Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati oʻrtasida
Bitim
IKKI YoQLAMA SOLIQQA TORTILIShIGA YOʻL QOʻYMASLIK VA DAROMAD HAMDA KAPITAL SOLIQLARINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNING OLDINI OLISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati, ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istagida ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzish bilan quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Qoʻllash doirasi
Qoʻllash doirasi
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Ushbu Bitim undirish uslubidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat nomidan yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari yoki mahalliy hukumatlari tomonidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga tatbiq etiladi.
2. Daromad va kapitalga solinadigan soliqlarga jami daromadga yoki umumiy kapitalga, yoxud daromad yoki kapitalning bir qismiga solinadigan barcha soliqlar taalluqli boʻlib, bunga koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlar, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoriga solinadigan soliqlar, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar ham kiradi,
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
I) yuridik shaxslar daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq;
II) jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq;
III) mol-mulk soligʻi:
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi);
b) Birlashgan Arab Amirliklariga nisbatan:
I) jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq;
II) korporativ soliq;
(bundan keyin “Birlashgan Arab Amirliklari soliqlari” deb ataladi).
4. Ushbu Bitim 2-bandda qayd qilingan mavjud soliqlar oʻrniga yoki shu bitim imzolangan sanadan soʻng har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan undiriladigan qoʻshimcha yoki har qanday bir xil yoki mohiyatan oʻxshash soliqlar ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ularning soliq qonunlariga kiritilgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Ushbu Bitim maqsadlarida, matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
a) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamasi matn mazmuniga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi yoki Birlashgan Arab Amirliklarini bildiradi;
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan xalqaro huquqlarga muvofiq hududiy suvlari va Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan, oʻz ichiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini olgan havo kengliklarini anglatadi;
s) “Birlashgan Arab Amirliklari” atamasi Birlashgan Arab Amirliklarini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda, xalqaro huquq va Birlashgan Arab Amirliklari qonunlariga muvofiq tabiiy resurslarni qidirish yoki ularga ishlov berish borasidagi har qanday faoliyatga nisbatan, ularning yurisdiksiyasi ostiga kiruvchi, oʻz ichiga materik va orollarni olgan suveren huquqni amalga oshiruvchi hududiy dengiz, havo va dengiz kengliklari kabi suverenitet ostidagi hududda joylashgan viloyatini anglatadi;
d) “soliq” atamasi matnning mazmuniga qarab Oʻzbekiston yoki Birlashgan Arab Amirligi soligʻini anglatadi;
e) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday birlashmasini anglatadi;
f) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashuv sifatida qaraladigan har qanday tuzilmani anglatadi;
g) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan tegishli korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan korxonani anglatadi;
h) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan qar qanday jismoniy shaxsni;
(II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, hamjamiyat va uyushmani.
2. “Xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan korxona tomonidan foydalaniladigan kema, samolyot va yoʻl transportida har qanday tashishni anglatadi. Kema yoki samolyot va avtomobil transporti vositalarining faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan bandlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno.
3. “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning vakolatli vakili;
b) Birlashgan Arab Amirliklariga nisbatan — Birlashgan Arab Amirliklari Moliya va sanoat vazirligi yoki uning vakolatli vakili.
4. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlar tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanilganda unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Davlat qonunlariga muvofiq ega boʻlgan maʼnoni anglatadi.
4-modda
Rezident
Rezident
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv joyi, roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq, bu atama faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
a) u qaysi Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi. Agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari (hayotiy manfaatlar markazi) yaqinroq boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki hech bir Ahdlashuvchi Davlatlardan toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan Ahdlashuvchi Davlatining rezidenti hisoblanadi;
s) agar shaxs odatda har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi millat boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki ulardan hech biriniki boʻlmasa, bunda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuvga koʻra hal qiladilar.
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkalasining rezidenti boʻlsa, bunda u haqiqatda boshqaruv organi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Ushbu Bitimda “doimiy muassasa” atamasi korxonaning tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv joyi;
b) boʻlim;
s) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona;
f) tabiiy resurslarga ishlov berish qurilma yoki moslama;
g) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joylar; va
h) ferma yoki plantatsiyalar.
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻuv obyektlari yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv faoliyati, faqat shunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi 12 oydan koʻproq davom etgan taqdirda;
b) agarda shu turdagi faoliyat har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 9 oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etgan taqdirda.
a) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni faqatgina saqlash, namoyish qilish yoki tovarlarni yetkazib berish maqsadida inshootdan foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqatgina saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
s) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasining faqat boshqa korxonalarga qayta ishlash maqsadida ushlab turilishi;
d) shu korxona uchun axborot yigʻish yoki tovar yoki buyumlar sotib olish maqsadida doimiy faoliyat joyining ushlab turilishi;
e) shu korxona uchun boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida doimiy faoliyat joyining ushlab turilishi;
g) tasodifiy yarmarka va koʻrgazmalar doirasida namoyish qilingan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarning, yarmarka va koʻrgazmalar tugagandan keyin sotilishi, agar tomonlar va kompaniyalar jalb qilinishi har qanday Ahdlashuvchi Davlat talablariga mos kelsa.
5. Ushbu modda 1- va 2-bandlarining qoidalariga qaramay, agar ushbu moddaning 6-bandi tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, bu korxona birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar:
a) u, birinchi eslatilgan Davlatda korxona uchun yoki uning nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda foydalansa, yoki
b) u, birinchi eslatilgan Davlatda korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlar zaxirasiga ega boʻlib, korxona uchun yoki uning nomidan muntazam ravishda sotsa, agarda bunday shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilganlar bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat shu bandning qoidalariga binoan doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, ushbu band qoidalariga muvofiq, doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi, yoki
s) u, birinchi eslatilgan Davlatda, tomonidan nazorat qiladigan yoki nazorat foiziga ega boʻlgan toʻliq yoki qisman korxonaning oʻziga yoki shu korxona va boshqa korxonalar uchun buyurtmalarni saqlasa.
6. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi, agar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, ushbu Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan, yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa, bu holat oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunlari boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli boʻlgan umumiy qonun-qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan chorva mollari va vositalarni hamda koʻchmas mulk uzufruktini minerallar, manbalar va boshqa tabiiy boyliklarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; suv va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining daromadi yoki foydasi agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning daromadi yoki foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo, faqat ana shu doimiy muassasa faoliyatiga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
2. Ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib, doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda, va uning hududidan tashqaridagi kabi faoliyati uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning istalgan boshqa ofislaridan biriga royalti, yigʻim yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar tarzida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik evaziga yoki muayyan xizmatlar uchun yoki boshqaruv uchun komission toʻlovlar tarzida, doimiy muassasaga berilgan qarz uchun foizlar tarzida toʻlangan summalarga nisbatan hech qanday chegirmalarga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa, odatda qabul qilinganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; biroq. taqsimlashning tanlangan usuli ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq keluvchi natijalarni berishi lozim.
5. Korxona uchun ushbu doimiy muassasa tomonidan tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib, doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabab boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
7. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
8-modda
Xalqaro transport
Xalqaro transport
1. 7-modda qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti xalqaro tashishlarda kema, samolyot yoki yoʻl transportidan foydalanishdan olgan foydaga faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 1-band qoidalari yuqoridagi bandlarda qayd qilingan daromadlarga Ahdlashuvchi Davlat rezidentining transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro tashkillashtirishda ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
3. Ushbu moddada
a) “foyda” atamasi quyidagilarni anglatadi;
(I) xalqaro tashishda kema, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalaridan bevosita foydalanish natijasida olingan foyda, sof foyda va yalpi tushum;
(II) bunday foydalanishga nisbatan tasodifiy boʻlgan xalqaro tashishlarda kema, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalaridan bevosita foydalanishdan tashkil boʻlgan summalardan foizlar;
b) xalqaro tashish aloqalarida biror-bir shaxs tomonidan “kema, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanish” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(I) kema, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalaridan fraxti yoki ijarasi;
(II) konteyner va qoʻshimcha uskunalarining ijarasi;
(III) kema, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalarini, konteyner va qoʻshimcha uskunalarini boshqa shaxsga berish;
faqat tasodifan vaziyatlarda ushbu xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanilishiga nisbatan fraxt, ijara yoki boshqa shaxsga berishi boʻlsa.
4. Xalqaro tashishda kema, samolyot yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanadigan Ahdlashuvchi Davlatlar korxonalari, agar Oʻzbekiston korxonalari Birlashgan Arab Amirliklarida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsa, u holda Birlashgan Arab Amirliklari korxonalari ham Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Agar:
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday daromad yoki foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va muvofiq ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni shu boshqa Davlat soliq qonunlariga asosan kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ammo bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq dividendlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ana unda shu tarzda olingan soliqning miqdori quyidagi miqdordan oshmasligi kerak:
a) agar kompaniya (shirkatdan tashqari) dividendlarning amaldagi egasi boʻlsa, va shu bilan bir vaqtda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya kapitalining kamida 25 foizga egalik qilsa — dividendlar yalpi miqdorining 5 foizi;
b) boshqa barcha holatlarda - dividendlar yalpi miqdorining 15 foizi;
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
3. 1 - va 2 - bandlar qoidalariga qaramasdan, Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan toʻlanadigan dividendlar boshqa Davlatda soliqqa tortiladi agarda dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Davlatning oʻzi, uning hududiy - maʼmuriy boʻlagi yoki mahalliy hokimiyat idoralari, yoki:
a) Oʻzbekistonga qoʻllanilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan kelishib olinadigan boshqa shu kabi hukumat tashkiloti;
b) Birlashgan Arab Amirliklariga qoʻllanilganda — Markaziy bank, Abu-Dabi investitsiya organi, Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan kelishib olinadigan boshqa shu kabi hukumat tashkiloti.
4. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, qarz majburiyati boʻlmagan, boshqa huquq yoki aksiyalardan olinadigan daromadni hamda foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlar orqali tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa daromadlarni anglatadi.
“Dividendlar” atamasi, ushbu moddada qoʻllanilganda aksiyalardan, aksiyalardan foydalanish yoki huquqlardan foydalanish, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan, taʼsischilar aksiyalaridan yoki qarz talablaridan olinadigan daromad kabi foydada ishtirok etishdagi boshqa huquqlardan foydalanishdan olinadigan daromadlarni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliq boshqaruviga taalluqli boʻlgan boshqa huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
5. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xoldingga nisbatan toʻlanadigan dividendlar aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1-, 2- va 3-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday xolda, sharoitga koʻra 7- yoki 14-moddalar qoidalari qoʻllaniladi.
6. Agar bir Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, bunda dividendlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, bunday foizlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa (foizlarning haqiqiy egasi), unda shu tarzda undiriladigan soliq foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
3. 1- va 2 - bandlar qoidalariga qaramasdan, Bir Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan toʻlanadigan foizlar boshqa Davlatda soliqqa tortiladi agarda foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, uning hududiy - maʼmuriy boʻlagi yoki mahalliy hokimiyat idoralari, yoki:
a) Oʻzbekistonga qoʻllanilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki yoki Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan kelishib olinadigan boshqa shu kabi hukumat tashkiloti;
b) Birlashgan Arab Amirliklariga qoʻllanilganda — Markaziy bank, Abu-Dabi investitsiya organi, Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan kelishib olinadigan boshqa shu kabi hukumat tashkiloti.
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda foydada ishtirok etish huquqlari mavjudligi va ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadlarni xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan shu jumladan, mukofotlar va ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan yutuqlar tushiniladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan ham bogʻlik boʻlsa, 1-, 2- va 3-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-modda yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
6. Foizlarni toʻlovchi Davlat Hukumati, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari yoki shu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa, va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
7. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning oʻrtacha qismidan ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
8. Ushbu Bitimning 7-moddasi qoidalariga qaramasdan, Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ixtiyorida boʻlgan foizlar, agar u kafolatlangan yoki sugʻurtalangan qarz boʻyicha toʻlangan yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlat nomidan uning vakolatli idorasi tomonidan kafolatlangan yoki sugʻurtalangan qarz majburiyati yoki kredit boʻyicha yuzaga kelgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatda soliqdan ozod etiladi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, royaltilar qayerda yuzaga kelgan boʻlsa oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, agarda royaltini oluvchi uning haqiqiy egasi boʻlsa, soliq royaltining yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat yoki fan asarlarini, (shu jumladan kinofilmlar va filmlar, yoki radio va televideniye uchun yozuvlar va videokasetalar), har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxemalar, maxfiy formula yoki jarayon, yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik uchun yoki shu huquqni berganlik uchun mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlov turlarini bildiradi.
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa urgʻuli tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1-va 2-bandlarining qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
5. Agar toʻlovchi shu Davlatning oʻzi, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari yoki shu Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Davlatda royaltini toʻlash majburiyati kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, unda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
6. Agar toʻlovchi bilan royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royalidan foydalanishga, huquqqa yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning oʻrtacha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
1. 6-moddada koʻrsatilgan bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olinadigan daromadlar oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Bir Davlat korxonasining boshqa Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan yoki bir Davlat rezidentining boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlariga, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kema, samolyot yoki yoʻl transporti vositalarini boshqa shaxsga berish yoki shunday kema, samolyot, yoʻl transport vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
4. Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan, mulki asosan bevosita yoki bilvosita koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan, kompaniyaning aksiyalari yoki aksioner kapitalini boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlari, mana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
5. Ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlarida qayd etilmagan istalgan boshqa mulkni tasarruf etishdan olinadigan daromadlar, mulkni tasarruf etayotgan shaxs rezidenti hisoblangan faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Bir Davlat rezidentining kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, Istisno tariqasida, quyidagi hollardagi bunday daromadlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam kulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday xollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
b) agar uning boshqa Davlatda boʻlib turishi davri har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kunni tashkil etuvchi yoki oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida davom etsa.
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Yollanma shaxsiy xizmatlar
1. Mazkur bitimning 16-, 17-, 18-, 19- va 20-moddalarning qoidalarini hisobga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ishga nisbatan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tarzda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Mazkur moddaning 1-band qoidalariga qaramay, Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
a) oluvchi boshqa Davlatda tegishli moliyaviy yil doirasida, jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa, va
b) boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan ish beruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdirlash haqlari toʻlanadigan boʻlsa, va
s) ish beruvchining taqdirlash haqlari boshqa Davlatda mavjud doimiy muassasa yoki doimiy bazaga taalluqli boʻlmagan boʻlsa.
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalanadigan kema, samolyot bortida va yoʻl transport vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash haqlari, shu jumladan ikki tarafning havo korxonalarining erdagi ishchilariga taqdirlash haqlari ish beruvchining rezidenti boʻlgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
16- modda
Oʻqituvchi va tadqiqotchilar
Oʻqituvchi va tadqiqotchilar
Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatga bevosita kelishdan oldin shu boshqa Davlatdagi universitet, kollej, maktab yoki boshqa shu kabi oʻquv muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot instituti taklifi bilan faqatgina oʻqitish yoki tadqiqot faoliyati maqsadida oʻquv muassisiga yoki ilmiy-tadqiqot institutiga uch yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida tashrif buyursa, va faqat ana shunday oʻqitish yoki ilmiy tadqiqotlar uchun olinadigan taqdirlash haqlari, agar ular ushbu Davlatdan tashqaridagi toʻlov manbalaridan olingan boʻlsa, ana shu boshqa Davlatda soliqlardan ozod etiladi.
17- modda
Talabalar va amaliyotchilar
Talabalar va amaliyotchilar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, basharti bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan taqdirda, ana shu birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortilmaydi.
2. Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda ilmiy, oʻquv, diniy yoki xayriya tashkilotlaridan stipendiya, yashash va oʻqish uchun toʻlovlar yoki mukofotlar oluvchi sifatida, shuningdek, Davlat Hukumati tomonidan belgilangan texnik yordam Dasturi asosida faqatgina oʻqish, tadqiqot yoki taʼlim olish maqsadidagina yashab turgan shaxs, birinchi eslatib oʻtilgan Davlatga ushbu tashrif boʻyicha kelgan sanasidan eʼtiboran, grant muddatlari doirasidan oshmagan holda, soliqlardan ozod etiladi.
18- modda
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari
Bir Davlat rezidentining boshqa Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya direktorlar Kengashining yoki uning shunga oʻxshash boshqa organlari aʼzosi sifatida oladigan direktorlarning gonorarlari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
19- modda
Pensiyalar
Pensiyalar
20-moddaning 2-bandini hisobga olgan holda, avval yollanganligi boʻyicha kompensatsiya sifatida Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan nafaqa va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
20- modda
Hukumat xizmati
Hukumat xizmati
1. a) Bir Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ana shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqadan tashqari taqdirlash haqlari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
d) Ushbu bandning a) kichik bandidagi qoidaga qaramay, agar xizmat ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti boʻlgani holda toʻlanadigan taqdirlash haqlari, faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi, qaysiki:
I) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki
II) faqat xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlib qolmagan boʻlsa.
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan yoki ular tuzgan jamgʻarmalar tomonidan shu Davlatga yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud uning mahalliy hokimiyat idorasiga koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqa faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi;
b) Biroq, agar jismoniy shaxs shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday nafaqa boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Mazkur Bitimning 15, 18 va 19-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud uning mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan mukofot va nafaqalarga nisbatan qoʻllaniladi.
21-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. 14- va 15-moddalarining qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Agarda sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarining qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyati Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilib, mazkur faoliyat shu Ahdlashuvchi Davlatning Hukumati yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning ijtimoiy jamgʻarmalari tomonidan, yoxud madaniy sohadagi bitimlar yoki shartnomalar doirasida amalga oshirsa, hamda daromadlar olishga qaratilmagan boʻlsa, shunday daromadlar Ahdlashuvchi Davlatlarda oʻzaro soliqdan ozod boʻladi.
22- modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, ularning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Agarda daromadni oluvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, bunday daromadlarni oluvchi Davlat rezidentiga nisbatan ushbu moddaning 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7-modda va 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
23- modda
Kapital
Kapital
1. Bir Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Davlatda joylashgan, 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mol-mulkdan iborat boʻlgan kapital, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Bir Davlat korxonasining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapital yohud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mol-mulk ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalanadigan va koʻchar mulk sifatida foydalaniladigan kemalar, samolyotlar yoki yoʻl transport vositasi tarzidagi kapital ushbu kemalar, samolyotlar yoki yoʻl transport vositasidan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
4. Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
24-modda
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish usullari
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish usullari
1. Agar bir Davlat rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mulkka egalik qilsa, unda birinchi eslatilgan Davlat shu daromad va mol-mulk soligʻidan, boshqa Davlatda toʻlangan daromad va mol-mulk soligʻiga teng boʻlgan miqdorini chegirishga ruxsat berishi lozim.
2. Vaziyatdan kelib chiqib, bunday chegirmalar har qanday holatda ham boshqa Davlatda olingan shu kabi daromad yoki mulklarga boʻlgan va bu chegirmalar amalga oshirilgunga qadar hisoblab chiqilgan daromad yoki mol-mulk soligʻidan oshib ketmasligi lozim,
3. Ushbu Bitimning biron-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti ega boʻlgan daromad yoki mulk shu Davlatda soliqqa tortishdan chegirma qilingan boʻlsa, bu Davlat ana shu rezidentning daromadi yoki mulkining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda daromad yoki mol-mulkka solingan soliqdan chegirib tashlangan miqdorni hisobga olishi mumkin.
4. Mazkur moddaning 1-bandi maqsadi uchun ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatlar birining rezidenti tomonidan olingan daromad va mulk ana shu boshqa Davlatda joylashgan manbalardan olingan deb hisoblanadi,
5. Qachonki, soliq miqdori Davlatning ichki qonunlariga muvofiq beriladigan muayyan maxsus imtiyozli choralarga koʻra soliqqa tortishdan ozod qilingan yoki kamaytirilgan boʻlsa, unda u Davlatda toʻlangan deb hisoblanadi va shu bilan birga u boshqa Ahdlashuvchi Davlatning soligʻidan chegirib tashlanishi lozim boʻladi.
25-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidentlikka nisbatan solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra oʻzga yoki mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra mushkulroq boʻlmaydi. Ushbu Qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliq solishda oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik maqomi yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday xususiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi qoida tarzida talqin qilinmasligi lozim.
3. Davlatlarning rezidenti boʻlib, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida qandaydir soliqqa tortish yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlarga, ana shu Davlatlarning milliy shaxslari, xuddi shunday holatlarda duchor boʻladigan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigandan boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoxud unga aloqador boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmasliklari lozim.
4. Istisno tariqasida 9-modda, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanilganida, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida, shu toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, xuddi shu shartlar asosida chegirib tashlanadi. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan har qanday qarzlar shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
5. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlsa, yoxud bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga birinchi eslatilgan Davlatda duchor qilinmaydi.
6. Ushbu modda qoidalari, 2-modda qoidalariga qaramay, har qanday turdagi va taʼriflangan soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
26-modda
Oʻzaro kelishuv protseduralari
Oʻzaro kelishuv protseduralari
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Bitim qoidalariga zid kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Bitimning 25-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq keladigan soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
2, Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa, ammo oʻzi qoniqtirgan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishini oldini olish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Davlatlar ichki qonunlaridagi har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay amalga oshirilishi lozim.
3. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Bitimda nazarda tutilmagan holatlar yuzasidan ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan ularning oʻzlaridan yoki ularning vakillaridan tashkil etilgan birlashgan komissiya doirasida bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
27-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish zarurati yuzasidan yoki Davlatlar ichki qonunlarini qoʻllanishida undiriladigan barcha soliq turlariga boʻlgan hamda mazkur Bitimga zid boʻlmagan darajada axborotlar bilan almashib turadilar. Bunday axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olgan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash, undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan yoki mazkur Bitimga tegishli boʻlgan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlarga (shu jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlarini qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
2. Hech qanday holatda ham mazkur moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazish;
b) u yoki bu Davlatlar qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri, yoki savdo jarayonini, yoki axborotni ochilishi davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
28- modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari yoki konsullik tashkilotlari xizmatchilarning xalqaro huquqning umumiy normalari yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
29- modda
Bitimning kuchga kirishi
Bitimning kuchga kirishi
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun ichki qonunlariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Bitim shunday xabarnoma olingandan kundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi;
a) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvardan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliq yili uchun undiriladigan soliqlar boʻyicha boshqa soliqlarga nisbatan.
30-modda
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Ushbu Bitimning amal qilishi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amalga kiritilgan vaqtdan besh yil oʻtgandan soʻng, har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolguniga qadar, diplomatik kanallar orqali Bitim amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan toʻxtatishi mumkin.
Bunday holatda Bitimning amal qilishi quyidagicha toʻxtatiladi:
a) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyingi har qanday soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2007-yil 26-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
(imzolar)
BAYoNNOMA
Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasidagi ikki taraflama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimni imzolash paytiga, imzo chekuvchilar quyidagi holatlarni Bitimning ajralmas qismi ekanligiga kelishdilar.
1. Ushbu Bitimning Kirish qismida va boshqa moddalarida koʻrsatib oʻtilgan “kapital soligʻi”, Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilganda, Oʻzbekistonning mol-mulk soligʻini anglatadi.
2. 4 moddaning 1 bandi maqsadlari uchun, “rezident” atamasi Birlashgan Arab Amirliklariga nisbatan qoʻllanilganda:
a) Birlashgan Arab Amirliklarining Federal Hukumati yoki har qanday hududiy maʼmuriy boshqaruv organi yoki mahalliy hokimiyat idorasi, yoki mahalliy hukumatni;
b) Birlashgan Arab Amirliklarida davlat qonunlariga asosan taʼsis etilgan Markaziy bank, hukumat jamgʻarmalari, korporatsiyalar, hokimiyat idoralari, muassasalar, agentliklar kabi yoki har qanday shunga oʻxshash tashkilotlarni: va
v) Kapitalida Birlashgan Arab Amirliklari boshqa davlatlar bilan birga mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashayotgan, Birlashgan Arab Amirliklarida taʼsis etilgan har qanday hukumatlararo shaxsni anglatadi.
3. 7-moddaga qoʻshimcha sharhlar:
Ushbu Bitimdagi hech qanday holat, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatining, uning hududiy maʼmuriy boshqaruv organlari yoki mahalliy hokimiyat idoralarining, Birlashgan Arab Amirliklari hududida benzin va tabiiy resurslardan olingan daromadlarni soliqqa tortilishiga taalluqli oʻz qonunlarini qoʻllash huquqlariga daxldor boʻlmaydi. Bunday faoliyat Birlashgan Arab Amirliklarining qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
4. 12-moddaning 2-bandiga qoʻshimcha sharhlar:
“Royalti” atamasi, shaxta yoki karyerga yoki tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga olmaydi, degan maʼnoni anglatadi.
Toshkent shahrida 2007-yil 26-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bitimni talqin qilish paytida kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
(imzolar)