O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tuzilmasi bo‘yicha takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-aprel,
99-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-apreldagi 99-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 11-apreldagi 99-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. II bo‘limning 5-bandi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki va tashqi bozor ehtiyojini o‘rganish asosida respublika manzarali bog‘dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi”;
o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. III bo‘limning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qiladi;
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga manzarali o‘simliklar o‘stirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami ko‘rsatilishini tashkil qiladi”.
3. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining o‘rinbosarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari, shuningdek Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 114-modda)