Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 24-apreldagi 349-son “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi, 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 24-apreldagi 348-son “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019-yil 24-apreldagi 349-son “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar va xizmatlar uchun, shuningdek muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik va milliy akkreditatsiya tizimi belgisini (bundan buyon matnda akkreditatsiya belgisi deb yuritiladi) qo‘llash uchun to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. II-bobning nomidagi “va nazorat yo‘sinidagi tekshiruv bo‘yicha” degan so‘zlar “inspeksiya nazorati uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 6 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8. 11-banddagi “nazorat yo‘sinidagi tekshiruvini” degan so‘zlar “inspeksiya nazoratini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 12-banddagi “Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan o‘tkazish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 14-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
11. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. 16 va 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
13. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14. 19-banddagi “O‘zstandart” degan so‘z “Texnik jihatdan tartibga solish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. Ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi