1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar, uslubchi-yoʻriqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parasport boʻyicha faoliyat yuritayotgan trenerlar, yoʻriqchi-uslubchilarva boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda xalqaro ilgʻor tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va trenerlarni taʼlim jarayoniga shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport-taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha pullik asosda parasport boʻyicha qayta tayyorlash va qisqa muddatli maxsus kurslarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parasport boʻyicha sportchilarni oʻqitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan bilim berishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parasport boʻyicha qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash hamda ular orasidan xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashishni taʼminlashga qodir boʻlgan professional sportchilarni tayyorlash mahorati va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy hamda samarali oʻqitish dasturlari va usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv taʼlim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshitish qobiliyati past boʻlgan karlar sporti, aqli zaif boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport turlari hamda koʻzi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini oʻqitishning zamonaviy uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda iqtidorli mutaxassislar hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda paralimpiya va noparalimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv adabiyotlari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, darsliklarni ishlab chiqsin va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sport vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati trenerlar, oʻqituvchilar, jismoniy tarbiya instruktorlari, yoʻriqchi-metodistlar va sport faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha boshqa mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga koʻra malaka oshirish kurslaridan oʻtishi boʻyicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib, Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasiga taqdim etib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini moliyalashtirishda homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy davlatlar taʼlim muassasalari tajribasini joriy etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 126-uy manzili boʻyicha vaqtinchalik joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kelgusida Toshkent shahrida barpo qilinayotgan “Olimpiya shaharchasi”da joylashtirilishi nazarda tutilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qoʻyilsinki, Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlar 2022-yilda respublika budjeti mablagʻlari doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar noparalimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini zarur telekommunikatsiya xizmatlari bilan va Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
599-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor
Ilmiy-metodik kengash
Direktorning oʻquv va ilmiy-metodik ishlar boʻyicha oʻrinbosari
1
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
2
Axborot-resurs markazi
2
Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish boʻlimi
3
Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Oʻquv-mashgʻulot jarayonini ilmiy axborot bilan taʼminlash hamda ilmiy-metodika boʻlimi
2
Bosh yuriskonsult
1
Xalqaro tajribani oʻrganish va oʻqitishning zamonaviy metodikalarini joriy etish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 20 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Institut Xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonunchilik hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Mazkur Nizom paralimpiya sport turlari boʻyicha rahbar kadrlarni, sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport maktablarining paralimpiya sport turlari boʻyicha yoʻriqchi-uslubchilari va trenerlarini hamda shu sohadagi boshqa mutaxassislarni (keyingi oʻrinlarda — paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar), shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar, eshitish qobiliyati past boʻlgan karlar sporti, aqli zaif boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport turlari hamda koʻzi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari Sport vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) tomonidan tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarining paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari — Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan reja asosida nodavlat taʼlim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa — ular bilan tuzilgan shartnoma asosida Assotsiatsiya huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy davlatlarda taʼlim muassasalarini tamomlagan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning bazaviy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar toʻrt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoxud yangi mutaxassislikka ega boʻlishi munosabati bilan Institut tashabbusiga koʻra shartnoma asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan modullari (fanlari) boʻyicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, ularni ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, materiallar va ilmiy-oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash, oʻqitishning innovatsion usullari boʻyicha kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish, ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularning pedagogik yangilikka intilishni rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish darajasini oshirish, ularni ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning oʻquv mashgʻulotlari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ilgʻor taʼlim texnologiyalari va xalqaro tajribadan foydalanish, ilmiy va oʻquv-metodik tadqiqotlar olib borish hamda amaliyotga joriy etish koʻnikmalarini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni hamda sifatiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasblar va lavozimlarga boʻlgan malaka talablariga muvofiqlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati asosiy yoʻnalishlarining, taʼlim turlari va bosqichlari boʻyicha davlat taʼlim talablarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlashga, tinglovchilarning bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishga, kasbiy malaka va koʻnikmalarni hosil qilishga, taʼlimning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim talablari hajmi va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, bilim, amaliy va kasbiy mahoratning mazkur mutaxassislarga qoʻyiladigan talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi hamda uning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar tegishli taʼlim dasturlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik qayta tayyorlash — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagog boʻlmagan mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli boʻlgan tayyorgarlikka muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni paralimpiya sport turlari boʻyicha qayta tayyorlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy qayta tayyorlash — oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotga ega mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan, oʻqitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada oʻquv fani yoki kurs boʻyicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun paralimpiya sport turlari boʻyicha zarur hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish — sport faoliyatini yakunlagan va kamida birinchi sport razryadiga ega boʻlgan sportchilarning paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, zarur va yetarli hajmda yangi bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻrgatishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda tajriba orttirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil oʻqib bilim orttirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish — taʼlim dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida paralimpiya sohasiga oid taʼlimning tegishli turi oʻquv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalari va mutaxassislar tayyorlash sifatini hisobga olgan holda, davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan modullar boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish — Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, markazlar, laboratoriyalar va boshqa muassasalarda fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar boʻyicha rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, ilmiy tadqiqot uslublarini oʻrganishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda tajriba orttirish — Assotsiatsiya, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek, taʼlimni boshqarish organlari bilan taʼlim va sport taʼlimi muassasalari hamda sport tashkilotlari tajribalarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil oʻqib bilim orttirish — paralimpiya sohasiga oid taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq oʻqitiladigan modullar boʻyicha yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni mustaqil oʻzlashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy taʼlim — onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklida amalga oshiriladigan taʼlim turi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining davomiyligi hamda oʻquv yuklamasining hajmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash davomiyligi va oʻquv yuklamasining hajmi quyidagi muddatlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish — 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda kasbiy malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyoj tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar faoliyat yuritadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar) talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari uchun auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari umumiy davom etish muddati asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitishda kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashgʻulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonlari 15 — 20 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, shu jumladan, rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yigʻilmaydigan kam sonli alohida paralimpiya sport turlarida oʻquv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni, istisno tariqasida, kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus oʻquv kurslari uchun guruh talab etilgan tinglovchilar soni shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini oʻqitish qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslari boʻyicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kasbiy qayta tayyorlash mumkin boʻlgan turdosh mutaxassisliklar roʻyxati Assotsiatsiya tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Institut direktorining buyrugʻi bilan kurslar boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar Institut direktorining buyrugʻi bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning oʻquv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy maʼlumot, mutaxassislik, toifa va egallab turgan lavozimi shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, sabablaridan qatʼi nazar, kurslarga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tinglovchilarning qayta tayyorlash, maxsus oʻquv va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari boʻlgan taqdirda, ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha navbatdagi kurslarda oʻqishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Institut tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi holatlari toʻgʻrisida buyurtmachi va Assotsiatsiyaga darhol xabar beradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, trening, koʻchma mashgʻulot, mahorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllarda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Koʻchma, amaliy mashgʻulotlar ilgʻor taʼlim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida oʻtkazish, taʼlim samaradorligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish masʼuliyati Institutga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Joriy yilda rejaga kiritilmagan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar Institut bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Shartnoma asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni hamda kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Institutda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Institut buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Institutda 3 va 6 oylik maxsus oʻquv kurslari murojaat etilgan yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Namunaviy oʻquv rejasi va dasturlar sport, fan, texnika, texnologiyalar hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Institut xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish va homiylardan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi (bazaviy lavozim maoshi) boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200 foizgacha ustama haq toʻlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan rejaga kiritilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun oʻqishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi esa boshqa aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ishdan ajralgan holda Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi (“Mehnatga haq toʻlash”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tinglovchi quyidagi sabablarga koʻra kursdan chetlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursida 18 akademik soatdan, qayta tayyorlashda 36 akademik soatdan ortiq oʻquv mashgʻulotlarini sababsiz qoldirgani uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida oʻqiyotgan tinglovchilar shartnoma bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganligi sababli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda, sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan oʻta olmagan tinglovchi malaka oshirish kursida bir yil mobaynida takroran oʻqiydi. Malaka oshirish kursida takroran oʻqish tinglovchining oʻz hisobidan shartnoma asosida amalga oshiriladi va bunda buyurtmachi tashkilot tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, taʼtil berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursiga qayta yuborilgan mutaxassislar oʻqish yakunlari boʻyicha yakuniy attestatsiyadan takroran oʻtmagan boʻlsa, shartnoma boʻyicha toʻlangan toʻlov mablagʻlari qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan takroran oʻtmagan yoki asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda boʻsh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qatʼi nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular oʻz faoliyatini boshqa taʼlim muassasalarida (amalda faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda oʻzining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi va uni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiya;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Assotsiatsiya:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tizimiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birga muvofiqlashtiradi;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi kalendar yil uchun malaka oshirish kurslari boʻyicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida reja va jadvallarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tomonidan buyurtma va rejalar bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va taʼlim yoʻnalishlari rejasi va roʻyxatini shakllantiradi, shuningdek, 5-dekabrga qadar yillik reja va roʻyxatni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha murojaatlarni qabul qiladi, oʻrganib chiqadi, kontingentni shakllantiradi hamda kurslarni tashkil etish muddatini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlari hamda pedagoglar tarkibining xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi kalendar yilga paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar haqida maʼlumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqti koʻrsatgan holda Assotsiatsiyaga taqdim etadi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan reja va jadval asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni belgilangan muddatda Institutga oʻqishga yetib borishlarini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va taʼlim yoʻnalishlari rejasi va roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllantirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini Assotsiatsiyaga taqdim etib boradi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Qayta tayyorlash va maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus oʻquv kurslari taʼlim dasturlarini oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng Institut tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari, bitiruv malakaviy ish himoyasi va suhbatdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Attestatsiya komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy taʼlim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash oʻquv rejasidagi barcha modullar boʻyicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchining bilim darajasi 80 daqiqa davomida 80 ta test savollari asosida 80 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini oʻtkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun belgilangan umumiy 80 balldan kamida 44,8 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va unga bitiruv malakaviy ishni himoya qilishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilari bitiruv malakaviy ishni himoya qiladi. Bitiruv malakaviy ishi jami 50 ball bilan baholanadi, umumiy balldan kamida 28 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchilari bitiruv malaka himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va unga yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishining himoyasi umumiy 20 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar va tinglovchining sportda erishgan natijalari hamda kasbiy bilimi maksimal 50 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) va undan yuqori ball toʻplagan tinglovchi kurslardan va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda unga tegishlicha mazkur Nizomga 1, 2-ilovalarida keltirilgan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kurs sinovlarida 56 ball (56 foiz)dan kam ball toʻplagan tinglovchi kurs sinovlaridan oʻtmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini baholash maqsadida ular Institut tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari va suhbatdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Attestatsiyani oʻtkazish uchun Attestatsiya komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy taʼlim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Attestatsiya komissiyasi oʻz qarorini onlayn test sinovlari, tinglovchining yakuniy suhbat natijalarini hisobga olgan holda qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Attestatsiya komissiyasining qarori malaka oshirish taʼlim muassasasi rahbarining kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yakuniy onlayn test malaka oshirish oʻquv rejasidagi har bir modul boʻyicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchilarning bilim darajasi 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini oʻtkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yakuniy onlayn test uchun belgilangan umumiy 50 balldan kamida 28 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar, tinglovchining oxirgi 4 yillik faoliyati davomida hamda uning oʻquvchilari (shogirdlari) tomonidan erishilgan natijalar, shuningdek, sport va taʼlim sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha va kasbiy bilim darajasi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy onlayn test va attestatsiya komissiyasi suhbati jami 100 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi kurslar va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy onlayn testga ajratilgan 50 balldan 28 ball (56 foiz)dan va kurs sinovlarida 56 ball (100 ballning 56 foizi)dan kam ball toʻplagan tinglovchi kurs sinovlaridan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (oʻzgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan oʻtkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash haqida DIPLOM (tavsifi)
Qayta tayyorlash haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — toʻq yashil rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi. Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi: (Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri) Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Qayta tayyorlash haqida DIPLOM QT № 000000 Qayd raqami: ____________ Berilgan joy: ____________ Berilgan sana: 20__ yil “___” _________ QR-kod joyi Diplomning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar koʻrsatiladi: tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi; oʻqish davri; taʻlim muassasasi (tashkilot) nomi; qayta tayorlash kursining nomi va umumiy nomi; taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi; muhr oʻrni. Diplom: tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi; barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi; takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi; yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi; yorugʻlik vositasida naqshli rastr nusxasi koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoq ochiq ranglardan iborat boʻlishi; turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozlardan tayyorlanishi lozim. Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi. QR-kod diplomning chap qismi oʻng tomoniga joylashtiriladi. Mazkur diplom bosma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAYTA TAYYORLASH HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI Diplomning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus oʻquv kursi haqida DIPLOM (tavsifi)
Maxsus oʻquv kursi haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — toʻq koʻk rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi. Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi: (Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri) Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Maxsus oʻquv kursi haqida DIPLOM MK № 000000 Qayd raqami: ____________ Berilgan joy: ____________ Berilgan sana: 20__ yil “___” _________ QR-kod joyi Diplomning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar koʻrsatiladi: tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi; oʻqish davri; taʻlim muassasasi (tashkilot) nomi; maxsus oʻquv kursining nomi va umumiy soati; taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi; muhr oʻrni. Diplom: tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi; barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi; takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi; yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi; yorugʻlik vositasida naqshli rastr nusxasi koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoq ochiq ranglardan iborat boʻlishi; turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozlardan tayyorlanishi lozim. Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi. QR-kod diplomning chap qismi oʻng tomoniga joylashtiriladi. Mazkur diplom bosma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAXSUS OʻQUV KURSI HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI Diplomning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT (tavsifi)
Malaka oshirish kurslarini tugatganlik toʻgʻrisidagi SERTIFIKAT A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: sertifikat muqovasi uchun — toʻq koʻk rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi. Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi: (Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri) Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Malaka oshirganlik haqida SERTIFIKAT MO № 000000 Qayd raqami: ____________ Berilgan joy: ____________ Berilgan sana: 20__ yil “___” _________ Amal qilish muddati: 20__ yil “___” _________ gacha (QR-kod joyi) Sertifikatning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvida quyidagilar joylashtiriladi: tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi; oʻqish davri; malaka oshirish kursining nomi va umumiy nomi; taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi; muhr oʻrni. Sertifikat: tartib raqami ikkita lotin harfidan “MO” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi; barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda joylashtirilishi; takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi; yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi; yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning ochiq ranglaridan iborat boʻlishi; turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozdan tayyorlanishi lozim. Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi. QR-kod sertifikat chap qismining oʻng tomoniga joylashtiriladi. Mazkur sertifikat qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻquv kurslari takrorlanmas boʻlgan taqdirda, amal qilish muddati “ — ” chiziqcha belgisi bilan amal qilish muddatini qoʻymaslik tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MALAKA OSHIRISH HAQIDAGI SERTIFIKATNING SHAKLI Sertifikatning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)