1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini toʻlaqonli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ilmiy asoslangan axborot, zamonaviy xizmatlarni koʻrsatish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish, taʼlim, ilm-fan, ishlab chiqarish va agroxizmatlar koʻrsatish tizimining uzviy integratsiyasini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash (Sh.M. Gʻaniyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasidagi talab va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarining tizimli ravishda takomillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining yillik ish rejasini hamda ular faoliyati samaradorligini baholash indikatorlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqarish muammolariga ilm-fan orqali yechim topish maqsadida sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va qishloq xoʻjaligi klasterlari oʻrtasida kelishuvlar tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirilayotgan vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, chorvachilik yoʻnalishlari, oʻrmon va suv xoʻjaligi, ipakchilik sohalaridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ish olib boradi, qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy va professional taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2021-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlarga buyurtmalarni shakllantirish va moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Muvofiqlashtiruvchi kengash 2021-yil 1-aprelga qadar Qishloq xoʻjaligining ustuvor yoʻnalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish boʻyicha keyingi besh yilga moʻljallangan dasturni (keyingi oʻrinlarda — besh yillik dastur) ishlab chiqadi va eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Besh yillik dastur qishloq xoʻjaligi sohasidagi idoralar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, qishloq xoʻjaligi va unga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar, jumladan agrosanoat klasterlari, kooperatsiyalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarining takliflari asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) besh yillik dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy loyihalar boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etiladi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) besh yillik dasturda nazarda tutilgan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi subyektlari tomonidan taklif etilgan va budjetdan moliyalashtirilmagan yoki toʻliq moliyalashtirilmagan loyihalar hamda boshqa vazifalar Akademiya huzuridagi Qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari respublika budjeti, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish va ularning yakuniy natijasidan foydalanish istagini bildirgan qishloq xoʻjaligi subyektlari va boshqa shaxslarning mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi — Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning budjet mablagʻlari hamda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi ularni moliyalashtirish uchun boshqa mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishni istisno qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy agroxizmatlar markazlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — tuman agroxizmatlar markazlari) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika agroxizmatlar markazi, hududiy va tuman agroxizmatlar markazlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlarni jalb etgan holda yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish tizimi asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududiy agroxizmatlar markazlari Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining hududiy boʻlinmalari negizida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Respublika agroxizmatlar markazi, hududiy va tuman agroxizmatlar markazlari oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning uzoq muddatli rivojlanish tendensiyalari va inson kapitali bozori talablaridan kelib chiqqan holda sohada kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajriba asosida qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy tashkilotlarga tayyor ilmiy ishlanmalar va tegishli ilmiy maslahatlarga buyurtmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohalarining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlangan ilmiy ishlanmalarni hududlar sharoitiga moslashtirish yoʻnalishidagi tadqiqotlarni amalga oshirish, uning natijalarini bevosita qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar agrar sohasi asosiy ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda xalqaro tajribalar hamda ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyektlariga bevosita va onlayn hamda “call-markaz” orqali xizmat koʻrsatish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga asosan qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi va ilmiy-tadqiqot institutlarini transformatsiya qilishga Jahon bankining 160 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari yoʻnaltirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur mablagʻlar Akademiya, uning tizimidagi muassasalar hamda agroxizmatlar markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha mutaxassislari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, qayta tayyorlash va loyihada nazarda tutilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2021-yil 1-martdan boshlab, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat berilsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilmiy-tadqiqot muassasasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining ilmiy asoslangan holda ekilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻchilik va seleksiyasini yoʻlga qoʻyadi, yangi nav va duragaylarni yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni zararkunandalardan asrash, tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlik subyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasasining yangi nav va duragaylarni yaratish boʻyicha faoliyatini moliyaviy taʼminlashga koʻmaklashadi hamda uning natijalarini tijoratlashtirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor talablaridan kelib chiqib, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni yoʻlga qoʻyadi va uni ommalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ichki va tashqi bozorlarni topish, xalqaro standartlarga mos keluvchi laboratoriyalar, urugʻlikni saqlash, saralash, qadoqlash va meva-sabzavotni qayta ishlash uskunalarini xarid qilishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, qadoqlash, milliy brend asosida eksport qilish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) foyda soligʻi boʻyicha jami daromadni aniqlashda tadbirkorlik subyektlari — soliq toʻlovchilarning ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qatʼi nazar, Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin chegirib tashlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, 2021-yil 1-fevraldan boshlab Akademiya, mazkur Farmonga 4-ilovada koʻrsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ular tizimiga kiruvchi ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalarining (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot muassasalari) bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, bunda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning boshqaruv apparati xodimlariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati hamda Respublika agroxizmatlar markazi, hududiy va tuman agroxizmatlar markazlari xodimlariga vazirlikning hududiy boʻlinmalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari mos ravishda qoʻllaniladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari budjet mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya, ilmiy-tadqiqot muassasalarining boshqa xarajatlarini moliyalashtirish ularning ilmiy, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish va xizmat koʻrsatish faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylik xayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akademiya va ilmiy-tadqiqot muassasalariga budjetdan tashqari manbalar hisobidan shakllanadigan mablagʻlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilsin, bunda ushbu tashkilotlar:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlarni boshqarish uchun tijorat banklarida hisob raqami ochishi va undagi mablagʻlardan mustaqil foydalanishi mumkin (budjet tashkilotlarining gʻazna hisob raqamlaridan foydalanishga doir talablar ushbu mablagʻlardan foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etadi, xodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, ilmiy laboratoriyalar uchun mablagʻlarni mustaqil sarflaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarni ijrochilar va hududlar kesimida tasdiqlasin hamda ijroga qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi mazkur Farmonning ijrochilarga yetkazilishini, uning mazmun-mohiyati tegishliligi boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, aholiga tushuntirilishini hamda ijroga qaratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A.Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 30-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6159-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilgʻor texnologiyalar, ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, agrar sohada bilimlarni tarqatish va innovatsiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xizmatlarni tashkil qilish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos va eksportbop mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi oʻsimliklarning yangi navlari, ekinlarni parvarishlash hamda mahsulot yetishtirish boʻyicha resurs tejaydigan intensiv agrotexnologiyalar amaliyotga izchil tatbiq qilinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinib, sohada bozor tamoyillari hamda moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi. Xoʻjalik yuritishning zamonaviy shakllari, jumladan klaster va kooperatsiyalar tashkil etilib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, logistika tizimini kengaytirish orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, agrosanoat majmuida strategik tadqiqotlar va prognozlash ishlari tizimli tashkil etilmayotganligi sababli soha va uning tarmoqlarida mavjud muammolarni tahlil qilish asosida ilmiy asoslangan xulosalarga tayangan holda rivojlantirish istiqbollarini belgilash boʻyicha yaxlit tizim yaratilishiga erishilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada, qishloq xoʻjaligida taʼlim, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarishning chuqur integratsiyasini taʼminlash hamda ushbu tizimning samarali boshqaruv boʻgʻinlarini shakllantirish zarurati paydo boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konsepsiyaning asosiy maqsadi qishloq xoʻjaligida taʼlim, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, yangi bilimlarni yaratish va qoʻllash, resurs tejaydigan innovatsion texnologiyalar, ilgʻor xorijiy va mahalliy fan yutuqlarini joriy etish, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda agroxizmatlar koʻrsatish tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozori konyunkturasi oʻzgarishiga mos holda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan agrar taʼlim tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat majmuidagi ilmiy muassasalarning ilmiy va innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi subyektlar uchun axborot va maslahat tizimi asosida ish yuritadigan agroxizmatlar koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Mehnat bozori konyunkturasi oʻzgarishiga mos holda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan agrar taʼlim tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaqin istiqbol va kelajakdagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy va professional taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim jarayoniga raqamli va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish hamda ushbu jarayonga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, mehnat bozoridagi tendensiyalar oʻzgarib borishini hisobga olgan holda, mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining oʻzgaruvchan talablari hamda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fan dasturlari hamda darsliklarni yangilash, zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish asosida talaba va oʻquvchilarning amaliyotini tashkil etishni tubdan takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy va professional taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning istiqbolli maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida yoʻnalishlar va hududlar kesimida malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy va professional taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozori tahlillari asosida tayyorlangan xulosalarga tayanib, oliy va professional taʼlim muassasalarining kadrlar tayyorlash va oʻquv rejalarini hamda oʻquv fanlari dasturlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy va professional taʼlim muassasalarining barcha yoʻnalishlarida “Agrokonsalting” kursi doirasida oʻquv jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli yoʻnalishlarda oliy va professional taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash, jumladan oʻquv jarayoniga New Extensionist Learning Kits (agrokonsultantlarning yangi avlodini oʻqitish) vositalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markazda hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi xoʻjalik subyektlarida talaba va oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va professional taʼlim muassasalarining oʻquv laboratoriyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish hamda yangilarini qurish va jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini samarali tashkil etish Dasturini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz va uning hududiy agroxizmatlar markazlarida yangi xizmat turlarini keng joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz va uning hududiy agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan va jalb qilingan xodimlarni KPI tizimi asosida baholash mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agroxizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, oʻquv va amaliy seminar hamda treninglarni tashkil etish hamda Training of Trainers (TOT) dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini, jumladan Milliy markaz va uning hududiy agroxizmatlar markazlari bazasida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar almashinuvi va ularning kasbiy harakatchanligini taʼminlash nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Agrosanoat majmuidagi ilmiy muassasalarning ilmiy va innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish, yangi navlarni yaratish, seleksiya, urugʻchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, respublika hududlarini muayyan qishloq xoʻjaligi ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish kabi konseptual yoʻnalishlarga asoslangan ilm-fanni rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali qishloq xoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqarish muammolariga ilm-fan orqali yechim topish maqsadida sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va klaster, kooperatsiyalar, fermer hamda dehqon xoʻjaliklarining uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi va unga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar, jumladan agrosanoat klasterlari, kooperatsiyalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarining takliflari asosida Qishloq xoʻjaligining ustuvor yoʻnalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish boʻyicha besh yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur asosida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish tizimini moliyalashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish va bevosita buyurtmalarga koʻra tijoratlashtirish koʻlamini kengaytirish, Milliy markaz mutaxassislari hamda maslahatchilari malakasini oshirishning istiqbolli maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv tanqisligi mavjud boʻlgan hududlarda yer va suv resurslarini barqaror boshqarish boʻyicha xalqaro sammit oʻtkazish, hukumatlararo bitim tuzish hamda xalqaro ilmiy hamkorlik boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqqan holda tizimdagi oliy taʼlim muassasalari kafedralari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlarining oʻzaro funksional vazifalarini bajarishdagi oʻrindoshlik faoliyati doirasidagi integratsion tizimni amalga oshirish mexanizmi boʻyicha nizom ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining dastlabki urugʻchiligini tashkil etish, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan navlarning urugʻchiligini qayta tiklash, yetishtirilgan original urugʻlarni “Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga” manfaatli shartnomalar orqali yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ilmiy ishlanmalarga boʻlgan talabini inobatga olgan holda zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori boʻlgan ilmiy tadqiqot natijalarini bevosita buyurtmalar asosida ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish ishlari koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurs tejaydigan innovatsion texnika va texnologiyalar boʻyicha ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalarga oid maʼlumotlar bazasini yaratish, qishloq xoʻjaligi subyektlari uchun qulay raqamli axborot almashinuvi tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yaratilgan intellektual mulkni xalqaro miqyosda himoya qilish va moliyaviy ragʻbatlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida zamonaviy ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini, laboratoriya va tajriba uchastkalarini tashkil qilish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning sifati va natijadorligini oshirish maqsadida noyob ilmiy obyektlardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildor, issiqqa va suvsizlikka chidamli, yaxshi taʼm, yuqori darajadagi tovar xususiyatlariga ega nav va duragaylarini yaratish maqsadida jahon kolleksiyalaridan seleksiya navlari va duragaylarni introduksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat sohasini va qishloq hududlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritadigan, xalqaro darajada eʼtirof etiladigan ilmiy maktablarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi bilan bogʻliq ilmiy tashkilotlar faoliyatini qamrab oluvchi yagona ilmiy tadqiqot tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilmiy kutubxonalari bilan shartnoma asosida ilmiy nashrlar fondini boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotchilar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalarining elektron ilmiy adabiyotlar kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon standartlari asosida sohaga doir noyob tarixiy kitoblar, ensiklopediyalar, monografiya va boshqa ilmiy nashrlarning elektron kataloglar bazasini bosqichma-bosqich shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ilmiy axborot va maslahat tizimi asosidagi agroxizmatlar tarmogʻini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar soha tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va qishloq hududlarini ijtimoiy rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish, agroxizmatlar tarmogʻini yaratish va kengaytirish, taʼlim, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gollandiyaning Vageningen Universiteti bilan hamkorlikda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida jahon standartlari asosida yetakchi davlatlarning ilmiy markazlari va institutlari andozasida, milliy qishloq xoʻjaligi manfaatlariga asoslangan Ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot markazi qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha moliyalashtirish manbalari va mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda, Qishloq xoʻjaligida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha Milliy dasturni (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) ishlab chiqadi va ilmiy loyihalarning bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur quyidagi strategik yoʻnalishlarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sanitar-gigiyenik xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlari va prognozini hisobga olgan holda yer va suv resurslarini barqaror boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, jumladan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlari hamda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni kengaytirish va importni optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar soha taraqqiyotini prognozlash va rejalashtirish, monitoring va baholash, shuningdek, qishloq xoʻjaligida bilimlar va innovatsiyalar tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) binolari va infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, sinov va koʻrgazma maydonchalari inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz huzuridagi hududiy agroxizmatlar markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda ularning moddiy-texnika bazasini zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar bilan rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi faoliyatini xalqaro standartlar darajasida samarali tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida xorijiy ekspertlar guruhini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agroxizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida “raqamli axborot va maslahat xizmatlari” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar sohadagi tadbirkorlik subyektlarining xizmat turlariga va innovatsion ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojlarini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish maqsadida “daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida xalqaro standartlarni keng joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun onlayn rejimida axborot-maslahat va agroxizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda mahsulot yetishtirish boʻyicha tavsiyalarni oʻzida qamrab olgan mobil platformalarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agroxizmatlar koʻrsatish jarayonini real vaqt rejimida masofadan videokuzatish, monitoring qilish hamda agroxizmatlar koʻrsatishning sifati va tezkorligini baholash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsishi va rivojlanishini, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishini hamda ozuqa elementlariga boʻlgan talabini sunʼiy yoʻldoshlarning (Sentinel, Aist va boshqalar) spektr tahlillari orqali oʻrganishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xususiy mulkchilik, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan konsalting xizmatlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy, moliyaviy va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz va uning hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatiga agrar soha olimlari va malakali mutaxassislarni tizimli ravishda jalb etish, agroxizmatlar koʻrsatuvchi mutaxassislarning maʼlumotlar bazasini yaratish va doimiy yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish va transfer qilish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquv seminarlari va treninglar tashkil etish orqali Milliy markaz hamda uning hududiy agroxizmatlar markazlari mutaxassislari va maslahatchilarining malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyani amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini qamrab oluvchi yagona bilim va innovatsiyalar tizimi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari hamda agrotexnologiyalar texnikumlari faoliyati takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini samarali tashkil etish dasturi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz va uning hududiy agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish, qayta tayyorlash va faoliyatini sertifikatlash tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global iqlim oʻzgarishini inobatga olgan holda suv tanqis mintaqalarda yer va suv resurslarini barqaror boshqarish boʻyicha xalqaro sammit oʻtkaziladi hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda Yanlin agroinnovatsiya parki tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan intellektual mulkni xalqaro miqyosda himoya qilish va moliyaviy ragʻbatlantirishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot maslahat hamda xizmatlar tarmogʻini rivojlantirish uchun Xalqaro ekspert kengashi (International Expert Board) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi huzuridagi 100 dan ortiq xizmatlarni koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar markazlari faoliyatiga agrar soha olimlari va malakali mutaxassislarni tizimli ravishda jalb etish, agroxizmatlar koʻrsatuvchi mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari bazasi yaratiladi va doimiy yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Sh.M. Gʻaniyev
Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi
2.
J.A. Xodjayev
qishloq xoʻjaligi vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari
3.
B.T. Norqobilov
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari
4.
B.S. Yuldashev
Fanlar akademiyasi prezidenti
5.
A.X. Toshqulov
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
6.
Sh.R. Xamroyev
suv xoʻjaligi vaziri
7.
I.Yu. Abduraxmonov
innovatsion rivojlanish vaziri
8.
I.I. Norqulov
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
N.J. Bakirov
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi
10.
A.I. Maqsudov
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
11.
B.Q. Sharipov
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi
12.
Lavozimi boʻyicha
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
14.
Lavozimi boʻyicha
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori
15.
I.K. Ergashev
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
16.
A.D. Vaxabov
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
17.
A.A. Xaitov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
18.
T.Y. Rapiqov
Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri
20.
F.J. Pulatov
“Oʻzdonmahsulot” AJ raisi
21.
R.Oʻ. Mamatkulov
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi
22.
O.M. Musayev
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi
23.
M.A. Raxmatov
Paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi raisi
24.
E.A. Toshpoʻlatov
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi
26.
Lavozimi boʻyicha
“Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi raisi
27.
P.E. Raxmatullayev
“Parrandasanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
28.
B.A. Sulaymonov
Toshkent davlat agrar universiteti rektori
29.
X.B. Yunusov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori
30.
K.S. Komilov
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori v.b.
31.
Lavozimi boʻyicha
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh ilmiy kotibi, Kengash kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirilayotgan vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi
13.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Toshkent viloyati hokimligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
14.
Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
15.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
“Oʻzdonmahsulot” AJ, gʻallachilik klasterlari
16.
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti
“Oʻzavtosanoat” AJ
17.
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
18.
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
“Oʻzdonmahsulot” AJ, gʻallachilik klasterlari, Jizzax viloyati hokimligi
19.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
“Oʻzdonmahsulot” AJ, gʻallachilik klasterlari, Qashqadaryo viloyati hokimligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, zaruratga koʻra, mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-fevraldan boshlab bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (Qashqadaryo viloyati)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (Samarqand viloyati)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ozuqa ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 5-ilovaning 5, 26, 34-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 06/21/6159/0084-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)