12.05.2020 yildagi PF-5992-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024-yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni o‘tkazish choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi o‘z idoraviy bo‘ysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning 1 — 3-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5992-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STRATEGIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Bank tizimining joriy holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda bank xizmatlarining an’anaviy sohalari — kreditlash, depozit operatsiyalari, hisob-kitob va kassa kabi xizmatlarini ko‘rsatuvchi 31 ta tijorat bankidan (keyingi o‘rinlarda — banklar) tashkil topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz mustaqilligi davrida banklar davlat ishtirokidagi korxonalarni va davlat rivojlanish dasturlarini imtiyozli foiz stavkalarida moliyalashtirishga faol jalb etgan holda muayyan maqsad va vazifalar uchun tashkil etildi. Natijada imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorida davlat ustun mavqega ega — 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud bo‘lib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan ko‘prog‘ini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda bank tizimida bir qator sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishining zamonaviy standart va tamoyillariga mos keluvchi yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining isloh qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlash amaliyotidan voz kechilishi va 2021-yildan kreditlashning bozor shartlariga o‘tilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlashning 3 ta bank — AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda jamlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan imtiyozli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari hisobidan aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati ustidan prudensial nazorat mexanizmlari va tartib-taomillarini ularning Bazel qo‘mitasi tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan baholashdan o‘tkazilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bank tizimini rivojlantirishdagi qiyinchiliklar va muammolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorida davlatning ustun mavqeyi, banklarning turli davlat dasturlari va korxonalarini moliyalashtirish uchun vositachi sifatida faol jalb qilinishi quyidagi tizimli xatarlar va muammolarga olib keldi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingidagi past ko‘rsatkichlar — reytingning “Kredit olish” yo‘nalishida O‘zbekiston 67-o‘rinni egallab turibdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya jarayonlarida ortda qolishi, korporativ boshqaruv standartlari, axborot texnologiyalari mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish bo‘yicha zamonaviy usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sektorlar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan past stavkalarda kreditlar beruvchi an’anaviy “rivojlantirish banklari” vazifasini qisman bajarishi. Chet el valyutasida uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishning mavjudligi daromad egri chizig‘ining pasayishiga olib kelib, bu, o‘z navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli kreditlarning qisqa muddatli kreditlardan ko‘ra arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ularning milliy valyutada emas, balki chet el valyutasida qarz olishini rag‘batlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kreditlar va depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni valyuta va kredit xatarlariga, shuningdek, likvidlik xavfiga duchor qiladi. 2020-yil boshida xorijiy valyutada nominallashtirilgan kreditlar jami kreditlar hajmining 48 foizini, chet el valyutasidagi depozitlar va fondlar esa jami depozitlar hajmining 44 foizini tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi banklar tomonidan berilgan kreditlar umumiy hajmining 36 foizi 10 ta eng yirik qarz oluvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar biznes-modellarining korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlari, innovatsiyalar va axborot tizimlarining sust rivojlanganligi sababli moliyaviy ommaboplikning past darajadaligi. Natijada, boshqa mamlakatlarda jismoniy shaxslar va korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar bir me’yorda taqsimlangan bir vaqtda, mamlakatimizda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar jami kredit portfeli hajmining 19 foizini, korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar esa 81 foizni tashkil etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan mikromoliyalashtirish institutlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. Buning oqibatida faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar qatlamini qamrab oladigan, ularning bosqichma-bosqich bank kreditlarini jalb qila oladigan to‘laqonli biznes darajasigacha “o‘sishiga” imkon yaratuvchi samarali mexanizmlar yaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Islohotlarning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga bo‘lgan qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini ko‘paytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi o‘zaro to‘ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bank tizimining samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik subyektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan ma’lumotlarni lozim darajada oshkor etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tijorat banklarining jamg‘armalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) strategik xorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaxshi xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorining moliyaviy barqarorligi va bardoshliligi rejalashtirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hamda biznes va aholining milliy bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektori moliyaviy barqarorligini oshirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kreditlashning o‘sish sur’atlari mo‘tadilligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) bank sektori nazoratini takomillashtirish va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy tizimini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o‘zaro muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi o‘zgarishlar uyg‘un tarzda kechishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) banklarning kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qo‘shilishi va respublika bank tizimining xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini hisobga olgan holda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) eng yaxshi xalqaro tajriba asosida depozitlarni himoyalash tizimini izchillik bilan rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar doirasida quyidagilar banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, jumladan ular doirasida mazkur korxonalarni boshqarish, moliyaviy barqarorligini oshirish va xususiylashtirishning eng maqbul usullari ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud banklar aktivlari sifatining mustaqil baholashdan o‘tkazilishi va, shu jumladan harakatsiz kreditlarga amaliy ko‘maklashish orqali ularning kredit portfellari sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit byurolari faoliyati, shu jumladan ularning ma’lumotlar bazalarini uy-joy kommunal xo‘jalik kompleksi, soliq va pensiya tizimlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali rivojlantirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishini yuritish, shu jumladan korporativ boshqaruv va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish tamoyillari asosida moliya sektorining xalqaro integratsiyalashuvi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni suddan tashqari hal qilish tartib-taomillari, to‘lovga qobiliyatsizlik, majburiy ijro sohalaridagi qonunchilikni va qarzdorlarning insofsiz harakatlaridan banklarni huquqiy himoya qilishning boshqa choralarini takomillashtirish.
(2-kichik bo‘limning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarini xususiylashtirish bank tizimini isloh qilishning muhim omili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vazifani bajarish maqsadida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kredit tashkilotlarini ularga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajarishdan, shuningdek, ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali ma’muriy yukni izchillik bilan bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) bank ishida yetarli darajada tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarni jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi”)ni joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida bir qancha banklardagi davlat ulushini o‘rta muddatli istiqbolda saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklarni kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik banklarni xususiylashtirishda asosiy yondashuv ikki bosqichni, shu jumladan 2020-2021-yillarda institutsional o‘zgarishlarni va undan keyingi davrda davlat ulushini strategik investorlarga to‘liq sotishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich davomida banklarni institutsional o‘zgartirish xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni hamda banklarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya institutlari bilan keng qamrovli hamkorlik korporativ boshqaruv, biznes-strategiya va operatsiyalarga zamonaviy yechimlarni joriy etishga asoslanadi. Bundan tashqari, ularning ishtiroki potensial strategik investorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayoni to‘rtta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kuzatuv kengashlariga bank sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a’zolarni kiritgan holda, ularning tarkibini yangilash, tijorat banklari boshqaruv organlari o‘rtasida vakolat va majburiyatlarni aniq taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali nazorat uchun kuzatuv kengashlari huzurida maxsus qo‘mitalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy xalqaro tajriba asosida bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, ijro organlari faoliyati sifatini baholash uchun “samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari”ni belgilash amaliyotini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tish, minoritar aksiyadorlar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ma’lumotlarning yetarli darajada oshkor etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kadrlar salohiyatini oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, bonus).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlash nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich — davlat ulushini xususiylashtirish banklarning transformatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur Strategiya doirasida quyidagi banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “Ipoteka-bank” ATIB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni Xalqaro moliya korporatsiyasining ko‘magida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “Aloqabank” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) “Asaka” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turon bank” ATBni xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb qilish orqali ularni qo‘shib yuborish masalasini ko‘rib chiqqan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida AT “Xalq banki” va “Asia Alliance Bank” ATBdagi davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish ko‘zda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, AT Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini bankdan ajratib olish ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda — “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank), “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zmilliybank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsiya loyihalariga bozor shartlarida bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari O‘zmilliybank xalqaro tajribani inobatga olgan holda, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning hududlardagi tarmog‘i afzalligini inobatga olgan holda, ularning faoliyati kichik va o‘rta biznesni, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur banklarda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional kuzatuv kengashlarini shakllantirish, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalar va biznes natijalarning samaradorligini kompleks monitoringi tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan o‘zaro tizimli hamkorlikni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushi mavjud bo‘lgan ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni qayta tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliyaviy xizmatlarning ommabopligi va sifatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy xizmatlaridan (depozit, kredit va to‘lov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Jahon banki ko‘magi bilan moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq va muvofiqlashtirilgan yo‘nalishlarini belgilovchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) subsidiyalanadigan kredit dasturlarini yetarlicha xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarga yo‘naltirish hamda subsidiyalarni vaqt bo‘yicha cheklash maqsadida davlatning ishtirokini yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlarda jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida yaxlit va iqtisodiy samarador moliyaviy vositachilik va mahsulotlar tizimini, jumladan ushbu qatlamlar uchun maqsadli yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega mikromoliya tashkilotlari, lizing, faktoring va moliyaviy texnologik (fintex) kompaniyalar, elektron pul operatorlari, ixtisoslashtirilgan kredit-vositachilarini rivojlantirish.
(III bo‘lim 4-kichik bo‘limning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning hududlardagi ishtiroki bazaviy bank xizmatlari to‘plamini ko‘rsatuvchi va ko‘p sonli boshqaruv xodimlarini talab qilmaydigan ixcham “bank xizmatlari ofislari” tarmog‘ini barcha hududlarda kengaytirgan holda mavjud filiallar tarmog‘ini maqbullashtirish, shuningdek, “mobil banking” xizmatlarini keng joriy qilish hisobiga ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim banklar kapitalida davlat ulushi mavjudligidan qat’i nazar banklar faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish orqali bank sektorida raqobat muhitini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning yangi, shu jumladan “raqamli banking” tamoyillariga asoslangan biznes-modellarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlari ko‘rsatishning xalqaro sifat standartlarini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning operatsion va kapital xarajatlarini optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlarini yanada oshirish, shuningdek, banklarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hisobiga bank tizimiga qo‘shimcha resurslarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va o‘rta biznes subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ko‘lami va sifatini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish orqali oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bozorida aholining oshib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi tegishli bank va nobank mahsulotlar turini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali shahar va qishloq joylarida ipotekani kreditlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston bank tizimining mavqeyini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy faoliyatning asosiy o‘rinlaridan birini egallar ekan, bank tizimining rivojlanish va samaradorlik darajasi ko‘rsatkichlari, qoida tariqasida, turli xalqaro reytinglarga kiritiladi va ularning asosiylaridan biri Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlar ommabopligini va mazkur reytingda O‘zbekistonning mavqeyini oshirish maqsadida 2019-2020-yillarda 4 ta qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta qarori qabul qilindi. Ularga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun garov mulkiga qo‘yilgan talablar xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov reyestriga yozuv kiritilgan sana undiruv navbatini va kreditorning boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslarga nisbatan ustuvor huquqini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvni mol-mulkka (mulkiy huquqqa) qaratishning yagona tartibi belgilandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovni belgilash va undiruvni unga qaratish tartib-taomillari soddalashtirildi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor va kreditorga to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzish huquqi berildi;
(IV bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan choralar milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga, ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish esa mamlakat reytingini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Jahon banki reytingida mazkur Strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish uchun quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit axboroti manbalarini kengaytirish va ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit reyestrida aks ettirishning yangi mexanizm va vositalarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonun hujjatlariga qarz oluvchining qarzini majburiy undirish jarayonida kreditorlarning garov bilan ta’minlangan huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Personallashtirish agentligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi, shuningdek, kommunal xizmatlar tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan holda qarz oluvchilarning skoring tizimini yanada takomillashtirish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Nobank moliya institutlarini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorining tijoratlashuvini oshirish, unga xususiy kapitalni jalb qilish va mazkur sektorni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish asnosida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda Jamg‘armaning faoliyati foiz stavkalarini qoplash va kreditlar bo‘yicha kafilliklar berish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorini isloh qilish Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini kuchaytiradi. Xususan, qarz oluvchining garovga qo‘yilgan mol-mulki bilan bir qatorda kafolatlar bo‘yicha undirishni ko‘zda tutuvchi mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Bundan tashqari, Jamg‘arma faoliyatining barqarorligini oshirish, shuningdek, kafilliklar bo‘yicha tabaqalashtirilgan komissiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish uchun moliyaviy model ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning korporativ boshqaruvi uning kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar, shu jumladan xususiy sektor va/yoki ilmiy doira mutaxassislarining ishtiroki hisobiga kuchaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan o‘tadi, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish maqsadida budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavakkalchiliklarni monitoring qilish va boshqarish sohasida Jamg‘armaning salohiyati kuchaytiriladi, shuningdek, banklar tomonidan kredit ajratish jarayonining maqbulligi va to‘g‘riligini baholash metodologiyasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi bilan portfelni kafolatlash va unda kutilayotgan yo‘qotishlar asosida turli vositachilik to‘lovlarini undirish mahsulotlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma operatsiyalari hajmining yanada kengayishi va bank sektori barqarorligi uchun uning tizimli ahamiyati ortishini hisobga olgan holda, uning faoliyatini samarali prudensial nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — O‘TTJ) respublika moliya tizimida muhim o‘rin egallaydi. 2019-yilda investitsiya loyihalari va dasturlari doirasida O‘TTJga banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish bilan, bank tizimi orqali uning resurslarini ajratishni cheklash choralari ko‘rildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, zarur hollarda, xalqaro moliya institutlari ekspertlari va xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda O‘TTJ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uni yanada isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nobank kredit tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy ommaboplikni oshirish bank sektorini isloh qilish bo‘yicha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi omil ekanligini hisobga olib, mazkur Strategiya nobank kredit tashkilotlarini (NKT) rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni shakllantirishni ham ko‘zda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning ustun mavqeyiga qaramay, ular aholining muayyan qatlamlarini qamrab olmaydi, xususiylashtirish jarayonida va xususiylashtirishdan keyin esa ularning faoliyati yuqori daromadli yirik korxonalar va jismoniy shaxslarga yanada ko‘proq qaratilishi mumkin. Bu esa NKT faoliyatini kichik biznes va kam daromadli aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratgan holda, ularni rivojlantirish zarurligini taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda NKTning rolini oshirish uchun o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bank va boshqa vakolatli organlarning sa’y-harakatlari quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NKTning barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish uchun litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish, tavakkalchilik sohalarini mutanosib ravishda tartibga solish va tegishli infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali teng sharoitlarni yaratish yo‘li bilan tomonlarning ishtirok etish imkoniyatini yengillashtirishga qaratilgan qulay normativ-huquqiy bazani ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank moliya xizmatlariga oid mahsulot takliflari, shakl va turlarini, shu jumladan moliya texnologiyalari sohasida yangi yechimlarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilikka yo‘naltirilgan nazoratni qo‘llash, buxgalteriya hisobi qoidalari va talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan lozim darajada tartibga solish, shuningdek, kredit byurolari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash hisobiga prudensial tartibga solishning sifati va qulayligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlariga rioya etilishi, shu jumladan “mas’uliyatli kreditlash”, xizmatlar qiymati to‘g‘risida ma’lumotlarning lozim darajada oshkor etilishi, iste’molchilar shikoyatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarining tartibga solinishi nuqtai nazaridan NKTni tartibga solish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NKTning to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-tamoillarini kreditorlarning yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida tartibga solish.
(3-kichik bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Markaziy bank va prudensial nazoratning roli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qolayotgan sharoitda, shuningdek, bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimi regulatori sifatidagi rolini oshirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning bo‘lishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Jahon banki bilan birgalikda banklar faoliyatini prudensial nazorat qilish mexanizmlari va tartib-taomillarining Bazel qo‘mitasi “Banklarni samarali nazorat qilishning asosiy tamoyillari”ga muvofiqligi baholandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ustunlik qilayotgan bank sektoridan xususiy investorlarning roli sezilarli bo‘lgan sektorga bir tekis o‘tishni ta’minlash, shuningdek, banklarga nisbatan xalqaro e’tirof etilgan minimal standartlar va talablarni belgilash uchun normativ va nazorat bazasini qayta ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq nazorat siklining butun spektri bo‘yicha isloh qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sektorning barqarorligi va yaxlitligini saqlab qolish uchun aniq, uzoq muddatli, real strategik tashabbuslar va hayotiy biznes rejalarga ega bo‘lgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini ta’minlash maqsadida banklarni litsenziyalash qoidalarini qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarni Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlarini joriy qilish orqali kredit portfelining haddan ziyod o‘sib ketishini jilovlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning shaffofligiga va banklar tomonidan muntazam ravishda chop etiladigan axborotlarga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat faoliyatiga jalb etilgan xodimlarning salohiyatini doimiy va tizimli ravishda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammolarni barvaqt, xatarlar amalda ro‘y berishidan oldin bartaraf etish maqsadida, jumladan banklarning o‘zi tomonidan oldini oluvchi choralar ko‘rilishini nazarda tutuvchi tezkor tuzatish harakatlarini (barvaqt javob qaytarish choralari) qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat jarayonida va ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishda, shuningdek, hisobotlarni shakllantirishda axborot texnologiyalarining rolini kengaytirish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning asosiy faoliyat turiga xos bo‘lmagan funksiyalarini hamda ularning bank faoliyati hisoblanmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitali)da ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan nazoratning normativ bazasini ishlab chiqish (shu jumladan bank guruhlarini aniqlash, guruhlarni identifikatsiyalash, konsolidatsiyalashgan hisobot, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial koeffitsiyentlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapitalning yetarliligi va likvidlik ko‘rsatkichi talablariga qat’iy rioya etilishini, shu jumladan mavjud talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standartlariga muvofiqlashtirish orqali ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish to‘g‘risidagi nizomlarni banklar uchun korporativ boshqaruvning umume’tirof etilgan tamoyillari va boshqa ilg‘or tajribalarga muvofiqlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda stress-testlarning ishonchli tizimiga qo‘yiladigan batafsil talablarni ishlab chiqish, uning natijalarini banklar kapitalining yetarlilik ko‘rsatkichlarini va likvidliligini rejalashtirishda qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali nazorat olib borish uchun hisobotlarga oid keraksiz va eskirgan talablarni kamaytirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish orqali hisobot tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yuqori tavakkalchilikka ega — yirik, tizimli ahamiyatga molik banklar, yuqori yoki yomonlashayotgan tavakkalchilik-profiliga ega va/yoki biznes faoliyati jarayonida tavakkalchiliklarni boshqarish sifati past bo‘lgan va yuqori darajadagi ichki tavakkalchiliklarga ega banklarga nisbatan nazoratga oid resurslarni ajratishni nazarda tutuvchi tavakkalchiliklarni boshqarishga asoslangan nazoratga (tavakkalchilikka yo‘naltirilgan nazorat) o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyati uzluksizligi va moliyaviy barqarorlik kabi jamiyat manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida banklarni tartibga solish va sanatsiyalash hamda omonatlarni sug‘urtalashga oid tegishli tizimni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro amaliyotga muvofiq turli tavakkalchiliklarni (konsentratsiya va likvidlik xavfi, kredit, operatsion, valyuta tavakkalchiligi va boshqalar) boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Moliya vazirligining roli va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tijorat banklarida davlat ulushi bo‘yicha aksiyador vazifasini yuklagan holda davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarini transformatsiya qilish va ularga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda quyidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha mas’uliyat yuklatilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadli vazifalar va mo‘ljallarning bajarilishini baholash va nazorat qilish, shu jumladan hukumat qarorlariga muvofiq banklarni kapitallashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining kuzatuv kengashlarini kuchaytirish uchun xalqaro konsultantlarni maslahatchi sifatida jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan islohotlarni amalga oshirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik doirasidagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy samaradorlikka, investitsiya va kredit portfeli sifatiga, shuningdek, depozitlarni jalb qilish sohasidagi faolligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan ijro etuvchi (boshqaruv) organlarining samaradorligi mezonlarni ishlab chiqish va o‘rnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni transformatsiya qilish yuzasidan o‘ziga taqdim etilgan vakolatlar doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Strategiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni o‘z vaqtida va sifatli transformatsiya qilish hamda ularni xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar ijro etuvchi (boshqaruv) organlari va kuzatuv kengashlari tarkibini, shu jumladan mustaqil a’zolar bilan kuchaytirish, korporativ boshqaruv standartlariga qo‘yiladigan talablarni oshirish, moliyaviy samaradorlik va tavakkalchiliklarni boshqarish sifati mezonlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarni isloh qilish va xususiylashtirishga qadar tayyorlash jarayonlariga jalb qilish uchun xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Strategiyani amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli banklar tomonidan mazkur Strategiya qoidalariga muvofiq ravishda hamda xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda transformatsiya rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning transformatsiya jarayonini hamda bazaviy tarmoqlar va davlat ishtirokidagi korxonalarda tarkibiy o‘zgartirishlar kiritishni uzviy amalga oshirish va muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va uni ro‘yobga chiqarish ustidan monitoring
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sektorini isloh qilish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishilishini va qilingan sa’y-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida mazkur Strategiya quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, bank tizimini isloh qilishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Bank sektorini restrukturizatsiya qilish

1.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Bankning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish.

2. Kadrlar siyosati va eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini tasdiqlash.

3. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mavjud holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

4. Konsultantlarni jalb qilgan holda 2021 — 2023-yillarda bankni transformatsiya qilish dasturini tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori

Kuzatuv kengashi qarori

Diagnostika yakunlari bo‘yicha hisobot

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil avgust

2020-yil avgust

2020-yil dekabr

2020-yil dekabr

O‘zmilliybank (Mirsoatov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

2.

O‘zmilliybankning investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tarkibiy tuzilmasi (“loyihalar fabrikasi”)ni tashkil etish.

1. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi va biznes rejasini ishlab chiqish.

2. “Loyihalar fabrikasi” faoliyatini tashkil etish.

“Loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil oktabr

2020-yil dekabr

O‘zmilliybank (Mirsoatov)

3.

“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda joriy holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

2. Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida transformatsiya va bank xizmatlari ommabopligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

3. Banklarni transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida bank sohasida xalqaro tajribaga ega yuqori malakali ekspertlarni banklar boshqaruvi organlariga jalb qilish.

Diagnostika yakunlari bo‘yicha hisobot

Kuzatuv kengashi qarori

Boshqaruv organlari qarori

2020-yil dekabr
 

2020-yil dekabr

2020-yil dekabr

“Agrobank” ATB (Mamatqulov),
“Mikrokreditbank” ATB (Butayev),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

4.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi (SHJBPT) mablag‘larini boshqarishni Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish:

SHJBPT mablag‘larini boshqarishni Moliya vazirligiga o‘tkazish;

SHJBPT mablag‘larini yuqori likvidli va kam xatarli aktivlarga investitsiya qilish reglamentlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

AT Xalq banki (Salomov)

5.

“Poytaxt bank” AJ va “O‘zagroeksportbank” ATBning davlat ulushini xususiylashtirish.

1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash

2. Tijorat banklaridagi aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish.

3. Davlat ulushini xususiylashtirish

Diagnostika natijalari bo‘yicha xulosa

Aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish

Oldi-sotdi shartnomalari

2020-yil iyun


2021-yil oktabr



2021-2022-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov),

O‘TTJ (Vafayev),

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov).

6.

Banklarni faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlar va funksiyalardan bosqichma-bosqich ozod qilish.

1. Banklar tomonidan bajarilayotgan ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalar (soliq agenti, XUJMSHga ko‘maklashish, qarzdorliklar hisobini yuritish va boshqalar)ni batafsil tahlil qilish.

2. Banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha normativ hujjatni ishlab chiqish.

3. Davlat ishtirokida banklarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va ular faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarni aniqlash hamda ularni sotish choralarini ko‘rish.

Tahliliy materiallar

Normativ-huquqiy hujjat

Banklar kuzatuv kengashlari qarorlari

2020-yil iyul

2020-yil sentabr

qabul qilinishiga qarab

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

7.

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaoldi o‘rganishni o‘tkazish.

2. Moliyaviy xizmatlar ommabopliginioshirish milliy strategiyasi loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

3. Qayta ishlangan Strategiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritish.

Jahon banki missiyasi hisoboti

Strategiya loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2020-yil iyun

2020-yil iyun — avgust

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

8.

2025-yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd so‘mgacha bosqichma-bosqich oshirish.

“O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish reja-jadvalini belgilagan holda ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2022-yil oktabr

Markaziy bank (Nurmuratov)

II. Banklardagi davlat ulushini sotish va banklarning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish

9.

“Ipoteka bank” ATIBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kredit liniyalarini jalb qilish va bankni transformatsiya qilish shartlari bo‘yicha kelishuvni imzolash.

2. Bankni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

3. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolar ishtirokidagi yangi tarkibini shakllantirish.

4. XMK ishtirokida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, potensial investorlarni aniqlash.

5. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Kredit shartnomasi

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil may-iyun

2020-yil iyul-avgust
2020-yil iyun — avgust



2021-2022-yillar

2022-yil

“Ipoteka-bank” ATIB (Atabayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

10.

“Asaka” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan bankni baholashni (due diligence) amalga oshirish.

2. “Asaka” ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) o‘rtasida bankni kelgusida xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi institutsional transformatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni imzolash.

3. Bankni transformatsiya qilish dasturi (“yo‘l xaritasi”)ni ishlab chiqish.

4. Transformatsiya dasturini amalga oshirish va bankni xususiylashtirish rejasini tayyorlash.

5. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Auditorlik kompaniyasi xulosasi

YETTB bilan kelishuv

Kuzatuv kengashi qarori

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr — dekabr

2021-2022-yillar

2025-yil

“Asaka” ATB (Saydullayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

11.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. XMK va YETTB ishtirokida bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. XMK va YETTB bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish jarayonini amalga oshirish va bankni xususiylashtirishga tayyorlash.

3. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Kuzatuv kengashi qarori

XMK va YETTB bilan kelishuv

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil

noyabr

2020 — 2022-yillar

2022 — 2025-yillar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Anaklichev),
Strategik islohotlar agentligi (Vafayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

12.

“Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. YETTB maslahat xizmati uchun xarajatlarni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv doirasida “Aloqabank” ATBning joriy holati, faoliyati, jarayonlar va tartib-taomillarni tahlil qilish.

2. YETTB va OTB bilan birgalikda bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”)ni ishlab chiqish.

3. “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq “Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

4. Davlat ulushini xususiylashtirish.

Auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzish

Chora-tadbirlar rejasini tayyorlash (“yo‘l xaritasi”)

Chora-tadbirlar kompleksi

Oldi-sotdi shartnomasi

2020-yil may — avgust

2020-yil sentabr — dekabr

2021-2022-yillar davomida

2022-2025-yillar

“Aloqa bank” ATB (Irisbekova),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

15.

“Turonbank” ATBni transformatsiya qilish.

1. XMK ekspertlari tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Konsultantlar xulosasi

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil may

2020-yil sentabr

“Turonbank” ATB
(Mirzayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

16.

“Qishloq qurilish bank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro konsultantlar tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Konsultantlar xulosasi

Kuzatuv kengashi qarori

2020-yil may

2020-yil sentabr

“Qishloq qurilish bank” ATB (Muratov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

17.

“Turonbank” ATB va “Qishloq qurilish bank” ATBni qo‘shib yuborish masalasini ko‘rib chiqish.

1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

2. Bank faoliyatini qayta tashkil etish rejasini tasdiqlash.

Diagnostika natijalari xulosasi

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov),

O‘TTJ (Vafayev)

18.

Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish.

1. Kuzatuv kengashlarining mustaqil a’zolari, shu jumladan bank sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan a’zolarni tanlash mezonlari va rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Kuzatuv kengashlarini mustaqil a’zolar bilan butlash.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari

2020-yil iyun

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

III. Qonunchilik bazasini takomillashtirish

19.

Nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirishning huquqiy bazasini yaratish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

3. Qayta ishlangan loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil iyul

2020-yil avgust

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov),

Adliya vazirligi (Davletov)

20.

Nobank moliyalashtirishning yangi biznes-modellarini joriy qilish.

Quyidagilar uchun huquqiy bazani yaratish:

yuqori texnologiyali moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar (“fin-tex” kompaniyalar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

chakana kreditlash subyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Jismoniy shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash mexanizmlari, kraudfanding va boshqa muqobil instrumentlarni joriy qilish masalalarini o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjat

Yozma axborotnoma

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr

Markaziy bank (Zaxidov)

21.

Banklarni sanatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda banklarni sanatsiya qilish mexanizmini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. XMI ekspertlari bilan hamkorlikda “Banklarni sanatsiyalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

3. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Konsultantlar hisoboti

Qonun loyihasi

2021-yil aprel

2021-yil sentabr

tayyorlanishiga qarab

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),
Adliya vazirligi (Davletov)

22.

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank operatsiyalari bo‘yicha qonunchilikni soddalashtirish.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish:

qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning operatsiyalarini faollashtirish;

tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, bir vaqtning o‘zida nazoratni kuchaytirish;

banklarning qimmatli qog‘ozlarini xalqaro kapital bozoriga chiqarish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil oktabr

Markaziy bank (Nurmuratov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

IV. Moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish sohasidagi davlat hamkorligi

23.

Davlat banklari uchun “Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv bo‘yicha IHTT standartlari”ni qabul qilish.

1. Davlat korxonalarini korporativ boshqarish bo‘yicha IHTT standartlarini joriy etish yuzasidan xalqaro tajribani o‘rganish.

2. Davlat ishtirokidagi banklarga korporativ boshqaruv bo‘yicha IHTT standartlarini joriy qilish, shu jumladan:

nomzodlarni ko‘rsatishning shaffof jarayoni bilan professional kuzatuv kengashini tashkil etish mexanizmlari;

banklar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari;

banklarda ma’lumotlarni oshkor qilish siyosati;

tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;

Kuzatuv kengashlari a’zolarini rag‘batlantirish siyosatini ishlab chiqish, malakali mutaxassislarni jalb qilish va qo‘llab-quvvatlash.

Yozma axborotnoma

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil oktabr

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

24.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (TFQDJ)ni kengaytirish va mustahkamlash.

1. TFQDJ faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2. TFQDJ faoliyati samaradorligini quyidagilar orqali oshirish:

uning boshqaruv tuzilmasini kuchaytirish va operatsiyalari shaffofligini oshirish;

audit o‘tkazish, tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish;

moliyalashtirish modelini ishlab chiqish va hamkor banklarni tanlash uslubiyotini birxillashtirish;

axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy qilish;

garov bilan bir qatorda kafilliklar bo‘yicha undiruv mexanizmlarini joriy qilish.

Konsultantlar hisoboti

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

2020-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Qo‘chqorov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

25.

Iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini kamaytirish choralari.

Banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi va regulyativ chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan:

banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

xorijiy valyutada beriladigan kreditlar turlariga cheklovlar joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil noyabr

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

26.

Banklarning kredit portfeli o‘sishini optimallashtirish va kreditlarning konsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini kamaytirish.

1.Banklar kredit portfeli o‘sish darajasini optimallashtirish uchun makroiqtisodiy va regulyativ choralarni moslashuvchan tarzda qo‘llash.

2.Bank tizimi yirik qarzdo??arinin? qarz yuklarini tartibga solish, shu jumladan haddan tashqari qarz yukiga ega bo‘lgan eng yirik qarzdorlarga kreditlar berish bo‘yicha cheklovlarni hamda qarz yukining ruxsat etilgan darajasini belgilash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Normativ-huquqiy hujjat

2020-2021-yillar davomida

2020-yil dekabr

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

27.

Aholi omonatlarini himoyalash tizimini rivojlantirish.

Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi va Omonatlarni sug‘urtalovchilar xalqaro uyushmasi tomonidan tasdiqlangan “Omonatlarni himoyalashning samarali tizimlari uchun asosiy tamoyillar”ni amaliyotga joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish.

Yozma axborotnoma loyihasi

2021-yil fevral

Markaziy bank (Zaxidov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

28.

Kredit byurolari faoliyatini takomillashtirish.

Kredit byur?lariga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va ma’lumotlar bazasini kengaytirish:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar;

uy-joy kommunal xizmatlarini to‘lashda qarzdorlikning mavjudligi;

sud qarorlari, korxonalarni tugatish va tashkil qilish hamda boshqalar.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil avgust

Markaziy bank (Zaxidov),
DBQ (Musayev),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

vazirlik va idoralar

29.

Banklarga nisbatan qo‘llaniladigan xalqaro tan olinganminimal standartlar va talablarni joriy qilish orqali me’yoriy va nazorat bazalarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Bazel qo‘mitasining korporativ boshqaruv tamoyillarini Banklarda korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririga tatbiq qilish.

2. Banklarda stress-testlar o‘tkazish bo‘yicha batafsil talablarni ishlab chiqish, shu jumladan stress-testlar natijalarini kapital va likvidlikni rejalashtirishda qo‘llash.

3. Banklarning kapital monandligini baholash bo‘yicha ichki jarayonlari (ICAAP), stress-testlar va tavakkalchilik xususiyatlari asosida kapitalga nisbatan tabaqalashtirilgan talablar belgilash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil

iyun

2021-yil

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov)

30.

Aniq va uzoq muddatli strategik tashabbusga ega bo‘lgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini ta’minlash maqsadida banklarni litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish.

“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil

iyun

Markaziy bank (Zaxidov)

31.

Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Bazel III tavsiyalariga (kapital elementlari, tavakkalchiliklarni qoplash, hisoblash uslubi) muvofiq “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni Bazel qo‘mitasi tavsiyalari va Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS-9) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

3. Konsolidatsiyalashgan nazorat uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish (bank guruhlarini, konsolidatsiyalashgan hisobotni, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial normativlarni aniqlash).

Markaziy bank boshqaruvi qarori

Markaziy bank boshqaruvi qarori

 

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil dekabr

2021-yil

 

2022-yil

Markaziy bank (Zaxidov)

32.

Davlat ishtirokidagi banklarning mijozga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish.

1. Aholining keng qatlami va tadbirkorlik subyektlariga mo‘ljallangan bank xizmatlari ko‘lamini, shu jumladan kam xarajatli bank xizmatlari va mahsulotlarini standartlashtirish orqali kengaytirish.

2. Iste’molchini qanoatlantirish indeksi (CSI) hamda Iste’molchining sodiqligi indeksi (NPS) asosida bank xizmatlari sifatini baholash tizimini joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi
 

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil iyun

2020-yil sentabr

Tijorat banklari

Markaziy bank (Zaxidov)

V. Bank faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish

33.

Tijorat banklarini AKT-auditidan o‘tkazish.

Tijorat banklarida ishlab turgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash maqsadida AKT-auditini o‘tkazishga malakali kompaniyalarni jalb qilish.

Audit yakunlari bo‘yicha xulosa

2020-yil iyul

Tijorat banklari,

Markaziy bank (Abdugafarov),
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

34.

Bank xizmatlarining sifati va tezligini oshirish uchun yangi raqamli mahsulotlarni joriy qilish.

Xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish.

Tijorat shartnomalari

2020-yil yakuniga qadar

Tijorat banklari

35.

Potensial tavakkalchiliklarni baholash sifatini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi banklarda kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali kreditlar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishning samarali mexanizmini joriy etish:

yuqori malakali anderrayterlar guruhlarini tashkil qilish;

xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish va modulli (“bir xil”) kredit mahsulotlarini joriy qilish hamda ularning bank kredit portfelidagi ulushini oshirish orqali tez va kam xarajatli chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

banklarning skoring tizimlarini yanada takomillashtirish.

Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari

2020-yil yakuniga qadar

Tijorat banklari,

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev)

36.

Qarzdorlarni identifikatsiyalashning zamonaviy tizimlarini joriy etgan holda kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish.

Tijorat banklariga mijozlarni identifikatsiyalashni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqini berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil dekabr

DPM (Turaxodjayev)

IIV (Bobojonov), Markaziy bank (Abdugafarov)

37.

Banklarning ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash, operatsion samaradorligini oshirish, shuningdek ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida bisnes jarayonlarni avtomatlashtirish.

1. Banklarning axborot tizimlari samaradorligini, ularning mavjud talablarga muvofiqligini tekshirish va ularning zamonaviy mahsulotlarni joriy etish salohiyatini baholash uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

2. Jalb qilingan xalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda banklarning axborot tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

3. Axborotlarni “Big Data” asosida yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

4. “RegTech” va “SupTech” texnologiyalarini tatbiq etish orqali ma’muriy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish.

Konsultant

hisoboti

“Yo‘l xaritasi” loyihasi

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-yil iyun

2020-yil dekabr

2020-2021-yillar

2020-2021-yillar

Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev),

Markaziy bank (Zaxidov),

tijorat banklari

38.

Masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish ulushini oshirish maqsadida banklarning operatsion faoliyatida axborot texnologiyalari keng qo‘llanilishini ta’minlash.

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining to‘lov xizmatlaridan tunu kun foydalana olishini ta’minlash maqsadida barcha tijorat banklarini 24/7 rejimida ishlovchi banklararo lahzali to‘lovlar tizimiga ulash.

2. Masofaviy bank to‘lovlari hajmini 90 foizgacha oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil may

2020 — 2022-yillar

Markaziy bank (Abdugafarov),

tijorat banklari

VI. Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish

39.

Markaziy bank xodimlarining salohiyatini oshirish.

1. Har yili xorijiy o‘quv markazlarida (Shveysariya Milliy banki, Rossiya banki, Polsha banki, Koreya banki, Birlashgan Vena instituti va boshqalarning markazlari) Markaziy bankning kamida 150 nafar mutaxassislari malakasini oshirish.

2. Yetakchi universitetlar va o‘quv markazlarining (Kaliforniya universiteti, Yel universiteti, Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti, Sberbank korporativ markazi) kamida 15 ta masofaviy o‘qitish shakli dasturlarini, shu jumladan onlayn kurslarini joriy etish.

3. Xorijiy mamlakatlarning (Gruziya, Ukraina, Shveysariya, Chexiya, Armaniston, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar) markaziy banklarida kamida 30 nafar mutaxassislarning stajirovkasini tashkillashtirish.

4. Bank sektori mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida Markaziy bankning korporativ o‘quv markazida xorijiy ekspertlarni (XVJ, JB, YETTB, OTB, VISA va Mastercard kompaniyalari, auditorlik va konsalting kompaniyalari va boshqalarning ekspertlari) jalb qilgan holda kamida 10 ta (har oy bittadan) trening va seminarlar tashkil qilish.

Xodimlarni o‘qitish rejalarini ishlab chiqish


Xodimlarni o‘qitish rejalarini ishlab chiqish

Ikki tomonlama kelishuv

Korporativ o‘quv markazi o‘quv dasturi

Har yili

2020-yil davomida

2020-yil davomida

2020-yil iyun

Markaziy bank (Zaxidov)

40.

Tijorat banklari xodimlarining salohiyatini oshirish.

1. 2020-yilda tijorat banklari tomonidan banklar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari (loyihaviy moliyalashtirish, risk-menejment, axborot texnologiyalari va boshqalar) bo‘yicha 10 ta (har oy bittadan) korporativ mahorat darslari (master-klass) va treninglar tashkil qilish.

2. 2020-yilda Markaziy bankning Korporativ o‘quv markazida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda tijorat banklari mutaxassislari uchun korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari, risk-menejment, MHXS va boshqa yo‘nalishlarda 6 ta o‘quv seminarlarini tashkil etish.

3. Muntazam ravishda tijorat banklarining kamida 3-4 nafar xodimini xorijiy va mahalliy OTMning “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturlarida o‘qitish.

Korporativ o‘quv markazi o‘quv dasturi
 

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

2020-yil davomida

2020-yil davomida

Har yili

Markaziy bank (Zaxidov),
tijorat banklari

41.

Bank-moliya akademiyasini (BMA) rivojlantirish.

1. Gazprombank, RF Sberbanki, MDU qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazining o‘quv markazlari va boshqa sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2. Yillik kamida 200 nafar talaba kvotasiga ega bo‘lgan “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturini joriy etish.

3. “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr talabalar o‘qitishni tashkillashtirish (bakalavrlar ulushini 2020-yildagi 5 foizdan
2024-yilga kelib 70 foizgacha bosqichma-bosqich oshirish).

4. Talab eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda (risk-menejment, korporativ boshqaruv, loyihaviy tahlil va boshqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oshirish uchun 10 ta professional dasturlar ishlab chiqish.

Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar

O‘quv dasturi

O‘quv dasturi

Malaka oshirish kurslari

2020-yil may — dekabr

2022-yil

2020-yil sentabr

2020-yil dekabr

O‘zmilliybank (Mirsoatov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tijorat banklarini xususiylashtirish muddatlariga transformatsiya chora-tadbirlari va jarayonlarini amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkichlar nomlanishi

Joriy holati

Maqsad:

2021-yilga

2023-yilga

2025-yilga

1.

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

15 foiz

17 20 foiz

35 — 40 foiz

60 foiz

2.

Banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

28 foiz

30 40 foiz

60 foiz

70 foiz

3.

Yetarli tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik xorijiy investorlarni jalb qilish

-

-

3

3

4.

Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati

41 foiz

41 45 foiz

45 50 foiz

50 60 foiz

5.

Nobank kredit tashkilotlari aktivlarining kredit tashkilotlari aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

0,35 foiz

0,5 0,7 foiz

1 — 1,5 foiz

4 foiz

6.

Xorijiy valyutadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

58 foiz

50 — 55 foiz

45 50 foiz

40 45 foiz

7.

Bank aktivlarining YAIMga nisbati

53 foiz

53-54 foiz

54-55 foiz

55 foizdan ko‘p

8.

Bank depozitlarining YAIMga nisbati

18 foiz

19 21 foiz

22 24 foiz

25 27 foiz

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 06/20/5992/0581-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son; 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)