1-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati |
|||
|
1-bosqich |
Ariza beruvchi |
Monopoliyaga qarshi organga ariza taqdim etadi. |
O‘z ixtiyoriga ko‘ra |
|||
|
2-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
3-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida to‘siqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar) hujjatlar mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
4-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanishini aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
5-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat sohasida raqobat rivojlangani va uning faoliyati asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaganini aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
6-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganini aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
7-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi o‘zgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxona, uning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi. |
Besh kun ichida |
|||
|
8-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnomalarni yuboradi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxati va hajmlari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha. |
O‘n besh kun ichida |
|||
|
9-bosqich |
Monopoliyaga qarshi organ |
Arizani o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar asosida xulosa tayyorlaydi va ushbu xulosa maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi. |
O‘n kun ichida |
|||
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
|
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ___________________________ ________________________ dan (ariza beruvchining to‘liq nomi) |
||||
|
ARIZA |
||||
|
_____________________________________________________________ |
tashkil etishga (qayta tashkil etish), faoliyat turini o‘zgartirish, aksiyalar (ulushlar) olishga oldindan rozilik |
|||
|
(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi) |
||||
|
berishingizni so‘rayman. Asosiy faoliyat turi (turlari) _____________________________________________ |
||||
|
__________________________________________________________________________________ hisoblanadi. |
||||
|
(asosiy faoliyat turi (turlari) nomi va IFUT) |
||||
|
Ushbu arizaga quyidagi jadvalga muvofiq ma’lumotlar ilova qilinadi. |
||||
|
Ilovada keltirilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liqligi hamda ishonchliligini tasdiqlayman. |
||||
|
Ariza beruvchi rahbarining imzosi |
||||
|
Ariza beruvchi |
F.I.O., manzili, telefon raqami hamda vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatiladi. |
|
|
1. |
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish), faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish maqsadi |
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi), uning faoliyat turi o‘zgartirilishi, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish asoslari sanab o‘tiladi. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiy sektor yoki davlat sektorlari tomonidan sotilmayotgan sabablari ko‘rsatiladi. |
|
2. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli va toifasi (kichik, o‘rta yoki yirik tadbirkorlik subyekti) |
Tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatiladi. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning (uning toifasini aniqlash maqsadida) o‘rtacha yillik ishchi kuchi va o‘rtacha yillik daromadi ko‘rsatiladi. |
|
3. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turi |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat turi sanaladi (statistika kodlari bilan birga). |
|
4. |
Tashkil etilayotgan, (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sischilari (ishtirokchilari) to‘g‘risida ma’lumot |
1) Jismoniy shaxslarning F.I.O. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi (STIRi ko‘rsatilgan holda). 2) Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) soni va ularning nominal qiymati. 3) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ovoz beruvchi umumiy aksiyalar (ulushlar)ning ulushdor (aksiyador)larining foizdagi aksiyalari (ulushlari). 4) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning huquq va vakolatlari. |
|
5. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan birga bitta shaxslar guruhiga kiruvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning nomi, manzili va faoliyat turi ko‘rsatilgan ma’lumotlar. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning boshqa yuridik shaxslardagi, jumladan, xorijiy yuridik shaxslardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumot, ularning nomi, manzili va faoliyat turi. |
|
6. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqaradigan tovar (ish, xizmat)ning salohiyatli iste’molchilari ro‘yxati |
Barcha salohiyatli iste’molchilar sanab ko‘rsatiladi. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyat turi bo‘yicha umumiy bozor hajmidagi ulushi 25 foizdan oshgan xizmati iste’molchilari to‘g‘risidagi ma’lumot alohida taqdim etiladi. |
|
7. |
Xo‘jalik yurituvchi subyektni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish |
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amalga oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (e’lonlar, so‘rov natijalari, jamoatchilik muhokamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi va boshqalar). |
|
8. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ayni bozordagi yoki o‘rnini bosuvchi bozordagi subyektlar to‘g‘risida ma’lumot |
Ushbu bozor geografiyasi chegaralari doirasida ayni yoki tovar o‘rnini bosuvchi tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. |
|
9. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt realizatsiya qilishni rejalashtirayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilingan umumiy hajmi |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z mahsulotining (tovar, ish, xizmat) realizatsiya qilinish hajmi, tovar, ish, xizmatlarining realizatsiyasi, eksporti va importi hajmlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi. Realizatsiya hajmlari natural va qiymat shaklida oxirgi kalendar yil uchun statistika va bojxona kodlari ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi. |
|
10. |
Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan tovarlar eksporti va importining umumiy hajmi |
|
|
11. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar |
Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavi nusxasi. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan bo‘lsa, uning amaldagi ustavi nusxasi va biznes rejasi. |
3-ILOVA
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rasmi |
|
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI QAROR |
|
|
_______________________________________ |
|
|
(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish to‘g‘risida |
|
|
20__ y. “___” _________ dagi ____-son |
______________________________________ |
|
(ko‘rib chiqish sanasi) |
(ko‘rib chiqish joyi) |
|
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi |
|
|
_____________________________________________________________________________________________ |
|
|
(komissiyaning nomi) |
|
|
____________________________________________________________________________________, tarkibida |
|
|
(komissiya raisi va a’zolarining F.I.O., lavozimi ko‘rsatilgan holda) |
|
|
________________________________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib |
|
|
__________________________(ariza kelib tushgan sana) |
|
|
Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish bo‘yicha ____________________________________ |
|
|
______________________________________________________________________________________________ |
|
|
(ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi) |
|
|
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq |
|
|
ANIQLADI: |
|
|
_______________________________________________________________________________________________ |
|
|
(hujjatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi) |
|
|
Yuqoridagilarga ko‘ra hamda Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asoslanib, Komissiya |
|
|
QAROR QILDI: |
|
|
______________________________________________________________________________ rozilik berilsin. |
|
|
(harakatning nomi) |
|
|
Maxsus komissiya raisi __________________________________________________________________________ |
|
|
_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.) |
|
|
Komissiya a’zolari: _____________________________________________________________________________ |
|
|
_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.) |
|
2-ILOVA
|
1-18-2 |
Yuridik shaxsning ustav fondida davlat ulushining mavjudligi: |
Bor |
Yo‘q |
|
131. |
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) dastlabki rozilik berilganligi va rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi |
qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |