27.12.2021 yildagi PQ-64-son
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu qarorning 8 va 9-bandlarida belgilangan ko‘rik-tanlov va festivallarni tashkil etish va o‘tkazish tartiblarini tasdiqlasin.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan vazifalar Davlat budjeti, to‘rtinchi xatboshisidagi vazifalar metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Davlat budjeti hisobidan Teatr jamoasi xorijiy gastrol safarlarini tashkil etishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan rejasi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, opera va balet san’ati ijodkorlari va mutaxassislarini xorijda o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari va summasi

Mas’ul ijrochilar

I. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyati samaradorligini oshirish

1.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi o‘rinlarda — Teatr) repertuarini zamon talablari hamda mutaxassislar va tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalari asosida tahliliy ko‘rib chiqib, repertua�ni eng sara milliy, jahon opera va balet asarlari bilan boyitish.

2022-yil boshlab doimiy reja asosida

Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Vasiylik kengashi,

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

(R. Abdullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

Teatrga har yili 4 ta milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasi berilishini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, “Alisher Navoiy” operasini 2022-yilda sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini berish.

2022-yil 1-mayga qadar

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

2.

Har yili an’anaviy tarzda Teatr old maydonida teatr mavsumining tantanali ochilish marosimini zamonaviy, kreativ yondashgan holda, katta gala konsert shaklida tashkil etib borish va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Har yili sentyabr

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi, teatrning budjetdan tashqari mablag‘lari

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Teatr (R. Usmonov),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov)

3.

Teatr jamoasining respublika hududlariga har yili kamida to‘rt marotaba hamda alohida reja asosida gastrol safarlarini tashkil etib borish.

2022 — 2026-yillar davomida

Reja asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti va homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

4.

Teatr jamoasining xorijiy davlatlarga yiliga kamida ikki marotaba gastrol safarlarini tashkil etib borish.

2022 — 2026-yillar davomida

Reja asosida

respublika budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

5.

Chet eldagi malakali, yetuk va mashhur opera va balet artistlari ishtirokida tegishli talaba va o‘quvchilarni jalb qilgan holda mamlakatimizda har yili kamida ikki marotaba master-klass (mahorat darslari) o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

Ilg‘or xorijiy opera va balet teatrlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolash.

2022-yil yanvardan boshlab

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

6.

Teatrda har yili 21 — 27-mart, 1-iyun va 1-noyabr kunlarini teatrda ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilish va ushbu kunlari tashrif buyuruvchilarning bepul kirishlarini tashkil etish.

Uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining ko‘rgazmalari va tomoshabinlar bilan ijodkorlar o‘rtasida jonli muloqotlar o‘tkazish.

2022-yildan boshlab

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(R. Mamatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

7.

Aholi ayniqsa, yoshlar uchun jahonning mashhur opera asarlarini namoyish etish va ijodkorlar san’atidan bahramand etish maqsadida nufuzli xalqaro tanlovlarning yakuniy qismini O‘zbekistonda o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2022 — 2026-yillar davomida

Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi,

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

8.

Quyidagilarni:

2022-2023-yil davomida, reja bo‘yicha

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi

Vasiylik kengashi,

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Kinematografiya agentligi

(F. Abduxalikov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

Teatr binosida “Teatr tarixi” muzey-ekspozitsiyasi;

“Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri” kitob-albomi;

Kinematografiya agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

teatr tarixi va buguni haqida hujjatli film yaratish va uni televideniyelarda efirga berish.

9.

Teatrni ayniqsa, opera va balet san’atini tanishtirishga qaratilgan televizion ko‘rsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularni tekinga respublikadagi barcha kanallarda namoyishini ta’minlash.

2022-yil yanvardan boshlab doimiy

-

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

10.

Teatr repertuarini kengaytirish, tomoshabinlar qamrovini oshirish, bu orqali chiptalar sotuvidan tushadigan tushumni oshirib, xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Teatr

(R. Usmonov)

11.

Teatr ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan taniqli ijodkorlar tavallud sanalarini keng nishonlash, ularning ijodini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi

Vasiylik kengashi,

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

12.

Quyidagirespublika ko‘rik-tanlovlarini tashkil qilish:

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi

Vasiylik kengashi

(J. Artikxodjayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Teatr

(R. Usmonov)

“Yosh vokal ijrochilari”;

Har yili fevral

“Yosh balet ijrochilari”;

Har yili aprel

“Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar”.

Har yili iyun

II. Teatrni malakali va yetuk kadrlar bilan ta’minlash

13.

Teatrning Vokal akademiyasi hamda Opera va balet asarlarini yaratish ijodiy ustaxonasi faoliyatini tashkil etish.

Bunda:

mazkur akade�iyada malakali yetuk opera solistlari, professor-o‘qituvchi va mutaxassislar tomonidan master-klass (mahorat darslari), ovoz sozlash, to‘g‘ri nafas qo‘yish, nutq to‘g‘rilash, opera asarlari ustida mukammal ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

ushbu akademiyani yakunlagan yoshlarga tegishli sertifikat berish tizimini joriy qilishni nazarda tutish.

2022-yil sentyabr, doimiy ravishda

-

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Teatr

(R. Usmonov)

14.

Teatrda samarali faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, mutaxassislarni malaka oshirish va stajirovkaga yuborish va mazkur muddat yakunlangach, ularning xorijda qolib ketishining oldini olish hamda teatrda faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sha�oitlarni yaratish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

15.

Teatrni opera va balet yo‘nalishi bo‘yicha rejissor va tegishli mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida yosh iqtidorli ijodkorlarni tegishli yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

16.

Xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan malakali va yetuk milliy kadrlarni teatrga qaytarish va ularning faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoit (oylik maosh, uy-joy va boshqalar) yaratish.

2022-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda

“Vatandoshlar” jamoat fondi, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, homiylik xayriyalari

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

“Vatandoshlar” jamoat fondi

(O. Sattorov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

17.

Xorijiy davlatlarning opera va balet teatrlarida har yili teatrning yoritish, ovoz bo‘yicha mutaxassislarining malakasini oshirish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

18.

Xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali bosh dirijyorni faoliyat olib borishi uchun teatrga jalb etish hamda ularni qo‘shimcha rag‘batlantirish.

2022-yildan boshlab doimiy

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi

Vasiylik kengashi,

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev)

19.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy teatr-studiya faoliyatini takomillashtirish, qo‘llab-quvvatlash hamda rahbarlari, badiiy jamoalar artistlari va xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-may

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

20.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xoreografiya o‘quv teatri faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qo‘llab-quvvatlash va unga 2 ta shtat birligi ajratish va o‘quv teatrini jihozlash.

2022-2023-yillarda

Respublika budjeti mablag‘lari va Xoreografiya akademiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

III. Teatr moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

21.

Teatr sahnasini zamonaviy yoritish uskunalari, ovoz kuchaytirgich moslamalari bilan ta’minlash.

2023-yil dekabr

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

22.

Teatr orkestrini musiqa asboblari va ularni butlovchi qismlari, shu jumladan pianino va royallar bilan ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

Vasiylik kengashi

23.

Teatrning balet artistlarini maxsus liboslari, oyoq kiyimlari hamda grimm-postijyor mahsulotlari bilan ta’minlash.

2022 — 2026-yillar davomida doimiy

Respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

24.

Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadida teatr binosining old qismiga LED monitor o‘rnatish.

2022-2023-yillar davomida

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi, davlat-xususiy sheriklik mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

25.

Teatrga bitta turistik avtobus va bitta yuk avtomobili xarid qilish.

2023-yil 1-avgustga qadar

Respublika budjeti

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

26.

Teatrning sahnasi va sahna texnologiyalarini zamon talablari asosida yangidan takomillashtirish.

2023-yil 1-sentabrga qadar

Investitsiya dasturi doirasida

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev, I. Norqulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

27.

Xorijiy tajribalarni o‘rganish va mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqarish korxonalarida Teatrning ijodiy xodimlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyim va sahna liboslarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tegishli klasterlarning Teatr bilan doimiy hamkorligini o‘rnatish.

2022-yil sentyabr, doimiy

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

(I. Haydarov),

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

(F. Boboyev)

28.

Teatr va Toshkent shahridagi yirik tadbirkorlik subyektlari va tashkilotlar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida “Do‘stlar klubini” tuzish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, jumladan:

spektakllar sahnalashtirish;

musiqa instrumentlarni ta’mirlash;

eski spektakllarni qayta tiklash;

Teatr binosini joriy ta’mirlash;

Teatr xodimlarini qo‘llab-quvvatlash.

Har yili

Hisob-kitoblarga asosan

Vasiylik kengashi

(J. Artikxodjayev),

Teatr

(R. Usmonov)

29.

Madaniyat vazirligi va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Teatrning faoliyati uchun zarur bo‘lgan musiqa asbob-uskunalari, texnik jihozlar, chiroqlar, grim mahsulotlari va balet artistlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyimlar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etish.

Tegishli muddatda

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

30.

Teatr dekoratsiyalarini yaratish va sahnalashtirishda zarur bo‘ladigan rekvizitlarni ishlab chiqarish, ularni saqlash uchun alohida bino ajratish yoki ijara asosida bo‘sh turgan bino ajratishni tashkil etish.

2022-yil iyun

Homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Teatr

(R. Usmonov)