07.03.2022 yildagi PF-87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoniga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirilsin.
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan mablag‘larni ajratish grafigini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yil 1-sentabrga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxatini shakllantirsin hamda 2022-yil 1-oktabrga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha — 50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ushbu kichik bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga har yili Davlat budjetidan kamida 6 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga tavsiyalar berish va ta’lim kontraktlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Davlat test markazi (M.M. Karimov) bir oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan alohida kvotalarni davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash, xotin-qizlarga tavsiyalar berish, alohida test sinovlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmanov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda xotin-qizlar uchun mazkur kichik bandda nazarda tutilgan maqsadli kvotalar davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari kesimida tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosan xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitetni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu universitet huzurida paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida bosqichma-bosqich hududiy texnikumlarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov), Qo‘mita (Z.B. Maxkamova), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) ikki oy muddatda universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning moddiy-texnika ta’minoti va joylashtirilishi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) bilan birgalikda har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” tanlovini o‘tkazib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovini o‘tkazish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 10 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qo‘mita, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xotin-qizlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish, startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Qo‘mita huzurida “Olima ayollar jamiyati”ni tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Olima ayollar jamiyati”ni tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda “Olima ayollar jamiyati”ga xotin-qizlarni amalda qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish uchun Davlat budjetidan 50 milliard so‘m ajratilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va salohiyatli ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun o‘qish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakani baholash markazlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf o‘quvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shimcha kurslarda o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 2022-yilda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17,1 milliard so‘m miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023-yildan boshlab tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan xonasida o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
(8-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshisi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar tumanlarda mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylari ro‘yxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar Reyestrga kiritilgan hududlardagi umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar bo‘lgan va ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan hududda joylashgan obyektlar bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 50 foiz imtiyoz qo‘llagan holda hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularda ishlovchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondiga ijtimoiy soliq 1 foizlik stavkada hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlariga yillik umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 750 baravarigacha bo‘lgan mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan ko‘chmas mulk ijaraga olinganda 3-ilovaga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanganligi, Oliy Majlis Senati raisi T.K. Narbayeva — komissiya raisi hamda Bosh vazir o‘rinbosari Z.B. Maxkamova va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q.M. Rafikov — komissiya raisi o‘rinbosarlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi (T.K. Narbayeva) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi”ni tasdiqlasin va ijroga qaratilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etish hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni o‘qitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushini kamida 30 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o‘rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash. Bunda, mazkur talab tegishli tashkilot rahbari xotin-qizlar orasidan tayinlanganda yoki unda faqat bir nafar o‘rinbosar bo‘lgan taqdirda majburiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S.M. Xolxo‘jayev, A.A. Kamalov, D.Sh. Sultanov) 2022-yilda mazkur dastur doirasida ajratilayotgan mablag‘larning jami 4 trillion so‘m qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) uch oy muddatda xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining 300 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev), Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan “Biznes ayollar” dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari orasida xotin-qizlarning ulushini 40 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga o‘z tomorqasida gul va meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun 35 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tashkil qilinsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markazlarni tashkil etish uchun hokimlik zaxirasidagi bo‘sh yer maydoni mavjud mahallalarda 300 metr kvadratgacha bo‘lgan yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki bo‘sh turgan davlat mulki obyektini operativ boshqaruv huquqi asosida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ajratsin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish vakolati bo‘lgan tashabbuskor tadbirkorlarning bo‘sh turgan binolarida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarining tavsiyasi asosida tashkil etilsin;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimliklari mablag‘lari hisobidan barpo etilgan markazlar tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berilsin;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlarda faoliyat olib borish istagini bildirgan tadbirkorlarga mazkur markazlarda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari tavsiyasi asosida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga ruxsat beriladi, shuningdek, ularga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan grantlar ajratish imkoniyati yaratiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-apreldan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uy-joyga muhtoj, jumladan xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022-yildan boshlab zarur mablag‘lar ajratib borilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandda ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb o‘rganish, mehnat qilish imkoniga ega bo‘lsa, mustaqil yoki Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlarni yuklash tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur bandning “v” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab berilsin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment to‘lovchining boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha majburiyatlari mavjud bo‘lganda, qarzdordan undirilgan mablag‘lar aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va navbatda taqsimlanadi. Xuddi shu kabi, ijro harakatlari davomida qarzdorga solingan jarimalar va ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari ham aliment to‘lovlaridan joriy qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan va qidiruvga e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish, shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, ushbu manbalarda qidiruvdagi shaxslar va ularning mol-mulki to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarga majburiy ijro va ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) va Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) uch oy muddatda aliment to‘lovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin. Bunda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda qarzdorlik to‘liq bartaraf etilguniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko‘rsatmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjudligini nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Majburiy ijro byurosi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilsin va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 milliard so‘m ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, sud qarori bilan aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslardan belgilangan mablag‘larni uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan hollarda “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari aliment to‘lovlari bo‘yicha shakllangan qarzdorlikni bir yo‘la to‘lash uchun yo‘naltiriladi hamda keyinchalik aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan aliment to‘lovlaridan qarzdorlik to‘lanadigan holatlar va shaxslar toifasini belgilash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarga xos bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) ikki oy muddatda yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ehtiyojmand 6 ming nafar xotin-qizlar, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanishga muhtoj bo‘lgan 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatlarini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) bilan hamkorlikda 2022-yilda 3 million nafar xotin-qizlar onkologik skriningdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda 2022 — 2025-yillar davomida 227 ta tug‘uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni to‘liq ta’mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining 105 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar ajratilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga qo‘shimcha — 100 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash uchun Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga qo‘shimcha — 17 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi “Onko-nazorat” (“Cancer — nazorat”) ayollar ko‘rik xonalarini tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy vositalar bilan jihozlash uchun — 20 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 — 12 yoshdagi 815 ming nafar o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi hamda 12 turdagi vaksinalar bilan emlash uchun — 200 milliard so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov), Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev), Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) 2022-yil 1-iyunga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun sudlangan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash bo‘yicha majburlov choralarini qo‘llamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan shaxsga nisbatan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yoki boshqa ishga majburiy jalb qilish tarzidagi ma’muriy huquqbuzarlikka oid jazo turini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) va Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual va innovatsion tashabbuslarini rivojlantirish maqsadida “Bilimdon qizlar” teleko‘rsatuvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli sohalarda yutuqlarga erishgan xotin-qizlar to‘g‘risida ibo-hayo, poklik, sabr-toqat va ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Ayol muvaffaqiyati” ruknidagi teledasturlar tayyorlanishi hamda efirga uzatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarga beriladigan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin va uni 15-may — Xalqaro oilalar kunida topshirish tartibi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) bir oy muddatda “Ibratli oila” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi T.K. Narbayeva — 10-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvahitov — 3-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari Z.B. Maxkamova — 1, 4, 5, 22 — 25-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — 2, 6 — 9, 11, 13 — 16, 20-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari S.O‘. Umurzakov — 12-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev — 17 — 19, 21-bandlarda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosi sifatli va o‘z vaqtida ta’minlanishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi T.K. Narbayeva va Bosh vazir o‘rinbosari Z.B. Maxkamova har uch oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-87-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MILLIY DASTUR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar” doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning o‘z huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishida ularni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi dasturlarni kengaytirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Milliy dastur) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida“, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturda xotin-qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas bo‘lagi sifatida qaraladi hamda u “Inson qadri uchun” tamoyilidan kelib chiqqan holda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi xotin-qizlarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida teng huquqlar asosida to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Milliy dasturning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning maqsadi — xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar orasida tazyiq va zo‘ravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni bo‘lish holatlarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuroniy onaxonlarni e’zozlash, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalardagi sog‘lom va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Milliy dasturning dolzarbligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirishdagi muammolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 46 foizga yetdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi, yangi Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, u mazkur qo‘mita raisi hisoblanishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbarning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman (shahar)lar hokimliklarida hokim o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimlari, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus jamg‘arma hisobidan ularning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2018 — 2021-yillarda og‘ir-ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, 5,6 mingdan ziyod xotin-qizlar uchun uy-joy to‘lovining boshlang‘ich badali to‘lab berildi, nogironligi bo‘lgan 20 mingga yaqin ayollarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari olib berildi, 18 mingga yaqin xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berildi, 500 nafar xotin-qizlarning jarrohlik amaliyoti xarajatlari to‘lab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari” bilan ishlash orqali ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilib, 2021-yilning o‘zida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berish uchun 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish uchun kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish tizimi joriy etilib, oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grant o‘rinlar soni ikki baravarga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so‘mdan ziyod kredit ajratildi. 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshta muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar xotin-qizlarga 22 milliard so‘mga yaqin boshlang‘ich badallar to‘lab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili 28 nafar iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanib, mukofot laureatlarini oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, o‘tgan davr mobaynida 855 nafar faollar ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmasi asosida aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish tizimi hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning ish stajini qayd etish tartibi yo‘lga qo‘yilib, norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizgacha qisqardi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi himoya orderini berish tartibi yo‘lga qo‘yilib, ushbu tartib orqali 2020-2021-yillarda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 35 mingdan ziyod xotin-qizlar himoya qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning murojaatlari bo‘yicha kunu-tun faoliyat yuritadigan 1211 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali birgina 2021-yilning o‘zida 100 mingga yaqin xotin-qizlarning murojaatlari hal etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning 14 ta hududiy va 14 ta namunali tumanlararo markazlari tashkil etilib, mazkur maskanlarda 50 mingga yaqin xotin-qizlarga psixologik, yuridik, tibbiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-2021-yillarda mahalla faollari tomonidan ajralish yoqasiga kelib qolgan 50 mingga yaqin oilalar yarashtirildi, 20 mingdan ziyod oilada nikoh qonuniylashtirildi, 6 mingga yaqin oilaning notinchligiga barham berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha tumanlar va shaharlarda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etildi. 2021-yil davomida ushbu markazlar tomonidan 90 mingdan ortiq nikohlanuvchi shaxslar oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodiyoti va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha bepul o‘qitildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tishi davrida barcha xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda jamiyatda xotin-qizlar o‘rni va rolini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, bugungi kunda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, ularni ehtiyojmandlik holatidan chiqarishga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj 15 ming nafar xotin-qizlarning muammolari to‘liq hal etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga sabab bo‘lgan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga hamda huquqiy oqibatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar ko‘lami yetarli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va kam ta’minlangan oilalarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularga subsidiyalar ajratish va bandligini ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar (shu jumladan, mikrokreditlar) ajratish tartib-taomillari bo‘yicha targ‘ibot ishlari hamda uslubiy-amaliy ko‘maklashish tizimida sustkashliklar mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni davolash hamda nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan xotin-qizlarni ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi muntazam tusga ega emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini yo‘qotgan hamda ajralish yoqasida turgan oilalarda, to‘liqsiz oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning, shuningdek, uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollarning oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarni kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda boshqa muammolarini o‘z vaqtida hal etish choralari talab darajasida emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda voyaga yetayotgan qizlarning iqtidorlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish tizimi joriy etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda voyaga yetayotgan qizlar va yosh kelinlar o‘rtasida oila, turmush madaniyati, tibbiy madaniyat, milliy qadriyatlarni e’zozlash, oilalarni mustahkamlashda qaynonalarning rolini oshirish kabilar bo‘yicha targ‘ibot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” tomonidan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularning o‘z vaqtida hal etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish va rag‘batlantirish amaliyoti joriy etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuroniy onaxonlarni e’zozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj hamda noturar joylarda yashaydigan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oila institutini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Milliy dasturni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur uch bosqichda: 2022-2023-yillar, 2024-2025-yillar va 2026-yil davomida amalga oshiriladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi bosqichda (2022-2023-yillar) tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratishga hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida masofaviy ish usuli va moslashuvchan ish grafigida ishlash mexanizmlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatga xorijga chiqib ketayotgan ota-onalar tomonidan farzandiga vasiy yoki homiy tayinlashning majburiy tartibi o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish uchun ular davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks choralar ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va hududlarda “Yetakchi ayollar muloqoti” platformasi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi vatandoshlardan iborat “O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi” tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishlari ta’minlanadi, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlari yaxshilanadi, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishda ko‘maklashiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim tashkilotlarining tegishli fanlari tarkibiga oila qadriyatlari va oila psixologiyasiga oid mavzular kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notinch va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oilaviy sayohat” turistik paketlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notinch oilalar uchun oilaviy psixologlar yordamini ko‘rsatish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchi bosqichda (2024-2025-yillar) barcha sohalarda gender tenglikka erishish hamda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog‘liq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etish ishlari jadallashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur doirasida belgilangan maqsad va vazifalarning “mahallabay” ijrosi ustidan monitoring olib borish tizimi yanada takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uchinchi bosqichda (2026-yil) xotin-qizlarning huquqiy, tibbiy, psixologik savodxonligini oshirish hamda ilmiy-madaniy iqtidori va ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari ko‘rsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash tartibiga o‘tiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun indikatorlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Milliy dasturni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning amalga oshirilishi kelgusida quyidagi natijalarga olib kelishi kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar soni 30 foizga yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida 14 ta hududda kooperativlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar orasida xotin-qizlar ulushi 30 foizgacha yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida psixolog mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘uruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada istiqomat qilayotgan 337 mingdan ziyod xotin-qizlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish ko‘lami kengaytiriladi, ularni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ambulator reabilitatsiya qilish mexanizmlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi, xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosi qat’iy nazoratga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglikka erishish darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida mamlakatimizning o‘rni sezilarli oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldi olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotiga moslashuvchanligi oshadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elga ishlash uchun chiqib ketgan xotin-qizlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosining oldi olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar orasida ishsizlik darajasi kamayadi, ayollar tadbirkorligi oshib, kambag‘allik qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning turmushi yaxshilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ayollar, uy-joysiz, boquvchisi bo‘lmagan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj ayollar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning salomatligi mustahkamlanadi, onalik va bolalik muhofaza qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeyi yanada mustahkamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratiladi, ilm-fan sohasida ayollarning o‘rni oshadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila instituti mustahkamlanadi, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhit yaxshilanadi va ajrimlar soni kamayadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar oldi olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari roli oshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablag‘ va moliyaviy manba

Ijro uchun mas’ullar

I. XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

1.1. Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Qonunchilik hujjatlariga “xotin-qizlarni ta’qib etish” tushunchasini kiritish.

1. “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga “xotin-qizlarni ta’qib etish” tushunchasini kiritish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy ta’minlash, zarur tahliliy materiallar va axborot to‘plash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan o‘tkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Mahalla vazirligi)

2.

Ijtimoiy reklamaning hajmini oshirish orqali xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor qaratish.

1. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy ta’minlash, zarur tahliliy material va axborotlar to‘plash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan o‘tkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

-

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

AOKA,

O‘zMTRK

3.

O‘quvchi-yoshlarga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazganlik, zo‘ravonlik sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash.

1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy ta’minlash, zarur tahliliy materiallar va axborot to‘plash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan o‘tkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

-

Adliya vazirligi,

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

4.

Uzoq muddatga chet davlatlarga chiqib ketayotgan ota-onalar tomonidan farzandiga vasiy yoki homiy tayinlashning majburiy tartibini joriy qilish.

1. “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy ta’minlash, zarur tahliliy materiallar va axborot to‘plash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan o‘tkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Mahalla vazirligi

5.

“Bolalarga aliment undirish va oilani ta’minlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi to‘g‘risida”gi Gaaga Konvensiyasiga qo‘shilish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. O‘zbekiston Respublikasining Gaaga Konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar va qonun loyihalarini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

1.2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash

6.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini keng targ‘ib qilish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda gender masalalari bo‘yicha kamida 140 nafar trener tayyorlash.

2022-yil aprel-may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AOKA,

O‘zMTRK

2. Trenerlar ishtirokida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga tizimli yetkazish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini shakllantirish.

2022-yil may

3. Hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

4. Guruh tomonidan targ‘ibot materiallari (ma’ruza, slayd, buklet, videorolik va boshqalar)ni tayyorlash.

2022-2023-yillar

5. Mahallalar, ta’lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda hamda OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

7.

“Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. “Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2022-yil may

-

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2. Platforma orqali gender masalalari bo‘yicha huquqiy normalarni sodda va xalqchil tilda aholiga yetkazish hamda onlayn maslahatni yo‘lga qo‘yish.

2022-2023-yillar

8.

“Ayollarga huquqiy madad” turkumida ommabop qo‘llanmalarni tayyorlash.

1. “Ayollarga huquqiy madad” turkumida ommabop qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla vazirligi

2. Qo‘llanmalarni xotin-qizlarga, shu jumladan “Ayollar daftari”ga kiritilgan, himoya orderi olgan yoki zo‘ravonlikka uchragan ayollarga bepul tarqatish.

2022-2023-yillar

9.

11-oktabr — Xalqaro qiz bolalar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yoshlar markazlarida “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shiori ostida yosh qizlar forumini o‘tkazish.

1. Forumni yuqori saviyada o‘tkazish va tashkil qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Forumni yuqori saviyada o‘tkazish, ishtirokchilarni jalb qilish va ularga amaliy imtiyozlar asosida yordam ko‘rsatish.

2022-yil sentabr-oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.3. Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish

10.

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari ta’minlanganlik holatini o‘rganish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil may-iyun

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Reja-jadval asosida tashkilotlarni hududlar kesimida o‘rganish.

3. Tashkilotlarda xotin-qizlarga mehnat sharoitlari yaratilganligi, ularning mehnatini muhofaza qilish va boshqa mehnat huquqlari ta’minlaganlik holatini o‘rganish.

2022-yil iyul-avgust

4. O‘rganish natijalari yuzasidan qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

11.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarda rasmiy ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash tizimini yaratish.

1. Xo‘jalik hisobidagi korxonalarda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining bir qismini to‘lash bo‘yicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi uchun maxsus modul ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash.

2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan elektron axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish.

3. Maxsus modulni ishga tushirish.

2022-yil iyun

-

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

12.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini takomillashtirish

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqasini elektron tarzda hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

-

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.4. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish

13.

Huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida huquqiy savodxonlik bo‘yicha interfaol usullardan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish.

1. Umumta’lim maktablarida huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Kinematografiya agentligi

2. Dasturga asosan ta’lim muassasalarida interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2022-2023-yillar

3. Yoshlarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirish, zo‘ravonlikka murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan animatsion qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy roliklar yaratish.

2022-2023-yillar

14.

Sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha malakasini oshirish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,

Milliy gvardiya

2. O‘quv materiallari (ma’ruza matni, taqdimot, tarqatma material, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari)ni tayyorlash va joylarga yetkazish.

2022-yil may

3. Reja-jadvallar asosida sud, ichki ishlar, prokuratura organlari va Milliy gvardiya xodimlari uchun o‘quvlar (shu jumladan masofaviy) tashkil etish.

2022-2023-yillar reja-jadval asosida

15.

Yuridik oliy ta’lim muassasalari o‘quv reja va dasturlariga “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusini kiritish.

1. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida vujudga keladigan nizolarning sabablarini o‘rganish va oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotini o‘rganish.

2. “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusi bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish.

3. Mavzuni yuridik oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga kiritish.

2022/2023 o‘quv yilidan

-

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

16.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida turkum tadbirlarni tashkil etish.

1. Mavzuga oid ma’ruza matni, videorolik, buklet va boshqa targ‘ibot materiallari hamda tadbirlar jadvalini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

O‘zMTRK

2. “Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishdagi muhim vazifalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish.

2022-2023-yillar noyabr-dekabr

3. Targ‘ibot ishlarini barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalar kesimida tashkil etish.

2022-2023-yillar

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

17.

Aholi o‘rtasida oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida “Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy tarmoqlarda chellenj hamda ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil qilish.

1. Yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, blogerlar ishtirokida ijodiy guruhni shakllantirish.

2022-2023-yillar oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaz?,

Madaniyat vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

2. Chellenj ssenariysi va tanlov nizomi loyihasini ishlab chiqish.

3. Chellenj va tanlovni tashkil etish.

2022-2023-yillar noyabr

4. Tanlov ishtirokchilarini taqdirlash.

5. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

18.

Yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqot o‘tkazish.

1. So‘rovnoma loyihasini ishlab chiqish.

2. Yosh oilalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish va takliflar tayyorlash.

2022-yil aprel-may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1.5. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

19.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan xotin-qizlarning oilalaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga ko‘maklashish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish va har bir mahkuma va uning oilasi bilan manzilli ishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

2022-2023-yillar

-

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xotin-qizlarning oilalaridagi muammolarni o‘rganish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish (bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, psixologik, huquqiy yordam va boshqalar).

2022-2023-yillar chora-tadbirlar asosida

20.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish.

1. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning turmush sharoitlari va murojaatlarini o‘rganish orqali muammolarini tahlil qilish.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Ichki ishlar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.

2022-yil oktabr

21.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish.

1. Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan videorolik, buklet va boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash va mazkur muassasalardagi kutubxonalarga taqdim etish.

2. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash va o‘quv kurslarini tashkil etish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zMTRK

22.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlar va kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Targ‘ibot tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Ichki ishlar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

2. Targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

2022-2023-yillar har chorakda

23.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Respublika qiz bolalar ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi”da tarbiyalanayotgan qizlarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

1. Muassasada tarbiyalanayotgan qizlar va ularning oilalari ro‘yxatini shakllantirish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2. Tarbiyalanuvchilar qobiliyati, xohish-istaklaridan kelib chiqib, ularni kasb bilan bog‘liq to‘garaklarga, jumladan, WEB dasturlash, kompyuter savodxonligi, elektron tijorat kabi yo‘nalishlarga jalb qilish.

2022-2023-yillar

3. Mazkur muassasaga tarbiyalanuvchi qizlarning qiziqishlari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilish.

4. Qizlarning kunlik ehtiyojlarini o‘rganish va kerakli vositalar bilan doimiy ta’minlash choralarini ko‘rish.

5. Qizlarning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish (bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, psixologik, uquqiy yordam va boshqalar).

1.6. Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish

24.

Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslar, shu jumladan ayollarning oilalarini ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash.

1. Har bir mahallada jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda xonadonlarni o‘rganib borish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirla? Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslarning oilalari yagona reyestrini yaratish va yangilab borish.

Doimiy

3. Chet elga chiqib ketgan shaxslarning uyda qolgan oila a’zolari, shu jumladan farzandlarining turmush tarzini o‘rganish, doimiy manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish (tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bolalar bilan ishlash, psixologik yordam, to‘garaklarga jalb etish va boshqalar).

2022-2023-yillar

25.

Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish.

1. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish.

2022-yil aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Xotin-qizlar, shu jumladan ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar muammolarini hal etishning moliyaviy manbalarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

3. Aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

2022-yil iyun

26.

Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini xotin-qizlarga tushuntirish maqsadida “Odam savdosi — davr muammosi” targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil aprel

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

O‘zMTRK

2. Tag‘ibot materiallari (ma’ruza matni, taqdimot, tarqatma material, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari)ni tayyorlash va joylarga yetkazish.

3. Targ‘ibot tadbirlarini barcha ta’lim muassasalarida, korxona-tashkilotlar va mahallalarda o‘tkazish.

2022-2023-yillar

4. O‘tkazilgan tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

27.

Odam savdosidan jabrlangan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish jarayonlarini tashkil qilishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi samaradorligini oshirish.

1. Idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, odam savdosidan jabrlangan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil may

3. Takliflarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash.

2022-yil iyul

1.7. Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va m?lliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish

28.

“Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil avgust

-

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman),

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yo‘nalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida o‘rganish.

2022-yil sentabr

4. Monitoring natijalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktabr

29.

“Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2023-yil mart

-

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yo‘nalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida o‘rganish.

2023-yil aprel

4. Monitoring natijalari asosida qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

30.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2023-yil avgust

-

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yo‘nalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida o‘rganish.

2023-yil sentabr

4. Monitoring natijalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

II. XOTIN-QIZLARNING IQTISODIY, IJTIMOIY VA SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

2.1. ?otin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash

31.

Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2022-yil iyun

Hisob-kitoblarga asosan, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Hunarmand” uyushmasi

2. Dastur doirasida:

2022-2023-yillarda xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozi kreditlar ajratish;

har bir hududda xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari va klasterlarini tashkil qilish;

xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini ko‘rish;

tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish;

xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va biznesga jalb qilish.

2022-2023-yillar

32.

Ishsiz xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) va zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish choralarini ko‘rish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida:

ishsiz xotin-qizlar bazasini shakllantirish;

mavjud bo‘sh va zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlarini taklif etish va ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berish;

xizmat ko‘rsatish va servis, sanoat (xususan yengil sanoatda) va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratish;

2022-yilda — 140 ming, 2023-yilda — 150 ming nafar xotin-qizlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish.

2022-2023-yillar

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida:

xotin-qizlarni vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishga taklif qilish;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish istagini bildirganlar xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilish choralarini ko‘rish;

2022-yilda — 66 ming, 2023-yilda — 74 ming nafar xotin-qizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish.

2022-2023-yillar

250 mlrd so‘m, Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Ishsiz xotin-qizlarga subsidiyalar (tadbirkorlik, tomorqa va boshqalar) ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan murojaat etgan xotin-qizlarga quyidagi subsidiyalarni taklif etish:

tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun;

mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun;

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun.

3. 2022-yilda 17 062 nafar, 2023-yilda 19 020 nafar xotin-qizga subsidiyalar ajratish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish.

2022-2023-yillar

97,4 mlrd. so‘m, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Farzandlari bo‘lgan xotin-qizlarni yanada qo‘llab quvvatlash, ularning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. “Ishga marhamat” monomarkazlari, professional ta’lim muassasalari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

2022-yil yakuniga qadar mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish kurslarini tugatgan malakali mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligi bilan “ish.mehnat.uz” portali hamda taniqli xususiy rekruting tashkilotlar saytlarida joylashtirish.

2022-yildan boshlab doimiy

3. 2022/2023 o‘quv yili qabul parametrlarini shakllantirishda jamoat salomatligi texnikumlarida bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish mutaxassisligi bo‘yicha 200 ta davlat grantini ajratish.

2022-yildan boshlab doimiy

36.

Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish.

1. Mahalliy va jahon logistika kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatish.

2022-yil may

-

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

AT “Xalq banki”

2. Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni mahalliy va jahon logistika kompaniyalari tomonidan xaridorlarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha jahondagi mashhur elektron portallar orqali xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar realizatsiya qilinishini tashkil etish, xotin-qizlarni ushbu portallar orqali o‘z mahsulotlarini taklif etish ko‘nikmalariga o‘rgatish.

2022-yil II chorak

37.

Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Markazlarni tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishi va davlat granti ajratish tartibi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

2.2. Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish

38.

Ta’limning barcha bosqichlarida tibbiy madaniyatni oshirish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha qo‘shma qaror ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Chora-tadbirlar doirasida:

maktabgacha ta’lim muassasalarida “Lifestyle — Sog‘lom makon”;

umumta’lim maktablarida:

1 — 7 sinflarda “Salomatlik darslari”;

8 — 11 sinflarda Ro‘zg‘or yuritish sirlari” va “Sog‘lom oila asoslari”;

o‘rta-maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Reproduktiv salomatlik asoslari” maxsus kursini tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yili

39.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘uruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlarini tashkil etish.

1. 46 ta tug‘uruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlarini amaldagi shtatlar doirasida tashkil etish choralarini ko‘rish.

2. Tumanlararo perinatal markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2022-2023-yillar reja asosida

5,1 mln AQSH dollari, xalqaro moliya tashkilotlarining kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

40.

Respublika bo‘yicha xotin-qizlarning salomatligi holatini o‘rganish.

Xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda xotin-qizlarning salomatligi holatini o‘rganish dasturini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

2.3. Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash

41.

Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni rahbarlikka tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimida qisqa muddatli o‘quvlarni tashkil etish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan rahbarlikka zaxiradagi xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlari hamda boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish.

2. O‘quv dasturlariga ma’naviy qiyofani o‘zgartirish, rejalashtirish, jamoani shakllantirish, liderlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularini kiritish.

2022-yil aprel — dekabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar hamda Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

42.

“Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturini ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2. Milliy kadrlar zaxirasiga olingan xotin-qizlarni Davlat boshqaruvi akademiyasida bosqichma-bosqich o‘qitish.

2022-yil aprel — dekabr

3. O‘quvlarni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning davlat tashkilotlarida hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilg‘or xorijiy davlatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashini tashkil etish.

2022-2023-yillar reja-jadval asosida

4. Rahbarlik lavozimlariga Milliy kadrlar zaxirasidan nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarning nomzodlarini inobatga olish tizimini joriy etish.

Doimiy

44.

Ilm-fan sohasida xotin-qizlardan rahbar kadrlarni tayyorlash va rahbarlikka tayinlash.

1. Ilm-fan va ta’lim sohasida rahbar xotin-qizlarning innovatsion boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida “Innovatsion menejment” dasturi asosida o‘quv kursini tashkil etish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

tasarrufida ta’lim va ilmiy tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar

2. Innovatsion menejment o‘quv kursida rahbarlik lavozimlari zaxirasi uchun o‘rta bo‘g‘in rahbar xodimlari (kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari)ni, innovatsion faoliyat bilan band bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar xodimlarini o‘qitish.

2022-2023-yillar

3. “Innovatsion menejment” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan rahbar hamda o‘rta bo‘g‘in rahbar xodimlari uchun xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkalar tashkil etish.

4. “Innovatsion menejment” dasturi asosida malaka oshirgan xotin-qizlar ro‘yxatini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mo.argos.uz portaliga kiritib borish.

45.

Xorijdagi vatandoshlardan iborat “O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi”ni tashkil qilish.

1. Kengash faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

-

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Kengash tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan tizimli hamkorlik o‘rnatish.

Bunda, xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor qaratish.

Doimiy

46.

Respublika va hududlarda “Yetakchi ayollar muloqoti” platformasini tashkil etish choralarini ko‘rish.

Platforma faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47.

“O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollar roli” mavzusida an’anaviy ayollar forumini tashkil etish.

1. Forumni tashkil etish va o‘tkazish konsepsiyasi, dasturini ishlab chiqish va kelishish.

2. Har yili forumni eng dolzarb masalalarni tanlab olgan holda tashkil etish va o‘tkazish.

Har yili dekabr oyida

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oliy Majlis palatalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

48.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlov Nizomini qayta ko‘rib chiqish va tajribadan kelib chiqqan holda unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika budjeti mablag‘lari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va o‘tkazish.

Tanlov nizomida belgilangan muddatlarda

3. Tanlov jarayonlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

49.

Gender tenglikni ta’minlash sohasida idora va tashkilotlarning ilg‘or tajribasini aniqlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlov Nizomini qayta ko‘rib chiqish va tajribadan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika budjeti mablag‘lari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va o‘tkazish.

Tanlov nizomida belgilangan muddatlarda

3. Tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

50.

Oila va xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari forumini tashkil etish.

1. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihalarini ishlab chiqish va kelishish.

Forumdan bir oy oldin

Hisob-kitoblarga asosan, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Adliya vazirligi

2. Forumni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash.

3. Forumni hududlarda va Toshkent shahrida yuqori saviyada o‘tkazish.

2022-2023-yillar iyul

4. Tadbirning ahamiyatini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

51.

Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlarini tashkil etish.

1. Soha mutaxassislarini jalb etgan holda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

52.

O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘lini targ‘ib etish maqsadida ularning yubiley sanalarini keng nishonlash choralarini ko‘rish.

1. O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma’rifatparvar ayollarning ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Madaniyat vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

AOKA,

O‘zMTRK,

EOAVMA,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ta’lim muassasalarida, vazirlik, idora va tashkilotlarda, mahallalarda ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib etish bo‘yicha badiiy kecha, uchrashuv, davra suhbati va boshqa tadbirlar o‘tkazish.

2022-2023-yillar

3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ayollarning ibratli hayot yo‘li to‘g‘risida turkum ko‘rsatuv, intervyu, eshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish.

53.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarning sonini magistraturada o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining 30 foizigacha yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasinin? magistraturasiga qabu?ni tartibga soluvchi qonun?ilik hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil fevral

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

54.

Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda O‘zbekistonda parlamentlar ayol-spikerlari Global sammitini tashkil etish.

1. Global sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Kelishuvga asosan

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Parlamentlararo ittifoq a’zolari, BMT tuzilmalari, xorijiy davlatlar parlamentlari hamda xalqaro nohukumat tashkilotlarining delegatsiyalari ishtiroki masalasini o‘rganib chiqish.

Kelishuvga asosan

3. Tadbirni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish, tegishli tavsiyalar tayyorlash.

Tadbirdan bir oy oldin

4. Tadbirning ahamiyatini milliy va xorijiy OAVda keng yoritish.

Tadbir kunlari

5. Tadbir yakuni yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatni xalqaro tashkilotlarning rasmiy hujjati sifatida chop etish.

55.

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ayollar forumini o‘tkazish.

1. Vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda tashkiliy qo‘mita tarkibini tasdiqlash.

2023-yil fevral

isob-kitoblarga asosan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil mart

3. Forumni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash.

Tadbirdan bir oy oldin

4. Diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarga Forumda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborish.

5. Forumni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish.

6. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

56.

O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish, milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga ??osan

Madaniyat vazirligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

“Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti hamda TTESI va Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultet negizida davlat-xususiy sheriklik asosida Xalqaro moda industriyasi akademiyasini (O‘zbek-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki binosida) hamda uning tarkibida O‘zbek milliy liboslari merosini saqlash markazini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish.

3. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan o‘zbek milliy liboslari to‘plamlarini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil sentabr

4. O‘zbek milliy liboslarining hududlar bo‘yicha to‘plamlarini yaratish.

Doimiy

5. Milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, xalqaro dizayn markazlari bilan aloqa o‘rnatish, dizaynerlik ishlanmalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshida “Markaziy Osiyo dizaynerlik ittifoqi”ni tashkil etish.

6. Xar yili moda haftaliklari, viloyatlarda moda namoyishlari, ko‘rgazmalari va festivallarini o‘tkazish.

2.4. Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish

57.

“Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar sonini 30 foizga yetkazish.

1. Tashkiliy chor-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida:

“Bir million dasturchi” loyihasi to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boshqarmalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;

ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari, informatika fanlari o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha onlayn vebinarlar tashkil etish;

xotin-qizlarning IT-parklarga sayohatlarini tashkil qilish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish.

2022-2023-yillar

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

58.

Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini, shu jumladan qizlarni rag‘batlantirish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Barcha fanlardan yaxshi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, namunali xulq atvorga ega o‘quvchilar, shu jumladan qizlar uchun “Rektor stipendiyasi”ni joriy qilish.

3. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan stipendiya tayinlash va to‘lash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab

Hisob-kitoblarga asosan, OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

59.

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini tabiiy fanlar, texnologiya va matematika yo‘nalishlarida variativ o‘quv rejalari asosida o‘qitish tizimini joriy qilish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida hududlar ehtiyojini inobatga olgan holda variativ o‘quv rejalari asosida o‘qitish tizimini joriy etish va takomillashtirib borish.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

-

Xalq ta’limi vazirligi

2.5. Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish

60.

Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish.

1. Mahallalarda xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib sport to‘garaklarini tashkil qilish.

2022-2023-yillar doimiy

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tuman (shahar)larda sektorlararo sport musobaqalari, shu jumladan:

2022-2023-yillar doimiy

uy-bekalari o‘rtasida “Sport malikalari” sport haftaligi;

oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila — Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida uch bosqichli sport musobaqalarini o‘tkazish.

61.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Sportni r?vojlantirish vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Har bir davlat organi va tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport xonalarini tashkil qilish hamda ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash.

2022-yil sentabr

3. “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida mehnat jamoalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tuman (shahar) — viloyat — respublika miqyosida ayollar sport festivalini o‘tkazish.

2022-yil sentabr

62.

Sportchi xotin-qizlar o‘rtasida “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil davomida

Hisob-kitoblarga asosan

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sportchi xotin-qizlar ishtirokida sportning ommabop turlari bo‘yicha “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kelishish.

2022-yil may

3. “Prezident kubogi” musobaqalarini xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib etish.

Doimiy ravishda

4. “Prezident kubogi” musobaqalarini ikki yilda bir marotaba yuqori saviyada o‘tkazish.

2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyiga qadar

63.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.

1. Har bir davlat organi va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda dasturlar ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, korxona va tashkilotlar mablag‘lari

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Q?raqalpog‘iston Respub?ikasi Vazirlar Kengashi, v?loyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.

2022-2023-yillar

64.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.

1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida har yili 50 ming nafar xotin-qizning yurtimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.

2022-2023-yillar

“Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari

65.

Madaniy-ommaviy tadbirlarda xotin-qizlar qamrovini oshirish.

1. Milliy an’ana va qadriyatlarni inobatga olib, madaniy-ommaviy tadbirlarning yangi repertuar to‘plamlarini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar alohida reja asosida

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Aholining qiziqishidan kelib chiqqan holda hududlarda xotin-qizlar havaskor badiiy va folklor jamoalari sonini oshirish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

3. Har bir shahar va tuman bo‘yicha madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish sxemasi va reja-grafigini sektorlararo va “mahallabay” tasdiqlash va ijroga qaratish.

2022-2023-yillar

2.6. Nuroniy onaxonlarni e’zozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish

66.

Qizlarni eng go‘zal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashda nuroniy onaxonlar imkoniyatidan samarali foydalanish.

1. Hududlar kesimida nuroniy onaxonlar, faol xotin-qizlar, jonkuyar ayollar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

AOKA,

O‘zMTRK,

O‘zA,

EOAVMA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlar va respublika miqyosida ularning qizlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini tizimli ravishda tashkil etish.

Doimiy

3. Yosh qizlarga ustozlik qilib, ularga ta’lim-tarbiya beradigan fidoyi ustoz-murabbiylarning tajribalarini ko‘rsatuv, maxsus reportajlar tayyorlash va efirga uzatish orqali ommalashtirish.

4. Nuroniy onaxonlarni rag‘batlantirish, shuningdek, har yili 8-mart bayrami arafasida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni, davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha tavsiyalar berish.

67.

“Buvijonlar ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Tadbirlar reja-grafigini ishlab chiqish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AOKA,

O‘zMTRK,

O‘zA,

EOAVMA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja-grafik asosida sohalar kesimida jonkuyar nuroniy onaxonlar ishtirokida quyidagi mavzularda ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish:

“Keksa shifokor — millat sog‘lig‘iga madadkor” mavzusida yoshi ulug‘ shifokorlar;

“Adolat tarozisini mahkam tutib” mavzusida nafaqada bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari;

“Go‘zal yurtim imoratlari poydevorining egasi” mavzusida quruvchi-ayollarning keksa avlodi vakillari;

“Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedagoglar va o‘quvchilar;

“Ilmi ummon sharafiga sazovorlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot muassasalarida uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan, nafaqaga chiqqan akademik, professor, siyosatchi, olima, dirijor, muhandis, bastakor, rassom, faxriy o‘qituvchi va boshqalar.

2022-2023-yillarda reja-grafik asosida

3. Tadbirlarga ta’lim muassasalari o‘quvchi-qizlari, uy bekalarini manzilli jalb etish.

68.

“O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida turkum ko‘rsatuv, eshittirish va ma’rifiy materiallar tayyorlash va keng yoritish.

1. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Ayollar maslahat kengashlari”, “Bibixonim maktabi” a’zolarini ko‘rsatuv va eshittirishlarga jalb etish.

2. Ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida (shu jumladan, tarmoq gazeta va jurnallarda) turkum ko‘rsatuv, eshittirish va ma’rifiy materiallarni uzluksiz yoritish va efirga uzatib borish.

2022-yil iyundan boshlab muntazam

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

AOKA,

O‘zMTRK,

O‘zA,

EOAVMA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

3.1. Nogironligi bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash

69.

Umumta’lim muassasalarida inklyuziv sharoitda ta’lim olayotgan qizlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish.

1. Inklyuziv sharoitda ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash maqsadida doimiy monitoring olib borish.

2022-2023 o‘quv yilidan

-

Xalq ta’limi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Inklyuziv sharoitda ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarning maktabga moslashishi uchun maxsus psixologik korreksion dasturlarni ishlab chiqish.

2022-yil sentabr

3. Inklyuziv sharoitda ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarning nuqsoni tufayli pedagog xodimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan turli kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tushuntirish ishlarini olib borish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab muntazam ravishda

70.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 1089 nafar o‘quvchi-qizni zamonaviy eshitish moslamalari bilan ta’minlash.

1. Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish

2022-yil iyul

Hisob-kitoblarga asosan, budjet mablag‘lari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiri? agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Zamonaviy eshitish moslamalarini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil aprel — avgust,

3. Tibbiy ko‘rik xulosasiga binoan ularni zamonaviy eshitish moslamalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil sentabr-oktabr

71.

Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash.

1. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2022-yil may

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Markaziy bank

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish.

2022-yil iyun

3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish.

Doimiy

72.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

1. Amaliy chora-tadbirlarni olib borish.

2022-yildan boshlab doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi

73.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish.

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlariga onlayn videoaloqa tizimi orqali murojaat qilish platformasini yaratish.

2022-yil davomida

-

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Davlat va ijtimoiy xizmatlarning kamida 70 foizini bevosita mahallada ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2022-2023-yillar

3.2. Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj hamda noturar joylarda yashaydigan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

74.

Uy-joyga muhtoj noturar joylarda yashayotgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

“Ayollar daftari” tizimi orqali:

1. 14 ming nafar xotin-qizlarga turarjoy ijara to‘lovi bo‘yicha kompensatsiyalar to‘lash;

2. 12 ming nafar xotin-qizlarni ijtimoiy ijara shartlari asosida ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish.

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

75.

Uy-joyga muhtoj noturar joylarda yashaydigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 6 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

3.3. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

76.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ehtiyojmand xotin-qizlarga har yili bir martalik moddiy yordam ajratish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 100 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

2022-2023-yillar

324 mlrd. so‘m, “Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

77.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj yolg‘iz ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. 30 ming nafar xotin-qizlarga ularning ta’mirtalab uy-joylarini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

sektorlar rahbarlari,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

3.4. O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

78.

Muhim sanalar va umumxalq bayramlari (Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro nogironlar kuni, Yangi yil)da hamda “Keksalar haftaligi”da o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarning holidan xabar olib, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

2022-2023 yillar davomida

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

79.

“Inson taftini inson oladi” shiori ostida har oyda bir marotaba uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning holidan xabar olish xayriya tadbirlarini tashkil etish.

1. Mahallalar kesimida uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish.

Har yarim yilda

Hisob-kitoblarga asosan, “Nuroniy” jamg‘armasi, homiylik mablag‘lari

Mahalla vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, hokimliklari,

hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari

2. “Inson taftini inson oladi” shiori ostida har oyda bir marotaba uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning holidan xabar olish xayriya tadbirlarini o‘tkazib borish.

2022-2023-yillar

3. Xayriya tadbirlariga barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va ko‘ngillilarni jalb etish.

80.

Mahallalarda nuroniy onaxonlarning salomatligini oshirish va ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

1. Viloyat, tuman (shahar) miqyosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi, Madaniyat vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari

2. “Tibbiyot avtobuslari”ni tashkil etish.

3. Tibbiy ko‘rikka tor doiradagi mutaxassislarni jalb etish.

2022-2023-yillar reja-grafik asosida

4. 484 333 nafar onaxonlarni bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

5. Nuroniy onaxonlarni zarur dori-darmonlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal bilan ta’minlash tadbirlarini tashkil etish.

6. 12 919 nafar onaxonlarni tashkilotlar va kasaba uyushmalari sanatoriylarida davolanishlarini tashkil etish.

7. Nogironligi bor keksa ayollardan 1640 nafarini nogironlar aravachasi, 1643 nafarini eshitish moslamasi, 504 nafarini ko‘zoynak, 1322 nafarini boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash.

8. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar uchun madaniy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

3.5. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish

81.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish.

1. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish.

2022-yil alohida reja asosida

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Orttirilgan tajriba hamda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Tartib hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

82.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari” tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 300 ming nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash.

2022-2023-yillar

400 mlrd. so‘m, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

83.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgn 80 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan “Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirlig?,

tuman (shahar) hokimliklari

84.

Qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish orqali xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish.

1. Qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan suv ta’minoti va transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash orqali xotin-qizlarning mehnat bozoriga kirishlari uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha hududlar kesimida iqtisodiy asoslangan “Maqsadli harakatlar dasturi”ni ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

2. “Maqsadli harakatlar dasturi” loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

IV. OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH

4.1. Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish

85.

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini inobatga olib, Oila kodeksini takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Oilani mustahkamlash, farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, shu jumladan yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olishga oid normalarni kiritish masalalarini o‘rganish.

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktabr

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura

86.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Tuman (shahar)lardagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini o‘rganish.

Bunda:

o‘quvlar tashkil qilishga tizimli uslubiy ko‘maklashish;

o‘quvlarni zamonaviy usullarda tashkil qilish va qamrovini kengaytirish;

markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat o‘quv markazlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali o‘quvlarni o‘tkazish uchun jalb qilish va o‘quvlar sifatini oshirishga erishish;

yoshlarning ish joyi va ta’lim muassasasida ish haqi va stipendiyasi saqlangan holda mashg‘ulotlarga qatnashish uchun kurslarda ishtirokini ta’minlash tizimini yaratish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil dekabr

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

87.

“Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini takomillashtirish va ommalashtirish.

1. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) faoliyatini takomillashtirish va mobil ilovasini ishlab chiqish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.

2022-yil iyun

4.2. Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish

88.

“Farovon oila — kelajak poydevori” mavzusi doirasida 20 ta amaliy va fundamental loyihani amaliyotga tatbiq etish.

1. Ilmiy tadqiqot mavzularining bazasini yaratish.

2. Reja asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

3. Tadqiqotlar natijalari asosida takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-2023-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash orqali ular bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash va individual yondashuvni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish.

1. Xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish va oilalarning baxtlilik indikatorlarini aniqlash.

2022-yil aprel

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

2. Indikatorlarni ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazish.

2022-yil aprel — sentabr

3. Indikatorlarni joriy qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

4.3. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish

90.

O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan demografik barqarorlik Konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish uchun amaldagi holat va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

3. Konsepsiya bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil noyabr

Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

91.

Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida “Oila demografiyasi” ilmiy-o‘quv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriyaning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi

2. Laboratoriya bazasida “Demografiya” milliy portalini yaratish hamda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan olimlarning yutuqlari va ishlanmalarini yoritib borish.

2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy

92.

“Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi hamda o‘z gigiyenasini baholashiga qarab hududiy xaritani yaratish.

1. Respublikaning barcha hududlarida yashovchi aholini keng qamrab olishga qaratilgan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2022-yil iyun

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Uy xo‘jaliklarining o‘zini-o‘zi baholash natijalari asosida respublika hududini sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha xaritalash imkonini beruvchi to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil iyun

3. Uy xo‘jaliklarida turmush gigiyenasi sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

4.4. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash

93.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni e’zozlash g‘oyalarini singdirish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil II chorak

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “O‘rta”, “Katta”, “Tayyorlov” guruhlari uchun “Men va mening oilam” mavzusida uslubiy qo‘llanma tayyorlash, chop etish.

3. Qo‘llanmani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.

2022-yil sentabr doimiy

4. Oilaviy qadriyatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish.

94.

Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. “Ibratli oila” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

95.

“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-2023-yillar aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

O‘zMTRK,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlov konsepsiyasi, nizomi va dasturini ishlab chiqish.

3. Hududlarda ko‘rik-tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.

2022-2023-yillar may

96.

Notinch va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni joriy etish.

1. “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni ishlab chiqish.

2022-yil mart

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi

2. Har yili reja-jadval asosida 1 000 ta notinch va kam ta’minlangan oilalarni ichki turistik sayohatga imtiyozli yuborish.

reja-grafik asosida 2022-2023-yillar

4.5. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yord?m ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish

97.

Nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash mexanizmini joriy qilish.

Nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash daftarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.

2022-yil martdan boshlab doimiy

Tegishli vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi,

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

98.

Oilaviy ajralishlarning oldini olishda mediatorlik institutining rolini kuchaytirish.

1. Yuristlar malakasini oshirish markazida birinchi navbatda oilaviy ajralish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari xodimlari malakasini oshirish.

2022-2023-yillarda reja-grafik asosida

Davlat budjet mablag‘lari

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Huquqiy eksperiment tariqasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ajrimlarga oid ishlarni ko‘rib chiquvchi maxsus xona tashkil etish.

2022-yil iyul-avgust

3. Huquqiy eksperiment natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil avgust

99.

Fuqarolar yig‘inlari xodimlarining oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi malakasini oshirish.

1. O‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari

Mahalla vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘quv-seminarlarni o‘tkazish reja-grafiklarini ishlab chiqish.

2022-yil may

3. O‘quvlarga jalb etiladigan fuqarolar yig‘inlari xodimlari ro‘yxatini shakllantirish.

2022-2023-yillar

4. Reja-grafik asosida zamonaviy usullarda o‘quvlarni tashkil qilish.

V. XOTIN-QIZLAR ORASIDA JINOYATCHILIK HAMDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH

5.1. Xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish

100.

Xotin-qizlar orasida qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

2. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha e’lon berish.

2022-2023-yillar noyabr

3. Tanlovni ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etish.

4. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash.

101.

Huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish.

1. Mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari”da “Huquqiy bilimlar” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

Har oyning oxirgi haftasi

-

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

O‘zMTRK

2. Muntazam ravishda tele- va radiolektoriy tashkil etish, unda qonun majmualari sharhini xalqchil tilda berib borish.

2022-2023-yillar

3. Oilada huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yuksaltirish bo‘yicha tavsiya, ommabop risolalar tayyorlash va chop etish.

102.

Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirish.

1. Mahallalar kesimida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish.

Har chorakda

-

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Xotin-qizlarni ularning ijtimoiy ahvoli va qiziqishlaridan kelib chiqib, to‘garaklarga jalb etish.

2022-2023-yillar

3. Xotin-qizlarni ularga moddiy-ma’naviy, ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish orqali profilaktik hisobdan chiqarish choralarini ko‘rish.

103.

Haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida xotin-qizlar o‘rtasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazish.

1. Mavzuga oid ma’ruza matni, videorolik, buklet va boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2. Hamkorlikda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvalini ishlab chiqish.

3. Targ‘ibot ishlarini barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

2022-2023-yillar davomida

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zMTRK

104.

Jamoat tashkilotlari ishtirokida “Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishning istiqbollari”, “Oila muqaddas”, “Ayol e’zozda”, “Kelin va qaynona”, “Ibratli oila”, “Siz qonun himoyasidasiz”, “O‘zbek ayoli” mavzularida davra suhbatlarini tashkil etish.

1. Mavzuga oid videorolik, buklet va boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2. Hamkorlikda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvalini ishlab chiqish.

3. Targ‘ibot ishlarini ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish.

2022-2023-yillar

-

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi

105.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, ayollarni zalolatga boshlovchi bu?g‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘?om dunyoqarashni shakllantirish maqsadida “Ayol baxti” loyihasini amalga oshirish

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Faol va ibratli yosh ayollar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil yanvar

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zMTRK,

O‘zA,

Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

3. Faol va ibratli yosh ayollarning tengdoshlariga murojaat bilan chiqishlarini nazarda tutuvchi ko‘rsatuv ssenariysini ishlab chiqish va namoyishini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil mart

4. Ko‘rsatuvni ijtimoiy tarmoqlarda ham keng targ‘ib qilish.

Doimiy

106.

Yosh xotin-qizlar huquqlarining cheklanishi va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot materiallari, jumladan, maxsus videorolik, buklet, infografika va maxsus flayerlar nashr ettirish.

1. Targ‘ibot materiallari loyihalarini ishlab chiqish.

2. Nashr ettirilgan materiallarni taqsimot asosida hududlarga tarqatish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

5.2. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish

107.

Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etish.

1. Huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlar bilan tizimli hamkorlik o‘rnatish.

2. Huquqbuzarliklar yo‘nalishlari bo‘yicha hududlarda ochiq muloqotlar tashkil etish.

2022-2023-yillar

-

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

OAV,

nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida)

108.

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish.

1. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi bilan hamkorlikda ayollar o‘rtasida ularning zo‘ravonlikka munosabati yuzasidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish.

2. So‘rovnoma va tahlil natijalariga ko‘ra xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil II chorak

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida)

109.

Voyaga yetmagan qizlar bilan ishlashda “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi samaradorligini oshirish.

1. Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan qizlar va ularning oilalaridagi muammolarini manzilli o‘rganish.

Har chorakda

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla vazirligi,

Xalq ta’lim vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Sektorlar, mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan aniqlangan muammolarni tizimli hal etib borish.

3. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan qizlarning davomati, aniqlangan muammolarning hal etilishi, ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatilishi, farzand ta’lim va tarbiyasida ota-ona mas’uliyati bo‘yicha jamoatchilik nazo?atini amalga oshirish.

2022-2023-yillar davomida

VI. CHORA-TADBIRLAR REJASI IJROSINING MONITORINGINI O‘RNATISH VA IZCHILLIGINI TA’MINLASH

110.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning ushbu Farmoni ijrosining borishi to‘g‘risida mutasaddi davlat organlari, sektor rahbarlarining axborotini eshitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari (kelishuv asosida)

111.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishlarida ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosining borishi to‘g‘risida mutasaddi davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

-

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi (kelishuv asosida)

112.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni ijrosini monitoringini o‘rnatish.

1. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha monitoring guruhini tuzish.

2022-yil mart

-

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bosh prokuratura,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi

2. Monitoring guruhi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ijrosiga mas’ul tashkilotlardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.

Har oyning 25 sanasi

3. Tahlillar asosida Dastur ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot taqdim etish.

Har olti oyning yakuni bo‘yicha

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha Davlat Rahbariga tahliliy ma’lumot kiritish.

Har olti oy yakuni bo‘yicha

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi xotin-qizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘chmas mulk ijaraga olinganda beriladigan imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tadbirkorlik subyektining ishchilari soni

Imtiyoz beriladigan ko‘chmas mulk maydoni

I. Davlat mulki obyektlarini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan 90 foiz miqdorida imtiyoz beriladigan tadbirkorlik subyektlari*

10 tadan — 19 tagacha

120

20 tadan — 29 tagacha

160

30 tadan — 39 tagacha

300

40 ta va undan ortiq

320

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara to‘lovlaridan imtiyozga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu ro‘yxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu ro‘yxatda belgilangan maydonga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam maydondan foydalanilganda, haqiqatda foydalanilgan maydonga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p maydondan foydalanilganda, imtiyoz faqat belgilangan maydonga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Istisno tariqasida elektron savdolarni o‘tkazmasdan ijaraga beriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 6-bandlari, shuningdek, unga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, unga 1-ilova.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)