26.06.2021 yildagi PQ-5163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qiynoqqa solishning barvaqt oldini olish, u bilan bogʻliq murojaatlarni tezkor ravishda xolisona koʻrib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini muntazam amalga oshirish boʻyicha samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish ishlarini davom ettirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda qiynoqqa solishning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash (keyingi oʻrinlarda — qiynoqqa solish) holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarga yuborilgan murojaatlarning muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilmasligini hamda qabul qiluvchiga zudlik bilan yuborilishini qatʼiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarning tezkor va xolisona koʻrib chiqilishi hamda aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishi mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam koʻrsatilishini hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish hamda ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solishning oldini olish borasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning milliy institutlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (keyingi oʻrinlarda — Ombudsman) huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlarini (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik guruhlari) tashkil etish va ularning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar) qiynoqqa solishning oldini olish boʻyicha monitoring tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini oʻrganish va ular yuzasidan axborotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish boʻyicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish holatlarini ekspertlik baholash masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam koʻrsatilishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiynoqqa solish xavfining oldini olish hamda bu sohada ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamoatchilik guruhlari tarkibiga Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb qilish va bunda ularning monitoring tashriflarini amalga oshirish uchun kasbiy malakasi va amaliy bilimlarga ega boʻlishini hamda gender tengligi taʼminlanishini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Ombudsman tomonidan har yili 15-martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruzani taqdim etish va uni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʼmuriyati Jamoatchilik guruhlariga harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashishi hamda suhbatlashishi, shuningdek, tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʼmuriyati Jamoatchilik guruhlarining faoliyatini amalga oshirishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash monitoring tashriflari oʻtkaziladigan muassasa maʼmuriyati zimmasiga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlari aʼzolari qonunchilikka zid harakat qilgan taqdirda monitoring tashriflari oʻtkazilayotgan muassasa maʼmuriyati rahbari bu haqida Ombudsmanni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxsni qabul qilishga asos boʻlgan hujjat nusxasi va ushbu shaxs haqidagi maʼlumotlar shaxs harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning maʼmuriyati tomonidan darhol yagona elektron reyestrga kiritib boriladi va sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Ombudsman uchun mazkur maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan qiynoqlar boʻyicha amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali murojaat qilish amaliyoti takomillashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar mazkur masalani nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyasi Fakultativ protokoli”ga (Nyu-York, 2002-yil 18-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-oktabrdan boshlab Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh prokuratura, Ombudsman, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz 2021-yil 1-dekabrga qadar Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyasi” (Nyu-York, 1984-yil 10-dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati qiynoqqa solish holatlari boʻyicha, jumladan Jamoatchilik guruhlari tomonidan aniqlangan har qanday qonun buzilishi holatlari yuzasidan zudlik bilan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy Majlis palatalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik guruhlarini shakllantirish, faoliyatini tashkil qilish va monitoring oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha ish faoliyati koʻlami ortishini inobatga olib, Ombudsman Kotibiyati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini, Jamoatchilik guruhlari faoliyati va monitoring tashriflari muntazam yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5163-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 07/21/5163/0600-son)