10.09.2021 yildagi PF-6312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (keyingi oʻrinlarda — Ombudsman) institutining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini va hududlardagi ishtirokini kengaytirish, Ombudsman faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ombudsmanning quyidagi yoʻnalishlardagi faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashdagi eng ustuvor vazifa etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini, shu jumladan ularning buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish orqali taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish hamda boshqa gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targʻib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlis palatalarining Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatini doimiy asosda yoʻlga qoʻyish uchun 2022-yil 1-yanvardan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 14 ta shtat birligi ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Ombudsman mintaqaviy vakillarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʻra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʻrib chiqishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo oʻtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ombudsmanning mintaqaviy vakillari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ahvoli boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har yili maʼruza taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda joylashgan davlat organlari va tashkilotlariga moneliksiz kiradi va ularning mansabdor shaxslari tomonidan zudlik bilan qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahalliy davlat hokimiyati organlari Ombudsman mintaqaviy vakillari faoliyatiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ombudsmanga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda yangi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman oʻz oldida turgan vazifalarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun qoʻshimcha kafolatlar hamda uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilish choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga tizimli ravishda axborot taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar taqdim qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning qonunchilik tashabbusi huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman lavozimiga oliy maʼlumotli, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, saylanish kuni 30 yoshdan kichik boʻlmagan va bevosita saylovgacha kamida besh yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkinligini belgilovchi qoida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir shaxsning ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman va uning oʻrinbosarining oʻz vakolat muddati davrida daxlsizligi boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakili maqomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari boʻyicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq yigʻilishlarida, shu jumladan Oliy sud Plenumi majlislarida Ombudsmanning ishtirok etish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi”ni saqlashning huquqiy mexanizmlari, unda erkinlikdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan murojaatlar joylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati toʻgʻrisida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyatini raqamlashtirish hamda axborot-texnik jihatdan taʼminlash maqsadida Ombudsmanga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi Yagona axborot tizimini yaratish, keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini, zarur mablagʻlar ajratilgandan soʻng toʻrt oy muddatda ushbu tizimning ishga tushirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman kotibiyatining mintaqaviy vakillar, Oliy Majlis palatalari, davlat boshqaruvi organlari bilan axborot-kommunikatsiya va videokonferensaloqa orqali bogʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning Kotibiyatida elektron hujjat aylanish tizimini yaratish va uni ishga tushirish, ushbu tizimni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish, shuningdek, Ombudsman rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning Kotibiyatini zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlash va keng polosali Internet tarmogʻiga oʻrnatilgan tartibda ulash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, axborot tizimlarini yaratish, texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirib borish bilan bogʻliq barcha xarajatlar 2022-yildan boshlab Davlat budjetidan Ombudsmanga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Ombudsmanning Kotibiyatiga hududlarga “monitoring tashriflari”ni tashkil etish uchun 1 ta yengil avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy vakilni viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, shuningdek, uni zarur mebel, aloqa va texnik vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6312-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6312-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini huquqiy tartibga solish

1.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga (keyingi oʻrinlarda — Ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqini berish.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqini berishni nazarda tutuvchi tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)

2.

Mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunini qayta koʻrib chiqish.

Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

(Davletov)

3.

Ombudsman Kotibiyatining (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) faoliyatiga doir hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillar tuzilmasini tasdiqlash.

2021-yil 1-oktabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Ombudsman

(Eshmatova)

Kotibiyatning yangi nizomini tasdiqlash.

2021-yil 1-oktabr

Ombudsman

(Eshmatova)

Kotibiyat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Adliya vazirligi

(Davletov)

4.

Ombudsman Kotibiyati xodimlari va mintaqaviy vakillarning salohiyatini oshirish.

Ombudsman Kotibiyati xodimlari va mintaqaviy vakillarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil 1 yanvar

Ombudsman

(Eshmatova),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

(Saidov)

II. Ombudsman faoliyatining samaradorligini oshirish

5.

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

(Saidov),

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili

(Yunusova),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan yaqin hamkorlikni va tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, birgalikda xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil 1 dekabr

Ombudsman (Eshmatova),

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili

(Yunusova)

7.

Ombudsman faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

Loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi Yagona axborot tizimini yaratish, keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

2021 yil 1 noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

Zarur mablagʻlar ajratilgandan soʻng toʻrt oy muddatda ushbu tizimni ishga tushirish.

Kotibiyatning mintaqaviy vakillar, Oliy Majlis palatalari, davlat boshqaruvi organlari bilan axborot-kommunikatsiya va videokonferensaloqa orqali bogʻlanishini taʼminlash.

Kotibiyatda elektron hujjat aylanish tizimini yaratish va uni ishga tushirish, ushbu tizimni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish, shuningdek, Ombudsman rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Kotibiyatni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlash va keng polosali Internet tarmogʻiga oʻrnatilgan tartibda ulash.

Kelishilgan muddatlarda

8.

Kotibiyat xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.

Buyruq

2021 yil 1 oktyabr

Ombudsman

(Eshmatova)

9.

Kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish uchun ularning BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, boshqa taʼlim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarida taʼlim olishi va amaliyot oʻtashini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

Ombudsman

(Eshmatova)

III. Ombudsman kotibiyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

10.

Ombudsman mintaqaviy vakili faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish.

Ombudsman mintaqaviy vakilini viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, ularni zarur mebel, aloqa va texnik vositalari bilan taʼminlash.

Mintaqaviy vakilni xizmat avtomashinasi bilan taʼminlash.

2022-yil 1-yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ombudsman

(Eshmatova)

11.

Ombudsman faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash.

1 ta yengil avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus ajratilishini taʼminlash;

zarur mebel, inventarlar, kompyuter va boshqa orgtexnika bilan taʼminlash.

2021-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Kuchkarov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Ombudsman

(Eshmatova)

12.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etish.

2021 yil 1-dekabr

Ombudsman (Eshmatova)

Ombudsman resurs markazini tashkil qilish va jihozlash.

2022 yil 1 mart

13.

Kotibiyatning kichik tipografiyasini tashkil qilish va uni Ombudsman hisobotlari natijalari, risolalar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil 1 mart

Ombudsman

(Eshmatova),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

IV. Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish

14.

Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022 yil 1 yanvar

Ombudsman

(Eshmatova)

15.

Inson huquqlari sohasidagi axborot materiallari va nashrlarni (risolalar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

Ombudsman

(Eshmatova)

16.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish tizimi masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova)

17.

Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova)

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

18.

Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

19.

Turkiya Respublikasi Bosh Ombudsmani bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

20.

Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansiga toʻlaqonli aʼzo boʻlib kirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 1-noyabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

21.

Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari Kengashini tashkil etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman (Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

22.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi (LRP), Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) va inson huquqlari masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda milliy manfaatlarni inobatga olgan holda qoʻshma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman (Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

23.

BMT Kengashining inson huquqlari boʻyicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

(Saidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

24.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansida “A” maqomini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-sentabr

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

25.

Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini taʼminlash, qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, fuqarolarning sud himoyasi huquqlari kafolatini yanada kuchaytirish boʻyicha xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan muddatlarda

Ombudsman

(Eshmatova),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2021-y., 06/21/6312/0864-son)