Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 831-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-mart,
14-2021-B son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi B. BEGALOV
2021-yil 24-mart
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 01-mart
Vazir D. KUChKAROV
2021-yil 18-mart
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 24-martdagi 14-2021-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan 1999-yil 30-avgustda 1569/03-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 831, 1999-yil 13-oktabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 28-sentabrdagi 170-son “Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 831-1, 2010-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 388-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 4-iyundagi 27-B-son “Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 831-2, 2012-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 305-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/831-3/0265-son)