1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ullar |
|
I. Bankning korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha | ||||
|
1. |
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi o‘rinlarda — Bank) kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish |
1. Bankni rivojlan�irish strategiyasidan kelib chiqib, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a’zolikka nomzodlar ro‘yxatini tuzish va ular orasidan munosib nomzodlarni tanlab olish. 2. Bank Kuzatuv kengashi a’zoligiga saylash uchun nomzodlarni Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritish. 3. Mustaqil a’zolar sonini 5 nafarga yetkazish (jami a’zolar soni 9 nafardan oshmagan holda). |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi |
|
2. |
Bank Kuzatuv kengashi huzuridagi qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish. |
1. Bank Kuzatuv kengashi huzuridagi qo‘mitalarni shakllantirishda xorij tajribasi asosida qo‘mitalar tarkibi asosan mustaqil a’zolardan iborat bo‘lishini va/yoki qo‘mitalar raisligiga tayinlanishini ta’minlash. 2. Kuzatuv kengashining Strategiya qo‘mitasini tashkil qilish. |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi |
|
3. |
Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish va mukofotlashda xalqaro tajriba standartlarini qo‘llash. |
Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish |
2022-yil mart |
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi |
|
4. |
Bank boshqaruvini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. |
Kuzatuv kengashi tomonidan boshqaruv a’zolari faoliyati samaradorligini baholash (KPI) ko‘rsatkichlarini bankning boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlarni kiritgan holda tasdiqlash; Bank boshqaruv a’zolari faoliyat samaradorligini baholash (KPI) ko‘rsatkichlari asosida ular mehnatiga haq to‘lash tizimini joriy qilish. |
2022-yil yanvar |
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
5. |
Bankka aloqador shaxslar, shu jumladan, davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlariga doir barcha amaliyotlarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish. |
1. Yirik bitim va affillangan shaxslar bilan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil yanvar |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Bankka aloqador shaxslar bilan amalga oshirilayotgan amaliyotlarni nazor�t qilish bo‘yicha Audit qo‘mitasi va Ichki audit departamentiga qo‘shimcha vakolatlar berish. |
2022-yil I-II choraklar | |||
|
6. |
Xalqaro moliya institutining bank aksiyadorlari tarkibiga kirish to‘g‘risidagi tegishli xabarnomasi olingandan so‘ng mustaqil direktorlar orasidan Bank Kuzatuv kengashi raisini saylash. |
Kuzatuv kengashi raisini qayta saylash masalasini Kuzatuv kengashi yig‘ilishi muhokamasiga kiritish. |
Xalqaro moliya institutidan kredit liniyasini konvertatsiya qilish to‘g‘risidagi xabarnoma olingandan keyin 90 kun muddatda |
Kuzatuv kengashi |
|
7. |
Milliy qonunchilik talablari va “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshq�ruv tamoyillari” asosida korporativ boshqaruvga doir ichki hujjatlarni yangilash. |
1. Bank Korporativ kodeksini, Bank Korporativ boshqaruv qoidalarini, Bank Korporativ boshqaruv siyosatini, Kengash a’zoligiga nomzodlarni tanlash Nizomini (mustaqillik va kasbiy mahoratni, malakani hisobga olgan holda), Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil fevral |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Kuzatuv kengashi a’zolarini tanlash va ularni saylash Nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun | |||
|
8. |
Korporativ boshqaruv sifatini baholash. |
Korporativ yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqar�v sifati mustaqil baholanishini ta’minlash va natijalarini Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritish. |
Har yili II chorak |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
9. |
Bank faoliyati shaffofligini ta’minlash. |
Bank faoliyati to‘g‘risidagi yillik moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlarni bank veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish tartibini ta’minlash. |
Doimiy ravishda |
Bank boshqaruvi |
|
II. Risk menejmenti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha | ||||
|
10. |
Bank Kengashi va Risklarni nazorat qilish qo‘mitasining risklarni boshqarish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish. |
Risk menejmenti departamenti Bank Kuzatuv kengashi va Risklarni nazorat qilish qo‘mitasi o‘rtasida doimiy uchrashuvlarni tashkil etish va bunda quyidagilarni inobatga olish: 1. Risk appetitni doimiy ravishda kuzatib borish. 2. Risk menejmenti departamentiga “veto” huquqini berish. |
2022-yil I chorak |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
11. |
Tarkibiy bo‘linmalar faoliyatidagi risklardan kelib chiqib ularni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish tizimini joriy qilish. |
1. Audit tekshiruvlari yillik rejasini ishlab chiqishda tar�ibiy bo‘linmalarda mavjud risklarni baholash tizimini ishlab chiqish. 2. Risklarni baholash natijasiga ko‘ra tarkibiy bo‘linmalarni Audit tekshiruvlari yillik rejasiga kiritish. |
2022-yil yanvar |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
12. |
Operatsion risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish. |
Operatsion risklarni boshqarishda asosiy risk indikatorlari (KRI-Key Risk Indicators) va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish (Loss data collection) instrumentlarini joriy qilish. |
2022-yil aprel |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
13. |
Tashqi auditorlarni tanlash tizimini takomillashtirish. |
Tashqi auditorlarni tanlab olish, shartnomalar tuzish va ularni rotatsiya qilish, shuningdek, noauditorlik xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini tartibga soluvchi siyosatni ishlab chiqish va qabul qilish. |
2022-yil aprel |
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
14. |
Ijtimoiy va ekologik risklarni boshqarish tizimini joriy qilish. |
Ijtimoiy va ekologik risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil dekabr |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
III. Bank tarmoqlarini transformatsiya qilish | ||||
|
15. |
Buxoro viloyati misolida bank tarmoqlari faoliyatini transformatsiya qilish |
1. Filial tarmoqlarini transformatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Buxoro viloyatida filiallar tarmog‘ini transformatsiya qilish bo‘yicha Ishchi guruh ishini yo‘lga qo‘yish. 3. Filiallarning har bir faoliyat yo‘nalishini soddalashtirish, markazlashtirish, avtomatlashtirish nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘rganib chiqish. 4. Tarmoqlarni transformatsiya qilish ishlarini qo‘llab-quvvatlash va monitoring olib borishga yo‘naltirilgan — o‘zgartirishlar yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 5. Namunaviy loyihani bank tizimiga tatbiq qilish rejasini tasdiqlash. 6. Ushbu jarayonlarga Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamentining barcha imkoniyatlarini safarbar qilish. |
2022-yil |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
16. |
Mintaqaviy boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish. |
1. Funksiyalarni markazlashtirish, mintaqaviy boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini standartlashtirish. 2. Filial tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish. 3. Boshqaruv hisobotlarini standartlashtirish va avtomatlashtirish. 4. Kredit qarorlari qabul qilinishini markazlashtirish. |
2022-yil |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
17. |
Mijozlarga hududiy miqyosda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. |
1. Har bir hudud bo‘yicha yagona MFO tizimiga o‘tish. 2. Hududdagi mijozlarga yagona mijoz tariqasida xizmat ko‘rsatish, ya’ni hududdagi mijozga qulay bo‘lgan istagan tarmoq orqali bank xizmatlarini taqdim etish. 3. Bank bo‘yicha yagona MFOga o‘tish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil |
Bank boshqaruvi |
|
18. |
Tarmoqlarda mahsulotlarni sotish jarayonlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. |
1. Mahsulotlarni sotish, kross sotuv va xizmat ko‘rsatish standartlari bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayonlarini standartlashtirish. 2. Tarmoq xodimlarini o‘qitish uchun treninglar tashkil etish. 3. Standartlarning bajarilishini nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. 4. �ichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes segmentlari mahsulotlarini boshqarishning standart tizimini joriy qilish. |
2022-yil |
Bank boshqaruvi |
|
IV. Bankning biznes modelini o‘zgartirish bo‘yicha | ||||
|
19. |
Bankning amaldagi rivojlanish strategiyasi bajarilishini ta’minlash |
Strategiyada belgilangan vazifalar bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritib borish. Kuzatuv kengashi tomonidan Strategiya bajarilishini baholash va Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishiga kiritish. |
doimiy ravishda |
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
20. |
Biznes jarayonlarni xalqaro bank amaliyoti standartlari asosida qurish. |
1. Xalqaro tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni va xorijiy ekspertlarni ishga jalb qilish. |
2022-yil fevral |
Bank boshqaruvi |
|
2. Bankning barcha biznes jarayonlari xalqaro bank amaliyoti talablari asosida ishlab chiqilishini ta’minlash. |
2022-yil sentyabr | |||
|
21. |
Loyihalarni moliyalashtirishda mustaqil qaror qabul qilinishini ta’minlash. |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishda operatsion mustaqillik, bozor tamoyillari va risklarni boshqarish tizimidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda Bank Kredit siyosati asosida qaror qabul qilish. |
Doimiy ravishda |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
22. |
Bank faoliyatiga xos bo‘lmagan yo‘nalishlarga bank mablag‘larini yo‘naltirmaslik. |
Bank faoliyatiga xos bo‘lmagan yo‘nalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondiga (kapitaliga) investitsiya tariqasida mablag‘ kiritishni to‘xtatish. |
Doimiy ravishda |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
23. |
Bankda xodimlarni mehnat samaradorligini baholash tizimi (KPI) asosida rag‘batlantirish. |
1. Bank xodimlarni mehnat faoliyati samaradorligini baholash tartibi bo‘yicha Nizom ishlab chiqish; |
2022-yil aprel |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Bank boshqaruvi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va filial xodimlari uchun alohida tartibda KPI natijalari asosida rag‘batlantirish metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil may | |||
|
3. Bosh ofis va filiallari tarmog‘i xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmiga yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan, mijozlarning sadoqati va qoniqish darajasidan kelib chiqqan holda mehnat samaradorligini baholash tizimini (KPI) bosqichma-bosqich joriy etish. |
||||
|
4. Mehnat samaradorligini baholash tizimi ko‘rsatkichlarini hisoblash ishlarini bosqichma-bosqich avtomatlashtirish. |
2022-yil iyul | |||
|
24. |
Bank aktivlari tarkibini diversifikatsiyalash va maqbullashtirish choralarini ko‘rish. |
1. Bank aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqib bank aktivlari va kredit portfeli tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini kamaytirish. 2. Milliy valyutada moliyalashtirish imkonini beruvchi kredit liniyalarini jalb qilish. |
2022-2023-yillar |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
25. |
Bank xizmatlari jozibadorligini oshirish, zamonaviy va masofaviy moliyaviy xizmat turlarini kengaytirish. |
1. Mobil ilovalar orqali taqdim etilayotgan xizmat turlarini kengaytirish. 2. Xalqaro bank amaliyotida keng foydalaniladigan kredit kartalarni joriy qilish. 3. Kichik va o‘rta biznes, korporativ biznes hamda chakana biznes segmentlari uchun yangi turdagi aktiv va passiv mahsulotlarni ishlab chiqish va amalda tatbiq qilish. |
2022-yil |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
26. |
Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
1. Xodimlar malakasini oshirishda tavakkalchiliklarni boshqarish, IT sohasiga alohida e’tibor qaratish. Bunda, Rossiyaning Sber universiteti bilan tuzilgan memorandum asosida bank xodimlarining malakasini oshirish. 2. Xodimlarning zaruratga ko‘ra xorijda malakasini oshirishni tashkil etish hamda chet el banklari va xalqaro moliya tashkilotlarining tajribali mutaxassislarini Bankda tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlariga jalb qilish. |
2022-yil |
Bank boshqaruvi |
|
27. |
Xalqaro tajriba asosida muammoli qarzdorliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish. |
Kredit qarzdorliklari bilan ishlash tizimini xalqaro standartlar talablari asosida yo‘lga qo‘yish. |
2022-yil dekabr |
Bank boshqaruvi |
|
28. |
G‘aznachilik faoliyatini transformatsiya qilish. |
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, KPMG auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda G‘aznachilik yo‘nalishida aktiv-passivlarni klassik boshqarish tizimining eng yaxshi tajribasini amaliyotga joriy qilish. |
2022-yil fevral |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Bankning biznes yo‘nalishlariga moliyaviy resurslarni samarali yo‘naltirish maqsadida ichki transfert narxlarni boshqarish tizimini joriy etish. |
2022-yil | |||
|
29. |
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, yashil iqtisodiyotni transformatsiya qilish va yashil moliyalashtirish yo‘nalishida yetakchilikni ta’minlash uchun yashil moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish. |
1. Green banking siyosatini tasdiqlash. 2. Green banking marketing strategiyasini ishlab chiqish va joriy qilish. 3. “Yashil moliyalashtirish” bo‘yicha vakolatlar markazini tashkil qilish. 4. “Yashil moliyalashtirish” mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy qilish. 5. Yashil brendni va Bankning biznes jarayonlarini “yashillashtirish”ni rivojlantirish. |
2022-yil iyun |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
V. Bankda axborot texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
30. |
Xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi yangi protsessing marka�ini tashkil qilish. |
WAY4 protsessing markazini ishga tushirish, barcha turdagi xalqaro kartalarni muomalaga chiqarish, multivalyutali va kredit kartalari sotuvini yo‘lga qo‘yish. |
2022-yil aprel |
Bank boshqaruvi |
|
31. |
Axborot texnologiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish va tartibga solish. |
1. ITIL jarayonlarini tatbiq qilish, xizmat ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha bitim tuzish, axborot texnologiyalari tashkiliy tuzilmasini modernizatsiya qilish. 2. IT strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. IT audit o‘tkazish tizimini ishlab chiqish hamda Ichki audit departamentiga IT audit o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish. |
2022-yil dekabr |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
32. |
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish. |
Bankda mavjud barcha biznes jarayonlarning operatsion qismini Bankda tashkil etilgan Operatsion blok yordamida bosqichma-bosqich avtomatlashtirish. |
2022-yil dekabr |
Bank boshqaruvi |
|
33. |
Bankda moliyaviy menejment tizimini raqamlashtirish. |
Zamonaviy moliyaviy menejmentning avtomatlashgan tizimi — “Budjetlashtirish” dasturiy kompleksini joriy qilish. Xarajatlar va foydani (yoki zararn�) biznes yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash tizimini amaliyotga tatbiq qilish. |
2022-yil sentyabr |
Bank boshqaruvi |
|
34. |
Zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish. |
1. Bankning yangi axborot tizimini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish. 2. Kontakt-markaz faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini to‘liq joriy qilish va markaz faoliyatini keng miqyosga chiqarish. 3. Ma’lumotlar ombori (Data Ware Nouse), mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi (CRM), kredit konveyer dasturiy tizimini joriy qilish. 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini (asosiy va zaxira) tashkil qilish. 5. Ma’lumotlar omborini (Data Ware Nouse) tashkil qilish uchun mustaqil ekspertlarni jalb qilish. |
2022-yil dekabr |
Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
35. |
It loyihalarini amalga oshirishning samarali tizimini yaratish. |
1. Axborot texnologiyalari departamenti tarkibida Itni rivojlantirish bo‘linmasini tashkil qilish. 2. Bo‘linma tomonidan axborot texnologiyalari borasidagi loyihalarni shakllantirish, ularni bank faoliyatini raqamlashtirishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda amalga oshirish ishlarini boshqarishni yo‘lga qo‘yish. |
2022-yil yanvar |
Bank boshqaruvi |
|
36. |
It loyihalarini boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
1. Bank boshqaruvi huzurida Texnologik qo‘mitani tashkil qilish. 2. Qo‘mita faoliyatini Bankni transformatsiya qilish uchun eng muhim bo‘lgan loyihalarni tanlab olish va amalga oshirishga qaratish. |
2022-yil aprel |
Bank boshqaruvi |
|
VI. Bankni xususiylashtirishning asosiy bosqichlari | ||||
|
37. |
XMK, YETTB va OTB tomonidan ajratiladigan kreditlarni to‘liq yoki ularning bir qismini Bankning qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan jami 175 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyalarini jalb qilish |
1. Tegishli korporativ qarorlarni qabul qilish (Boshqaruv, Kengash, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilish qarorlari); |
2022-yil avgust |
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Bank va Xalqaro moliya instituti (XMK, YETTB, OTB) va/yoki xalqaro moliya instituti va Bank aksiyadorlari o‘rtasida zarur moliyaviy hujjatlarni imzolash (Kredit bitimlari, Bank kapitalida ulushini saqlab qolish to‘g‘risida bitim — Share retention agreement, Investitsiya shartnomasi — Investment Agreement); |
2022-yil oktyabr | |||
|
3. Kredit bitimi kuchga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish (Conditions Precedent) va kredit liniyasi mablag‘larini loyihalarga yo‘naltirish. |
Kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab 6 oy muddatda | |||
|
38. |
XMK, YETTB va OTBning kredit liniyalari mablag‘larini Bank kapitaliga konvertatsiya qilish |
Xalq�ro moliya institutining Bank aksiyadorlari tarkibiga kirish to‘g‘risidagi tegishli xabarnomasi olingandan so‘ng: 1. Bankni VMning kotibiyatlari tarkibidan chiqarish va mustaqil direktorlar orasidan Bank Kuzatuv kengashi raisini saylash; |
Xalqaro moliya institutidan kredit liniyasini konvertatsiya qilish to‘g‘risidagi xabarnoma olingandan keyin 90 kun muddatda |
Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |
|
2. Xalqaro moliya institutining Bank aksiyadorlari tarkibiga kirishi bo‘yicha tegishli bitimlar imzolanishi (Shareholders Agreement, Subscription Agreement, the Uzbek law governed Sale and Purchase Agreement, Put Option Agreement and Policy Agreement); Bank ustav kapitalini oshirish va oddiy aksiyalarni emissiya qilish yuzasidan tegishli korporativ qarorlarni qabul qilish (Boshqaruv va Kengash); Ustavga tegishli o‘zgartirishlar kiritish; Bank yangi aksiyalarini tegishli organlarda ro‘yxatga olish; Bank va Xalqaro moliya instituti o‘rtasida aksiyalarni sotib olish shartnomasini imzolash va aksiyalarni Xalqaro moliya instituti nomiga o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish. |
Xalqaro moliya instituti xabarnomasidan so‘ng 120 kunda | |||
|
39. |
Xususiylashtirish yuzasidan professional maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi nufuzli xalqaro kompaniya yoki investitsion bankni (Moliyaviy maslahatchi) tanlash. |
1. Moliyaviy maslahatchini tanlash bo‘yicha tender (tanlov)ni o‘tkazish; 2. Moliyaviy maslahatchini tanlash va zarur shartnomalarni imzolash. |
2023-yil sentyabr |
Moliya vazirligi, Bank boshqaruvi |
|
40. |
Bankni xususiylashtirish bo‘yicha qo‘shma rejani ishlab chiqish. |
Xususiylashtirish jarayoniga sifatli takliflarni jalb qilish yuzasidan bosqichlarni batafsil ko‘rsatuvchi va Bankni xususiylashtirishni 2023-yil 31-dekabrga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi xususiylashtirish bo‘yicha qo‘shma rejani ishlab chiqish va tasdiqlash |
2022-yil oktyabr |
Moliya vazirligi, Bank boshqaruvi |
|
41. |
Bankning kapitalidagi davlat ulushini salohiyatli investorlar orasida joylashtirish yo‘li bilan 2023-yil yakuniga qadar bank ustav kapitalidagi davlat ulushini 50% dan kamaytirish orqali xususiylashtirishni amalga oshirish. |
1. Xususiylashtirishning eng maqbul usulini tanlash. 2. Investorlar uchun taqdimot materiallarini tayyorlash, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish (road-shou va boshqalar), salohiyatli investorlarni aniqlash. 3. Bankning kapitalidagi davlat ulushini salohiyatli investorlar orasida joylashtirish. |
2023-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi |