O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-may,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 44-son, 563-modda) 1-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 9, 19, 20 va 24-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 656-modda) 2-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 10 va 12-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024 yil 1 sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 241-modda):
a) 2 va 21-bandlardagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning “1, 2, 5, 6 va 8-bosqich” pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga 3-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktoriga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 6 — 9, 14, 16, 19, 20 va 23 — 26-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qarorida:
a) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida:
a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 157-modda) 1-ilovada:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari);
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi;
Toshkent davlat agrar universiteti;
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi;
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi;
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi;
“Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi;
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati va tahlil markazi” davlat unitar korxonasi”;
ikkinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish”;
v) 11-bandda:
birinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish”;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“k) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi;
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining holatini hamda o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni monitoring qiladi va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 6-son, 150-modda) 7-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 11-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning “Ma’lumot taqdim etuvchi subyekt” ustuni II bo‘limining 9-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi 504-son qaroriga ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (B. Xalikov)” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Agrar ta’lim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga 1-ilovaning 6-bobi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)