7-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Bola huquqlarining kafolatlarini oshirish boʻyicha qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish | ||||
| 1. | Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish. | Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. | 2021-yil 15-sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Oliy sud (Kamilov), Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. | Bolalarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirish. | Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini oʻn uch yoshdan oʻn toʻrt yoshga koʻtarishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish; | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| voyaga yetmaganlarga nisbatan qamoqda saqlash ehtiyot chorasiga muqobil boʻlgan choralarni, shu jumladan restitutsion odil sudlov choralarini qoʻllash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflarni kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov) | ||
| 3. | Sud-tergov jarayonida bola huquqlarining protsessual kafolatlarini kuchaytirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda toʻrt soatdan oshmasligi; voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga koʻra psixolog ishtirokini taʼminlash. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| 4. | Bolaning ota-ona bilan yashash huquqining taʼminlanishi kafolatlarini yanada kuchaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasida qonuniy asosda yashab turgan shaxsning xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar ota-onasi bilan birga yashashi uchun vizasiz rejim joriy etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
| 5. | Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyatini huquqiy tartibga solish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bolalar ombudsmani toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash: ombudsmanning huquqiy maqomi, uning faoliyati kafolatlari va asosiy vazifalari; ombudsmanning xalqaro munosabatlardagi hamda Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning faoliyatida ishtiroki; ombudsmanning voyaga yetmaganlar saqlanuvchi tarbiya muassasalariga tashrifi, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib borishdagi ishtiroki va boshqa masalalar. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov), Adliya vazirligi (Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 6. | Bolalarning erkinliklariga qaratilgan tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirish. | Bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| 7. | Ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish. | Ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash borasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish va muammolarni tahlil qilish; oʻrganish natijalari boʻyicha amaldagi tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2022-yil 1-iyul | Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Milliy gvardiya (Djurayev), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
| II. Bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
| 8. | Nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirish maqsadida “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy etish boʻyicha Hukumat qarorini tayyorlash: nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish tartibi, shu jumladan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalar, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va boshqa muassasalarga joylashtirish, sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarda nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish tartibi; masʼul vazirlik va idoralarning mazkur axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari; axborot tizimini Bosh prokuratura, Oliy sud, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. Axborot tizimini joriy etishning moliyalashtirish manbaini aniqlash. | 2022-yil 1-yanvar | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Milliy gvardiya (Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 9. | Taʼlim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli va ogʻir ahvolga tushib qolgan yoshlarga ularning tengdoshlari yoki bunday ahvoldan chiqa olgan yoshlar bilan yakka tartibdagi muloqotlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi normal hayotga qaytarish tamoyiliga asoslangan “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini joriy qilish. | “Teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish jarayoniga mutaxassislarni jalb etish; ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish; | 2021-yil 1-sentabr | Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (Toshkulov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
| taʼlim muassasalarida oldindan tayyorlangan yoki ogʻir ahvoldan chiqa olgan yoshlar tomonidan tengdoshlari bilan yakka tartibda ishonchli muloqotlar, mashgʻulotlar tashkil etish. | 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | |||
| 10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklaridagi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shuʼbalari faoliyatini tashkil qilish. | Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shuʼbalarini zarur xona va jihozlar bilan taʼminlash; kotibiyat va shuʼbalarning faoliyatini tartibga soluvchi nizomni tasdiqlash. | 2021-yil 1-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 11. | Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy asoslarini mustahkamlash. | Ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini yagona qonunga mujassamlashtirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish: ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari; bolalarni tarbiyaga oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga koʻmaklashish tartibi; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida boʻlish huquqlarini taʼminlash; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar tarbiya muassasalarini tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-dekabr | Bolalar huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Farzandlikka olish jarayonida inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish. | Shaxsga doir maʼlumotlarni sir saqlagan holda talabgorlar uchun vasiylik va homiylikka beriladigan bolalar haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish; farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbatini ishga tushirish. | 2021-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev) |
| 13. | Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, yetim va boshqa ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash va turlarini koʻpaytirish; ijtimoiy ishchilar sonini va salohiyatini oshirish; ijtimoiy faoliyat kadrlarining huquqiy maqomini belgilash; turli tizimlarda ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini (taʼlim, sogʻliqni saqlash, bolalarni himoya qilish va odil sudlov) belgilash. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-dekabr | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 14. | Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirish. | Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish; oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | Nogironligi boʻlgan bolalar oilaga tarbiyaga olinganda ularni patronaj bilan qamrab olish va zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish. | Oilaga tarbiyaga olingan nogironligi boʻlgan bolalar roʻyxatini shakllantirish; | 2021-yil 1-sentabr | Milliy gvardiya (Djurayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
| oilaga tarbiyaga olingan nogironligi boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, ular davolanadigan tibbiyot muassasalari roʻyxatini shakllantirish va davolash xarajatlari miqdorini aniqlash; | 2021-yil 1-sentabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
| “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va homiylar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratish; | 2021-yil 1-sentabr | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
| bolalarni davolash boʻyicha amaliy chorala�ni koʻrish. | 2021-yil oktabrdan boshlab doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov) | ||
| 16. | Bolaning eng ustuvor manfaatlarini inobatga olgan holda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish tizimini takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish: yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan oilaviy va boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish; yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun internat shaklidagi yangi davlat tarbiya muassasalarini tashkil etishga cheklov oʻrnatish, mavjud internat shaklidagi davlat tarbiya muassasalarini noinstitutsionallashtirish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini koʻrib chiqish; yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tarbiya muassasalariga sud tartibida joylashtirish mexanizmini joriy etish. | 2021-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Yunusova), Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov) |