O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGINING O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI HUZURIDA MANZARALI BOG‘DORChILIK VA O‘RMON XO‘JALIGI RESPUBLIKA ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikaning turli mintaqalari sharoitlarida manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘stirishning yangi texnologiyalarini joriy etish, shuningdek manzarali o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ichki va tashqi bozor ehtiyojini o‘rganish asosida respublika manzarali bog‘dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatsiyalash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni tashkil etish;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga manzarali o‘simliklar o‘stirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami ko‘rsatish.
3. Quyidagilar:
Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzuridagi ixtisoslashtirilgan bog‘dorchilik va gulchilik korxonalari, shuningdek Nukus ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi hamda respublika viloyatlaridagi 1-ilovaga muvofiq o‘rmon xo‘jaliklarining ishlab chiqarish uchastkalari Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufiga;
tugatilayotgan O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining bolalar bog‘chasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga berilsin.
4. Quyidagilar:
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining xodimlarining cheklangan umumiy soni 64 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 7 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan bog‘dorchilik va gulchilik o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, o‘rmon xo‘jaligi tadbirlariga budjetdan ajratilgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 167-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 287-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-mart,
76-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga beriladigan o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va ishlab chiqarish uchastkalari ro‘yxati
|
Mintaqalar nomi |
Bo‘linmalar nomi |
Beriladigan ishlab chiqarish uchastkalari nomi |
| 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi |
To‘liq beriladi |
| 2. Andijon viloyati | Toshoxur o‘rmon xo‘jaligi | Oyim uchastkasi |
| 3. Buxoro viloyati | G‘ijduvon o‘rmon xo‘jaligi | Markaziy uchastkasi |
| 4. Qashqadaryo viloyati | Qarshi o‘rmon xo‘jaligi | Beshkent uchastkasi |
| 5. Navoiy viloyati | Navbahor o‘rmon xo‘jaligi | Navbahor uchastkasi |
| 6. Namangan viloyati | Namangan o‘rmon xo‘jaligi | O‘rtaorol uchastkasi |
| 7. Samarqand viloyati | Samarqand o‘rmon xo‘jaligi | Darg‘om uchastkasi |
| 8. Surxondaryo viloyati | Termiz o‘rmon xo‘jaligi | Qorasuv uchastkasi |
| 9. Sirdaryo viloyati | Sirdaryo o‘rmon xo‘jaligi | Bobur nomli uchastkasi |
| 10. Toshkent viloyati | Toshkent o‘rmon xo‘jaligi | Saksonota uchastkasi |
| 11. Xorazm viloyati | Xorazm o‘rmon xo‘jaligi | Qaqrali uchastkasi |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
3-ILOVA
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
3-ILOVA
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 68-modda; 2009-y., 25-son, 287-modda)