1-ILOVA
|
Rais |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Rais oʻrinbosari |
Bosh kotib |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy-metodik taʼminlash va rivojlantirish boʻlimi 2 |
Xalqaro aloqalar va marketing boʻlimi 2 |
Bosh yuriskonsult 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Paralimpiya sport turlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi 2 |
Hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan ishlash boʻlimi 2 |
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha inspektor 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Paralimpiya sport turlarini muvofiqlashtirish sektori 1 |
Hududiy boʻlinmalar bilan ishlash boʻlimi 2 |
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Sport tibbiyoti sektori 1 |
Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash sektori 1 |
Moddiy-texnik taʼminot boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
3-ILOVA
Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar | |
I. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish | ||||
1. | Sport maktablarida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlinmalar va maxsus guruhlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Sport maktablarida paralimpiya sport turlari boʻyicha boʻlimlar va guruhlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlarining toʻldirilishini taʼminlash, haftalik oʻquv-mashq ishlari rejimi, yillik oʻquv reja-grafiklarini taqsimlash boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil iyun | Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
3. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi hamda integratsiyasini dasturiy-uslubiy taʼminlash. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan sport tayyorgarligi bosqichlarida oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻtkazish yuzasidan sport turlari boʻyicha oʻquv-dasturlarini tayyorlash. | 2021-yil dekabr | Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
4. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflari boʻyicha yagona sport tasnifini ishlab chiqish. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflaridan kelib chiqib yagona sport tasniflarini (baholash mezonlari) ishlab chiqish va hamkor tashkilotlar (shu jumladan sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari) bilan kelishgan holda ularni tasdiqlash. | 2021-yil avgust | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
II. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassis va trener-oʻqituvchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash | ||||
5. | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish. | 1. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil iyul | Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
6. | Adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek, mutaxassislarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish. | 1. Hududlarda paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Ehtiyojni qoplash yuzasidan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Turizm va sport vazirligiga kiritish. | 2021-yil iyul | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi |
3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan instruktorlar va tashkilotchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil oktabr | |||
4. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda ular bilan oʻquv-mashq mashgʻulotlarini olib borayotgan mutaxassis va trener-oʻqituvchilarni, shu jumladan yosh mutaxassislarni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari sohasiga jalb etish va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish ishlarini tashkil etish boʻyicha maqsadli ishlarni amalga oshirish. | 2021-yil avgust | |||
7. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni doimiy ish bilan taʼminlash. | Sport taʼlim muassasalari hamda taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlarini ochish orqali adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar va trener-oʻqituvchilarni manzilli ravishda ishga joylashtirish. | 2021-yil davomida, kelgusida — doimiy | Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
8. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash. | 1. Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va respublika oliy sport mahorati maktablarida paralimpiya sport turlari boʻyicha shugʻullanayotgan hamda sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga kiritilgan sportchilarni ishga qabul qilish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. Qoʻshma qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash. | 2021-yil oktabr | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash uchun psixolog xizmatini tashkil etish. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha turdagi sport taʼlimi muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini yoʻlga qoʻyish va psixolog lavozimini joriy etish. | 2021-yil noyabr | Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish. | “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil dekabr | Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
III. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sporti bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
11. | Paralimpiya sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | 1. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan sport maydonchalari, sport zallari, stritbol va “Workout” sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlash va qurish. 2. Sport taʼlim muassasalari uchun paralimpiya sport turlari boʻyicha maxsus sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish. 3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishi uchun maxsus uskunalarni sotib olish maqsadida mahalliy budjetlarni subsidiyalar bilan taʼminlash. | 2021-yil sentabr | Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
4. Hududlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan sport markazlaridagi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda moslashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash. | 2021-yil noyabr | |||
12. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha sport inshootlari va sport markazlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish. | 2021-yil sentabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
13. | Rivojlantirilayotgan (mavjud paralimpiya sport turlari), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini yangi bosqichga koʻtarish va ularni har tomonlama rivojlantirish. | 1. Rivojlantirilayotgan (mavjud) paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, paraoʻq otish, parasuzish, paraakademik eshkak eshish, parakanoe, parataekvondo, parapauerlifting) yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2021-yil davomida | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Yangi tashkil etilayotgan paralimpiya sport turlarini (parastol tennisi, parabadminton, 5x5 futbol, golbol, paravelosport, parakamondan oʻq otish, bochcha, paraqilichbozlik, paratriatlon, shaxmat) ommalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2021-yil 1-avgustdan boshlab | |||
3. Kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini (paravoleybol, aravachada basketbol, aravachada tennis, aravachada regbi) ommalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2021-yil 1-oktabrdan boshlab | |||
IV. Xal?aro sport musobaqalari va tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish | ||||
14. | 2021-yil Tokioda (Yaponiya) oʻtkaziladigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash. | Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda sportchilarning Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini qatʼiy nazoratga olish, litsenziyalarni qoʻlga kiritish jarayonini har oyda muhokama qilib borish. | Har chorakda | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
15. | 2024-yil Parijda (Fransiya) oʻtkaziladigan XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish. | Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilarini 2024-yil Parijda (Fransiya) oʻtkaziladigan XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish. | 2021-yil noyabr | Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
V. Hududlarda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish | ||||
16. | Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilar pasportining (plastik shaklda) yuritilishini joriy etish va muntazam ravishda yuritib boriladigan elektron tizimni yaratish. | 2021-yil noyabr | Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
17. | Sportchi yoshlarni saralash va iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirishning mutlaqo yangi tizimini yoʻlga qoʻyish. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi uchun barcha turdagi sport taʼlim muassasalarida sport turlari sonini koʻpaytirish hamda jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish. | 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
18. | Hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish. | Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha sport va sogʻlomlashtiruvchi seksiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan monitoring olib borish. | Monitoring olib borish tartibini ishlab chiqish hamda monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish va tahlil qilish. | Har chorakda | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
20. | Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish. | Taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun sport klublarini tashkil etish yuzasidan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil sentabr | Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
VI. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida paralimpiya sport turlarini hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish | ||||
21. | Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi orqali paralimpiya sport turlarini keng targʻib qilish choralarini koʻrish. | 1. Hududlarda ommaviy axborot vositalari orqali paralimpiya sportini rivojlantirish boʻyicha telekoʻrsatuvlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash va namoyish etish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
2. Turizm va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasi asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha hududlarda respublika va xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport musobaqalari va tadbirlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishni va translyatsiyalarni tashkillashtirish. | 2021-yil davomida | |||
3. Sogʻlom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan Oʻzbekistonda paralimpiya sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targʻib qilishga, milliy qahramonlar — Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar toʻgʻrisida qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2021-yil davomida | |||
22. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish. | 1. Joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida Paralimpiya oʻyinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini manzilli tashkil etish. 2. Ijtimoiy tarmoqlarda Paralimpiya oʻyinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini yoritishga qaratilgan video roliklar yaratish. | 2021-yil davomida | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
23. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasidan kelib chiqqan holda Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil dekabr | Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |