18.11.2021 yildagi PQ-17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini joriy etish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari hajmini koʻpaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi 443-IV-son va Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-135-IV-son “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 16-avgustdagi 1290-IV-son va Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, Toshkent viloyatidan Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek va Yangihayot tumanlariga oʻtkazilayotgan sugʻoriladigan yer maydonlari, bogʻlar va tokzorlarda (keyingi oʻrinlarda — oʻtkazilayotgan yer maydonlari):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtiriladi. Bunda, har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligini hisobga olib eksportbop va serdaromad qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi ishsizligini kamaytirish maqsadida ajratilayotgan hududlardagi 20 gektardan kam boʻlmagan yerlarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan plantatsiya usulida zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida yetti yil muddatga aholiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) tijorat banklari bilan birgalikda Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek va Yangihayot tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) bilan birgalikda oʻtkazilayotgan yer maydonlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻliq ekilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlash va eksport hajmlarini uch baravarga oshirish uchun qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxonalar va logistika markazlarini 2021-2022-yillar davomida toʻliq ishga tushirish hamda ularning ishlashini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida 10 ta shtat birligidan iborat Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilayotgan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi Bosh prokuraturaning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga yuklatiladi. Bunda, Bosh prokuraturaning mazkur boshqarmasiga qoʻshimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmasining va Bosh prokuraturaning shtat birliklari Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va Zangiota, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq hamda Qibray tumanlari qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining jami 12 nafar shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmasini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirsin hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xoʻjaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral oʻgʻitlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va gʻalla hosilini yigʻib olishda jamoat tartibi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan ichki ishlar vazirining oʻrinbosariga mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi boʻysundiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 5 nafar xodimdan iborat boʻlim tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkazilayotgan yer maydonlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlardan foydalanishni tashkil etish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan, qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun kafolatlangan suv bilan taʼminlash choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining qishloq xoʻjaligi boʻyicha barcha koʻrsatkichlari Toshkent shahrining tegishli tuman statistika boʻlimlari orqali hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini boshqa yer fondi toifasiga oʻtkazish faqat qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻliq undirilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilar bilan ularning foydalanuvida boʻlgan yerlar ijarasi boʻyicha ijara shartnomasini qayta rasmiylashtirishga amaliy yordam bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer ijarasi shartnomasi amaldagi yerdan foydalanuvchi bilan ilgari tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan muddatning qolgan qismiga tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahriga oʻtkazilgan yer maydonlarini yer fondi toifalari, turlari, yerdan foydalanuvchilar boʻyicha konturlar kesimida, shuningdek, mavjud barcha bino-inshootlar, qurilmalar, shu jumladan aholining yashash joylarini ularning egalari kesimida qayta xatlovdan oʻtkazsin va xatlov yakunlariga koʻra tegishli masshtabdagi xaritalarini yangilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev zimmasiga — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev zimmasiga — qishloq xoʻjaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda ularning boshqa yer fondi toifasiga noqonuniy oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek va Yangihayot tumanlari hokimlari zimmasiga — tuman hududlariga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi yerlarida faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh prokuratura (Sh. Raximov) Toshkent shahriga oʻtkazilgan, shuningdek, ilgari berilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib borilishini hamda yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev, Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-17-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 07/21/17/1065-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)