O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori)
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-iyun,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarorida:
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “asosiy” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va oziqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari bo‘yicha joylashtirish;
urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xo‘jaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish. Bunda subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urug‘lik maydoniga berilgan mineral o‘g‘itlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va me’yori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik bo‘yicha xulosasi, yetishtirilgan hosil to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish;
urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urug‘lik maydonlarida kamida ikki marta, urug‘liklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari turi va navidan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ib olish bo‘yicha tavsiya, qo‘llanma, normativ hujjatlarni tayyorlash va urug‘chilik subyektlariga yetkazish;
urug‘chilik subyektlarida yetishtirilgan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va oziqa ekinlari urug‘liklarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va qadoqlash hamda ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etish”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik materiallarini yetishtirish huquqi urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish orqali beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi 121-son qaroriga 8-ilovaning “Kutilayotgan minimal xarid narxlariga qo‘llaniladigan rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent” ustunidagi “1,15” raqami “1,01” raqami bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
2-banddagi “urug‘lik paxta xom ashyosi va boshoqli don” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son; 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)