30.10.2020 yildagi PF-6099-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham aholining sogʻligʻi, jismonan salomatligi, sogʻlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yoʻllari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan koʻplab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan koʻz yumishiga sabab boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilmaslikni, bir soʻz bilan aytganda, sogʻlom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʻlishini taʼminlash, zararli odatlardan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turli guruhlarining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish madaniyatini keng targʻib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalari darajasida sogʻlom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etish boʻyicha tegishli loyihalarni ishlab chiqib, keng jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin, 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ishlarini boshlasin va 2021-yil 1-mayga qadar tugatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
piyodalar va velosiped yoʻlaklarining umumiy uzunligi 3 — 5 kilometrni tashkil etishi hamda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
piyodalar va velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan markaziy koʻchalarni modernizatsiya qilish uchun jami 1,4 trillion soʻm mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay boʻlgan koʻchalarda umumiy uzunligi 50 kilometr boʻlgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSH dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qoʻqon shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-iyunga qadar yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilish, “Sogʻlom ayol — buyuk kelajak” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurilish vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda yangidan barpo etilayotgan koʻp qavatli turar joylarni qurish boʻyicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bogʻlovchi avtomobil yoʻllari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun moʻljallangan “Salomatlik yoʻlaklari”ni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil harakati yuqori boʻlgan va katta yoʻl kesishmalarida aholiga qulay oʻtish joylarini barpo etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda har bir tuman (shahar)da “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tanlovni oʻtkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Bunda, mahalla aholisi doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etilishi, sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya etilishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, oʻtkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishi koʻrsatkichlari nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan tanlovda birinchi oʻrinni egallagan mahallaga 10 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 5 million soʻm va uchinchi oʻringa 3 million soʻm miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, pul mukofoti mablagʻlari mahalla fuqarolar yigʻinlarining tijorat bankida ochilgan hisobraqamiga oʻtkaziladi hamda mahallada sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini oʻtkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va A. Abduxakimov 2020-yil 1-noyabrga qadar Xalq taʼlimi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining takliflariga asosan 2021-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablariga 50 ta sport zali qurilishi uchun 100 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport taʼlim muassasalariga 48 ta sport inshooti qurilishi uchun 400 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin va tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2021-yil 10-aprelga qadar 2022-2023-yillarga moʻljallangan umumtaʼlim maktablarini sport zallari bilan toʻliq taʼminlash, har bir tuman(shahar)da moddiy-texnika bazasiga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kelgusi yillarda umumtaʼlim maktablari sport zallari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va sport taʼlim muassasalarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 20 foiz miqdorida ustama belgilash yoʻlga qoʻyilsin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtidan soʻng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shugʻullanishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etilsin. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, “shou” koʻrinishida oʻtkazilishiga, gʻolib va sovrindorlar munosib ragʻbatlantirilishiga alohida eʼtibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajyor zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashgʻulotlari va musobaqalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida oʻzlarining antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmogʻi) orqali bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati muntazam ravishda yoritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bosh vazir oʻrinbosari A. Abduxakimov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar sonining oshishiga, sogʻlom ovqatlanishiga, xususan, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirishga, zararli odatlardan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etish koʻrsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish boʻyicha reytingini raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini joriy etsin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Bosh vazir oʻrinbosari A. Abduxakimov tomonidan taqdim etilgan reyting koʻrsatkichlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting koʻrsatkichlari eng past boʻlgan davlat organlari rahbarlarining faoliyatini har yarim yillikda tanqidiy muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan davlat organlari rahbarlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida darslar oraligʻida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini oʻtkazishni amaliyotga joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy koʻrsatkichlarini (yugurish, otish, sakrash, tortilish) baholash mezonlarini ishlab chiqib, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifada kiritsin hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning vrach va oʻrta tibbiy xodimlarini diyetologiya boʻyicha tayyorlash, shu jumladan amaliy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-martga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ortiqcha vaznga ega boʻlgan shaxslar uchun oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyori va ratsioni hamda jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqsin va uni aholi orasida doimiy targʻib qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchilar va oʻquvchilar sogʻligʻi va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, ularning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishini, badantarbiya mashqlari oʻtkazishini va muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishini, sogʻlom turmush tarzi targʻib qilinishini, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishini, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori meʼyoridan ortiq boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklar, non mahsulotlari isteʼmolini kamaytirish boʻyicha oilalar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-martga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sogʻligʻini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi ustidan nazorat oʻrnatilishini va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sogʻlomlashtirish guruhlariga ajratilishini hamda shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdori belgilanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yilga qadar hududiy va tegishli tarmoq dasturlari doirasida taʼlim muassasalarini, xususan maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim va sport muassasalarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash xarajatlari uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlar uchun 2021-yilda har bir davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2 million soʻmdan, umumtaʼlim muassasasiga 5 million soʻmdan ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar aholi salomatligi uchun zararli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga maxsus yigʻim joriy etish va ushbu tushumlarning bir qismini “Sogʻlom turmush tarzi” platformasini saqlash xarajatlarini hamda mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan toʻlovlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport muassasalarida markazlashgan tartibda raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek barcha tizim tashkilotlariga yagona elektron dasturiy taʼminotni yaratish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish uchun mablagʻ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki davlat sport muassasalari faoliyati turini oʻzgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqib, 2021-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, talab yuqori boʻlgan sport turini tanlab olib, mazkur yoʻnalishdagi muassasalarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining boʻsh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga moʻljallangan doʻkonlar, sogʻlom ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yildan boshlab har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar uchun 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda grant mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega boʻlgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga tayanch doktorantura va doktorantura uchun kamida 10 ta oʻrin ajratilishini taʼminlasin.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Polvonlar milliy markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq oʻyinlari tarixini oʻrganish asosida “Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq oʻyinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlasin va chop etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq oʻyinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda tuz, qand va yogʻ miqdori meʼyoridan ortiq boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasiga quyidagi cheklovlar oʻrnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport muassasalari hududida hamda jamoat transportida reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar, animatsion personajlar va bolalar koʻrsatuvlari qahramonlari ishtirokida reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida bolalar uchun moʻljallangan koʻrsatuvlardan 30 daqiqa oldin va keyin namoyish qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muntazam ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar, xususan, bogʻcha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumtaʼlim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlangʻich yoga mashgʻulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashgʻulotlarini hamda oilalar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalarini telekanallarda namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashgʻulotlarini uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar va keksalar uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha “Sogʻlom turmush tarzi” koʻrsatuvlarini namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Sport” telekanalida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi, xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasidagi ommaviy sport musobaqalarini, shuningdek mazkur Farmon doirasida oʻtkazilayotgan sport musobaqalarini doimiy ravishda yoritib borish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmon ijrosi asosida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ularda faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar, aholining antropometrik (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash koʻrsatkichlari reytingi natijalarini yoritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur Farmonning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha davlat va xususiy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlarda hamda blogerlar ishtirokida tanqidiy muhokamalar tashkil qilish va yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun yil davomida oʻtkaziladigan haftalik musobaqalarni oʻtkazish kalendar rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimliklarining Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena”, Samarqand shahridagi markaziy stadion nomini “Afrosiyob Arena” deb nomlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi orasida soʻrov oʻtkazish orqali hududlardagi yirik sport inshootlariga ular joylashgan hudud xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekiston tarixi va sportida nom qoldirgan tarixiy shaxslarning nomlari berilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining barcha qoʻmitalar, deputatlar, senatorlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻrtasida “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6099-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish

2.

Piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish boʻyicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish boʻyicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish va keng jamoatchilik bilan muhokama qilish.

2. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

piyodalar va velosiped yoʻlaklarining umumiy uzunligi 3 — 5 kilometrni tashkil etishi hamda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlishi;

zamonaviy, energiya tejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlanishi;

piyodalar va velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etish.

2021-yil
1-yanvar

Investitsiya dasturi doirasida
1,4 trln soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov)

3. Har bir tuman (shahar)da aholi uchun qulay boʻlgan markaziy koʻchalarni modernizatsiya qilish doirasida piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish.

2021-yil
1-may

3.

Toshkent shahrining barcha tumanlarida bosqichma-bosqich aholi uchun qulay, boʻlgan umumiy uzunligi 50 km boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish.

1. Toshkent shahrining barcha tumanlarida aholi uchun qulay, boʻlgan umumiy uzunligi 50 km boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 mln AQSH dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratish.

2021-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Saliyev),
Buxoro (F. Umarov), Qashqadaryo (Z. Mirzayev),
Samarqand (E. Turdimov), Surxondaryo (T. Bobolov), Toshkent (R. Xolmatov),

Fargʻona (X. Bozarov), Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari

2. Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qoʻqon shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etish.

2022-2023-yillar

4.

Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni sogʻlom turmush tarzini yuritishga targʻib etib borish.

1. Umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida darslar oraligʻida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2020-yil
1-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), tasarrufida professional, oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

2. Oʻquvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy koʻrsatkichlari (yugurish, otish, sakrash, tortilish va h.k)ni baholash mezonlarini ishlab chiqish, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifa kiritish hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini taʼminlash.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

5.

Yurish va yugurish, mini- futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommaviylashtirish
va rivojlantirish.

1. “Yurish va yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommalashtirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilish hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, “Sogʻlom ayol — buyuk kelajak” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd soʻmdan;

jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd soʻmdan mablagʻlar ajratish.

2021-yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirib borish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarida:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga qoʻshimcha 20 foiz miqdorida ustama belgilashni yoʻlga qoʻyish;

ish vaqtidan soʻng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shugʻullanishini taʼminlash;

har shanba kuni soat 14:00 dan soʻng xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqa sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish. Bunda, musobaqalarning bayramona ruhda, shou koʻrinishida oʻtkazilishiga, gʻolib va sovrindorlarning munosib ragʻbatlantirilishiga alohida eʼtibor qaratish.

2. Davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish (trenajer zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari).

3. Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining birinchi rahbarlari “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida oʻzlarining antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash va h.k.) yaxshilashi orqali xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmogʻi) bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilishni muntazam ravishda (har kuni) yoritib borishni taʼminlash.

2021-yil
1-yanvardan boshlab, doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Davlat organlari va tashkilotlari

7.

Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki davlat sport muassasalari faoliyat turini oʻzgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, talab yuqori boʻlgan sport turini tanlab olib, mazkur yoʻnalishdagi muassasalarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining boʻsh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga moʻljallangan doʻkonlar, sogʻlom ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutish.

2021-yil
1-iyun

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha aholi orasida, xususan, yoshlar, ayollar, keksalar oʻrtasida sport musobaqalari va tanlovlarini tashkil etish

8.

Xodimlar oʻrtasida musobaqalarning tizimli oʻtkazilishini tashkil etish.

1. Keyingi yil uchun yil davomida oʻtkaziladigan haftalik musobaqalarni oʻtkazish kalendar rejasini tasdiqlash.

2. Yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablagʻ ajratilishini nazarda tutish.

Har yili
1-dekabr

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida ommaviy sport turlari va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

Davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalarida:

ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash.

2021-yil
1-yanvardan boshlab

Davlat organlari va tashkilotlari

11.

Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yigʻinida sport yoʻnalishida tanlovlar tashkil etish.

1. Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yigʻinida “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish.

Har chorakda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi (D. Nabiyev),

“Mahalla” xayriya
jamoat fondi

(kelishuv asosida)

2. Tanlovni oʻtkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlash.

Bunda, mahalla aholisining doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etilishi, sogʻlom ovqatlanishi va sogʻlom hayot tarziga rioya etishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, oʻtkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishini;

2020-yil dekabr

tanlovda birinchi oʻrinni egallagan mahalla 10 mln soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 5 mln soʻm va uchinchi oʻringa 3 mln soʻm miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishini nazarda tutish.

Tanlov natijalariga koʻra

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari

3. Pul mukofoti mablagʻlarini mahalla fuqarolar yigʻinlarining tijorat bankida ochilgan hisob raqamiga oʻtkazish hamda mahalla hududini obodonlashtirish, sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini oʻtkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yoʻnaltirish.

Tanlov yakunlangandan soʻng

III. Aholi turli guruhlarining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish

13.

Tibbiyot xodimlarining diyetologiya sohasida bilimlarini oshirish va kunlik ovqatlanish meʼyorlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sogʻligʻini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi ustidan nazorat oʻrnatish va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sogʻlomlashtirish guruhlariga ajratilishi va shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdorini belgilashni taʼminlash.

2021-yil
1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqish.

2021-yil
1-yanvar

IV. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini sogʻlom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targʻib qilish

14.

Taʼlim muassasalarini, xususan maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash.

Toza ichimlik suvi bilan taʼminlash dasturlari doirasida taʼlim muassasalarini, xususan maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlab borish choralarini koʻrish.

2021 — 2025-yillar

Mazkur yoʻnalishga ajratilgan mablagʻlar doirasida

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Taʼlim muassasalarida mavjud va ularga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sogʻligʻi va jismoniy kamolotini doimiy nazorat qilib borish.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar va oʻquvchilar hamda muassasa xodimlarining sogʻligʻi va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini taʼminlash.

Doimiy

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov)

V. Maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish

16.

Umumtaʼlim maktablarining sport zallari va jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. 2022-2023-yillarga moʻljallangan umumtaʼlim maktablarini toʻliq sport zallari bilan taʼminlash, har bir tuman(shahar)da toʻliq moddiy-texnika bazasiga ega boʻlgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini va boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Kelgusi yillarda umumtaʼlim maktablari sport zallari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borish.

2021-yil
1-aprel

Investitsiya dasturi doirasida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

17.

Maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim va sport taʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash.

Davlat maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim va sport taʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash, bunda 2021-yilda har bir:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2 mln soʻmdan;

davlat umumtaʼlim muassasasiga 5 mln soʻmdan ajratish.

2021-yil

Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

18.

Koʻp qavatli turar joylar, mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bogʻlovchi avtomobil yoʻllari, aholi yurishi uchun moʻljallangan yoʻlaklarni tashkil etish.

Hududlarda yangidan barpo etilayotgan koʻp qavatli turar joylarni qurish boʻyicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish:

aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonchalarini (shu jumladan Workout) tashkil etish;

mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bogʻlovchi avtomobil yoʻllari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun moʻljallangan “Salomatlik yoʻlaklari”ni qurish;

avtomobil qatnovi yuqori boʻlgan va katta yoʻl kesishmalarida aholiga qulay oʻtish joylarini barpo etish.

2021-yil
1-yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari

19.

Yoshlarda, xususan bogʻcha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni sportga qiziqtirish choralarini koʻrish.

Quyidagi telekoʻrsatuvlar namoyish etishni taʼminlash:

Yoshlarda, xususan bogʻcha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumtaʼlim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlangʻich yoga mashgʻulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashgʻulotlarini hamda oilalar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalari;

barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari;

ayollar va keksalar uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha “Sogʻlom turmush” koʻrsatuvlari.

Doimiy

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi
(F. Abduxalikov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov)

VI. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash

20.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega boʻlgan kadrlar ulushini oshirish.

1. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan loyihalar tanlovlarini muntazam eʼlon qilinishini nazarda tutish.

2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega boʻlgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida tayanch doktorantura va doktorantura umumiy qabul kvotasi doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga kamida 10 ta oʻrin ajratish.

2021-yildan boshlab har yili

Grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov)

21.

Milliy sport turlari hamda xalq oʻyinlari tarixini oʻrganish.

Respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq oʻyinlari tarixini oʻrganish asosida “Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq oʻyinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va chop etish toʻgʻrisidagi Hukumat farmoyish loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oʻzbekiston Polvonlar milliy markazi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidan “, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring” soʻzlari “Ichki audit va moliyaviy nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5787-son Farmoni 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini oʻtkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha boʻlgan qismi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmoniga 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20, 21, 28 va 48-pozitsiyalarning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “fevral” soʻzi “noyabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “may” soʻzi “noyabr” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” soʻzlari “2020-yil 1-sentabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” soʻzlari “2020-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “iyunga” soʻzi “noyabrga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro muddati” ustunidan “1-mayga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “1-mayga qadar” soʻzlari “1-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 231-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 232-pozitsiyadagi “Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija” ustunning uchinchi xatboshisidan “hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini universitet tasarrufiga berish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmonining 18-ilovasi 10-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Chora-tadbirlar” ustunidagi “ishlab chiqish” soʻzlari “joriy etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Amalga oshirish bosqichlari” ustunidagi 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Loyiha ijrochilarini aniqlash boʻyicha tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1236-son qaroriga 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi-oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oʻn yettinchi-oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matnidagi “Nachalnik upravleniya ucheta i upravleniya sredstvami Pensionnogo fonda” bloki “Zamestitel ispolnitelnogo direktora” bloki bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2438-son qaroriga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi rus tilidagi matnida “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidan “Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2699-son qarori 22-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-son qarori 1-ilovasining rus tilidagi matnida 6, 7 va 9-pozitsiyadagi “Naimenovaniye meropriyatiy” va “Srok ispolneniya” ustunlaridagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3610-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-bandning uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari” soʻzlaridan keyin “, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9, 10, 12, 23, 24, 27, 28 va 40-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” va “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “(Sh. Israilov)”, “(A. Ramatov)” soʻzlari tegishincha “Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari”, “(D. Nabiyev)”, “(A. Azizov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-pozitsiyaning “Tadbirning nomi” ustunidagi “akademik litsey va kasb-hunar kollejlari”, “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” va “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “(Sh. Israilov)”, “(U. Inoyatov)”, “(A. Ramatov)” soʻzlari tegishincha “akademik litsey, professional taʼlim muassasasi”, “Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari”, “(D. Nabiyev)”, “(Sh. Shermatov)”, “(A. Azizov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4061-son qaroriga 3-ilovaning 10-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4194-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4500-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning “a” kichik bandi va 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” soʻzlari “Olimpiya zaxiralari kollejlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatini” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)