Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) iqlim oʻzgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanganligi, uning tashkiliy tuzilmasi hamda markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyatini tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet bosh direktoriga, zarur hollarda, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (Institut bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat ixtisosligi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutga ikkita (yengil xizmat bitta shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi) avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzgidromet Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda gidrometeorologiya, xavfli gidrometeorologik hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish, aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatish va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gidrometeorologiya sohasi va uning talab yuqori boʻlgan meteorologiya, gidrologiya, gidrometeorologiyada aloqa va kommunikatsiyalar yoʻnalishlari boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan hamda xorijiy tillarni biladigan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash Toshkent gidrometeorologiya texnikumining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Institut va Toshkent gidrometeorologiya texnikumini saqlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzgidrometga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Institut xodimlarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari oʻzgarishi sababli ularning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarni budjet hisobidan moliyalashtirish 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzgidrometga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzgidromet Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzgidromet oʻz faoliyatini tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzgidrometning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzgidromet va uning tizimidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzgidrometning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi, qisqartirilgani nomi — Oʻzgidromet;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Centre of Hydrometeorological Service of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani nomi — Uzhydromet;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Sentr gidrometeorologicheskoy slujbi Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani nomi — Uzgidromet.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzgidromet joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻchasi, 72-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzgidromet tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzgidromet tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — GMITI);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent gidrometeorologiya texnikumi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Meteoinfokom).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzgidrometning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§ Oʻzgidrometning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Oʻzgidrometning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilgʻor texnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy gidrometeorologik xizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya faoliyatini keng targʻib qilish va aholi xabardorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida gidrometeorologik kuzatuvlar, gidrometeorologiya maʼlumotlarini, shuningdek, atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish va tarqatish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasidagi davlat standartlari va texnik reglamentlarni koʻrib chiqadi va takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasidagi mahalliy va xalqaro davlatlararo standartlarni uygʻunlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi, aviatsiya, mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun maxsus tezkor gidrometeorologik xizmat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga muntazam ravishda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali kutilayotgan va roʻy berayotgan ob-havo sharoitlari, tabiiy gidrometeorologik hodisalar, atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat gidrometeorologik maʼlumotlar fondi va tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat fondini shakllantiradi va yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy saqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda yer usti suvlari boʻyicha davlat suv kadastrini, shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlimiy maʼlumotlar milliy bazasini hamda gidrometeorologik axborotlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi holati toʻgʻrisida maʼlumotlar yagona elektron fondini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda meteorologik, gidrologik va agrometeorologik asbob-uskunalar va qurilmalarni tekshiradi hamda attestatsiyadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlar) ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor gidrometeorologik, iqlimiy va ularga bogʻliq atrof muhitga tegishli xizmatlar koʻrsatish maqsadida kuzatuv maʼlumotlarini yigʻish, ularga ishlov berish va sifatini nazorat qilish tizimini yaratadi va uni ishchi holatda saqlab turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari hamda masofaviy zondlash orqali olingan maʼlumotlar asosida prognoz maʼlumotlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik prognozlash modellari va tizimini yaratadi va ulardan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularni umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosi, yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlari), tuproq ifloslanishi monitoringi va fon monitoringini amalga oshiradi, atmosfera havosining ifloslanish darajasini prognoz qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularni umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim oʻzgarishi monitoringini taʼminlaydi va uning taxminiy prognozlarini taqdim etadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik kuzatuvlar tarmogʻi, shuningdek, atrof tabiiy muhit ifloslanishini kuzatish tarmogʻini yuqori texnik darajada saqlab turadi va undan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va xalqaro miqyosda gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalarga asoslanib gidrometeorologiya fanini rivojlantirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik, agrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi punktlarining maqbul joylashuvini belgilovchi yer usti kuzatuv punktlari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajriba va innovatsion yutuqlardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot uslublarini takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya va unga bogʻliq sohalar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalar, malakaviy va kasbiy tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablarni eʼtiborga olgan holda kadrlarni tanlash mexanizmi va ish jarayonini tashkil etishni takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi va moslashish, atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi va raqamli texnologiyalar sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha stajirovkalar va seminarlar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya xizmati markazi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashni, davlat organlari bilan samarali axborot hamkorligini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya xizmati markazi raqamli va telekommunikatsiya infratuzilmasining texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya tizimida kuzatuvlarni real vaqt rejimida amalga oshirish boʻyicha “aqlli” operativ monitoring tizimlarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilgʻor texnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy gidrometeorologik xizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish orqali milliy manfaatlarga koʻmaklashuvchi tegishli xalqaro majburiyatlarni, shu jumladan, Jahon meteorologiya tashkiloti konvensiyasi, BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi va ushbu Konvensiyaga doir bayonnomalar va bitimlar, YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi, xalqaro iqlimiy moliyalashtirish jamgʻarmalari, jumladan, Moslashish jamgʻarmasi doirasidagi majburiyatlarni bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish orqali milliy manfaatlarga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) faoliyatida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy ixtisoslashtirilgan meteorologiya markazi, shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti Jahon ob-havo xizmatining Mintaqaviy telekommunikatsiya markazi funksiyalarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida (IKAO) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli meteorologik organi vazifalarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida xorijiy turdosh muassasalar bilan tajriba almashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) gidrometeorologiya faoliyatini keng targʻib qilish va aholi xabardorligini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik maʼlumotlar va koʻrsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar roʻyxatini oʻz rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalar xodimlari, gidrometeorologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ekspertlik va jamoatchilik muhokamalari tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlar orqali hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§ Oʻzgidromet markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzgidromet markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarning prognoz koʻrsatkichlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada xalqaro va fuqaro aviatsiyasi meteorologik taʼminotini tashkil qilish va taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon ob-havo xizmatining global telekommunikatsiya xizmatida gidrometeorologik va yoʻldosh maʼlumotlarini yigʻish, ularga ishlov berish va tarqatish milliy va mintaqaviy markazi funksiyalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi monitoringini olib borish uchun grant va xorijiy investitsiyalarni gidrometeorologiya sohasiga jalb etish, davlatlararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, Oʻzgidromet xodimlarining ishga kirish va xizmatda koʻtarilish tartibi va mezonlarini ishlab chiqish, xodimlarning odob-axloq normalariga rioya qilishini, kadrlarning qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasida masofaviy oʻqish texnologiyalarini kiritish, xorijiy va mahalliy oliy toifali mutaxassislarning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida Oʻzgidromet faoliyatining dolzarb jihatlari, gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalari yoritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet markaziy apparati, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy tashkilotlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy tashkilotlarda faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllari va usullarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni taʼminlash orqali aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzgidromet markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi ustidan kuzatuvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meteorologik va gidrologik prognoz maʼlumotlarni tayyorlaydi, atmosferaning ifloslanish darajasi prognozlari, shuningdek, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi, ob-havoning keskin oʻzgarishi, atrof tabiiy muhitning yuqori va ekstremal yuqori ifloslanish darajasi toʻgʻrisida yetarlicha oldindan ogohlantirishlar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrometeorologiya yoʻnalishida avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilish va zamonaviy modellashtirish usullarini qoʻllash asosida qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi holati toʻgʻrisida prognoz maʼlumotlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor isteʼmolchilarni maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida turli kuzatuvlar boʻyicha tezkor maʼlumotnoma materiallar, rejimli maʼlumotnoma materiallarni nashrga tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarga turli ogohlantirishlar, prognozlar, maʼlumotnoma materiallar va soʻrovlar boʻyicha gidrometeorologik sharoitlar, atrof tabiiy muhit ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida, huquqiy taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro intizomini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet tizimiga yosh yuqori malakali kadrlarni jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga tashkiliy va texnik rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet va uning rahbariyati faoliyatining tashkiliy va axborot-tahliliy taʼminotini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va metodik nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-ishlab chiqarish tarmoq tashkilotlarini inspeksiya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat gidrometeorologik maʼlumotlar fondi va tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat fondini shakllantirish va yuritishni taʼminlaydi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy saqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet oʻz vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, xoʻjalik-ishlab chiqarish va boshqa masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (shuʼbalari) bilan vakolatlari doirasida oʻzaro hamkorlikda ish olib borish hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari boʻysunuvidagi tarmoq boʻlinmalariga metodik rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tarmoq boʻlinmalarining ish sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududidagi meteorologik, iqlimiy, agrometeorologik va gidrologik sharoitlar xususiyatlarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalari asosida iqtisodiyot tarmoqlarini ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik maʼlumotlar bilan taʼminlashni tashkil qilish va maʼlumotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasida xorijiy investitsiyalar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik yordam fondlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardan loyihalarni boshqarish tamoyillariga muvofiq samarali foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari ifloslanishining tizimli kuzatuvlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va aholini gidrometeorologik tabiiy ofatlar, ob-havoning keskin oʻzgarishlari, tabiiy muhitning ifloslanishi toʻgʻrisida oldindan ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻlinmalar tarmogʻidan olinadigan gidrometeorologik maʼlumotni toʻplash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarmoq boʻlinmalarini modernizatsiyalash va texnik jihozlash yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarmoq boʻlinmalarida foydalaniladigan texnik vositalar holatining zarur darajasi va ishonchli ishlashini taʼminlash, kuzatuv va oʻlchov hamda gidrometeorologik maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish va tarqatish texnik vositalaridan toʻgʻri foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik tarmoq boʻlinmalarining faoliyatini tizimli nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, xoʻjalik-ishlab chiqarish va boshqa masalalarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻzgidromet va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Oʻzgidrometning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida markaziy apparat, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar mulkini bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet xodimlarini faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha bajargan parametrlarni hisobga olib, moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gidrometeorologik materiallarni, shuningdek, gidrometeorologik maʼlumotlardan foydalanishning iqtisodiy samarasini baholash uchun noqulay gidrometeorologik hodisalar natijasida yetkaziladigan ziyon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika organlaridan bepul asosda Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistik maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini Jahon meteorologiya tashkiloti va Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashda belgilangan tartibda ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini ekspertlar sifatida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aeronavigatsiya manfaatlari uchun meteorologik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmat koʻrsatish va atrof tabiiy muhit ifloslanishini tahlil qilish ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya sohasidagi dolzarb va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va atrof muhit ifloslanishi monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb faoliyatida yuqori natijalarga erishgan gidrometeorologiya sohasi xodimlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzgidromet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, shuningdek, gidrometeorologiya sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ning samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularni himoya qilishni taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Oʻzgidromet markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzgidromet markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan davlat boshqaruvi organi markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Oʻzgidrometda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash uchun belgilangan tartibda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, bu maqsadlarda ekspert va ishchi guruhlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor hal etish talab qilinadigan va Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tomonidan markaziy apparat va uning rahbariyati topshiriqlari bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzgidromet markaziy apparati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmaviy va hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida samarali bajarilishi, markaziy apparat boʻlinmalari ishini tashkil etish, Oʻzgidromet faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ning samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilishni taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet vakolatiga tegishli sohada muhim muammolarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun hududiy miqyosda idoralararo komissiyalarva kengashlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet markaziy apparati va boshqa tashkilotlardan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejali metodik inspeksiyalarni oʻtkazish uchun Oʻzgidromet markaziy apparati mutaxassislarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida boʻysinuvidagi tarmoq tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet markaziy apparati bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatdagi muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilishni taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻzgidromet rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar Oʻzgidromet bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet, shuningdek, uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Oʻzgidromet boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Oʻzgidromet faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, uzoq muddatli va joriy ish rejalarini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Oʻzgidrometning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini yuqori sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, ularni Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash tartibi va ularni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti va Vazirlar Mahkamasining reglamenti talablariga muvofiq ravishda taqdim etish, ularni Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqishda, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati oldida himoya qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Oʻzgidromet xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Oʻzgidromet tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini, jumladan, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda “yagona darcha” tamoyilini joriy etish orqali yaxshilash va “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullarni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzgidromet xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini Jahon meteorologiya tashkiloti va MDH davlatlari Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashida belgilangan tartibda ifodalash, xalqaro hamkorlik rejalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspeditsiya va xizmat safarlarining rejalari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy gidrometeorologik boshqarmalarining shtatlar jadvali hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat xodimlari, tuzilmaviy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarini, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzgidromet tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning tashkiliy tuzilmasiga va markaziy apparati tuzilmasiga, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida kadrlar tayyorlash, gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitoringi sohasidagi xodimlar va mutaxassislarni uzoq muddatli va samarali ishlanganligi, alohida ajralib turishi, xizmatlari va tavsiyalar bilan taʼminlangani uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar Oʻzgidromet bosh direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet bosh direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-sonqaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet hayʼati qarorlari, Oʻzgidromet bosh direktorining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida hududiy gidrometeorologik boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologik boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Oʻzgidromet bosh direktorining tegishli oʻrinbosarlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet hayʼati qarorlari, bosh direktor va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzgidromet rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Oʻzgidromet tomonidan tasdiqlangan Oʻzgidromet xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagilar Oʻzgidrometning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining oylik va choraklik ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet hayʼati qarorlari, Oʻzgidromet bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boʻlinmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarda xodimlarni ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet rahbariyatiga hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Oʻzgidromet xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik kuzatuvlar va ishlarni bajarishda hududiy boshqarma xodimlarining xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari va mehnatni muhofaza qilish holati uchun javobgarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Oʻzgidromet rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzgidromet bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Oʻzgidromet javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bosh direktor oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Oʻzgidromet faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Oʻzgidromet rahbariyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻzgidrometga Vazirlar Mahkamasi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktorning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet bosh direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet bosh direktori maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktor oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bosh direktor boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari bosh direktorning buyrugʻiga asosan boshqa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bosh direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻz faoliyatini Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oʻzgidromet markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriqlarni hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzgidromet markaziy apparatiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Oʻzgidromet markaziy apparatiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Oʻzgidromet bosh direktorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Oʻzgidrometning boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oʻzgidromet oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xavfli gidrometeorologik hodisalar xavfi yuzaga keladigan holatlarda, shuningdek, sel va koʻchkilar faollashuvi davrida Oʻzgidromet tegishli ogohlantirishlar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda qaror qabul qilish uchun masʼul boʻlgan boshqa davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Oʻzgidromet faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻzgidrometning hayʼati va Texnik kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻzgidrometda bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Oʻzgidromet hududiy boʻlinmalari rahbarlari, Oʻzgidromet faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan Oʻzgidromet faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Oʻzgidromet tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda tarkibiy va hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet faoliyati sohasidagi davlat dasturlari hamda tarmoq va hududiy dasturlar amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda Oʻzgidromet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Oʻzgidromet rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Hayʼat majlisiga Oʻzgidromet vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari Oʻzgidromet bosh direktorining buyruqlari va farmoyishlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet bosh direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Oʻzgidromet bosh direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet vakolatiga kiradigan muhim muammolarni koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun Texnik kengash tuziladi. Texnik kengash tarkibi va Texnik kengash toʻgʻrisidagi nizom Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Oʻzgidrometni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Oʻzgidromet va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek, mehnatga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga har yili ajratiladigan mablagʻlar va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidromet xodimlari uchun davlat boshqaruvi organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Oʻzgidromet xodimlari belgilangan tartibda bepul maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgidrometning borish qiyin boʻlgan stansiyalari xodimlari belgilangan tartibda bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oʻzgidromet xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. “Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan Oʻzgidromet va uning tizimidagi gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga gidrometeorologik xizmatlar, xususan, ob-havo prognozi maʼlumotlari, xavfli gidrometeorologik hodisalar prognozi, gidrometeorologiya yoʻnalishida ilmiy yangiliklar yaratgan olimlar, yosh mutaxassis gidrometeorologlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzgidromet xodimi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan xodimlar mehnatga haq toʻlash bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti Oʻzgidrometning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Oʻzgidrometning Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Oʻzgidromet bosh direktori Oʻzgidrometning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Vazirlar Mahkamasining sohaga mutasaddilik qiladigan Departamenti boshligʻi Oʻzgidromet rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Oʻzgidromet faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Oʻzgidrometning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Oʻzgidrometni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor
Ilmiy kengash
Direktor oʻrinbosari
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi boʻlimi
2
Amaliy meteorologiya boʻlimi
2
Iqlimshunoslik va iqlim oʻzgarishi boʻlimi
2
Glyatsiologiya boʻlimi
2
Gidrologiya boʻlimi
2
Tabiiy muhit ifloslanishi tadqiqoti boʻlimi
2
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
Ilmiy kotibguruhi
2
Ilmiy-texnik kutubxona mutaxassisi
1
Moliya-iqtisod boʻlimi
3
Agroiqlimiy resurslar va agroekologik monitoring laboratoriyasi
2
Sinoptik va sonli ob-havo prognozlari laboratoriyasi
3
Iqlimni modellashtirish laboratoriyasi
3
Qor va muzliklar tadqiqoti laboratoriyasi
3
Gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish va suv resurslari laboratoriyasi
4
Ekologik monitoring laboratoriyasi
4
Nashriyot boʻlimi
2
Bosh yuriskonsult
1
Bulutlar fizikasi va atmosfera jarayonlariga faol taʼsir etish laboratoriyasi
3
Amaliy iqlimshunoslik laboratoriyasi
3
Yer usti suvlari sifati tadqiqoti laboratoriyasi
4
Xavfli gidrologik hodisalar tadqiqoti laboratoriyasi
3
“Kumbel”, “Chimyon”, “Aranchi” va “Shahrisabz” noyob ilmiy obyektlarning kuzatuv guruhlari
14
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 70 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 28 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarning hajmidan kelib chiqqan xolda, ilmiy xodimlar (ilmiy xodimlarning umumiy cheklangan sonidan tashqari) shartnoma asosida ilmiy-texnika loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladilar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12 va 34-bandlaridan va II-bobining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari” boʻlimi nomidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzurida Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi 985-son qarori 1-ilovasi 24 qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. B.M. Xolmatjanov — Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi toʻrtinchi xatboshisidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-noyabrdagi 970-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilovaning rus tilidagi matnida nomidan va izohning 2-bandidan “pri Ministerstve po chrezvichaynim situatsiyam” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 2-ilovaning rus tilidagi matnida nomidan va izohning 3-bandidan “pri Ministerstve po chrezvichaynim situatsiyam” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi, 10-bandi beshinchi xatboshisidagi, 18-bandi birinchi xatboshisidagi va Nizomga ilova sxemasidan hamda izoh qismining 6-bandidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1062-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarorining 4 va 6-bandlaridan, 1-ilovaning 15-bandi uchinchi xatboshisidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorining 4-bandidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori9-bandidagi “1755,0 kv.m (3-liter)” soʻzlari “2662,0 kv.m (5-liter)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-iyundagi 355-son qarori 2-bandi uchinchi xatboshisidagi hamda ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzgidromet”“ soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisidagi hamda Nizomga ilova sxemaning “Subyektlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)