05.11.2021 yildagi PQ-5282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholining keng qatlamalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari (keyingi oʻrinlarda — sportning ustuvor turlari) etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-657-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga asosan Turizm va sport vazirligiga sportning ustuvor turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun 104 milliard soʻm ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning ustuvor turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida sportning ustuvor turlari ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning ustuvor turlari bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda sportning ustuvor turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi sport musobaqalari har yili oʻtkazilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurish va yugurish boʻyicha — “Tashkent Marathon”, “Samarkand Marathon” va “Zaamin Ultra” xalqaro marafonlari, “Sky Camp Bostanliq” triatlon va yoga marafonlari, “Barcha rekordlar bizniki!” (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish boʻyicha “Yangi rekordlar sari!”;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mini-futbol boʻyicha — “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz”, “Sogʻlom oila — Yangi Oʻzbekiston tayanchi” (oilaviy jamoalar oʻrtasida) “Rahbar kubogi” (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badminton boʻyicha — “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” (umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida), “Rahbar kubogi” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida) va “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” (aholining keng qatlamlari oʻrtasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stritbol va “Workout” boʻyicha — “Rekorddan — yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” (taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida), “Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!” (mahalla jamoalari oʻrtasida), “Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!” (qishloq jamoalari oʻrtasida), “Sogʻlom tanda — sogʻlom fikr!” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda yuqoridagi sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkillashtirib borsin, ularga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilsin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 1-yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) 3 bosqichli tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda — viloyat musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida respublika musobaqalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi rahbarlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning 3 bosqichli tizimini tegishli hududlarda toʻliq joriy qilish va musobaqalar natijalari asosida sport-taʼlim muassasalarini iqtidorli sportchilar bilan toʻldirib borish yuzasidan shaxsan masʼul etib belgilansin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun koʻzda tutib boriladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. Bunda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarning muntazam ravishda oʻtkazib borilishida aholining barcha qatlamlari xohishlariga qarab ularning faol ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, gʻoliblar va sovrindorlarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sport vazirligi:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish vaqti, joyi va manzillari, trenerlar, hakamlar va boshqa batafsil maʼlumotlarni www.jtdss.uz platformasida joylashtirib borsin va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil yakuni bilan sportning ustuvor turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord oʻrnatganlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni platformada joylashtirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari (keyingi oʻrinlarda — parametrlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi bilan birgalikda:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda sport maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olgan holda, sport maydonchalarining namunaviy loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — namunaviy loyiha) ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maydonchalarining aholi yashash joylariga qulay va xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilishi, sport maydonchalari qoplamasi tartan-sintetik qoplamadan boʻlishi, aholi barcha qatlamlarining yoshi va qiziqishlariga mos boʻlishiga eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maydonchalarini foydalanish xususiyatini yoʻqotmagan holda va tegishli joylashuviga koʻra mahalla fuqarolar yigʻini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda sport maydonchalaridan aholining samarali foydalanishini tashkil etish, oʻrnatilgan uskunalarni saqlash va taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tumanlar va shaharlar boʻyicha namunaviy loyiha asosida har bir mahallada badminton, stritbol va “Workout” sport maydonchalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi 2021 — 2025-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni tasdiqlash hamda ushbu ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga tashabbuskor mahalliy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dastur va parametrlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan sport maydonchalarini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sportning ustuvor turlari boʻyicha sport maydonchalarini tashkil etish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport anjomlari va jihozlari, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnika resurslari 2024-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sport maydonchalarini tashkil etish parametrlarini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarishni taʼminlash yuzasidan barcha choralarni koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli oʻrinbosarlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5282-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish

1.

Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini takomillashtirish.

“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalaridagi sport turlari roʻyxatiga stritbol va “Workout” sport turlarini kiritish.

2022-yil yanvar-fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2.

Stritbol sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini eʼtirof etish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021-yil noyabr

-

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2. Sport turini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishva uning koʻchirmasini Oʻzbekiston basketbol federatsiyasiga yuborish.

Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda

3.

“Workout” sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini eʼtirof etish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021-yil noyabr

-

Turizm va sport vazirligi

2. Sport turini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va uning koʻchirmasini tegishli sport federatsiyasi (assotsiatsiya)ga yuborish.

Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda

II. Aholi oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya)

4.

Aholi oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish.

1. Tizimida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shugʻullanish uchun sharoit yaratish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shugʻullanishi uchun “skandinavcha yurish”, yurish, yugurish va “Workout”ga sharoit yaratish.

2021-2022-yillar davomida

3. Sport-taʼlim muassasalarida, taʼlim tashkilotlarining sport inshootlarida hamda sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etish.

Har chorakda bir marta

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

5.

Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish uchun zarur mablagʻlar ajratish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 2021-yilda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar ulushini kelgusi yillarda oshirib borish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab har yili

Davlat budjeti va homiylik mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash.

2021-2022-yillar davomida

6.

Iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish va “ommaviylikdan — professionallikka” oʻtish tizimini joriy etish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha sportchining bosqichma-bosqich tayyorgarlik tizimini quyidagi tartibda amalga oshirish:

maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalaridagi sport toʻgaraklari;

bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;

ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;

respublika oliy sport mahorati maktablari;

yuqorida belgilangan har bir sport muassasasida tarbiyalangan sportchilardan milliy terma jamoalar tarkibiga nomzodlar yetishtirib berish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar, homiylik mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikdan professional darajagacha boʻlgan bosqichlar uchun oʻquv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning joylarga yetkazilishini taʼminlash.

2021-2022-yillar davomida

7.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim muassasalarida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish.

1. Kichik yoshdan bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shugʻullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab har yili

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Taʼlim muassasalarida quyidagi ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish:

“Muassasa sporti” festivali;

mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha “Muassasa birinchiligi”.

Har yili dekabr

3. Mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha elektron taʼlim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish.

2022-yil fevral-mart

Ijrochilar mablagʻlari

III. Mini-futbol bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, uni ommalashtirish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash

8.

Aholini, ayniqsa yoshlarni boshlangʻich va havaskor mini-futbol bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi

2. Mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol oʻynash mumkin boʻlgan maydonlar haqidagi maʼlumotlarni aholiga mahalliy ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish.

2021-2022-yillar davomida

1. Sport musobaqalarini 3 ta bosqichda oʻtkazishni joriy etish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili

2. Har bir davlat organi va tashkilotida mini-futbol jamoalarini tuzish.

3. Quyidagi professional va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish:

U-17 yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatini;

U-16 va undan kichik yosh toifalarida rasmiy sport musobaqalarini.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasi asosida

4. Mini-futbol boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz” sport musobaqalarini (respublika hududlarida) oʻtkazish.

Har yili fevral-mart

Ijrochilar mablagʻlari

5. Oilaviy jamoalar oʻrtasida “Sogʻlom oila — Yangi Oʻzbekiston tayanchi” musobaqalarini oʻtkazish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili aprel

6. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini oʻtkazish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili oktabr (2022-yildan boshlab)

10.

Sport zaxirasini tayyorlash sifatini oshirish.

1. Mini-futbol boʻyicha umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklar, sport maktablarida seksiyalar, oliy taʼlim muassasalarida klublar sonini 1,5 baravarga koʻpaytirish choralarini koʻrish.

2022-yildan boshlab

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mini-futbol boʻyicha shugʻullanuvchilar, trenerlar uchun namunaviy sport oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarini ishlab chiqish va yetkazib berish.

2021-yil dekabr

IV. Yurish va yugurish bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash

11.

Joylarda yurish va yugurish bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud yengil atletika maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Yengil atletika maydonlarini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash va foydalanishga topshirish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

12.

Respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

Zamonaviy loyihalar asosida “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etish:

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

1) Nukus, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Qoʻqon va Xiva shaharlarida;

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2) Respublikaning barcha yirik shaharlarida;

2022-yil 1-dekabrdan boshlab

3) Foydalanishga topshirilgan “Salomatlik yoʻlaklari”dan samarali foydalanishni taʼminlash.

Doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

13.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” oʻyingohining yugurish yoʻlakchalarini mukammal taʼmirlash.

2022-yil mart

Respublika budjeti mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi oʻyingohning yugurish yoʻlaklarini rezina qoplamalarga oʻzgartirish.

2022-yil dekabr

14.

Hududlarda sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

1) aholining keng qatlami oʻrtasida ommaviy ravishda 5 ming, 10 ming qadam, “Skandinavcha yurish” boʻyicha “Barcha rekordlar bizniki!” musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili yanvar — dekabr

3) turli masofalarga yugurish boʻyicha “Yangi rekordlar sari!” sport musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).

Har yili oktabr-noyabr

V. Badminton bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash

15.

Badminton bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

Har yili dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining maydonchalarida badminton bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish va amalga oshirish.

Xatlov natijalariga asosan

3. Madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Investorlar va homiylik mablagʻlari

16.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.

2022-yil davomida

Respublika budjeti mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

17.

Davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlarini qurish, ularning faoliyatini tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

1. Olmaliq shahridagi 1, 3, 7, 11, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23-son, Angren shahridagi 6, 7, 8, 13, 14, 18, 25, 34, 37, 42-son umumtaʼlim maktablarining tashqi sport maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida badminton boʻyicha sunʼiy qoplamali sport maydonchalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Investorlar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Yangihayot tumanidagi barcha mahallalarda 30 ta badminton maydonlarini qurish.

2022-yil iyun

Davlat-xususiy sheriklik asosida

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

18.

Badminton sport turini ommalashtirish.

1. Har bir umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasasida badminton klublarini tashkil etish.

2022-yil yanvardan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Har bir tuman va shaharda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi boʻlinmalarini ochish choralarini koʻrish.

2021-2022-yillar davomida

3. Aksiyalar, viktorinalar, flesh-moblar, munozaralar va boshqalar orqali oʻquvchi va talabalar oʻrtasida badmintonni targʻib qilish.

2021-2022-yillar davomida

19.

Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarning bilim darajasini zamon talablari asosida oshirish.

1. Badminton sport turi boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida tajriba almashinuvi, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish.

2. Badminton sport turi boʻyicha hakamlarning malakasini xorijiy oʻquv muassasalarida oshirishni taʼminlash.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

20.

Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarni ilmiy-uslubiy taʼminlash.

1. Badminton sport turi boʻyicha yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlashni ilmiy-uslubiy, tibbiy va biologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish uchun ilmiy guruh tashkil etish.

2021-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Badminton bilan shugʻullanadigan sportchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi boʻyicha monitoring olib borish.

Har chorakda bir marta

3. Maktabgacha, umumtaʼlim, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, sport-taʼlim muassasalari uchun oʻquv dasturlarini, musobaqalar qoidalarini ishlab chiqish, uslubiy majmualarni nashr etish.

21.

Hududlarda badminton sport turi boʻyicha sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1) “Bahor malikalari” sport musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili mart

2) har bir tuman va shaharda umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Badminton ligasi” musobaqalarini;

Har yili aprel

3) davlat organlari, tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarning ishchi xodimlari oʻrtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili may

4) aholining keng qatlamlari oʻrtasida “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).

2021-2022-yillar davomida

VI. Stritbol va “Workout” bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash

22.

Stritbol va “Workout” bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Mahallardagi mavjud foydalanilmay turgan yer maydonlarida belgilangan tartibda stritbol va “Workout” maydonchalarini barpo etish.

2021-2022-yillar davomida

Davlat budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

23.

Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida stritbol va “Workout” bilan shugʻullanishni ommalashtirish.

1. Umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida stritbol klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2. Mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” boʻyicha jamoalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

24.

Stritbol va “Workout” boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.

Taʼlim muassasalari, mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” boʻyicha jamoalari oʻrtasida quyidagi musobaqalarni tashkil etish:

Har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo?tlar va Toshkent shahar hokimliklari

1) taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida “Rekorddan — yangi rekordga!”, “Giyohvand moddalarga qarshi!”;

Har yili mart-aprel

2) mahalla jamoalari oʻrtasida “Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!”;

Har yili may

3) korxona va tashkilotlar oʻrtasida “Sogʻlom tanda — sogʻlom fikr!”.

VII. Hududlarda sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish

25.

Mamlakatimizda xalqaro ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.

Xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

1) “Tashkent Marathon” xalqaro marafonini (Toshkent shahri);

2) “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafonini (Samarqand viloyati).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

26.

Aholining keng qatlamlari oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” boʻyicha sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish.

2. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili iyun — avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Har yili dekabr

3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba sport jamoalari” musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili aprel-may

4. Oilaviy sport jamoalari oʻrtasida “Otam, onam va men — sogʻlom oilamiz” shiori ostida sport musobaqalarini oʻtkazish.

2021-2022-yillar davomida

5. Sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh chempionlar”, ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya umidlari”, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarini oʻtkazish.

27.

Taniqli sport namoyandalari ishtirokida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish.

1. Taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda, mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2. Taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.

3. Tadbir ishtirokchilarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq

VIII. Sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash

28.

Ommaviy axborot vositalarida sportni keng yoritish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish ishlarining samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish.

1. Sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, jumladan, mamlakatimizda oʻtkaziladigan milliy va xalqaro musobaqalarni toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilish.

2. Sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.

3. Koʻrgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa, oʻsmir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga boʻlgan qiziqishini orttirish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi

29.

Internet orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish choralarini koʻrish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout”ni keng targʻib etish maqsadida Internet orqali turkum maqolalar eʼlon qilish.

2. Sportda erishayotgan yorqin gʻalabalari orqali Vatanimiz dovrugʻini koʻtarib kelayotgan sportchi hamda sport faxriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yoʻlini yoshlarga namuna qilib koʻrsatishga qaratilgan roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

3. Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat darslari hamda umumtaʼlim maktablarida davra suhbatlarini oʻtkazish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh?har ?okimliklari

30.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Aholining turli qatlamlari oʻrtasida “Shaxsiy gigiyenaning sogʻliq uchun ahamiyati”, “Sogʻlom boʻlishni oʻrganing!”, “Oʻsmirlarda giyohvandlik”, “Sigareta ichida nima bor?”, “Alkogol — bu zamonaviy narkotik”, “Ota-onalar ichishadi — bolalar azob chekishadi”, “Asabiylashish va sogʻlom turmush tarzi”, “Sogʻlom ovqatlanish alifbosi” mavzularida tibbiyot xodimlari tomonidan maʼruzalar tashkil etish.

2. Taniqli sportchilar ishtirokida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” boʻyicha ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbeki?ton Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun sport maydonchalarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Jami

shu jumladan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Respublika boʻyicha:

1 164

208

300

255

217

184

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

92

17

24

20

17

14

2.

Andijon viloyati

92

17

24

20

17

14

3.

Buxoro viloyati

74

13

19

16

14

12

4.

Jizzax viloyati

74

13

19

16

14

12

5.

Qashqadaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

6.

Navoiy viloyati

63

11

16

14

12

10

7.

Namangan viloyati

77

14

20

17

14

12

8.

Samarqand viloyati

90

16

23

20

17

14

9.

Sirdaryo viloyati

63

11

16

14

12

10

10.

Surxondaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

11.

Toshkent viloyati

124

22

32

27

23

20

12.

Fargʻona viloyati

104

19

27

23

19

16

13.

Xorazm viloyati

74

13

19

16

14

12

14.

Toshkent shahri

65

12

17

14

12

10

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: parametrlarga sport vazirining buyrugʻi asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5282/1035-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)