Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
MEHNAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI ROʻYXATGA OLISh, ULARNI IShGA JOYLAShTIRISh, IShSIZLIK NAFAQASINI TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 831-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 24-martdagi 14-2021-B-sonli “Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 831-3, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ–1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 561-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 17-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan 1999-yil 30-avgustda 1569/03-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (1999-yil 13-oktabr, roʻyxat raqami 831) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-iyun,
27-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 305-modda)