18.11.2021 yildagi PQ-17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini joriy etish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi 443-IV-son va Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-135-IV-son “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 16-avgustdagi 1290-IV-son va Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra, Toshkent viloyatidan Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlariga o‘tkazilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlari, bog‘lar va tokzorlarda (keyingi o‘rinlarda — o‘tkazilayotgan yer maydonlari):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtiriladi. Bunda, har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini hisobga olib eksportbop va serdaromad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi ishsizligini kamaytirish maqsadida ajratilayotgan hududlardagi 20 gektardan kam bo‘lmagan yerlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan plantatsiya usulida zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida yetti yil muddatga aholiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) tijorat banklari bilan birgalikda Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) bilan birgalikda o‘tkazilayotgan yer maydonlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq ekilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlash va eksport hajmlarini uch baravarga oshirish uchun qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxonalar va logistika markazlarini 2021-2022-yillar davomida to‘liq ishga tushirish hamda ularning ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida 10 ta shtat birligidan iborat Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilayotgan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi Bosh prokuraturaning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga yuklatiladi. Bunda, Bosh prokuraturaning mazkur boshqarmasiga qo‘shimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasining va Bosh prokuraturaning shtat birliklari Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va Zangiota, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq hamda Qibray tumanlari qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining jami 12 nafar shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirsin hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan ichki ishlar vazirining o‘rinbosariga mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘ysundiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 5 nafar xodimdan iborat bo‘lim tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkazilayotgan yer maydonlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlardan foydalanishni tashkil etish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kafolatlangan suv bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlari Toshkent shahrining tegishli tuman statistika bo‘limlari orqali hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini boshqa yer fondi toifasiga o‘tkazish faqat qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘liq undirilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar bilan ularning foydalanuvida bo‘lgan yerlar ijarasi bo‘yicha ijara shartnomasini qayta rasmiylashtirishga amaliy yordam bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer ijarasi shartnomasi amaldagi yerdan foydalanuvchi bilan ilgari tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddatning qolgan qismiga tuzilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahriga o‘tkazilgan yer maydonlarini yer fondi toifalari, turlari, yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha konturlar kesimida, shuningdek, mavjud barcha bino-inshootlar, qurilmalar, shu jumladan aholining yashash joylarini ularning egalari kesimida qayta xatlovdan o‘tkazsin va xatlov yakunlariga ko‘ra tegishli masshtabdagi xaritalarini yangilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda ularning boshqa yer fondi toifasiga noqonuniy o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlari hokimlari zimmasiga — tuman hududlariga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi yerlarida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh prokuratura (Sh. Raximov) Toshkent shahriga o‘tkazilgan, shuningdek, ilgari berilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib borilishini hamda yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev, Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-17-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 07/21/17/1065-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)