Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 30.03.2001 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI,O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI, SUV XO‘JALIGI DEPARTAMENTI, O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZI, ShARTNOMA MAJBURIYATLARI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son va 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-avgustdagi 322-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1997-yil 12-martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-bo‘limining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan agrosanoat kompleksi sohasida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boruvchi organ vazifasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda olib boradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga, xos blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markazning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘laroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan, lalmi yerlarning va o‘rmon yerlarining, tog‘li, cho‘l hududlari va yaylovlarning unumdorligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirish, hosilini saqlash va qayta ishlashning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning samarali texnologiyalarini asoslash va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiya yutuqlarini sinab ko‘rish va muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik, baliqchilik va naslchilik ishlarining ilmiy muammolarini nazariy asoslarini ishlab chiqish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘simliklarni himoya qilishning biologik va uyg‘unlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish, kam zaharli gerbitsidlarni, pestitsidlarni, o‘stirish ko‘makchilarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz bo‘lgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini tashkil etish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini rag‘batlantiruvchi hamda mas’uliyatini oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markazning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xo‘jaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqning, ayniqsa o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orishning ilg‘or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg‘or tajribasini o‘rganish va ijodiy qo‘llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada hamda xorijda qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutlar va olimlarning ilmiy asarlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yig‘ilishlar, simpoziumlar uyushtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar so‘rovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazadi, o‘z vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xar yili o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hisobot topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fan va texnika yutuqlarini joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa idoralari bilan birgalikda dehqonchilik va chorvachilikning, tuproq unumdorligini, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi serhosil navlarini mintaqalashtirish bo‘yicha resurslarni va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tashkilotlari tomonidan bajarilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va o‘rmon xo‘jaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligining fan yutuqlariga nisbatan ta’sirchanligini oshirish, joriy etish xizmatini yaxshilash, ilmiy muassasalar, qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi korxona va tashkilotlari o‘rtasidagi xo‘jalik hisobi munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning urug‘chilik xo‘jaliklarini boshoqli don ekinlarining, g‘o‘za, sholi, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlarning eng sara va sara urug‘lari bilan ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mollarning yangi zotlarini yaratish bo‘yicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalarni belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Markaz faoliyatiga rahbarlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz o‘ziga qarashli bo‘linmalarning mustaqilligini har tomonlama ta’minlab o‘z ishini kollegiallik, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uyg‘unlashtirish asosida tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazning bosh direktori ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnika va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi bo‘lgan o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazda bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazda ilmiy-texnik kengash va hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz hay’atining qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz o‘z oldida turgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va oliy o‘quv yurtlaridan Markazning faoliyati uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish huquqiga egadir. Zarurat bo‘lganda Markaz boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qarorlar, buyruqlar va yo‘riqnomalar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markazning bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, joriy masalalarni hal etadi, Markazdagi ishlarning ahvoli yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi oldida shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik kengash, Markaz hay’ati va uning apparati ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar dasturlarini tasdiqlaydi, eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy asarlar nashr etilishi rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal etish, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy va vaqtinchalik ilmiy va maslahat jamoalarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz moliyaviy resurslarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning belgilangan soni doirasida Markaz markaziy apparati, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, o‘ziga qarashli muassasalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra Markazning Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz apparati xodimlarini, o‘ziga qarashli institutlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining va apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda rag‘batlantirish va jazo choralarini qo‘llaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p yillik mehnati, o‘z vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lganligi, alohida muhim vazifalarni bajarganligi uchun markaziy apparat xodimlarining ayrim toifalari, o‘ziga qarashli institutlar va tashkilotlarning rahbarlari lavozim maoshlariga ustamalar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat, hududiy bo‘linmalar va o‘ziga qarashli institutlar, korxonalarning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotlashga va faxriy unvonlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, xodimlarni Markazning faxriy yorliqlari, qimmatli sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Markazning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz tarkibiga Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat bo‘limlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, eksperimental zavodlar, xo‘jaliklar, kutubxonalar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi bo‘linmalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz, uning Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Markaz hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari ixtiyoriga berilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallari va tajriba xo‘jaliklari o‘z ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qoladilar, bo‘limlar oldida ilmiy-metodik jihatdan hisob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Markazning ilmiy-texnik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Markazda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori uning o‘rinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga ko‘ra bosh direktor o‘rinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti mudiri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga ko‘ra kiruvchi shaxslar bundan mustasno).
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ilmiy-texnik kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda agrar ilm-fan rivojlanishining muhim masalalarini ko‘rib chiqadi va uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining agrosanoat kompleksini rivojlantirish muammolariga oid ilmiy-tematik rejalari Markazning ilmiy-texnik kengashi bilan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksidagi innovatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni eshitadi hamda fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni faollashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Markazning hay’ati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markazda 11 a’zodan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Markazning bosh direktori, uning o‘rinbosarlari va bosh ilmiy kotib lavozimlariga ko‘ra hay’at a’zolari hisoblanadilar. Hay’at a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Markaz hay’ati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar rejalarini hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tegishli bo‘limlari orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalarni va axborotlarni eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va ularning ilmiy darajasini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar ilm-fanning eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy kengashlar, qo‘mitalar, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalar tashkil etadi, ushbu muassasalar, korxonalar to‘g‘risidagi nizomlarni va ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yo‘nalishini va ixtisoslashuvini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar o‘tkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning fan va texnikani rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha rejalarni muhokama qiladi va ushbu ishlarga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz bo‘limlari va ilmiy muassasalarning ilm-fanga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy muassasalar va korxonalarning xalqaro aloqalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutlarning taqdimnomasi va Markaz bo‘limlarining tavsiyasi bo‘yicha ilmiy muassasalar ilmiy kengashlari tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlashi uchun taqdim etadi hamda ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amaliyotda foydalanilishiga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning barcha muassasalari va mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh direktorning respublika tashkilotlari va hududiy bo‘limlar rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaz hay’ati uning majlisida o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hay’at qarorlari ochiq ovoz bergan holda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hay’at qarorlari Markaz bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Markazning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Markazning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari va boshqa muassasalarda) olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari o‘z faoliyatini Markaz ijro etuvchi apparati bo‘limlarining uslubiy rahbarligida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, direktorlarning o‘rinbosarlari Markazning bosh direktori tomonidan yirik olimlar, odatda, fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari direktorlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bo‘limi, shu’basi, laboratoriyasi) mudirlari direktor tomonidan kontrakt asosida, odatda, tanlovdan o‘tgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari orasidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari huzurida belgilangan tartibda sanoat korxonalari, konstruktorlik, texnologiya va loyihalash byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xo‘jaliklar, shuningdek kooperativlar, kichik va qo‘shma korxonalar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari) va Markazning barcha ishlab chiqarish tuzilmalari mazkur Nizom va Markaz hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustavlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Markazning mol-mulki va faoliyatining iqtisodiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Markazning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Markaz faoliyatining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish fondlari hamda tezkor boshqarish uchun unga davlat tomonidan berilgan boshqa mol-mulk, institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy muassasalarning, shuningdek Markaz tizimiga qo‘shib olingan ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va mol-mulki tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Markaz va uning muassasalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Markazni va uning ilmiy muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Markazning xo‘jalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari o‘z xo‘jalik, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsiya faoliyatini ushbu faoliyatdan olinadigan mablag‘lar va daromadlar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari joriy va boshqa ishlarni bajarish uchun asosiy fondlardan va uning ixtiyoridagi aylanma mablag‘lardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Markaz o‘z mablag‘lari (budjet mablag‘laridan tashqari) va o‘z muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning bir qismi, shuningdek boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobiga maxsus moliyaviy va innovatsiya jamg‘armalari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoya qilish, innovatsiya va boshqa jamg‘armalar) tashkil etishi mumkin. Mablag‘larni shakllantirish va sarflash tartibi Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Markaz o‘ziga ajratilgan budjet mablag‘larini markaziy apparat, o‘ziga qarashli ilmiy muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, ularning xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini, mehnatga haq to‘lash fondi va miqdorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Markaz faoliyati qonunda belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 320-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 6-son, 35-modda;2003-y., 12-son, 98-modda;14-son, 116-modda; 17-18-son, 143-modda, 156-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 15-16-son, 114-modda; 32-33-son, 247-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda, 32-son, 814-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)