02.07.2021 yildagi KSQ-10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 43 va 47-bandlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi — M. Abdusalomovning raisligida, sudyalar A. Gʻafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Mirboboyev, G. Pirjanov va Q. Uljayevdan iborat tarkibda, katta ekspert Sh. Majidovning kotibligida, taraflar − Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari adliya vazirining oʻrinbosari A. Tashkulov va Vazirlar Mahkamasining Kotibiyati mudirining oʻrinbosari J. Achilov, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzosi F. Otaxonov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzosi I. Tadjiyev, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili O. Sulaymonov ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F. Eshmatovaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 43 va 47-bandlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi murojaatiga asosan yuritilgan ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼruzachi sudya B. Mirboboyevning maʼruzasini, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralar vakillarining tushuntirishlari va berilgan savollarga javoblarini tinglab, ish materiallarini oʻrganib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova (bundan buyon matnda — Ombudsman) 2021-yil 2-aprelda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda — Vazirlar Mahkamasi) “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (bundan buyon matnda — Nizom) 43 va 47-bandlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiq emas deb hisoblab, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudidan (bundan buyon — Konstitutsiyaviy sud) ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlab berishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-sonli farmoyishining 7-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning 43-bandiga koʻra, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda, kompensatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilganda kompensatsiya investor mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Nizomning 47-bandiga binoan olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarning 75 foizidan yozma roziligi olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning koʻchmas mulk obyektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda, rozilik bermagan (Kelishuvga erishilmagan) mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddati sud tartibida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasiga muvofiq mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasida mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatda “Nizom 1-bandi ikkinchi xatboshisida “Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”, deb belgilangan. Biroq, Nizom matnida mulkdor degan soʻz 90 dan ortiq ishlatilgan. Shuningdek, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan boʻlsa-da, amaliyotda mulkdorlarga nisbatan ham qoʻllanilmoqda”, degan fikrlar bildirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning tegishli bandlarining tahlili quyidagilarni koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, murojaatda koʻrsatilganidek, Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmayapti. Chunki, Nizomda u mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan emas, balki, yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan shaxslarga qoʻllanilayotganligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 18-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi. Boshqa hollarda esa ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kim oshdi savdosi asosida realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 37-moddasiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish emas, balki qayta sotib olish mumkin boʻladi. Bu masala xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, qayta sotib olish asoslari Yer kodeksining 37-moddasida belgilangan qoidalar bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaga muvofiq yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun yerlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va temir yoʻllarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yoʻl transporti obyektlarini, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika tizimi obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari bosh rejalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obyektlarni qurishga oid qismini ijro etish maqsadida, shuningdek qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviyligi tekshirilayotgan Nizomda belgilangan yer uchastkalarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi norma Yer kodeksining 37-moddasiga muvofiq emas degan xulosaga kelishga asos yoʻq. Chunki, ushbu modda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda ham yer uchastkasi olib qoʻyilishi mumkinligini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-sonli farmoyishi 7-bandida Vazirlar Mahkamasi “davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin”, deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishi fuqarolarning yashash va maishiy sharoitlarini, hududlarni kompleks rivojlantirish, hududning arxitektura qiyofasini oʻzgartirish va yaxshilashga qaratilgan. Bu esa aslida davlat va jamoat ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligini eʼtiborga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari olib quyilganda faqat kompensatsiya berish manbai turlicha. Yaʼni, birinchi holda kompensatsiya manbai tegishli markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan berilsa, ikkinchi holda esa investor mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida keltirilgan holatlar Nizomdagi “yer uchastkasini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilganda” degan tushuncha masalaning mohiyatini notoʻgʻri talqin qilinishiga olib keladi. Aslida kompensatsiyaning investor mablagʻlari hisobidan qoplanishi ham yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganligini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Nizomning 2-bandiga muvofiq investitsiya loyihalari — amalga oshirilishi davlat dasturlarida nazarda tutilgan, fuqarolarning yashash va maishiy sharoitlarini, shuningdek muayyan hududni rivojlantirish va arxitektura qiyofasini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi loyihalardir. Bunday loyihalarni davlat dasturlarida nazarda tutilishi yer uchastkalarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishini yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Investitsiya loyihalari aholi farovonligi hamda turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni, shu jumladan, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda muhim rol oʻynamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 82-moddasida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari mavjud boʻlmagan taqdirda yer uchastkalari aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan olib qoʻyilishi mumkinligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu nuqtai nazardan Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan yer uchastkalarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyilishi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 82-moddasi qoidalariga mos keladi, degan xulosaga kelish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 27-moddasiga muvofiq yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 28-moddasiga koʻra, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya kelishuv, yaʼni tomonlarning roziligi bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati, shuningdek, boshqa shartlarni nazarda tutuvchi tashabbuskor va mulkdor oʻrtasida tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shakldagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning 41-bandiga binoan mulkdorlarga quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koʻchirish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy va yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning 42-bandiga muvofiq mulkdorlarga beriladigan kompensatsiyaning turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga koʻchmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 47-bandiga koʻra, olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarning 75 foizidan yozma roziligi olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning koʻchmas mulk obyektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda, rozilik bermagan (Kelishuvga erishilmagan) mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddati sud tartibida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasi mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasiga koʻra ham mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 197-moddasiga muvofiq mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, Nizomning 47-bandida qoʻllanilgan “majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish” tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilanmagan. Tashabbuskor sudga bunday daʼvo bilan emas, balki mulkdorga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini sud tartibida belgilab berishni soʻrab murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shularni inobatga olib Nizomning 47-bandida belgilangan hollarda yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdori tomonidan uning mulkini olib qoʻyilishiga rozilik berilmagan (Kelishuvga erishilmagan hollarda) mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddati sud tartibida belgilanishi Fuqarolik kodeksining 197-moddasi asosida amalga oshiriladi va bu holat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga zid emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Nizomning 1-bandida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, shu jumladan, muayyan hududning arxitektura qiyofasini oʻzgartirish va yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihalari deb ataladi) amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda amalga oshirilishining belgilanishi Konstitutsiyaning normalariga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning 45-bandidagi “Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati kompensatsiya qilib berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan past boʻlsa, ushbu farq yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi” degan qoida Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasi qoidalariga muvofiq emas. Ushbu moddaga muvofiq berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan masala yuzasidan Nizomning 45-bandidagi qoida Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasi qoidasiga qaraganda koʻproq demokratik xaraktyerga ega boʻlib, yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasining huquqini himoya qilishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilinganlarga asosan Nizomning 43 va 47-bandlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53 va 54-moddalariga muvofiq emas deb hisoblash uchun asos mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, Nizom normalarini amalda qoʻllanilishi jarayonida davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan, shuningdek, olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) ular bilan tashabbuskor oʻrtasidagi nizoni sud tartibida hal qilinishida ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 24-maydagi KQ-225-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holatini oʻrganish natijasi haqida”gi qarorida qayd etilganidek, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydonlari yoki buzilgan turar-joylar uchun kompensatsiya toʻlovlarining toʻlanishida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Xususan, mahalliy hokimliklarning 67 mlrd. soʻmlik 268 ta obyektni buzish toʻgʻrisidagi qarorlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori talablariga asosan hududiy jamgʻarmaning kuzatuv kengashi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday qarorlar Yangiyoʻl shahrida 168 tani, Qibray tumanida 53 tani, Zangiota tumanida 42 tani va Chirchiq shahrida 5 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Ombudsmanning Konstitutsiyaviy sudga murojaatida koʻrsatilgan fuqarolarning sudga qilgan murojaatlar asosida koʻrilgan ishlarning tahlili bu borada sud amaliyotida muayyan kamchiliklar mavjudligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud ushbu masalada sud amaliyotida qonuniylikni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) ular bilan tashabbuskor oʻrtasidagi nizoni sud tartibida hal qilinishi boʻyicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlarni berishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada xorijiy mamlakatlardagi mavjud amaliyotni tahlil qilish yer uchastkalarini olib qoʻyilishi bilan bogʻliq masalalar hukumat qarori bilan emas, balki qonun bilan tartibga solinishini koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda ham ushbu masala yuzasidan qonun loyihasi tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 va 109-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4, 69, 72 va 82-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 43 va 47-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tayyorlanib, umumxalq muhokamasiga qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda qoʻllanilgan ayrim tushunchalarni qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasiga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati kompensatsiya qilib berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan past boʻlgan hollarda, ushbu farq yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi tomonidan qaytarilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilinishi boʻyicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlarni berishni nazarda tutuvchi Plenum qarorini qabul qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga, shuningdek “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSQ-10-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 12/21/10/0711-son)