necha oy davomida yashashga majbur qilinadi. Sekin asta shaxsning fikrida bunga ko‘nikish paydo bo‘lib, ongida xulq-atvorning yangi modeli shakllana boshlaydi. Shu bilan birga bu davr orasida unga boshqa yo‘l yo‘qligi eslatib turiladi. Buni oqibatida aksariyat hollarda shaxs o‘zi fohishalik qilishga rozilik bildiradi hamda foydalanuvchiga nisbatan uning adolatli shaxs deb qabul qiladi va aytilgan ishdan bosh tortishi foydalanuvchiga yoki boshqa shaxslarga zarar keltirishi mumkinligini o‘ylay boshlaydi.

Shuningdek, ayrim xollarda qoidabuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risida holatlar uyushtiriladi va foydalanuvchilar tomonidan bu narsalar to‘g‘rilanganligi namoyish etiladi va ularning qarzdorliklarini his qilishlariga undaladi.

Aldov og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarni aldash ularga va/yoki ularning ota-onalariga (vakillariga) berilgan yolg‘on va’dalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

2.11. Vaziyatning qaltisligidan foydalanish.

Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning, shaxs tushib qolgan og‘ir vaziyatlardan foydalanishi:

ularning xavfli ijtimoiy turmush darajasi;

yoshi, homiladorlik, kasallik, nogironlik, jismoniy yoki ruhiy nogironlik yoki aqli zaiflik tufayli yuzaga kelgan holat;

noqonuniy kirish yoki tranzit yoki maqsad mamlakatda qolish bilan bog‘liq ularning xavfli joy.

Zaif vaziyat: jabrlanuvchini izolyatsiya qilish, ularning qiyin iqtisodiy ahvoli, oilaviy muammolar yoki ijtimoiy resurslarning yetishmasligi va boshqalar. Zaiflikni suiiste’mol qilish quyidagi hollarda ham qo‘llanilishi mumkin:

qiyin oila yoki shaxsiy vaziyat;

ta’lim yetishmasligi / til;

axborot yetishmasligi;

ish beruvchi tomonidan nazorat / ekspluatator;

noqonuniy ravishda migrant maqomini olish.

Majburiy mehnat holatlarida zaiflik mezonlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

mahalliy til ko‘nikmalarining yo‘qligi;

mahalliy qonunlarni bilmaslik;

muqobil tirikchilik vositalarining yo‘qligi;

diniy yoki etnik ozchilik guruhiga mansub;

nogironlik yoki shaxsni aholining ko‘pchiligidan ajratib turadigan boshqa xususiyatlar.

Zaiflik zaiflikning har qanday turi sifatida tushunilishi kerak: aqliy, hissiy, oilaviy, ijtimoiy yoki iqtisodiy. Bu odamni ekspluatatsiyani qabul qilishga majbur qiladigan umidsiz vaziyatlar majmuasiga ishora qiladi, chunki ular haqiqiy va maqbul muqobillikka ega emas.

2.12. Hokimiyatni suiiste’mol qilish.

Mansabdor shaxs tomonidan uning xizmat vazifalari doirasiga kiruvchi harakatlarni bajarmasligi yoxud mansabdor shaxsning o‘z vakolatidan foydalanib, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga ta’sir ko‘rsatishi yoxud o‘z vakolatidan xizmat manfaatlariga xilof ravishda foydalanishi.

Jabrlanuvchining ko‘rsatmasidan kelib chiqib, unga qarshi jinoiy harakatlar o‘z lavozimidan uchinchi shaxs manfaatlari uchun yoki shaxsiy maqsadlarda foydalangan holda mansabdor shaxs tomonidan sodir etiladi.

2.13. Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etib, shaxsdan foydalanish uchun shaxslar o‘rtasida tuzilgan bitim.

Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxs-odam savdosi jarayonida ushbu kuchdan foydalanib, jabrlanuvchini nazorat qiluvchi shaxs.

Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxs: ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

2.14. Jismoniy qaramlikdan foydalanish.

Odam savdosidan jabrlangan shaxs tanasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, alkogolli ichimliklar bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan jismoniy yoki ruhiy bog‘liqlik.

Xulq-atvorda yuzaga keladigan o‘zgarishlar va boshqa reaksiyalar bilan tavsiflangan holat har doim o‘zlarining aqliy ta’sirini qayta his qilish va ba’zan azob-uqubatlardan qochish uchun bunday moddalarni uzoq muddatli yoki vaqti-vaqti bilan qabul qilish zarurati bilan bog‘liq.

Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ko‘pincha jabrlanuvchilar uchun giyohvandlik yoki psixotrop bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Bu ular uchun ikkita sababga ko‘ra foydalidir.

Stimulyatorlar odam savdosidan jabrlangan shaxsga bir muncha vaqt unutishga yordam beradi, “yaxshi” kayfiyatni yaratadi, bu esa o‘z navbatida mijozlarni xursand qiladi.

Bundan tashqari, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga to‘liq bo‘ysunishga erishadi va giyohvandlik yoki psixotrop qaramlikka tushib qolgan jabrlanuvchini oson boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.

2.15. Huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatish tahdidi.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni qo‘rqitish uchun maxfiy ma’lumotlardan nazorat mexanizmi sifatida foydalanish. (oilasiga intim xarakterdagi ma’lumotlarni oshkor qilish tahdidi va boshqalar.)

Huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatish tahdidi odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning ko‘rsatmasi asosida olinadi.

2.16. Harakat erkinligini cheklash.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni erkinlikdan mahrum qilish yoki muayyan hudud bilan harakat erkinligini cheklash orqali odatda, boshqa odamlar bilan aloqa qilishning oldini olish yoki mehnat ekspluatatsiyasini maksimal darajada oshirish.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs ko‘pincha boshqalar bilan muloqotga kirishishni oldini olish yoki ishini mehnat ekspluatatsiyasini maksimal darajada oshirish maqsadida erkinlikdan mahrum qilinadi yoki muayyan hudud bilan harakat erkinligi cheklanadi.

Harakat erkinligini cheklash soqchilar tomonidan yoki videokameralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

2.17. HMQOga xabar berish bilan tahdid qilish.

Jabrlanuvchining mamlakatda bo‘lishi noqonuniyligi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish xavfi ostida muayyan harakatlarni amalga oshirishni talab qilish.

Bu, odatda, muhojirlar uchun mamlakatda qolish, ularning holati noqonuniy bo‘lganda qo‘llaniladi.

Majburiy mehnat ekspluatatsiyasi davomida ish haqining yo‘qolishiga; oila a’zolarini ishdan bo‘shatish; mehnat sharoitlarining yanada yomonlashishi yoki imtiyozlarning bekor qilish kabi tahdidlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

3. Maqsad

Maqsad (ekspluatatsiya) — odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini, to‘qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olishni anglatadi.

3.1. Odamlardan fohishalikda foydalanishning o‘zga shakllari

Fohishalikdan foydalanish deganda , odam uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllari deganda odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va boshqa maqsadlarga foydalanish uchun berilishi tushuniladi.

Odam savdosidan jabrlangan shaxsni fohishabozlik bilan shug‘ullanishga, pornografik materiallarni ishlab chiqarish, tarqatish va aylanmasini amalga oshirish, ularni sotib olish, sotish yoki saqlash maqsadida tayyorlanadigan pornografik tomoshalarda qatnashishga, boshqa turdagi jinsiy ekspluatatsiya turlarida foydalanish yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlarga majburlash.

Ekspluatatsiya — bu shaxsning ixtiyoriga qarshi biror-bir ish yoki xizmat ko‘rsatishga noqonuniy majburlash (majburlash vositasi sifatida qo‘llaniluvchi yuridik, jismoniy yoki psixologik omillar) sababli ushbu ish va xizmatlarni bajarishni rad eta olmaslikni anglatadi.

Ekspluatator odam savdosidan jabrlanganga turli ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llashi mumkin.

Ta’sir o‘tkazish choralari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini inobatga olish zarur, masalan:

yomon shart-sharoitlardagi ish joyiga o‘tkazish;

kelgusida yaxshi ishlarda ishlashga yo‘l qo‘ymaslik;

yashash joyi va kundalik ehtiyojlardan mahrum qilish va boshqalar.

Shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi holatida ekspluatator aniq moddiy manfaatni ko‘zlaydi.

Odatda, odam savdosidan jabrlangan ekspluatatorning doimiy nazorati ostida bo‘ladi va shahvoniy xarakterdagi xizmatlarni majburlov ostida yoki xizmat haqqi to‘lovini kutib amalga oshiradi, lekin ekspluatator:

umuman haq to‘lamaydi yoki juda ham kam miqdorda arzimas haq to‘laydi;

kutilayotgan to‘lovdan asossiz ravishda sezilarli miqdorda chegirib qoladi.

Shahvoniy xizmatlar yoki pornografiyada odam savdosidan jabrlangan shaxsdan majburiy foydalanish ekspluatator yoki boshqa shaxslar uchun moddiy daromad keltiruvchi serdaromad faoliyat sanaladi.

3.2. Shahvoniy ekspluatatsiyaning boshqa shakllari (notijorat shahvoniy ekspluatatsiya).

Jinoiy xatti-harakatni sodir etgan shaxsning yoki boshqa shaxslarning mol-mulki hajmiga bevosita ta’sir qilmaydigan faoliyat bo‘lib, bu o‘zaro rasmiy nikoh (shu jumladan, ko‘pxotinlilikda), shar’iy nikoh yoki boshqa shunga o‘xshash yashash turlarida namoyon bo‘ladi.

Notijorat shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasiga birgalikda majburiy yashash yoki majburiy nikoh misol bo‘la oladi. Bu kabi holatlardagi munosabatlarda moddiy manfaatdorlik ko‘zlanmaydi.

3.3. Majburiy mehnat.

Majburiy mehnat — bu shaxs o‘z xizmatlarini ixtiyoriy ravishda taklif qilmagan, har qanday jazo tahdidi ostida har qanday shaxsdan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni bajarishdir.

Majburiy mehnat quyidagi belgilarga ega:

ish yoki xizmatlarni aldash, majburlash, zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidi bilan ta’minlash (yoki bajarish);

zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidi ostida o‘ta og‘ir (noqulay) ish sharoitlari va kun ko‘rish/yashash sharoitlari;

zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidini qo‘llash orqali har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini to‘xtatish imkoniyatini cheklash va mahrum qilish.

Majburlash quyidagi belgilarga ega:

ishchining zaif ahvolini suiiste’mol qilish;

harakatni cheklash;

izolyatsiya/yakkalash;

jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik;

qo‘rqitish va tahdidlar;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsiy buyumlarni musodara qilish yoki ushlab turish;

ish haqqining ma’lum miqdorini ushlab qolish;

qarzni qoplash (qarzdorlik girdobi), shuningdek, majburiy qarzdorlik oqibatida yuzaga kelgan qarzlarini to‘latish maqsadida odam savdosidan jabrlangan shaxsni majburan ushlab turish.

Majburiy mehnat holatini ish beruvchining mehnat qonunchiligini buzgan holatidan ajrata olish kerak. Misol uchun, xodimga belgilangan davlatda ish haqqi uchun belgilangan eng kam ish haqqini to‘lashdan bosh tortish majburiy mehnat belgisi emas. Biroq, agar ish beruvchi qonun bilan taqiqlangan majburiy vositalar va usullarni qo‘llagan holda ishchining ish joyini tark etishiga to‘sqinlik qilsa, bu faktlar majburiy mehnatning belgisi hisoblanadi. Majburiy mehnat ixtiyoriga (o‘z xohish-irodasi va irodasiga) qarshi va jazolanish tahdidi ostida (majburlash yo‘li bilan) amalga oshiriladigan ish deb ko‘rib chiqilishi zarur. Majburiy mehnat odam savdosidan jabrlangan shaxsning xohish-irodasiga qarshi majburan mehnat qilishga undash bo‘lib, bunda jabrlanuvchi boshqa holatlarda o‘z erki va istagiga ko‘ra bu kabi mehnat shart-sharoitlarga rozilik bermasligini, aldov (yollash) va majburlash orqali ish topishni anglatadi. Haddan tashqari noqulay ish sharoitlari quyidagilarni o‘zida aks ettiradi, masalan, xavfli ish (jiddiy jarohat yoki shikastlanish, shu jumladan o‘limga olib keluvchi omillar), zararli mehnat sharoiti (kasalliklarga olib keluvchi, shu jumladan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytiradigan omillar), ortiqcha ish yuklamasi (belgilangan mehnat me’yorlardan ortib ketuvchi omillar), belgilangan vaqtdan ortiq ish vaqti (dam olish va ovqatlanish vaqtini cheklanishi, bo‘sh vaqt nazorati va boshqalar), ya’ni mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mehnat sharoitlari.

Haddan tashqari noqulay yashash shart-sharoitlari yomon holatdagi maishiy turar joylarni (avariya holatidagi, qurilishi tugallanmagan yoki boshqa yaroqsiz binolar/inshootlarda yashash, sanitariya sharoitlariga javob bermaydigan joylar, yashash joyini erkin tanlashni taqiqlash) o‘z ichiga oladi.

Har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini tugatish to‘g‘risida ongli ravishda rozilik berish imkonining cheklanganligi va erkin qaror qabul qilish istagi bildirilganda, ish beruvchi tomonidan jazolanish yoki ishchining salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi vaziyatni yuzaga keltiriladi.

Majburiy mehnat sharoitida shaxsni ushlab turish uchun jazo tahdidi sifatida quyidagi keng qamrovli vositalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, ular biror-bir ko‘rinishdagi mehnat yoki xizmatni bajarishga majburlashni o‘z ichiga oladi:

jismoniy va psixologik zo‘ravonlik va tahdidlar;

ish haqqining ko‘p qismini ushlab qolish, masalan, oziq-ovqat va turar joy uchun ortiqcha chegirmalarni o‘zlashtirib olish;

ish beruvchi tegishli mehnat haqqini kelishilgan tartibda to‘lab bermaslik maqsadida shaxsning mehnat yoki xizmatini ayni vaqtdagi shart-sharoitda davom ettirishi uchun majburlash maqsadida ish haqqini to‘lab bermay ushlab qolish yoki ish haqqidan qisman ushlab qolish;

o‘z mehnat haqqini nazorat qilish va daromadini erkin tasarruf etish imkoniyatining cheklanganligi; oila a’zolariga tahdid qilish;

qarzlari bilan manipulyatsiya qilish; yakkalash, ya’ni izolyatsiya (boshqalar bilan aloqada bo‘lishning qisman yoki to‘liq cheklanishi, masalan, telefon aloqalari yoki boshqa aloqa vositalariga cheklov qo‘yilishi yoki taqiqlanishi kabilar);

o‘z oilasi yoki do‘stlaridan ajratib qo‘yish va/yoki cheklangan joylardagi odamlar bilan ishlash yoki yashashga majbur qilish.

Yakkalash, ya’ni izolyatsiya bu kabi holatlarda shaxsning o‘z xohish-irodasiga qarshi ushlab turishni, ya’ni yopiq muhitda yoki ish joyda saqlash, boshqa ishga o‘tishi, yashash joyini o‘zgartirishi yoki harakatlanishini cheklanishini o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, shaxs doimiy yoki qisman nazorat ostida bo‘lishi mumkin.

3.4. Qullikdagi ekspluatatsiya yoki qullikka o‘xshash odatlar.

Qullik — bu shaxsning ahvoli yoki holati bo‘lib, mazkur shaxsga nisbatan boshqa bir shaxsning unga bo‘lgan egalik, mulkchilik huquqi sanaladi.

Qullikka o‘xshash sharoitlar — bu shaxsni muayyan shart-sharoitlarda saqlash yoki ushlab turish, boshqa bir shaxs tomonidan boshqarilishi yoki shaxsga nisbatan kuch ishlatilishi, ma’lum xizmatlarni ko‘rsatish uchun aldov yoki zo‘ravonlikni qo‘llash tahdidi, shu jumladan, birga yashashga ko‘ndirish, birgalikdagi nikohda yashash uchun majburan ushlab turish sanaladi.

Qullik — bu insonning mehnatidan foydalanish bo‘lib, unga nisbatan mulkdorlik huquqiga xos bo‘lgan vakolatlar amalga oshiriladi, agar bu shaxs o‘z nazoratidan tashqari sabablarga ko‘ra ushbu mehnatni (ishlarni, xizmatlarni) bajarishdan bosh torta olmasa.

3.5. Jinoiy faoliyatda foydalanish.

Jinoyat sodir etishga majburlash.

Shaxslarni majburan uyushgan jinoiy guruhlarga jalb qilish holatlarida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchining o‘zi ham ishtirok etishadi hamda boshqarishadi.

Odam savdosidan jabrlanganning bunday jinoiy guruhlardagi ishtirok etishga jalb qilinishi ba’zi jinoyatlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunda uning tanasi jinoyatni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi (yopiq binolarga deraza, panjara, tuynuk va boshqalar orqali kirish).

3.6. Transplantatsiya uchun inson a’zolari va to‘qimalarini ajratib olish.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish bilan bog‘liq holatlar.

Tibbiy sabablarga ko‘ra shoshilinch jarrohlik operatsiyasi paytida odam savdosidan jabrlanganlar va ularning yaqinlarining roziligisiz organlari olingan holatlarga taalluqli bo‘ladi.

Jabrlanuvchi pul mukofoti evaziga a’zolaridan birini ajratib olishga rozilik berishi, lekin ushbu organni ajratib olish jarayonida jabrlanuvchidan rozilik olinmagan va ogohlantirilmagan yana boshqa bir organni ajratib olish holatlari ham bo‘ladi.

Bu holat haqida jabrlanuvchi oradan biroz vaqt o‘tgach, salomatligi to‘satdan yomonlashgandan keyingina xabar topishi mumkin.

3.7. Noqonuniy bola asrab olish maqsadida bolaning huquqlarini suiiste’mol qilish.

Ekspluatatsiyada qo‘llash maqsadida bolani noqonuniy asrab olishga qaratilgan harakatlar.

Bolani noqonuniy asrab olish, agar bolani ekspluatatsiyada (moliyaviy yoki boshqa maqsad va manfaatlar uchun suiiste’mol qilish) qo‘llash maqsadida amalga oshirilsa, odam savdosining ajralmas qismi bo‘lishi mumkin.

3.8. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini buzadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga majburlash.

Odam savdosidan jabrlangan shaxs tomonidan qonun bilan himoya qilinadigan asosiy huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga qaratilgan harakatlar.

Jabrlanuvchiga nisbatan noqonuniy ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash orqali sodir etiladi.

II. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish mezonlari

1. Jinoiy harakatlar

1.1. Yollash.

Yollash belgilari quyidagilardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin:

1) yollash maqsadida yolg‘on ma’lumotlar berish orqali aldov:

jamoat joylari to‘g‘risida ma’lumotlar (dam olish joylari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim dasturlarini yoritishga qaratilgan tadbirlar, turli tanlov musobaqalari kabilar);

bevosita aloqador shaxslar (qarindoshlar, tanishlar);

internet orqali aloqalar;

sayyohlik, ish bilan ta’minlash, migratsiya, tanishuv yoki nikohni rasmiylashtirish agentliklari orqali aloqalar;

farzandlikka asrab olish;

ommaviy axborot vositalarida reklama joylashtirish; chet el fuqaroligini olish uchun va’dalar;

firibgarlik;

2) quyidagi usullar yordamida majburlash:

odam savdosidan jabrlangan — voyaga yetmagan shaxs va uning yaqinlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash;

o‘g‘irlash;

nikohga majburlash;

tovlamachilik (shantaj).

Yollash jarayoni qanday sharoitlarda amalga oshirilganligidan qat’i nazar, ushbu ilovaning 2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun bolani tanlov orqali jalb etish.

Yollash deganda, jismoniy yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarni izlash, tanlash va yollash bo‘yicha moddiy manfaat evaziga biror bir ko‘rinishdagi faoliyatni yollovchini manfaatini ko‘zlagan holda bajarish, xizmat ko‘rsatish tushuniladi.

Yollash jarayoni kelib chiqish, tranzit yoki belgilangan davlatda ham amalga oshirilishi mumkin. Yollash jismoniy shaxslar tomonidan ham (erkaklar, ayollar, oilaviy juftliklar) va yuridik shaxslar tomonidan (turli xil yuridik va noqonuniy bandlik agentliklari, sayyohlik agentliklari va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin.

Ishga yollashda yolg‘on ma’lumotlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

ta’lim olish imkoniyatlari;

ishga joylashish shartlari;

taklif qilingan mehnat shartnomasining qonuniyligi;

chet elda oila a’zolari bilan uchrashish imkoniyati;

yashash sharoitlari;

boshqa davlatda ish topish va unda yashash uchun zarur bo‘lgan huquqiy hujjatlarni olish;

taklif qilingan ishning mohiyati;

taklif qilingan ish haqi.

1.2 Tashish (transportirovka).

Ushbu shaxsni yanada ko‘proq ekspluatatsiya qilish maqsadida odamni turli transport vositalaridan foydalangan holda yoki foydalanmasdan davlat hududida yoki chet elda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish.

Tashish / transportirovka qilish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin:

1) odam savdosidan jabrlangan bolaning doimiy yashash joyi bo‘lgan davlat ichidagi hududdan boshqa hududda (mamlakat ichkarisidagi odam savdosi) yoki chet eldagi (transmilliy odam savdosi) odam savdosi;

2) transport vositalaridan foydalangan (avtomobil, samolyot va boshqalar) yoki ulardan foydalanmagan holda (transport vositalarida harakatlanish qiyin va/yoki muammoli bo‘lgan joylarda piyoda);

3) uyushgan jinoiy guruhlar kabi transport kompaniyalari tomonidan.

1.3. Topshirish.

Bolani topshirish — odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanish ehtimolidagi bolani bir shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga kelgusida ekspluatatsiyada qo‘llanilishi maqsadida topshirish.

Bolani topshirish — odam savdosidan jabrlangan bolani topshirish odatda mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.

Avvalroq bolaga egalik qilgan shaxs moddiy manfaat olish maqsadida bolani boshqa yangi bir “xo‘jayin”ga topshiriladi.

Bolaning boshqa bir shaxsga topshirilishi nafaqat belgilangan davlat hududida, balki tranzit davlatlarda ham amalga oshiriladi.

1.4. Yashirish

Odam savdosi jabrlanuvchisi — bolani davlat organlari vakillari yoki jinoyat to‘g‘risida xabar berishga qodir bo‘lgan uchinchi shaxslar tomonidan aniqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yashirin joylarga joylashtirish.

Odam savdosi qurboniga aylangan bolani yashirish uning asosiy yashash joyidan boshqa aholi yashash punktida amalga oshiriladi. Bu mehmonxona, mehmonxona uyi yoki xususiy uy-joy bo‘lishi mumkin.

Odatda, odam savdosidan jabrlanganlarni boshqa shaxslar bilan rasmiy va norasmiy muloqotdan bo‘lishlaridan saqlashadi. Yashirishni aniqlash qiyin jarayon hisoblanadi, chunki bu holat majburlashdan ko‘ra ko‘proq yashash joyi bilan ta’minlashga taalluqli bo‘ladi. Yashash joyi bilan ta’minlagan shaxsning aybdorligi va aybdorlik darajasi holat bo‘yicha qay darajada xabardor ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.

1.5. Shaxsni qabul qilish.

Odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani topshiruvchi shaxsdan uni kelgusida ekspluatatsiyada qo‘llash maqsadida boshqa bir shaxs tomonidan qabul qilish.

Odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani qabul qilish ham topshirish jarayonidagi mol-mulk bo‘yicha o‘zaro kelishuv kabi amalga oshiriladi.

Bu kabi holatlardagi asosiy e’tibor egalik qiluvchi yangi “xo‘jayin”ning harakatlariga qaratiladi.

Egalik qiluvchi yangi “xo‘jayin” odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani avval egalik qilgan “xo‘jayin”dan moddiy manfaat evaziga qabul qiladi. Shaxsni qabul qilish bandligini ta’minlash yoki kelgusida ekspluatatsiyada qo‘llash maqsadini taxmin qiladi.

2. Ko‘zlangan maqsadlar

2.1. Boshqa shaxslarning shahvoniy xizmatlari ekspluatatsiyasi (tijorat yo‘lida shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi).

Odam savdosidan jabrlangan bolani fohishabozlik bilan shug‘ullanishga, pornografik materiallarni ishlab chiqarish, tarqatish va aylanmasini amalga oshirish, ularni sotib olish, sotish yoki saqlash maqsadida tayyorlanadigan pornografik tomoshalarda qatnashishga, boshqa turdagi jinsiy ekspluatatsiya turlarida foydalanish yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlarga majburlash.

Ekspluatatsiya — bu shaxsning ixtiyoriga qarshi biror-bir ish yoki xizmat ko‘rsatishga noqonuniy majburlash (majburlash vositasi sifatida qo‘llaniluvchi yuridik, jismoniy yoki psixologik omillar) sababli ushbu ish va xizmatlarni bajarishni rad eta olmaslikni anglatadi.

Ekspluatator odam savdosidan jabrlangan bolaga turli ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llashi mumkin.

Ta’sir o‘tkazish choralari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini inobatga olish zarur, masalan:

yomon shart-sharoitlardagi ish joyiga o‘tkazish;

kelgusida yaxshi ishlarda ishlashga yo‘l qo‘ymaslik;

yashash joyi va kundalik ehtiyojlardan mahrum qilish va boshqalar.

Shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi holatida ekspluatator aniq moddiy manfaatni ko‘zlaydi.

Odatda odam savdosidan jabrlangan bola ekspluatatorning doimiy nazorati ostida bo‘ladi va shahvoniy xarakterdagi xizmatlarni majburlov ostida yoki xizmat haqqi to‘lovini kutib amalga oshirdi, lekin ekspluatator:

umuman haq to‘lamaydi yoki juda ham kam miqdorda arzimas haq to‘laydi;

kutilayotgan to‘lovdan asossiz ravishda sezilarli miqdorda chegirib qoladi.

Shahvoniy xizmatlar yoki pornografiyada odam savdosidan jabrlangan boladan majburiy foydalanish ekspluatator yoki boshqa shaxslar uchun moddiy daromad keltiruvchi serdaromad faoliyat sanaladi.

2.2. Shahvoniy ekspluatatsiyaning boshqa shakllari (notijorat shahvoniy ekspluatatsiya).

Jinoiy xatti-harakatni sodir etgan shaxsning yoki boshqa shaxslarning mol-mulki hajmiga bevosita ta’sir qilmaydigan faoliyat bo‘lib, bu o‘zaro rasmiy nikoh (shu jumladan, ko‘pxotinlilikda), shar’iy nikoh yoki boshqa shunga o‘xshash yashash turlarida namoyon bo‘ladi.

Notijorat shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasiga majburiy birgalikda yashash yoki majburiy nikoh misl bo‘la oladi. Bu kabi holatlardagi munosabatlarda moddiy manfaatdorlik ko‘zlanmaydi.

2.3. Majburiy mehnat.

Majburiy mehnat — bu shaxs o‘z xizmatlarini ixtiyoriy ravishda taklif qilmagan, har qanday jazo tahdidi ostida har qanday shaxsdan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni bajarishdir.

Majburiy mehnat belgilari kamida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ish yoki xizmatlarni aldash, majburlash, zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidi bilan ta’minlash (yoki bajarish);

zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidi ostida o‘ta og‘ir (noqulay) ish sharoitlari va kun ko‘rish/yashash sharoitlari;

zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidini qo‘llash orqali har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini to‘xtatish imkoniyatini cheklash va mahrum qilish.

Majburlash va jazo belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ishchining zaif ahvolini suiiste’mol qilish;

harakatni cheklash;

izolyatsiya/yakkalash;

jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik;

qo‘rqitish va tahdidlar;

pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarni yoki shaxsiy buyumlarini musodara qilish yoki ushlab turish;

ish haqqining ma’lum miqdorini ushlab qolish;

qarzini qoplash (qarzdorlik girdobi), shuningdek, majburiy qarzdorlik oqibatida yuzaga kelgan qarzlarini to‘latish maqsadida odam savdosidan jabrlangan shaxsni majburan ushlab turish.

Majburiy mehnat holatini ish beruvchining mehnat qonunchiligini buzgan holatidan ajrata olish kerak. Misol uchun, xodimga belgilangan davlatda ish haqqi uchun belgilangan eng kam ish haqqini to‘lashdan bosh tortish majburiy mehnat belgisi emas. Biroq, agar ish beruvchi qonun bilan taqiqlangan majburiy vositalar va usullarni qo‘llagan holda ishchining ish joyini tark etishiga to‘sqinlik qilsa, bu faktlar majburiy mehnatning belgisi hisoblanadi. Majburiy mehnat ixtiyoriga (o‘z xohish-irodasi va irodasiga) qarshi va jazolanish tahdidi ostida (majburlash yo‘li bilan) amalga oshiriladigan ish deb ko‘rib chiqilishi zarur. Majburiy mehnat odam savdosidan jabrlanganning xohish-irodasiga qarshi majburan mehnat qilishga undash bo‘lib, bunda jabrlanuvchi boshqa holatlarda o‘z erki va istagiga ko‘ra bu kabi mehnat shart-sharoitlarga rozilik bermasligini, aldov (yollash) va majburlash orqali ish topishni anglatadi. Haddan tashqari noqulay ish sharoitlari quyidagilarni o‘zida aks ettiradi, masalan, xavfli ish (jiddiy jarohat yoki shikastlanish, shu jumladan o‘limga olib keluvchi omillar), zararli mehnat sharoiti (kasalliklarga olib keluvchi, shu jumladan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytiradigan omillar), ortiqcha ish yuklamasi (belgilangan mehnat me’yorlardan ortib ketuvchi omillar), belgilangan vaqtdan ortiq ish vaqti (dam olish va ovqatlanish vaqtini cheklanishi, bo‘sh vaqt nazorati va h.k.), ya’ni mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mehnat sharoitlari.

Haddan tashqari noqulay yashash shart-sharoitlari yomon holatdagi maishiy turar-joylarni (avariya holatidagi, qurilishi tugallanmagan yoki boshqa yaroqsiz binolar/inshootlarda yashash, sanitariya sharoitlariga javob bermaydigan joylar, yashash joyini erkin tanlashni taqiqlash) o‘z ichiga oladi.

Har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini tugatish to‘g‘risida ongli ravishda rozilik berishning imkonining cheklanganligi va erkin qaror qabul qilish istagi bildirilganda, ish beruvchi tomonidan jazolanish yoki ishchining salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi vaziyat yuzaga keltiriladi.

Majburiy mehnat sharoitida shaxsni ushlab turish uchun jazo tahdidi sifatida quyidagi keng qamrovli vositalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, ular biror bir ko‘rinishdagi mehnat yoki xizmatni bajarishga majburlashni qamrab oladi: jismoniy va psixologik zo‘ravonlik va tahdidlar; ish haqqining ko‘p qismini ushlab qolish, masalan, oziq-ovqat va turar joy uchun ortiqcha chegirmalarni o‘zlashtirib olish;

ish beruvchi tegishli mehnat haqqini kelishilgan tartibda to‘lab bermaslik maqsadida shaxsning mehnat yoki xizmatini ayni vaqtdagi shart-sharoitda davom ettirishi uchun majburlash maqsadida ish haqqini to‘lab bermay, ushlab qolish yoki ish haqqidan qisman ushlab qolish; o‘z mehnat haqqini nazorat qilish va daromadini erkin tasarruf yetish imkoniyatining cheklanganligi; oila a’zolariga tahdid qilish; qarzlari bilan manipulyatsiya qilish; yakkalash, ya’ni izolyatsiya (boshqalar bilan aloqada bo‘lishni qisman yoki to‘liq cheklanishi, masalan, telefon aloqalari yoki boshqa aloqa vositalariga cheklov qo‘yilishi yoki taqiqlanishi kabilar); o‘z oilasi yoki do‘stlaridan ajratib qo‘yish va/yoki cheklangan joylardagi odamlar bilan ishlash yoki yashashga majbur qilish.

Yakkalash, ya’ni izolyatsiya bu kabi holatlarda shaxsning o‘z xohish-irodasiga qarshi ushlab turishni, ya’ni yopiq muhitda yoki ish joyda saqlash, boshqa ishga o‘tishi, yashash joyini o‘zgartirishi yoki harakatlanishini cheklanishini o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari shaxs doimiy yoki qisman nazorat ostida bo‘lishi mumkin.

2.4. Qullikdagi ekspluatatsiya yoki qullikka o‘xshash odatlar.

Qullik — bu shaxsning ahvoli yoki holati bo‘lib, mazkur shaxsga nisbatan boshqa bir shaxsning unga bo‘lgan egalik, mulkchilik huquqi sanaladi.

Qullikka o‘xshash sharoitlar — bu shaxsni muayyan shart-sharoitlarda saqlash yoki ushlab turish, boshqa bir shaxs tomonidan boshqarilishi yoki shaxsga nisbatan kuch ishlatilishi, ma’lum xizmatlarni ko‘rsatishi uchun aldov yoki zo‘ravonlikni qo‘llash tahdidi, shu jumladan birga yashashga ko‘ndirish, birgalikdagi nikohda yashash uchun majburan ushlab turish sanaladi.

Qullik — bu insonning mehnatidan foydalanish bo‘lib, unga nisbatan mulkdorlik huquqiga xos bo‘lgan vakolatlar amalga oshiriladi, agar bu shaxs o‘z nazoratidan tashqari sabablarga ko‘ra ushbu mehnatni (ishlarni, xizmatlarni) bajarishdan bosh torta olmasa.

2.5. Jinoiy faoliyatda foydalanish.

Jinoyat sodir etishga majburlash.

Bolalarni majburan uyushgan jinoiy guruhlarga jalb qilish holatlarida kattalarning o‘zi ham ishtirok etadi hamda boshqaradi.

Bolalarning bunday jinoiy guruhlarda ishtirok etishga jalb qilinishi ba’zi jinoyatlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunda bolaning tanasi jinoyatni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi (yopiq binolarga deraza, panjara, tuynuk va boshqalar orqali kirish).

2.6. Transplantatsiya uchun inson a’zolari va to‘qimalarini ajratib olish.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish bilan bog‘liq holatlar.

Tibbiy sabablarga ko‘ra shoshilinch jarrohlik operatsiyasi paytida bolalar, odam savdosidan jabrlangan bolalar va ularning yaqinlarini roziligisiz organlari olingan holatlarga taalluqli bo‘ladi.

Jabrlanuvchi pul mukofoti evaziga a’zolaridan birini ajratib olishga rozilik berishi, lekin ushbu organni ajratib olish jarayonida jabrlanuvchidan rozilik olinmagan va ogohlantirilmagan yana boshqa bir organni ajratib olish holatlari ham bo‘ladi.

Bu holat haqida jabrlanuvchi oradan biroz vaqt o‘tgach, salomatligi to‘satdan yomonlashganidan keyingina xabar topishi mumkin.

2.7. Noqonuniy bola asrab olish maqsadida bolaning huquqlarini suiiste’mol qilish.

Ekspluatatsiyada qo‘llash maqsadida bolani noqonuniy asrab olishga qaratilgan harakatlar.

Bolani noqonuniy asrab olish, agar bolani ekspluatatsiyada (moliyaviy yoki boshqa maqsad va manfaatlar uchun suiiste’mol qilish) qo‘llash maqsadida amalga oshirilsa, odam savdosining ajralmas qismi bo‘lishi mumkin.

2.8. Tilanchilik bilan shug‘ullanishga majburlash.

Odam savdosidan jabrlagan bolani tilanchilik bilan shug‘ullanishga majburlash.

O‘tkinchi shaxslarning bolalarga nisbatan achinish ehtimolining yuqoriligidan foydalanish maqsadida bo‘lgan kattalar, ba’zan ota-onalar bolalarni tilanchilik qilishga majbur qilishadi va sadaqa berishga undovchi vaziyatni yuzaga keltirishadi.

Yosh bolali ayollarni tilanchilik qilishga majburlangan holatlarda to‘plangan barcha daromadlar yoki tilanchilikdan tushgan tushumlarning aksariyati ekspluatatorlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

2.9. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini buzadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga majburlash.

Odam savdosidan jabrlangan bola tomonidan insonning qonun bilan himoyalanadigan asosiy huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga qaratilgan harakatlar.

Jabrlanuvchiga nisbatan noqonuniy ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash orqali sodir etiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

TASDIQLAYMAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vaziri

___________________

“____” _____ 20__ yil

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida e’tirof etish to‘g‘risida

QAROR

__________________________________________________________________________

(vakolatli davlat organining nomi va mutaxassisning lavozimi va F.I.O)

__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________

(odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning yashash manzili, tug‘ilgan yili va F.I.O.)

bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqib

QUYIDAGILAR ANIQLANDI

Jumladan, ___________________________________________________________________________

(aniqlangan holatning qisqacha tavsifi)

___________________________________________________________________________

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan

QAROR QILAMAN

1. Dastlabki identifikatsiya _____________________________________________

(tug‘ilgan yili, F.I.O)

bilan amalga oshirildi hamda u odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs hisoblansin va tan olinsin.

2. ____________________________________________________________________,

(tug‘ilgan yili, F.I.O)

odam savdosidan jabrlangan sifatida taxmin qilinayotgan shaxsni tan olish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berilsin va yig‘ilgan materialni kelgusida ko‘rib chiqish uchun Qonunda belgilangan tartibda “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari

bo‘yicha __________________________________________ hududiy komissiyaga yuborilsin.

(hududiy komissiya nomi)

___________________________________

(mas’ul organ yoki muassasa xodimining lavozimi)

20 __yil “____” _________

_____________________________

(F.I.O., imzo)

(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

TASDIQLAYMAN”

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Farg‘ona shahar hududiy komissiyasi raisi, Farg‘ona shahar hokimi

_________________________________

(F.I.O.)

2020-yil “____” _______

Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb topish to‘g‘risida

QAROR

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha ________________________________________________hududiy komissiyasi tomonidan, ________________________________________________________________manzilda yashovchi

(F.I.O., tug‘ilgan yili)

___________________________________________bilan bog‘liq materiallar ko‘rib chiqildi.

Materiallarni o‘rganish davomida quyidagilar,

ANIQLANDI

(aniqlangan holatning qisqacha tavsifi)

Jumladan,__________________________________________________________________,

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan

QAROR QILAMAN

1. Yakuniy identifikatsiya_________________________________________________________

(F.I.O., tug‘ilgan yili)

bilan amalga oshirildi hamda u odam savdosidan jabrlangan deb hisoblansin va tan olinsin.

2. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan __________________________________ga

(F.I.O., tug‘ilgan yili)

nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxati tasdiqlansin.

3. Odam savdosidan jabrlangan shaxsni tan olish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berilsin.

(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs to‘g‘risida xabardor bo‘lgan shaxs

Vakolatli organlar va tashkilotlarga xabar beradi.

Zudlik bilan

2-bosqich

Vakolatli organlar va tashkilotlar

1. Dastlabki identifikatsiyani amalga oshiradi (roziligidan qat’i nazar).

2. Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan hamda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb topish to‘g‘risidagi qaror uning roziligidan qat’i nazar, o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa uning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi.

3. Voyaga yetmagan shaxsning oilasini qidirish yoki unga vasiylik yoxud homiylik belgilash choralarini ko‘radi.

4. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaga xabar beradi.

5 ish kunidan kechiktirmasdan

3-bosqich

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya

Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilgan vakolatli davlat organining mutaxassisi bilan birgalikda huquq va qonuniy manfaatlarni ta’minlash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga qayta yo‘naltiradi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng

4-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchilar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki o‘z oilasining qayerdaligini bilmasa, dastlabki identifikatsiyani amalga oshirgan vakolatli davlat organning mutaxassisi boshqa vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmagan shaxsning oilasini qidirish yoki unga vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini ko‘radi.

2. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.

Dastlabki identifikatsiya jarayonida hamda qaror qabul qilingandan so‘ng

5-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va uning hududiy bo‘linmalari

Voyaga yetmagan savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlarini amalga oshiradi.

Qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining roziligi bilan JPK doirasidagi muddatlar

6-bosqich

Vakolatli organ

1. To‘plangan hujjatlarni yashash joyi bo‘yicha hududiy komissiyaga yuboradi.

1. Qaror qabul qilingandan so‘ng

2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuboradi.

2. Shaxsning roziligidan so‘ng

7-bosqich

Hududiy komissiya

1. Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs deb tan olish uchun yakuniy identifikatsiyani amalga oshiradi.

2. Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilgandan va aniqlashtirilgandan keyin kollegial tarzda qaror qabul qiladi.

3. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini tasdiqlaydi.

15 kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda

(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy reabilitatsiya — odam savdosidan jabrlangan shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularni odam savdosi jinoyatlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tahdidlaridan himoya qilish, yetkazilgan ziyon o‘rinini qoplash, ularni jamiyatda o‘z o‘rinini topib ketishida yordam ko‘rsatishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta moslashtirish — odam savdosidan jabrlangan shaxslarning oilalarida va jamiyatda psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlarini qayta tiklash jarayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul kotib — odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va qayta yo‘naltirish bo‘yicha Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning mas’ul vakolatli xodimi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya ostidagi shaxs — odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyani ta’minlovchi subyektlar — himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organlar va himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida jinoyat ishini yuritayotgan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan, surishtiruv, dastlabki tergov organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga yordam ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Identifikatsiya qilish jarayonlaridan so‘ng odam savdosidan jabrlangan shaxslar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya) murojaat qilgan kundan boshlab, hududiy komissiya mas’ul kotibi odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnaliga ro‘yxatga oladi va quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfni baholashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik rejasini tuzadi (zaruratga ko‘ra);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojlar ro‘yxatini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha shaxsiy rejasini tuzadi hamda uning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha shaxsiy rejasini amalga oshirishda odam savdosidan jabrlangan shaxslarga hamrohlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni zarurat bo‘lganda, boshqa tashkilotlar va muassasalarga yordam ko‘rsatish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi hamda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosi bo‘lgan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va vataniga qaytarish zarurligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan aloqa o‘rnatadi va birinchi uchrashuvda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha ko‘rsatiladigan yordam turlari, uni olish shartlari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar haqidagi ma’lumotdan foydalanish va uni saqlab qolish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga yordam ko‘rsatish hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ma’lumot taqdim etilganidan so‘ng odam savdosidan jabrlangan shaxslar mas’ul kotibga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ijtimoiy reabilitatsiya yordamiga rozilik bildirish uchun ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan hamkorlik qilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xavfni baholashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mas’ul kotib xavfni baholashni boshlashdan oldin odam savdosidan jabrlangan shaxslarga baholashning maqsadi va ulardan foydalanish tartibi hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ro‘yxatini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan hamkorlik qilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xavfni baholashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xavfni baholash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarning tibbiy holati (jismoniy va psixologik holat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zo‘ravonlik tahdidining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning oilaviy munosabatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosi bo‘lgan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni vataniga qaytarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarni bolalar muassasalariga joylashtirish zarurati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Zarurat bo‘lganda, mas’ul kotib odam savdosidan jabrlangan shaxslar, bilan birgalikda uch ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq xavfsizlik rejasini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq xavfsizlik rejasining alohida tadbirlari “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan xavfni baholashda uning qonuniy vakili va (yoki) psixolog ishtirok etishi shart. Xavfni baholash voyaga yetmagan shaxslarning yoshi va jinsini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xavfni baholash yakunlari bo‘yicha hududiy komissiya mas’ul kotibi odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan birgalikda bir kun muddatda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq ehtiyojlar ro‘yxatini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mas’ul kotib ehtiyojlar ro‘yxatini baholashdan oldin odam savdosidan jabrlangan shaxslarga baholashning maqsadi ulardan foydalanish, ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ehtiyojlar ro‘yxati odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy, tibbiy, psixologik, huquqiy, ta’lim, maishiy va boshqa ehtiyojlarini baholashni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarning ehtiyojlar ro‘yxatini baholashda qonuniy vakil va (yoki) psixolog ishtirok etadi. Ehtiyojlar ro‘yxatini baholash voyaga yetmagan shaxslarning yoshi va jinsini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ehtiyojlarini baholash tugagandan so‘ng mas’ul kotib besh ish kuni ichida komissiya raisiga ishlab chiqilgan hujjatlarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun hududiy komissiya a’zolarini chaqirish, shuningdek, zarur hollarda xavfsizlik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy komissiya qoida tariqasida, hujjatlarni odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ishtirokisiz ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mas’ul kotib tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi, zaruratga bo‘lganda, muayyan sohada maxsus bilimga ega bo‘lgan shaxslarni jalb qiladi hamda hujjatlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xavfni baholash, shuningdek, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxati komissiya qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy reja) mas’ul kotib tomonidan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxati asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shaxsiy rejada quyidagi yordam turlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha yashash joyi (boshpana);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bepul tarjimon bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga tushunarli bo‘lgan tilda, ularning qonunchilikda mustahkamlangan huquqlariga oid maslahat va ma’lumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy, psixologik, huquqiy va moddiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan ta’minlash, ta’lim va kasbiy tayyorgarlik kurslarini bepul taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxslarning oilalarini yoki vasiylarini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga bepul joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hududiy komissiyalar dastlabki identifikatsiyani amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar sifatida e’tirof etib, zarur yordam olish uchun qayta yo‘naltirganda mazkur shaxslarga vaqtincha boshpana, tibbiy, psixologik, huquqiy yordam, tarjimon xizmatlaridan bepul foydalanish hamda boshqa zarur yordamlarni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar odam savdosidan jabrlangan shaxslar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda aniqlansa, ular farzandlari bilan birga vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi, shu bilan birga bolalar ijtimoiy reabilitatsiya va moslashish bo‘yicha xizmatlarni ham olishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Shaxsiy rejada odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam olish uchun qaysi mutaxassis yordami zarurligi belgilab beriladi. Shaxsiy reja odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda uch oydan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Shaxsiy reja hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatish ishlari boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mas’ul kotib shaxsiy rejaning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi, zarur hollarda hududiy komissiya raisiga taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hududiy komissiya tomonidan zarurat tug‘ilganda, shaxsiy rejaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda mas’ul kotib tomonidan mazkur o‘zgartirishlar komissiya a’zolari bilan kelishilgandan so‘ng hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralari quyidagi hollarda to‘xtatiladi yoki muddatidan oldin tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy reabilitatsiya maqsadlariga erishilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar ijtimoiy reabilitatsiyadan bosh tortsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bog‘liq holatlar sodir etilmaganligi haqida asoslantirilgan qaror qabul qilinsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bunda yolg‘on xabar bergan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi va yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘riladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Odam savdosi bilan bog‘liq holatlar sodir etilmaganligi aniqlansa, odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi bekor qilinadi, ijtimoiy reabilitatsiya ishlari to‘xtatiladi hamda bu haqda shaxsiy rejani bajaruvchi mas’ul shaxslar va hududiy komissiya a’zolariga ma’lumot yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda moslashuviga yordam ko‘rsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda moslashuviga yordam ko‘rsatish hududiy komissiyalar va Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mas’ul kotib tomonidan odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi ishlab chiqiladi va hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy rejada ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarni himoya qilish bo‘yicha tuzilgan shaxsiy reja loyihasini Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun bir ish kuni mobaynida kiritiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni himoya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Himoyani ta’minlovchi subyektlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun xavfni baholash va xavfsizlik rejasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy rejaning himoyani ta’minlovchi subyektlarning vakolatiga taalluqli qismini bajarishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sohasidagi vakolatli davlat organining mutaxassisi tomonidan aniqlangan muammolarni hal qilishda, shaxsiy rejaning bajarilishini monitoring qilish jarayonida ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Himoyani ta’minlovchi subyektlar belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfni baholash, xavfsizlik rejasi, ehtiyojlar ro‘yxati va shaxsiy rejani aniqlashtirish hamda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakillari, vakolatlari doirasida nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlar (kelishilgan holda) ekspertlarini shartnoma asosida mutaxassis sifatida jalb qilish;
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyani ta’minlovchi subyektlar faoliyati tartibini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyani ta’minlovchi subyektlar vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan jabrlanuvchiga taalluqli materiallarni talab qilish va olish.
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Odam savdosida gumon qilinayotgan shaxslarni topish maqsadida identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaxslarga “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfsizlik choralari ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni kelib chiqish mamlakatiga yoki o‘zlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish jarayonlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organ yoki hududiy komissiya

1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda ularga yordam ko‘rsatish va himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasaga yuboradi.

2. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslarni hududiy komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan muassasaga yuboriladi.

Shaxsning roziligi olingandan keyin

2-bosqich

Hududiy komissiya mas’ul kotibi

1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etadi.

Zudlik bilan

2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholashni amalga oshiradi.

Uch kun ichida

3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xavfsizlik rejasini tuzadi (agar zarurat bo‘lsa).

Uch kun ichida

4. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan birgalikda ehtiyojlar ro‘yxatini belgilaydi.

Bir kun muddatda

5. Komissiya raisiga ishlab chiqilgan hujjatlarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun taqdim etadi, hududiy komissiya a’zolarini chaqirish taklifini kiritadi.

Besh kun ichida

3-bosqich

Hududiy komissiya

1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholaydi, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxatini o‘rganib chiqadi.

2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar ro‘yxati asosida odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini ishlab chiqadi va hududiy komissiya raisiga tasdiqlash uchun yuboradi.

Yakuniy identifikatsiya jarayonida

4-bosqich

Hududiy komissiya raisi

1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini tasdiqlaydi.

2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasining tegishli bandlarini muddatida bajarish maqsadida mas’ul shaxslarga yetkazish uchun hududiy komissiya mas’ul kotibiga topshiradi.

Kamida uch oy muddatga tuziladi

5-bosqich

Hududiy komissiya mas’ul kotibi

1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini mas’ul shaxslarga yetkazadi.

Shaxsiy reja tasdiqlangan kuni

2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi.

Rejada belgilangan muddatlarda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xavfni baholash

Mutaxassis F.I.O:_________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:___________________________________________

Sana______________________________________________________________

Omillar

Ha

Yo‘q

Bilmayman

Odam savdosidan jabrlangan (keyingi o‘rinlarda OSJ) holatining mavjudligi

1. Sog‘ligi

jarohatlar

surunkali kasallik belgilari

travmatik stress buzilishi

nogironlik

hayot uchun xavfli sharoitlar

og‘riqlar

ruhiy kasalliklar

homiladorlik

tana to‘qimasining buzilishi

jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar

sil kasalligi

OIV/OITS

bezgak

boshqa kasalliklar (tushuntirish)

2. Zo‘ravonlikka tahdid

odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan OSJga nisbatan o‘tmishdagi tahdidlar

odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan OSJga hozirgi vaqtdagi tahdidlar

OSJning oila a’zolariga tahdidlar

OSJ va uning oila a’zolariga nisbatan tovlamachilik

OSJni majburlash

OSJni ta’qib qilish

OSJning odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan hozirgi kunda aloqasi mavjudligi

odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning OSJ yashash manzilini xabardorligi

odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning OSJ telefon raqamini xabardorligi

odam savdosi bilan bog‘liq holatning davomiyligi:

1 oydan 6 oygacha;

6 oydan 1 yilgacha;

1 dan 3 yilgacha;

5 yildan ortiq.

OSJ borishga qo‘rqadigan joylarning mavjudligi

odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning xavflilik darajasi (shafqatsizligi, jinoiy guruhning uyushganlik darajasi, ularning soni, qurolga egaligi)

boshqa holatlar

3. Oilaviy munosabatlari

odam savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxslarning OSJ qarindoshlari bilan aloqasi

odam savdosiga aloqador bo‘lgan shaxslar orasida yaqin tanish va qarindoshlarining mavjudligi

OSJ oila a’zolarining odam savdosidan jabrlanganligidan xabardorligi

OSJni yashash joyida unga nisbatan xavfning mavjudligi

boshqa holatlar

4. Jinoyat ishi jarayoni

OSJ bo‘lgan mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati

OSJ o‘z mamlakatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati

OSJ huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmoqchiligi

huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirilganligi

jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi

hozirda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olinganligi

OSJning yashash hududida odam savdosi jinoyatida gumonlanayotgan shaxslarning mavjudligidan xabardorligi

OSJning noqonuniy faoliyatdagi ishtiroki uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi xavfining mavjudligi

boshqa holatlar

5. Vatanga qaytarish

OSJ vatanga qaytib kelganidan so‘ng takroran OSJ bo‘lish xavfi yoki boshqa turdagi zo‘ravonliklarga duchor bo‘lish xavfi mavjudligi

OSJ vatanga qaytib kelgandan so‘ng ijtimoiy, shu jumladan, og‘ir oilaviy sharoiti, ishsizlik va boshqa muammolarga duchor bo‘lish xavfi mavjudligi

OSJ qaytib kelgandan keyin qayta moslashuviga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy, madaniy yoki diniy omillar mavjudligi

boshqa holatlar

Mutaxassis izohi:_____________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ehtiyojlar ro‘yxati

Mutaxassis F.I.O:________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:___________________________________________

Sana_____________________________________________________________

Ehtiyoj

Ha/yo‘q

Ijtimoiy-tibbiy

Tibbiy yordam

Kasalxonaga yotqizish

Terapevt bilan maslahatlashish

Psixoterapiya maslahati / psixiatr

Psixoterapiya

Ginekolog bilan maslahatlashish

Nevropatolog bilan maslahatlashish

Narkolog maslahati

Davolash / dorilar

OIV/OITS tekshiruvi

Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni tekshirish

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan yoki giyohvandlikdan davolash

Umumiy salomatlik (tushuntirish)

Psixologik

Shaxsiy maslahat

Psixologik qo‘llab-quvvatlash

Birgalikda xatti-harakatlar bilan ishlash

Oila va yaqin atrof-muhit bilan aloqalarni tiklashga ko‘maklashish

Jarohatdan keyingi profilaktika

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

Huquqiy

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda ko‘maklashish

Oilaviy huquq sohasidagi maslahat (nikohdan ajralish, er-xotinning mol-mulkini bo‘lish va boshqalar)

Meros huquqi sohasidagi maslahat (qonun bo‘yicha meros, noqonuniy vasiyat va boshqalar ustidan shikoyat qilish)

Uy-joy va kommunal nizolar bo‘yicha maslahat (noqonuniy ko‘chirish va boshqalar)

Mehnat huquqi sohasidagi maslahat (ishda tiklash, noqonuniy ishdan bo‘shatish, ish haqini to‘lamaslik va boshqalar)

Jinoiy protsessda advokatni qo‘llab-quvvatlash (surishtiruv, tergov harakatlarini o‘tkazish bosqichida va sud jarayonida, shu jumladan, yetkazilgan zararni qoplashda yordam berish va boshqalar)

Ma’muriy huquq sohasidagi maslahat (bolalarni himoya qilish, hujjatlarni tiklash va boshqalar)

Ma’muriy jarayonda advokatni qo‘llab-quvvatlash (bolalarni himoya qilish va boshqalar)

Tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha maslahat

Ijtimoiy-maishiy

Gumanitar yordam (kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar)

Moddiy yordam

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar to‘lovlari (jarimalari) qoplanishini ta’minlash

Bepul tarjimon bilan ta’minlash

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida OSJ transport xarajatlarini qoplash

Kasbiy qayta tayyorlash

Ta’lim olish

Ishga joylashish

Xavfsiz yashash joyi (boshpana)

Yangi uy topish

Shaxsiy gigiyena vositalari (tish cho‘tkasi va pastasi, sovun, sochiq, shampun, ayollar uchun shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar)

Jabrlanuvchi shaxslarning bolalarini parvarish qilish vositalari (tagliklar, ho‘l ro‘molcha, o‘zgaruvchan mahsulotlar, shuningdek, butilkalar, bolalar aralashmasi va bolaning ehtiyojlarini qondiradigan boshqa mahsulotlar)

Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini o‘rganish uchun bepul imkoniyat yaratish

Ichki sayohat uchun to‘lov

Boshqa ehtiyojlar

Mutaxassis izohi:

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Odam savdosidan jabrlangan shaxs bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi

Mutaxassis F.I.O:________________________________________________

Ariza beruvchining F.I.O:__________________________________________

Boshlangan sana____________________________________________________

Muddatning tugash sanasi __________________________________________

T/r

Xizmat nomi va tadbirlar

Tadbirlarni amalga oshirish

Amalga oshirish muddati

Yordam ko‘rsatuvchi tashkilot

Xizmat natijasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 09/21/60/0097-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)