Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi:
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyasi tarkibini va komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-iyul,
308-son
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
3. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni faqat yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin.
Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsion vositachi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sugʻurtalovchining qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Tijorat banklari va sugʻurtalovchilar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs qimmatli qogʻozlarni chiqarish masalalari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Cheklanmagan shaxslar doirasiga ommaviy axborot vositalari orqali qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va foydalanish masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holatining tahlili va istiqboli boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsga qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyani olish talab etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
4. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
6. Litsenziyalar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi kasbiy faoliyatni:
investitsiya vositachisi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
transfer-agent;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida amalga oshirish uchun beriladi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni yoki ushbu faoliyatning bir qismini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni qoʻshib olib borish uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda beriladi.
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan faqat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyani yoki uning boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga majburiy rioya qilinishi;
b) litsenziatning oʻz mablagʻlari (sarmoyasi) va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarining yetarliligini va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
v) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan dasturiy-texnik kompleksga qoʻyiladigan talablarning dasturiy taʼminoti va texnik vositalari muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari bilan oʻzaro elektron aloqaga tayyorligi;
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodimning boʻlishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodim (nazoratchi) boʻlishi;
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining muassislari boʻlgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar;
yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
e) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
j) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlaydigan guvohnomaning mavjudligi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Mazkur bandning “b” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
8. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismlariga litsenziya olishda litsenziya talabgoriga quyidagi talablar qoʻyiladi:
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatning qoʻshimcha (qoʻshib olib boriladigan) qismi qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning amalga oshiriladigan qismiga muvofiq boʻlishi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorida qoʻshimcha (qoʻshib olib boriladigan) faoliyat qismini amalga oshirish niyatida boʻlgan litsenziya talabgori yoki litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomda koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli qismiga hujjatlarni taqdim etishi va qonun hujjatlarida belgilangan oʻz mablagʻlari (sarmoya)ning yetarli miqdoriga ega boʻlishi kerak.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlarida litsenziya talablari va shartlari unga ham joriy etiladigan litsenziatning va uning tarkibiy boʻlinmasining qoʻshib olib boriladigan kasbiy faoliyat qismini amalga oshirishga qoʻyiladigan talablar va uning tartibi, shuningdek ularning kasbiy faoliyatni qoʻshib olib borishga va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida quyidagilar koʻrsatilgan holdagi ariza:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzillari, bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinadigan depozit hisob raqamining tartib raqami;
(9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
litsenziya talabgori qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirish niyatida boʻlgan kasbiy faoliyat.
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
d) oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari);
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
e) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga oʻz mablagʻlari (sarmoyasi) miqdori hisob-kitobi;
(9-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) litsenziya talabgori boʻlgan (investitsiya fondlaridan tashqari) rahbari va xodimlarining litsenziyalovchi organning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan litsenziya talabgori boʻlgan yuridik shaxsning ular doimiy asosda ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari, shuningdek yakka holda ijro etuvchi organ funksiyasini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) axborotni saqlash, muhofaza qilish va tiklash tartibi, shu jumladan talabgor tomonidan tasdiqlangan maxfiy axborotidan nohuquqiy foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar roʻyxati;
(9-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning litsenziyalash uchun talab etiladigan mazkur Nizomning 10—15-bandlarida sanab oʻtilgan boshqa hujjatlar.
(9-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
l) Ichki nazorat toʻgʻrisidagi Nizomning nusxasi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qaroriga asosan “l” kichik bandi bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
10. Investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda talabgor tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etadi:
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari;
Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining xatti-harakatlari tartibi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
11. Investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
investitsiya fondi bilan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻrtasida kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
12. Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mijozlarga xizmat koʻrsatish tartibi;
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq boʻlgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirishga qoʻyiladigan ichki tartib;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
dasturiy taʼminot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qoʻyiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining xulosasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan koʻrsatilgan xizmat va operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisining xatti-harakatlari tartibi nusxasi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
14. Qimmatli qogʻozlar bozorida transfer agent sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
transfer-agent reglamenti;
transfer-agent xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
15. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
kliring faoliyatini amalga oshirish uchun dasturiy vositalarni tijorat maqsadida ishlatishga mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan mualliflik litsenziya shartnomasining nusxasi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
tegishli dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
qimmatli qogʻozlarni muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarish tartibotlari, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasi toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari;
kliring xizmatini amalga oshirish qoidalari;
bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda kliring xizmatini koʻrsatish uchun talabgorning alohida bank hisob raqami mavjudligi toʻgʻrisidagi tijorat bankining yozma tasdiqnomasi;
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va tijorat banki bilan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarida hisob-kitoblarni taʼminlash boʻyicha mos ravishda tuzilgan shartnoma nusxasi;
indekslar hisob-kitobi metodikasi, agar mavjud boʻlsa;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarini qoʻyish tartibi;
axborotni oshkor qilish tartibi;
hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar roʻyxati.
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
151. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9 — 12, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
16. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishi talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matni bir varaqdan koʻp boʻlgan hujjatlar tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va litsenziya talabgorining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
17. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilinganligi sanasi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
18. Ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
19. Litsenziya talabgorining (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun har bir beriladigan litsenziya (qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi) uchun bazaviy hisoblash miqdorida yigʻim undiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
21. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
22. Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilinadigan kunda ekspert komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
23. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qarordan xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
24. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyat qismi (qismlari)ning nomi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
tomonlarning rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi;
litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi sifatida eʼtirof etiladigan qimmatli qogʻozlar bozoridagi tartib buzishlar roʻyxati;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
25. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
26. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
27. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
28. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
29. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining koʻrib chiqishi uchun ular qabul qilinadigan kunda kiritiladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
30. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
31. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
32. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
33. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
35. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(V boʻlimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
39. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat koʻrgan zarar miqdorida uning oldida javob beradi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
VIII. Litsenziyalar reyestri
40. Litsenziyalovchi organ qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi uchun alohida litsenziyalar reyestri yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishi, amal qilishini toʻxtatib turish va amal qilishi tiklanishi asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi koʻrsatilishi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
41. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
42. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yoki qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun litsenziya talabgoridan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash sxemasi
(sxema nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 109-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 50-51-son, 518-modda; 2008-y., 28-son, 270-modda, 40-41-son, 412-modda, 52-son, 523-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 39-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)