OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
MEHNAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI ROʻYXATGA OLISh, ULARNI IShGA JOYLAShTIRISh, IShSIZLIK NAFAQASINI TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 831-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 24-martdagi 14-2021-B-sonli “Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 831-3, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 30-avgustda 1569/03-1-son bilan tasdiqlangan “Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (1999-yil 13-oktabr, roʻyxat raqami 831) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
170-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 388-modda)