Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida
Bitim
Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasining grant mablagʻlarini Oʻzbekistonga jalb etishda hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati (keyingi oʻrinlarda — “Tomonlar” deb ataluvchilar),
turli sohalardagi mavjud oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida,
2007-yil 26-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimni inobatga olgan holda,
2019-yil 28-fevralida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan “Nukus shahrida Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish” loyihasini amalga oshirish va yakunlash boʻyicha Anglashuv Memorandumini inobatga olgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda.
Qoʻllash sohasi
Qoʻllash sohasi
Mazkur Bitim quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Nukus shahrida Shayx “Xalifa Bin Zoid Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish” loyihasini bajarish va tugallash;
Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga binoan Xalifa Bin Zoid jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladigan kelgusi gumanitar va ijtimoiy rivojlanish loyihalari.
2-modda.
Kompaniyalar va xodimlarni daromad soligʻidan ozod qilish
Kompaniyalar va xodimlarni daromad soligʻidan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati “Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish”, shuningdek, kelgusida Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa loyihalar bajarishda ishtirok etadigan bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari daromad soligʻi, ijtimoiy soliq va ularning xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qiladi.
3-modda
Qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasini qoʻllash (QQS)
Qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasini qoʻllash (QQS)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati “Shayx Xalifa Bin Zayd Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasiga taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan “nol” (0%) stavkasida qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻllanilishini belgilaydi. Ushbu tartib Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa loyihalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
4-modda.
Bojxona toʻlovlaridan ozod qilish
Bojxona toʻlovlaridan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati “Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish” loyihasini amalga oshirishda import qilingan tovarlar va moddiy boyliklarni olib kirishda vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, bojxona boji, aksiz soligʻi, va qoʻshilgan qiymat soligʻidan (QQS) ozod qilganligi (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlari bundan mustasno) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ushbu imtiyozlar Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa loyihalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
5-modda.
Oʻtkazmalarga ruxsat berish
Oʻtkazmalarga ruxsat berish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan Nukus shahrida Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish, shuningdek, kelgusida Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa loyihalar bilan bogʻliq boʻlgan xorijiy ishchilar va kompaniyalarning daromadlarini chet el valyutasida kechiktirmasdan erkin oʻtkazilishiga ruxsat beradi.
6-modda.
Ishlab chiqarishga talab qoʻyishni taqiqlash
Ishlab chiqarishga talab qoʻyishni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq ishlab chiqarishga va quyidagi talablarni bajarishga majburiy talab qilmaslikka rozilik bildiradi:
Xalifa Bin Zayd Al-Nahayyan jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarga mahalliylashtirishda maʼlum darajaga yoki foizga erishish;
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularga ustunlik berish.
7-modda.
Egalik huquqi
Egalik huquqi
“Shayx Xalifa Bin Zayd Al Nahayon nomidagi ayollar va bolalar kasalxonasini qurish” loyihasi, shuningdek, kelgusida Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa loyihalar yakunlangandan soʻng, ularning natijalari oʻrnatilgan tartibda Shayx Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan begʻaraz ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan davlat organi tasarrufiga topshirilishi belgilansin.
8-modda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Xalifa Bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi ishtirokchilari Grant koʻmagi (toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita ishtirok etgan) amalga oshirilishidan oldin yoki undan keyin hukumat vakiliga toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar orqali jamoat mansabdor shaxsining partiyalariga yoki oila aʼzosiga yoki davlat xizmatchisining biznes sherigiga yoki hukumat amaldoriga yaqin boʻlgan yoki uchinchi shaxsga pul yoki boshqa toʻlovlarni taqdim etishi, vaʼda qilishi mumkin emas. Shu sababli, hukumat vakili yoki uchinchi shaxs Grant Koʻmagiga bogʻliq taklif qilingan Grant yordamiga yoki har qanday litsenziyalarga, ruxsatnomalarga, shartnomalarga yoki boshqa huquqlarga nisbatan har qanday imtiyoz, ustunlik yoki foyda olish uchun rasmiy vazifalarni bajarishda harakat qilish yoki harakat qilishdan tiyilishi mumkin.
9-modda.
Kirish va yashash
Kirish va yashash
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati loyihaga aloqador boʻlgan texnik xodimlar va ularning oila aʼzolarining kirishiga koʻmak beradi.
10-modda.
Nizolarni hal qilish
Nizolarni hal qilish
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish yoki qoʻllash natijasida kelib chiqadigan har qanday nizolarda maslahatlashuv va muzokaralar oʻtkazish uchun yetarli sharoit yaratadilar.
11-modda.
Qoʻshma qoʻmita
Qoʻshma qoʻmita
1. Tomonlar ushbu orqali har bir Tomon vakillaridan iborat va har bir Tomonning yuqori lavozimli amaldorlari rahbarligidagi Qoʻshma Qoʻmitani (keyingi oʻrinlarda — “Qoʻmita”) tashkil etadilar.
2. Basharti Tomonlar boshqacha kelishmagan hollarda, Qoʻmita istalgan vaqtda har qanday Tomonning iltimosiga binoan yigʻiladi.
3. Tomonlar loyihalar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun boshqa tashkilotlarning aʼzolarini (Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan xayriya tashkilotlari, har ikki mamlakat vazirliklari) taklif qilishlari mumkin.
4. Qoʻmitaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) mazkur Bitimning maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan uni umumiy koʻrib chiqish;
b) mazkur Bitimning ijrosi va ishlashini muhokama qilish hamda koʻrib chiqish;
s) har qanday Tomon tarafidan Bitimga oid har qanday masalani koʻrib chiqish;
d) mazkur Bitimni qoʻllash oqibatida olingan natijalarni baholash va har qanday boshqa masalalarni yoki mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish, shu jumladan, loyiha bilan bogʻliq muammolarni, toʻsiqlarni va nizolarni hal qilish.
5. Qoʻmita, zarurat boʻlganda, mazkur Bitimning yanada samarali ishlashi yoki maqsadlariga erishishi uchun Tomonlarga konsensus boʻyicha tegishli tavsiyalar berishi mumkin.
6. Qoʻmita, Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan, Tomonlar Hukumatlaridan tashqari tegishli tashkilotlarning vakillarini, shu jumladan, muhokama qilinadigan masalalarni hal qilishda zarur boʻlgan tajribaga ega Xalifa bin Zayd Al Nahayyan jamgʻarmasi vakillarini taklif qilishi mumkin.
7. Qoʻmita kichik qoʻmitalar tuzishi va bunday kichik qoʻmitalarga maxsus vazifalarni topshirishi mumkin, ularga Oʻzbekistonning vakolatli organlari tomonidan berilgan nomzodlar asosida Xalifa bin Zoid Al Nahayyan jamgʻarmasi va Oʻzbekiston vakillari rahbarlik qiladi.
8. Qoʻmita mazkur Bitimni amalga oshirish va talqin qilish bilan bogʻliq har qanday masalalarni muhokama qiladi.
12-modda.
Oʻzgartirish kiritish
Oʻzgartirish kiritish
Tomonlar mazkur Bitimga oʻzgartirish kiritish masalasini muhokama qiladilar va vijdonan maslahatlashadilar hamda yozma ravishda har qanday oʻzgartirishlar kiritishni kelishishlari mumkin. Bunday oʻzgartirishlar mazkur Bitimning 13-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
13-modda.
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarni bajarganliklari haqida soʻngi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Bitim besh yil muddatga tuziladi va keyinchalik, basharti tomonlardan biri Bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy ichida boshqa tomonga yozma ravishda uni bekor qilish haqida xabar bermasa, oʻz-oʻzidan Bitim keyingi besh yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Buning tasdigʻi sifatida, tegishli oʻrinda vakolatli boʻlgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2021-yil 26-mayda va Abu-Dabi shahrida 2021-yil 26-mayda ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
2022-yil 10-fevral 2021/09-son 2022-yil 10-fevraldagi 07/4078-sonli xatga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasining grant mablagʻlarini Oʻzbekistonga jalb etishda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim matni elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirilganligi maʼlum qilinadi. Direktor F. Tojiyev Ijrochi: A.Kazakov Tel: (71) 233-38-08