24.05.2021 yildagi KQ-225-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 24.05.2021 yildagi KQ-225-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holatini oʻrganish natijasi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari tomonidan mutasaddi vazirlik, idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holati oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarining kafolatlari taʼminlanishida, yerdan maqsadli foydalanish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda mazkur yoʻnalishda ayrim muammoli masalalar hamda kamchiliklar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9 614 ta holatda 1 618 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingan boʻlib, mazkur holatlar toʻliq bartaraf etilmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer ajratishda shaffoflikni taʼminlash, byurokratik tartib-taomillar hamda toʻsiqlarni qisqartirishga toʻla erishilmagan. Xususan, oʻrganishda 148,4 gektar boʻsh yer maydoni auksion savdolariga chiqarilmaganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YERELEKTRON” AAT tizimiga kelib tushgan 2 642 ta yer uchastkalaridan 1 073 tasi boʻyicha viloyatning vakolatli tashkilotlari tomonidan yer uchastkasini tanlash, materiallarini kelishish, xulosalar berish muddatlari buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydonlari yoki buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya toʻlovlarining toʻlanishida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, mahalliy hokimliklarning 67 mlrd soʻmlik 268 ta obyektni buzish toʻgʻrisidagi qarorlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori talablariga asosan hududiy jamgʻarmaning kuzatuv kengashi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday qarorlar Yangiyoʻl shahrida 168 tani, Qibray tumanida 53 tani, Zangiota tumanida 42 tani va Chirchiq shahrida 5 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilmagan hamda buzilmagan (qisman buzilgan) 45 ta turar va noturar joylar egalariga asossiz 11 mlrd 957 mln soʻmlik toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni baholash litsenziyasiga ega boʻlmagan tashkilotlar tomonidan baholangan yoki baholash hujjatlarisiz 22 nafar fuqaroga 8 mlrd 588 mln soʻmlik toʻlovlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, mol-mulk obyektlarining baholash qiymatlari, buzilishi natijasida yaroqli qurilish materiallari hamda boshqa koʻrsatkichlarning hisobga olinmaganligi natijasida 50 nafar fuqaroga 6 mlrd 193 mln soʻmlik mablagʻlar budjetdan ortiqcha sarf qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi borasida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq hamda manzilli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda yuqorida keltirilgan salbiy holatlar va ularning sabablari yuzasidan Hukumat doirasida tegishli muhokamalarni tashkil etsin hamda natijasi boʻyicha tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning 1-oktabriga qadar yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishning yagona tartibini belgilash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, boʻsh yer maydonlarini ajratishda shaffoflik taʼminlanmasdan uni auksion savdolariga chiqarmaslik hamda davlat, jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan turar va noturar joylar uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan toʻlangan kompensatsiya pullarini ortiqcha toʻlanishi holatlarini oʻrganib, tegishli tartibda huquqiy baho bersin va natijasi yuzasidan 2021-yil 1-noyabrga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydonlari yoki buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashni tartibga solish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida kompensatsiya sifatida taklif etilayotgan obyektlarning aniq manzili, qiymati va joylashuvini aks ettiradigan yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishida buzilayotgan obyektlardagi yaroqli qurilish materiallarini va boshqa koʻrsatkichlarni hisobga olmagan holda fuqarolarga toʻlovlarni hamda vaqtinchalik turar joy ajratishga qadar toʻlangan ijara toʻlovlarini ortiqcha toʻlashda aybdor boʻlgan xodimlarning javobgarlik masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YERELEKTRON” AAT tizimida aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksionga qoʻyishda ochiqlik hamda shaffoflikni taʼminlash maqsadida takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlarini bartaraf etish maqsadida masʼul davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga taqdimnomalar kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalarni bajarishda, jumladan boʻsh yer uchastkalarini ochiq auksion savdolariga chiqarishni taʼminlamaganligi uchun Ohangaron, Bekobod, Yangiyoʻl, Quyichirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent, Boʻka, Oʻrtachirchiq, Chinoz, Zangiota va Boʻstonliq tumanlari masʼul xodimlariga nisbatan choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu band ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga fermer xoʻjaliklariga yer maydonlarini berish toʻgʻrisidagi ijara shartnomalari taraflar kelishuvisiz mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bir tomonlama bekor qilinganlik holatlari yuzasidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan oʻrganish natijasida Toshkent viloyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer munosabatlarini tartibga solishda oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Ohangaron, Toshkent, Quyi Chirchiq, Qibray, Chinoz tumanlari hamda Bekobod, Olmaliq shaharlari mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli choralar koʻrishni taʼminlasin hamda natijasi yuzasidan Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Toshkent, Quyi Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Yangiyoʻl tumanlarining ayrim aholi punktlarida bosh rejalar ishlab chiqilgunga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish masalasini oʻrganib chiqib, ularni kelgusida belgilangan tartibda kimoshdi savdosi orqali sotish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda yoki oqilona foydalanmaganlik holatlarini tahlil qilsin hamda nizo boʻlgan taqdirda faqat qonun talablariga asosan mazkur huquqlarni bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu band ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi yoxud ijarachi bilan kelishilgan holda olib qoʻyish yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlar yuzasidan mansabdor shaxslarga deputat soʻrovi yuborish, zarur hollarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-225-IV-son