20.03.2018 yildagi PQ-3617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi florasida tabiiy xolda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralaridan barqaror foydalanish, jumladan, ayrim dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish va eksport qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va “O‘zbekozikovkatxolding” xolding kompaniyasining respublika hududida kavrak (Ferula foetida, Ferula tadshikorum) plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish maqsadida Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, “O‘zbekoziqovkatxolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Qarshi eksport-import biznes” MCHJ va “Surxondaryo agrofirmasi” MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonalar hamda kavrak yetishtirish va uni eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Uyushma muassislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a’zo bo‘lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak urug‘ini tayyorlash va plantatsiya tashkil etuvchi tashkilotlarga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha o‘qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalar, jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan har tomonlama ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma raisiga, zarurat bo‘lganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti xamda faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi kavrak yetishtiruvchi tashkilotlarining ajratmalari, kavrak plantatsiyalari tashkil etish va uning xom ashyosini eksporti bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning a’zolik badallari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda mahalliy va xorijiy investitsiya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, Uyushma raisi va uning o‘rinbosari Uyush.ma a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘lik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (N.J. Bakirov);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini, Uyushma ustavi tasdiqlanishini va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini yetishtirishga amaliy yordam berishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruh (N.J. Bakirov) ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yildan respublikaning tabiiy iqlim sharoitiga to‘g‘ri keladigan hududlarida kavrak plantatsiyalari tashkil etish va yetishtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2410-son qarori bilan ajratilgan qo‘shimcha kredit hisobidan kavrak plantatsiyalari tashkil etish, yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi “O‘zagroeksport” AJ, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga ko‘maklashsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak o‘sadigan va uning tabiiy zaxiralari mavjud bo‘lgan hududlarni xatlovdan o‘tkazib, ma’lumotlar bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijasida aniqlangan zaxira yer maydonlari doimiy foydalanish uchun uyushma a’zolariga ajratib berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish uchun talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar turlari xamda miqdorini aniqlash, talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar sotib olish va ularni lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda kavrak va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlashga mo‘ljallangan maxsus farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi bilan birgalikda doimiy ravishda kavrak xom ashyosi asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, tabiiy zaxiralarining holatini monitoring qilish, o‘simlikning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, kavrak plantatsiyasini tashkil egish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-apreliga kadar fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari ishtirokida kavrak plantatsiyasini tashkil etish va yetishtirish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavrak xom ashyosini qayta ishlash orqali tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun kerakli dori vositalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toshkent davlat agrar universiteti “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari” o‘quv yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashda kavrak yetishtirish texnologiyasini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishga e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Termiz shahri Istiqlol ko‘chasi, 64-uyda joylashgan O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining ma’muriy binosiga joylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lari)ni yig‘ish (g‘amlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni ta’minlasin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3617-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi ijro etuvchi apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

N.J. Bakirov

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi. Ishchi guruh rahbari

3.

M.T. Anorboyev

O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari

4.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya. kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

5.

A.Q. Shodmonov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri

6.

A.E. Ravshanov

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

7.

S.S. Xodjayev

Aksiyadorlik tijorat banki “Agrobank” boshqaruvi raisi

8.

I.K. Ergashev

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

9.

A.A. Abdullayev

“O‘zagroesport” aksiyadorlik jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi

10.

A.I. Mamatkarimov

“Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi bosh direktori

11.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga ishidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parametrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

2018 — 2021-yillarda ekiladigan maydon, gektar

yillar:

2023 — 2026-yillarda olinadigan hosil, tonna

yillar:

2018

2019

2020

2021

2023

2024

2025

2026

1.

Surxondaryo viloyati

8000

1000

1500

2500

3000

2184

120

300

600

1164

2.

Qashqadaryo viloyati

1000

150

250

300

300

252

18

48

84

102

3.

Navoiy viloyati

500

50

100

150

200

114

6

18

36

54

Jami

9500

1200

1850

2950

3500

2550

144

356

720

1320

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 07/18/3617/0963-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)