1-ILOVA
2-ILOVA
|
Chora tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
bajarish muddati |
Masʼullar | |
|
I. Raqobatni rivojlantirish va himoyalash tizimini transformatsiyasini amalga oshirish | ||||
|
1. |
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olish tizimidan raqobatni himoya qilishda qonun buzilishlarini oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktik) tizimiga oʻtishni nazarda tutuvchi “aqlli” monopoliyaga qarshi tartibga solishning progressiv modelini yaratish. |
1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish: monopol tashkilotlar va tabiiy monopoliya subyektlarining reyestrini yuritishni bekor qilish; “ustun muzokara kuchi” tushunchasini kiritish hamda uni nazorat qilish usullarini aniqlashtirish; raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini samarali oldini olish uchun muayyan hollarda aralashuv uchun quyi chegarani kengaytirish. 2. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishda maxsus koʻrsatmalarni (guidelines) ishlab chiqqan holda tushuntirishlar berish institutidan foydalanishni kengaytirish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
2. |
Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilishning moslashuvchan vositalarini, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan usullarni joriy etish (behavioral economics). |
1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, monopol mavqeni aniqlashda muayyan bozor ulushi koʻrsatkichidan voz kechish, asosiy eʼtiborni bozor hukmronligini suiisteʼmol qilish holatlariga qaratish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari xulq atvorini tahlil qilish tartibini ishlab chiqish. |
2020-yil | |||
|
3. Tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga toʻliq rioya qilishini ragʻbatlantiruvchi xulq-atvor iqtisodiyoti yondashuvlarini, shu jumladan “yumshoq turtki berish” (nudging) konsepsiyasini joriy etish maqsadida raqobat siyosatida institutsional innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish. |
2021-yil aprel | |||
|
3. |
Iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini tahlil qilish. |
1. Global raqobatbardoshlik indeksi metodologiyasining “Tovar bozorlarining samaradorligi” indikatori asosida tovar bozorlarida raqobat holatining tahlilini oʻtkazish va “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
2020-yil avgust |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
2. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining metodikasi asosida tovar bozorini tartibga solish indeksini (PMR) hisoblash. |
2021-yil mart | |||
|
3. Raqobat holati toʻgʻrisida yillik hisobot tayyorlash. |
2020-yil dekabr | |||
|
4. |
Sohaviy boshqaruvdan “bozorlarni boshqarish”ga oʻtish. |
Davlat organlarining nizomlariga oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan sohalarda oʻz vazifalari doirasiga raqobatni rivojlantirish boʻyicha funksional majburiyatlarni kiritish yoʻli bilan davlat organlarining raqobatni rivojlantirish masʼuliyatlarini oshirish. |
2020-yil dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
5. |
Davlat monopoliyaga qarshi nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari buzilishi xavf-xatarga asoslangan yondashuvni joriy etish. |
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini xavf-xatar kategoriyalari boʻyicha tasniflash mezonlarini ishlab chiqish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
II. Samarali faoliyat koʻrsatadigan bozorlarni yaratish, shaffoflikni va ularga kirish uchun teng sharoitlarni taʼminlash | ||||
|
6. |
Tovar va moliya bozorlariga yangi ishtirokchilarning kirishini soddalashtirish. |
Asosiy tovarlar va moliyaviy bozorlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan: farmatsevtika bozorida; qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqishda; bank sektorida; telekommunikatsiya xizmatlarida (internet, mobil aloqa); neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda; kimyoviy va mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda. |
2020-yil dekabr |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (B. Zakirov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) |
|
7. |
Tovar va moliya bozorlarida raqobat shartlarini taʼminlash. |
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida monopoliyaga qarshi talablar va qoidalar ishlab chiqish. |
2021-yil yanvar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot tarmoqlarni tartibga soluvchi vazirlik va idoralar |
|
8. |
Davlat xaridlari sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish. |
1. Davlat xaridlari jarayonida kelishilgan harakatlarni oldini olish maqsadida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunga buyurtmachilar vakillarining sonini cheklash va ishtirokchilarning affillanganligiga qoʻyilgan talablarni kiritish. 2. Tender savdolari jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini aniqlash tartibini tasdiqlash. |
2020-yil noyabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
9. |
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning xaridlarida raqobatni taʼminlash. |
Strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning xarid qilish jarayonlariga monopoliyaga qarshi talablarni kiritish. |
2020-yil sentabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
10. |
Birja savdolari mexanizmini takomillashtirish va birja savdolari uchun tovarlar turlarini kengaytirish. |
1. Jarayonni elektronlashtirish orqali yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlarning savdoga chiqarilishini monitoring qilish tartibini tasdiqlash. 2. Yuqori talab boʻlgan davrda birja savdolarida monopoliyaga qarshi choralar koʻrish va narxlarning manipulyatsiyasini oldini olish tartibini tasdiqlash. |
2021-yil fevral |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
11. |
Ulgurji va chakana savdo jarayonida raqobatni taʼminlash. |
Ulgurji va chakana savdo uchun monopoliyaga qarshi talablarni raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritish. |
2021-yil may |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
III. Tadbirkorlik subyektlarining maʼmuriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat koʻmagi koʻrsatilishini tartibga solish | ||||
|
12. |
Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga salbiy taʼsirini kamaytirish. |
1. Normativ-huquqiy bazaning monopoliyaga qarshi “kompleks taftishni” amalga oshirish — kamida 3 mingta normativ-huquqiy hujjatlarni va 20 mingta texnik tartibga solish boʻyicha hujjatlarni “gilotina” usulidan foydalangan holda raqobatga zid meʼyorlardan tozalash. |
2020-yil sentabr — 2021-yil mart |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
2. Normativ-huquqiy hujjatlarning taʼsirini “ex-ante” va “ex-post” tamoyili asosida baholash. |
2020 — 2023-yillar | |||
|
13. |
Davlat korxonalarini tashkil qilishda raqobatni ragʻbatlantiruvchi mexanizmni joriy qilish. |
1. Davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy korxonalar mavjud boʻlgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni koʻzda tutuvchi “sariq sahifalar” tamoyiliga oʻtish. 2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish. |
2020-yil sentabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) |
|
14. |
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar nazorati ostidagi davlat unitar korxonalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonini qisqartirish. |
1. Davlat unitar korxonalari, yirik davlat kompaniyalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan bozorlardagi raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oʻrganish. |
2020-yil sentabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) |
|
2. Davlat unitar korxonalarni boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish hamda alohida subyektlar sifatida yirik xoʻjalik birlashmalari tarkibidan ajratish boʻyicha “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish. |
2020-yil | |||
|
15. |
Investitsiyalarni jalb qilish orqali davlatning va yirik korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish. |
1. Yirik davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy joylashtirishga tayyorlash. 2. Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobdorlikning xalqaro standartlariga oʻtkazish. 3. Muntazam ravishda moliyaviy hisobotlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan xorijiy tillarda chop etish orqali davlat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirish. |
2020 — 2024-yillar |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov) |
|
16. |
Raqobat muhitini rivojlantirish hamda xususiy sektorni davlat organlari xoʻjalik funksiyalarini bajaruvchi alohida sohalarga jalb qilish. |
Quyidagi sohalarda akkreditatsiya tizimi va bozor ishtirokchilarini majburiy sugʻurtalashni joriy etish orqali ayrim davlat vazifalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha dasturni ishlab chiqish: qurilishdagi texnik nazorat; sertifikatlashtirish, oʻlchash vositalarini kalibrlash va oʻlchash vositalarini qiyoslash; kadastr ishlarini bajarish. |
2021-yil yanvar |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (D. Sattarov), “Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (X. Turaxujayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
17. |
“Davlat koʻmagi”ning samaradorligini oshirish. |
1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida imtiyoz va preferensiyalar koʻrinishidagi “davlat koʻmagi”ni berishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish. 2. Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish. 3. Imtiyoz va preferensiyalardan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
18. |
Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish. |
1. Quyidagi sohalarda imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini oʻrganish: telekommunikatsiyalar; avtomobillarni ishlab chiqarish; elektrotexnika sanoati; qishloq xoʻjaligi mashinasozligi; yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish; mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish. |
2020-yil dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
2. Alohida sohalarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni maqbullashtirish (bekor qilish) boʻyicha takliflarni kiritish. |
2020-yil dekabr | |||
|
19. |
Raqobat muhitiga salbiy taʼsir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliyalarni majburiy boʻlib yuborish. |
1. Amaldagi davlat ishtiroki mavjud yirik monopol korxonalarni bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish va ularning xatti-harakatlarida raqobat muhitiga salbiy taʼsiri mavjudligini oʻrganish. 2. Raqobat muhitiga salbiy taʼsir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliyalarni belgilangan tartibda majburiy boʻlib yuborish boʻyicha taklif kiritish. |
2021-yil mart |
Monopoliyaga qarshi |
|
IV. Tariflarni shakllantirishning yuqori samarali, yaʼni raqobatni ragʻbatlantiruvchi taʼsirni vujudga keltiruvchi usullarni qoʻllagan holda narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish | ||||
|
20. |
Raqobatdosh tovar va moliyaviy bozorlarda narx (tarif)larni shakllantirishda bozor mexanizmiga toʻliq oʻtish. |
Davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) oʻrnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) tartibini qayta koʻrib chiqish. |
2020-yil dekabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
21. |
Tabiiy monopoliya subyektlarining narxni shakllantirish usullarini hamda narxni shakllantirishga boʻlgan yondashuvini koʻrib chiqish. |
Narxlarni shakllantirishda progressiv bozor mexanizmlari (iqtisodiy asoslangan investitsiya qilingan sarmoya rentabelligi (Regulatory Asset Base) usuli, taqqoslash tahlili va boshqa usullar)ni joriy qilish orqali tabiiy monopoliya subyektlarida raqobatni ragʻbatlantirish taʼsirini yaratish. |
2021 — 2024-yillar |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov) |
|
22. |
Tartibga solinadigan narxlar qoʻllanilishi ustidan monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish. |
Tadbirkorlik subyektlarining tartibga solinadigan xarajatlarining asosliligini aniqlash uchun taqqoslov bozorlari va oʻzaro bogʻliq bozorlardagi narxlarning “qiyosiy qiymatlari” usulidan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibga solinadigan narxlar qoʻllanilishi ustidan monitoring qilish tartibini ishlab chiqish |
2020-yil dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
V. Tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga oʻtishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish | ||||
|
23. |
Tabiiy monopoliyalar sifatida tasniflash mezonlarini qayta koʻrib chiqish va ushbu sohalarni tubdan qisqartirish. |
1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi qonunlarni birlashtirish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
2. Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati va ishlashi, shu jumladan oʻzaro bogʻliq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyatidan kelib chiqib, tahlillar oʻtkazish. |
2021-yil fevral | |||
|
24. |
Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmalaridan kamsitishlarsiz foydalanishni taʼminlash. |
1. Tabiiy monopoliyalar subyektlarining namunaviy va boshqa shartnomalarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Tabiiy monopoliyalar infratuzilmasiga ulanish (qoʻshilish) asossiz rad etilganligi uchun javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish. |
2020-yil noyabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
25. |
Elektr energetika sohasida raqobatni rivojlantirish. |
1. Elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish boʻyicha Dastur tasdiqlash. 2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash funksiyalarini xususiy sektorga berish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlash. |
2021-yil aprel |
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
26. |
Gaz taʼminoti bozorida raqobatni rivojlantirish. |
Xususiy sektorning raqobat asosida gaz taʼminoti bozoriga kirishini taʼminlash dasturini tasdiqlash. |
2021-yil sentabr |
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
27. |
Temir yoʻllari transporti sohasida raqobatni rivojlantirish. |
Temir yoʻllari transporti orqali tashishlar bozorida quyidagilarni koʻzda tutuvchi raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish: temir yoʻllari infratuzilmasini saqlash va tashishlarni amalga oshirish funksiyalarini ajratish orqali temir yoʻllarida tashishlar xususiy bozorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish imkoniyatini oʻrganish; harakatlanuvchi tarkib operatorlari faoliyatini tartibga solish asoslari va ularning tashuvchilar bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish; kombinatsiyalashgan tashishlarga tarifni hisoblash metodikasini ishlab chiqish (yoʻnalish boʻylab har xil turdagi lokomotivlar yoki turli tashuvchilarning lokomotivlaridan foydalanish); umumiy foydalanishda boʻlmagan yoʻllarning umumiy foydalaniladigan yoʻllarga texnologik ulanishi uchun teng sharoitlarni taʼminlash; vagonlar ayri�oshlash “birja”sini tashkillashtirish, tashishlar logistikasini yanada samarali yaratish. |
2021-yil |
Transport vazirligi (E. Ganiyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
28. |
Havo transporti sohasida raqobatni rivojlantirish. |
1. Respublikaning barcha hududlarida “ochiq osmon” rejimini joriy etish dasturini tasdiqlash. |
2020-yil dekabr |
Transport vazirligi (E. Ganiyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
2. Havo transportida tashishlar bozorida turli xizmatlarni koʻrsatish uchun xususiy sektor subyektlari kirishini taʼminlash dasturlarini tasdiqlash. |
2020-yil | |||
|
3. Milliy arzon tashuvchilarni — “loukosterlarni” yaratish dasturini tasdiqlash. |
2021-yil yanvar | |||
|
VI. Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) vositalarini joriy etish | ||||
|
29. |
Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish. |
1. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) |
|
2. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish. |
2020 — 2024-yillarda | |||
|
30. |
Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) mexanizmini joriy etish. |
1. Davlat organlarida va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash, huquqbuzarlik xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish va uni monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish |
2020-yil sentabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov) |
|
2. Kamida 9 ta korxonalarda tajriba sifatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish. |
2020-yil dekabr | |||
|
VII. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, avvalo “kartel” kelishuvlari tuzganlik va til biriktirishlar amalga oshirganlik uchun huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish hamda halol raqobatni ragʻbatlantirish | ||||
|
31. |
“Kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish usullarining samaradorligini oshirish. |
“Kartel” kelishuvlari va til biriktirish boʻyicha ra?obat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oʻzgartirish boʻyicha “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
32. |
“Kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlashning tahliliy vositalarini takomillashtirish. |
Ijtimoiy muhim va monopol turdagi tovar va xizmatlarning narxlari darajasini kuzatish tartibini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
33. |
Jamiyatda til biriktirish va “kartel” kelishuvlarning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. |
1. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda “kartel”larga qarshi ijtimoiy kompaniyani ishlab chiqish. 2. “Kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yengillashtirish” dasturi samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlash. |
2020-yil dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
34. |
Nohalol raqobatni oldini olish, aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish. |
1. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yuristlar, patent ishonchli vakillari va ekspertlaridan iborat monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida mahsulot oʻxshashligini baholash boʻyicha ekspert komissiyasini shakllantirish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Intellektual mulk agentligi |
|
2. Intellektual mulk huquqlarini buzuvchi nohalol tadbirkorlik subyektlari reyestrini joriy etish. |
2020-yil | |||
|
35. |
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishi yuzasidan sudyalarning malakasini oshirish tizimini yaratish. |
Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda sudyalar uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha maxsus kurslarni tashkil qilish. |
2021-yil |
Sudyalar Oliy kengashi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
VIII. Raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish | ||||
|
36. |
Raqamli bozorlarga yangi ishtirokchilar uchun kirish shartlarini soddalashtirish. |
1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga “raqamli bozorlar” va ularni monopoliyaga qarshi tartibga solish tushunchalarini kiritish. |
2020-yil oktabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Axborot texnologiyalari |
|
2. Raqamli bozorlarda tartibga solish hujjatlarisiz innovatsiyalarni sinashga imkon beradigan “tartibga solish qumdoni” konsepsiyasi asosida maxsus huquqiy rejimni yaratish. |
2020-2021-yillarda | |||
|
37. |
Raqamli bozorlarni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini yaratish. |
Raqamli bozorlarning tovar va geografik chegaralarini tahlil qilish va aniqlash tartibini ishlab chiqish. |
2021-yil aprel |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li) |
|
38. |
Elektron tijorat sohasida raqobat muhitini takomillashtirish. |
Elektron tijorat jarayonida monopoliyaga qarshi savdo qoidalarini tasdiqlash. |
2021-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
39. |
Raqamli bozorlarda raqobatni himoya qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Raqamli bozor ishtirokchilari tomonidan raqobat qonunchiligi talablarini tezkor va samarali bajarilishini taʼminlaydigan RegTech (tartibga solish texnologiyalari) konsepsiyasiga asoslangan raqamli platformani yaratish. |
2022-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
IX. Monopoliyaga qarshi organ faoliyatini ochiqligini taʼminlash va jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi xatti-harakatlarga qarshi murosasizlikni shakllantirish | ||||
|
40. |
Respublikada sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga jamoatchilik tashkilotlarini, ekspert va biznes-hamjamiyatlarni keng jalb qilish. |
1. “Raqobat 4.0.” munozaralar maydonchasini yanada rivojlantirish. 2. Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha Ekspertlar kengashini tuzish. |
2020 — 2022-yillar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
41. |
Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish. |
1. Tadbirkorlik subyektlari uchun bozor koʻnikmalarini rivojlantirish hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga bagʻishlangan oʻquv kurslarini tashkil etish. 2. Raqobatni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida nodavlat tashkilotlarini yaratish (tuzish, tashkil qilish). |
2020 — 2024-yillarda |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
42. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatida raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ular boʻyicha tegishli choralarni koʻrishda tezkorlikni taʼminlash maqsadida axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish. |
Monopoliyaga qarshi tartibga solish boʻyicha yagona axborot tizimini yaratish va uni hududiy organlar, barcha davlat organlarining axborot-maʼlumot tizimlariga ulanishini taʼminlash. |
2020 — 2022-yillarda |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Axborot texnologiyalari |
|
43. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining samaradorligini oshirish. |
Ilgʻor xorijiy amaliyot asosida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish. |
2020-yil sentabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
44. |
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini raqobat siyosati va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablaridan xabardorligi va koʻnikmalarini yanada oshirish. |
Davlat boshqaruvi akademiyasining oʻquv dasturlarida raqobat siyosati boʻyicha maxsus kurslarni joriy qilish. |
2020-yil sentabr |
Davlat boshqaruvi akademiyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
X. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli oshirib borish | ||||
|
45. |
Monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratish. |
1. Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining magistratura yoʻnalishlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat huquqi yoʻnalishlari boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish. |
2020-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
2. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻllashga bagʻishlangan doimiy oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2020-yil dekabr | |||
3-ILOVA
|
T/r |
Chora tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Amalga oshirish shakli |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
“Tartibga solish gilotinasi” usulidan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarni yalpi xatlovdan oʻtkazilishini muvofiqlashtirish (keyingi oʻrinlarda — xatlov) boʻyicha davlat organini belgilash, uni oʻtkazish rejasi — “Yoʻl xaritasi”ni tayyorlash, xatlovdan oʻtkazilayotgan hujjatlar roʻyxatini tuzish uchun idoralararo komissiyasi tarkibini tasdiqlash hamda vazirlik va idoralarning masʼul xodimlarini tayinlash. |
2020-yil sentabr |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Yalpi xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi davlat organi huzurida xatlovdan oʻtkazish boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish. |
2020-yil oktabr |
Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
3. |
Tadbirkorlik subyektlarini “Tartibga solish gilotinasi” jarayoniga jalb etish, asosiy manfaatdor taraflar bilan maslahatlar oʻtkazish, jamoatchilik bilan ishlash rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Tashkiliy tadbirlar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
4. |
Xatlovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻllanmani, elektron savolnomani ishlab chiqish. |
2020-yil noyabr |
Qoʻllanma va rahbarlik |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
5. |
Xorijiy ekspertlarni jalb qilish, loyiha ofisi va idoralararo komissiyasi xodimlarini xatlovdan oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlarga tanishuv tashrifini tashkil etish. |
2020-yil noyabr — 2021-yil yanvar |
Amaliy tadbirlar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
6. |
“Tartibga solish gilotinasi” jarayoni uchun yagona veb-saytni tashkil etish. |
2021-yil yanvar |
Amaliy tadbirlar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
7. |
Vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari uchun “tartibga solish gilotinasi” usuli boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish. |
2020-yil oktabr — dekabr |
Tashkiliy tadbirlar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
“Tartibga solish gilotinasi” dasturining mohiyati va maqsadlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berish, shu jumladan seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, yoʻriqnoma va qoʻllanmalar va boshqa tahliliy materiallarni nashr etish. |
2020-yil noyabr — 2021-yil yanvar |
Tashkiliy tadbirlar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
9. |
Xatlovdan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil yanvar |
Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
10. |
Vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini xatlovdan oʻtkazish hamda ularni bekor qilish, qayta koʻrib chiqish yoki saqlab qolish boʻyicha aniq asoslangan takliflarni loyiha ofisiga kiritish. |
2021-yil yanvar-fevral |
Tahliliy materiallar |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
11. |
Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarining shakllantirilgan roʻyxatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini xususiy biznes vakillari va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda puxta ekspertizadan oʻtkazish. |
2021-yil fevral — aprel |
Ekspertiza xulosasi |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
12. |
Vazirlik va idoralar bilan ekspertiza xulosalari boʻyicha muhokamalarni oʻtkazish va qayta koʻrib chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning yakuniy roʻyxatini shakllantirish hamda vazirliklarning shikoyat va apellyatsiyalari boʻyicha muhokamalarni rejalashtirish. |
2021-yil aprel |
Ekspertiza xulosasi |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
13. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻplamini ishlab chiqish va uning raqobatga, biznesga va davlat budjetiga taʼsirini baholash. |
2021-yil aprel — iyul |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
14. |
Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻplamini tasdiqlash, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar milliy bazasiga kiritish. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga kiritilmagan qonun hujjatlarni avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tartibini joriy etish. |
2021-yil avgust-sentabr |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
4-ILOVA
|
T/r |
Tarmoq |
Masʼul vazirlik va idoralar |
|
1. |
Elektr energiyasi ishlab chiqarish |
Energetika vazirligi |
|
2. |
Neftgaz sanoati | |
|
3. |
Temir yoʻl transporti |
Transport vazirligi |
|
4. |
Havo transporti | |
|
5. |
Avtomobil transporti | |
|
6. |
Avtomobil yoʻllarini qurish | |
|
7. |
Qurilish |
Qurilish vazirligi |
|
8. |
Loyihalashtirish xizmatlari | |
|
9. |
Mobil aloqa xizmatlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
10. |
Internet xizmatlari | |
|
11. |
Kadastr hujjatlarini tayyorlash |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
|
12. |
Oʻlchov ishlarini olib borish va toposʼyomka xizmatlari | |
|
13. |
Sertifikatsiya va metrologiya |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
14. |
Avtomobil sanoati |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
|
15. |
Elektrotexnika | |
|
16. |
Metallurgiya | |
|
17. |
Oziq-ovqat va yogʻ-moy sanoati | |
|
18. |
Qurilish materiallari | |
|
19. |
Kimyo sanoati |