Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 30.11.2020 yildagi 757-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot ishlab chiqarish sifatini oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan sogʻlom raqobatni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
757-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 757-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 7-band quyidagi tahrida bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Quyidagilar talabgorlarga tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha litsenziyalar berish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish - binolar yaxlitligi, xomashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning har bir turi boʻyicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beruvchi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan, shu jumladan import qilingan tamaki xomashyosidan foydalanish. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan tamaki xomashyosini sotib olish miqdorini tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan sotib olingan tamaki xomashyosini ishlab chiqarishda foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan tamaki xomashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/757/1575-son)