27.04.2022 yildagi PF-116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi tabiiy zaxiralarini saqlash, ularning qayta tiklanishini taʼminlash, madaniy usulda kavrak plantatsiyalarini yaratish hamda qayta ishlash korxonalari va uy xoʻjaliklari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, kavrakdan olinadigan xom ashyoni qayta ishlash hamda tayyor va yarim tayyor mahsulot sifatida eksportga chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) kavrak yetishtirishni jadal rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli yaylov yer maydonlarida faoliyat olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini saqlab qolish, muhofaza qilish, samarali tiklanishini va takror koʻpaytirishni tashkil qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan madaniy kavrak plantatsiyalari tashkil etilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida qayta ishlash hajmini koʻpaytirish va tayyor mahsulot holida eksport qilish hamda mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoʻmita, “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” hamda “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmalarining “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasini “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasiga qoʻshib olish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022 — 2026-yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev, Qoʻmita (B.Q. Sharipov), Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda, mazkur prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻmita Uyushma bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining kavrak oʻsishi uchun qulay iqlim sharoitlariga ega hududlarida kavrakni qayta ishlovchi korxonalar, kavrak yigʻish va yetishtirish bilan shugʻullanuvchi uy xoʻjaliklari (jismoniy shaxslar) va kavrak koʻchatchiligi xoʻjaliklari kooperatsiyasiga asoslangan kavrak yetishtirish klasterlari (keyingi oʻrinlarda — kavrak yetishtirish klasterlari) tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, kavrak yetishtirish klasterlarini tashkil etish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita, Uyushma va tashabbuskorlar oʻrtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnoma tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holatini yaxshilash, yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini saqlab qolish, uni madaniy usullarda koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya usulida kavrak xom ashyosini yigʻish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishga oid majburiyatlar yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita mazkur talablar asosida salohiyatli investorlarni jalb etishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-maydan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoʻmitaning doimiy egaligidagi yer maydonlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlarini gʻamlash (yigʻish) uchun kvotalar Qoʻmitaning buyurtmasiga koʻra, toʻlov evaziga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur kvotalar doirasida yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi xomashyosidan maxsus foydalanish uchun hamda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlarini chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladi. Bunda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoʻmita kavrak mahsulotlari bozor konyunkturasi va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qiladi, shuningdek, eksport hajmlari monitoringini yuritadi va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning eksport hajmini oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur band talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni asrab-avaylash, ularni qayta tiklash va populyatsiyasini kengaytirish hamda noqonuniy yoʻl bilan yigʻishning oldini olish choralari ham nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) uchun kvotalar Qoʻmitaning buyurtmasiga koʻra 2022-yilda 10-maygacha, kelgusi yildan har yilning 1-apreligacha tasdiqlanishini taʼminlasin.
(7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-maydan boshlab uch yil davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak oʻsimligini yetishtiruvchilar va uning xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnituralar bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda, import qilinadigan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida ekspertiza xulosasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoʻmita Uyushma bilan birgalikda qorakoʻl va qorakoʻlcha teri, jun va kavrak mahsulotlari (TIF TN boʻyicha 4302197500, 0504000000, 5101 — 5109, 5602, 570110, 5701109, 1301 90 0000 kodlari) eksport hajmlari monitoringini yuritadi va ushbu mahsulotlarning eksport hajmini oshirish choralarini koʻradi.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoʻmita va Uyushmaning 2022-yil 1-maydan 5 yil muddatga kavrak oʻsimligi urugʻlarining respublikadan olib chiqilishiga ruxsatnomalar berilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining chegarasiga yaqin hududlarda kavrak yetishtirish klasterlari tomonidan kavrak shirasi va urugʻini yigʻib olish uchun sharoit yaratish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoʻmita, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma tizimidagi subyektlarda mavsumiy ishchilarning toʻliq bir mavsum ishlagan davrini ularga pensiya tayinlash uchun qonunchilik hujjatlarida tasdiqlangan, bir yillik mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar roʻyxatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha Uyushma tizimidagi subyektlarda faoliyat olib borayotgan mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorda undirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning uchinchi xatboshisidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻmita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini asrab-avaylash, ularni qayta tiklash va populyatsiyasini kengaytirish hamda noqonuniy yoʻl bilan kavrak yigʻishning oldini olish choralarini koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-116-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(gektar)

T/r

Hududlar nomi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Buxoro

100

150

200

250

300

2.

Jizzax

691

1 282

1 924

2 565

3 206

3.

Qashqadaryo

1 438

2 876

4 313

5 751

7 189

4.

Navoiy

498

995

1 493

1 991

2 488

5.

Samarqand

1 272

2 544

3 816

5 088

6 359

6.

Surxondaryo

2 001

4 053

6 104

8 156

10 207

7.

Fargʻona

100

150

200

250

Jami:

6 000

12 000

18 000

24 000

30 000

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: kavrak plantatsiyalari maydonlari hajmi yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Uyushmaning asosiy vazifalari” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining qoʻshimcha vazifalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroeksport” AJ, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga koʻmaklashsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 12 va 14-bandlardagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urugʻlari)ni yigʻish (gʻamlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2022-yil 1-avgustga qadar pillachilik tarmogʻi korxonalariga (ularning vakolatli vakillariga) 6-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mahsulotlarni AQSh, Xitoy, Hindiston va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish xarajatlarining 70 foizigacha miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv chiqarish inshootlarini barpo etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻninchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Fermer xoʻjaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urugʻchiligi tashkilotlari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish, tut koʻchatlarini ekish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan urugʻlantirish, qoʻzilatish, qirqish va dagʻal xashak jamgʻarish ishlari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) beshinchi xatboshidagi “qorakoʻlchilik subyektlari” soʻzlari “qorakoʻlchilik va kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kuyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5178-son qarori 7-bandining “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻrtinchi xatboshi “ozuqabop oʻsimliklar” soʻzlaridan keyin “hamda kavrakni plantatsiyalarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kuyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam koʻrsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6217-son Farmoniga 1-ilovaning 14-bandi “a” va “v” kichik bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoniga 1-ilovaning 21-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorining 1-2, 4 — 9-bandlari va qarorga 1 — 4-ilovalar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)