17.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2652-3
Uzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining buyrug‘i , 17.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2652-3
Kuchga kirish sanasi
17.06.2022
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-son “Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qaror muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) muqaddimadan “O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
v) 12-bandning uchinchi xatboshisi va 34-bandning uchinchi xatboshisidagi “pasport nusxasi” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.