24.12.2021 yildagi 1690-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 24.12.2021 yildagi 1690-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5163-sonli Qarorida va 2021-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6312-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 30-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari taʼminlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi rolini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2933-III/KQ-640-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 877-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1690-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-294-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 24-dekabrdagi 1690-IV/KQ-294-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (bundan buyon matnda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar deb yuritiladi) qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatini tashkil etish, shuningdek Vakil huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlarini (bundan buyon matnda Jamoatchilik guruhlari deb yuritiladi) shakllantirish, ularning faoliyatini tashkil qilish va harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakil hamda uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, boshqa qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakilning va Jamoatchilik guruhlarining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolat, demokratiklik, insonparvarlik, oshkor qilmaslik, begʻarazlik, xolislik, tanlamaslik (ajratmaslik), har bir kishi uchun ochiqlikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakil va Jamoatchilik guruhlari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda monitoring tashriflarini amalga oshirish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashni aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va uning oldini olish sohasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari yoki himoyachilari (advokatlari) tomonidan Vakil nomiga kelib tushgan murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga boʻlgan munosabatni va ularni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash hamda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini oldini olish boʻyicha tegishli davlat organlariga tavsiyalar, takliflar va taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi qonunchilik, xalqaro shartnomalar va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari haqida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyati xodimlarining bilimi hamda xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalari, usullari hamda mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan maʼrifiy va taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda, ilmiy-amaliy tadbirlarda va seminarlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisida inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy institutlarning xabardorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganishga doir tadbirlar tashkil etish, uni Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruzani taqdim etish va uni ommaviy axborot vositalarida hamda Vakilning internetdagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan manfaatdor shaxslar, shuningdek ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishi uchun imkoniyat yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari yakunlari yuzasidan berilgan tavsiya va takliflarning bajarilishi jarayoni haqida Jamoatchilik guruhlarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakil harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylariga borganida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joy va u erda saqlanayotgan shaxslar soni haqida axborot oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarning saqlanish sharoitlarini va ularga qilinayotgan muomalani oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar bilan, shuningdek harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarining maʼmuriyati xodimlari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar, shu jumladan xoli uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazadi. Bunda mazkur uchrashuvlar hamda suhbatlar jarayonining bayonnomasi tuziladi, zarur boʻlganda, texnika vositalaridan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanishi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va ularning koʻchirma nusxalarini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxs tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini, unga tibbiy, psixologik va boshqa yordam koʻrsatilishini harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʼmuriyatidan talab qiladi, mazkur tadbirlar oʻtkazilayotganda uning roziligi bilan hozir boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyati rahbariyatidan saqlanayotgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari yuzasidan izohlar oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyatining noqonuniy harakatlariga (harakatsizligiga) chek qoʻyish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarning saqlanish sharoitlari toʻgʻrisida xulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlarining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ularga tavsiyalar va takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vakil Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuzilmasida Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish boʻlimi (bundan buyon matnda Boʻlim deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyatiga amaliy jihatdan koʻmaklashish maqsadida Boʻlim xodimlari Vakilning maxsus yoʻllanmasi asosida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga moneliksiz kirishi, borib koʻrishi hamda monitoring tashriflarida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boʻlim faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir qonunchilikni tahlil qilish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini tahlil qilish hamda mazkur yoʻnalishda qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlari bilan bogʻliq axborotlarni monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha mutaxassis va ekspertlarning bilimi, koʻnikmasi va salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solishdan va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan hamda jazo turlaridan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda bartaraf etish boʻyicha Vakil maʼruzalari, taqdimnomalari, xulosalari, takliflari, tavsiyalarini koʻrib chiqish yakunlari va natijalarini umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalari, taʼlim va ilmiy muassasalar vakillari hamda ekspertlar bilan hamkorligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boʻlim Jamoatchilik guruhlarining faoliyatini tashkiliy, uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boʻlim xodimlarining funksional vazifalari Vakil tomonidan tasdiqlanadi. Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish Vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boʻlimda boʻsh turgan lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda, ular paydo boʻlgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda tegishli axborot Vakilning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamoatchilik guruhlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakil oʻz faoliyatiga koʻmaklashish uchun jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan aʼzolari soni uch nafardan kam va oʻn besh nafardan koʻp boʻlmagan tarkibda Jamoatchilik guruhlarini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoatchilik guruhlari yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, qoida tariqasida, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi ekspertlari, huquqshunoslik, tibbiyot, psixologiya, pedagogika sohalarida, shuningdek boshqa sohalarda kasbiy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislardan, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlarini shakllantirishda gender tengligi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamoatchilik guruhlari aʼzoligiga nomzodlar Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya majlisida muhokama etiladi. Jamoatchilik guruhlarining tarkibi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya fikrlarini inobatga olgan holda Vakilning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yigirma besh yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Jamoatchilik guruhlarining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkologiya yoki psixonevrologiya dispanserida hisobda turgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik munosabatidagi fuqarosi Jamoatchilik guruhlarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamoatchilik guruhining aʼzosi quyidagi hollarda mazkur guruh aʼzoligidan muddatidan ilgari chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisida oʻz ixtiyoriga koʻra ariza berganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari majlislariga ketma-ket uch marta uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zimmasiga yuklangan vazifalarni muntazam bajarmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoatchilik guruhining aʼzosini mazkur guruh aʼzoligidan muddatidan ilgari chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya bilan kelishilgan holda Vakil tomonidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamoatchilik guruhlarining vakolat muddati uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatlari muddati tugagach, Jamoatchilik guruhlarining yangi tarkibi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq Jamoatchilik guruhlarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamoatchilik guruhlari ishining tashkiliy shakli uning majlisidir. Jamoatchilik guruhlarining majlisi yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoatchilik guruhlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar yil davomida monitoring tashriflari oʻtkazilishi lozim boʻlgan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarni Vakilning faoliyati rejasiga kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga ushbu Nizomda belgilangan tartibda monitoring tashriflarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari yakuni yuzasidan tuzilgan xulosani mutasaddi vazirlik va idoralarga kiritish uchun Vakilga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda tezkor bartaraf etish boʻyicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash xavfining oldini olish hamda bu sohada ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil va uning mintaqaviy vakillari, Boʻlim xodimlari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirganida axborot toʻplash va uni tahlil qilish hamda ekspert baholash masalalari boʻyicha metodologik bazani shakllantirishga va takomillashtirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini oldini olish boʻyicha ekspertlik baholash masalalari yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlaridan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam koʻrsatishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini oʻrganadi va ular yuzasidan axborotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi qonunchilik va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari toʻgʻrisida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyati xodimlarining, ularda saqlanayotgan shaxslarning bilimi hamda xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlariga kiritish uchun ularning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha tavsiyalar va takliflar tayyorlashda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasidagi tajribasini oʻrganishda, shuningdek uni Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida joriy etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlimda tegishli lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha Vakil tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoatchilik guruhlari aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan berilgan maxsus yoʻllanma asosida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga kirish, ularga joylashtirilgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish, shuningdek, tegishli hujjatlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari yakuni yuzasidan taklif va tavsiyalarini yozma ravishda Vakilga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari faoliyatini yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoatchilik guruhlarining aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik talablariga rioya etishi, shaxslarning huquqlari erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga, Vakil tomonidan belgilangan Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining davlat organlari va ular mansabdor shaxslari bilan oʻzaro munosabatda boʻlish qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda belgilangan tartiblarga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xulosalarining toʻliqligi va asosliligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida zudlik bilan Vakilni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning Jamoatchilik guruhlari faoliyati masalalariga doir topshiriqlarini bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakil:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlim xodimlari orasidan Jamoatchilik guruhlarining masʼul kotibini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining vazifalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining davlat organlari va ular mansabdor shaxslari bilan oʻzaro munosabatda boʻlish qoidalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari yakunlari boʻyicha Jamoatchilik guruhlarini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish sohasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Jamoatchilik guruhlari muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish uchun tayyorlangan maʼruzasini Jamoatchilik guruhlari muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari aʼzolarini harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga borish bilan bogʻliq faoliyatga jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Monitoring tashriflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Monitoring tashriflari qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan bevosita;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlim xodimlari, Vakilning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlarining aʼzolari tomonidan esa ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq beriladigan maxsus yoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Monitoring tashriflari har chorakda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʼmuriyati Vakil, uning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari va Boʻlim xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda saqlanayotgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish, shuningdek tegishli hujjatlar bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vakil, uning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari va Boʻlim xodimlarining xavfsizligi monitoring tashriflari oʻtkaziladigan muassasa maʼmuriyati tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamoatchilik guruhlari aʼzolari qonunchilikka zid harakat qilgan taqdirda monitoring tashriflari oʻtkazilayotgan muassasa maʼmuriyati rahbari bu haqida Vakilni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Monitoring tashriflari yakunlari boʻyicha Vakilning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari aʼzolari va Boʻlim xodimlari tomonidan imzolanadigan hisobot tayyorlanadi. Hisobotda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda shaxslarning saqlanish sharoitlariga doir ekspert bahosi koʻrsatilishi kerak. Hisobot mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar yoki qoʻshimchalar mavjud boʻlgan taqdirda, Vakilning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari aʼzolari yoki Boʻlim xodimlari ularni hisobotga ilova qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring tashriflari yakunlari yuzasidan tuzilgan hisobotlar qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish uchun tayyorlanadigan maʼruzaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vakil, uning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari aʼzolari va Boʻlim xodimlari davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni, shuningdek zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi tufayli oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maxfiy axborotni hamda shaxsga doir maʼlumotni oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vakil tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda axborot toʻplash va tahlil qilish yoki ekspert baholash topshirilgan Vakilning mintaqaviy vakillari, Jamoatchilik guruhlari aʼzolari va Boʻlim xodimlari ushbu harakatlari uchun taʼqib qilinishi yoki ularning huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vakilning mintaqaviy vakillarida, Boʻlim xodimida yoki Jamoatchilik guruhlari aʼzosida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar, yaʼni shaxsiy manfaatdorlik (bevosita yoki bilvosita) u oʻz vazifalarini tegishli darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelsa yoxud shaxsiy manfaatdorlik va harakatlanish erkinligi cheklangan joylarda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari (qonuniy manfaatlari) oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelsa yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlsa, u bu haqda Vakilni darhol xabardor etishi shart. Bunday holda Vakil oʻzining mintaqaviy vakilini, Boʻlim xodimini yoki Jamoatchilik guruhlari aʼzosini monitoring tashriflarini amalga oshirishdan chetlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jamoatchilik guruhlarining faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Vakilning Kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vakil qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olishga doir oʻz faoliyatining tashkiliy-huquqiy va amaliy jihatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olishga doir faoliyatini moddiy va boshqacha tarzda taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda bu Vakil Kotibiyatining xarajatlarida alohida satrda nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish