1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan dasturlar (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) doirasida so‘nggi 3 yil davomida 600 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlariga 15 trillion so‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish, ularning o‘z biznesini tashkil etishiga ko‘maklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlari (keyingi o‘rinlarda — Dastur koordinatorlari):
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni Dasturlar, vakolatli banklar va hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash bo‘yicha vakolatli hisoblansin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilayotgan mablag‘lar doirasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan qishloq va mahallalarda, ularning ixtisosligidan kelib chiqib, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olishda talabgorlarga “Agrobank” ATB, AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit oluvchi jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng kredit mablag‘lari mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.10.00 Banklararo operatsiyalar va yuridik, jismoniy shaxslar o‘rtasida operatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,3 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan “Agrobank” ATBga — 700 mlrd so‘m, “Mikrokreditbank” ATBga — 400 mlrd so‘m va AT Xalq bankiga — 200 mlrd so‘m yo‘naltirsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi. Kafolat jamg‘armasi. Taraqqiyot jamg‘armasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli banklarga Dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 1,5 trln so‘mlik kredit resurslari ajratilishini;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Aloqabank”ka asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSH dollari ekvivalentida va “Turonbank” ATBga (ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Turonbank” ATB ustav kapitalini oshirish orqali) tadbirkorlik subyektlarining 10 sotixdan kam bo‘lmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
(4-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi mazkur qarorning 4-bandi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln so‘m kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-yilda qoplanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga qoplangan mablag‘lar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini ta’minlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda sektor rahbarlari Dasturlar bo‘yicha kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishining ta’minlanishida vakolatli banklarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5041-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga muvofiq “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasidan ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi Moliya vazirligiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurs mablag‘lari yoshlar (45 mln AQSH dollari) va xotin-qizlarning loyihalari uchun (45 mln AQSH dollari) yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-yanvardagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4964-son qaroriga muvofiq “Tomorqa xizmati” MCHJlar, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ajratiladigan mablag‘lar. Mazkur mablag‘larning kamida 50 mlrd so‘mi “Turonbank” ATB orqali limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mlrd so‘m
T/r
Hudud nomi
Jami
shundan:
“Har bir oila — tadbir kor” dasturi
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi
Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi
Bandlikka ko‘maklashish dasturi
Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi
JAMI:
9 040
5 538
354
498
125
1 125
1 400
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
643
415
23
24
8
72
100
2.
Andijon viloyati
788
488
25
74
8
93
100
3.
Buxoro viloyati
632
368
25
51
9
79
100
4.
Jizzax viloyati
502
283
20
22
7
71
100
5.
Qashqadaryo viloyati
707
450
35
28
14
80
100
6.
Namangan viloyati
785
502
39
49
10
86
100
7.
Navoiy viloyati
506
284
19
26
7
69
100
8.
Samarqand viloyati
866
578
35
46
13
94
100
9.
Surxondaryo viloyati
727
466
35
33
13
80
100
10.
Sirdaryo viloyati
473
258
18
22
6
68
100
11.
Toshkent viloyati
677
419
25
27
9
97
100
12.
Farg‘ona viloyati
836
542
27
60
9
98
100
13.
Xorazm viloyati
595
355
28
28
8
77
100
14.
Toshkent shahri
303
131
7
6
60
100
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori 9-bandining “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablag‘larni “Tomorqa xizmati” MCHJni va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini kreditlash uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida, bankning yillik 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda taqdim etish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3, 5, 7 va 18-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining har bir oilani o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari bo‘yicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ishtiyoqida bo‘lgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yo‘naltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo‘lgan turlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o‘rganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxati va hajmi yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish va yo‘nalishlar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini o‘tkazish va sotib olishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad topish imkonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish (shu jumladan, budjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga ko‘maklashish vazifalari yuklatilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Hududiy ishchi guruhlarga:” so‘zlari “Tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga:” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ninchi xatboshidagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga” so‘zlari “hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar” so‘zlari “Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi bo‘yicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishga tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari a’zolari o‘z qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur koordinatorlari hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandining “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2022-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga sektor rahbarlari va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, moliya vazirining o‘rinbosari Q.X. Taparov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalovlar Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “J.A. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Komissiyasi raisi” so‘zlari “J.A. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Komissiyasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Sh.D. Kudbiyev — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari “N.B. Xusanov — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “A.Ya. Xaydarov — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “Q.X. Taparov — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “A.R. Karimov — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari” so‘zlari “S.M. Xolxo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “S.M. Xolxo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari” so‘zlari “A.A. Kamalov — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmaydigan holda” so‘zlari “2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llangan holda, bozor stavkalarida,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“90 mln AQSH dollari ekvivalenti, shundan 45 mln AQSH dollari ekvivalenti “Mikrokreditbank” ATBga va 45 mln AQSH dollari ekvivalenti AT Xalq bankiga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga kreditlar ajratish uchun 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki ushbu mablag‘larni mazkur qarorning 5-bandida ko‘rsatilgan yangicha tartibda mikrokreditlash maqsadlariga yo‘naltirsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida davlat maqsadli resurslari hisobidan kreditlar “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha tegishli o‘quv kurslarini tamomlagan shaxslarga yagona mikrokreditlash dasturi asosida ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya vazirligi “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalqi banki boshqaruvlari tarkibiga ijtimoiy yo‘naltirilgan mikrokreditlash sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan xorijiy malakali mutaxassislarning jalb qilinishini ta’minlasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvariga qadar “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankining aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha yangi biznes modelini ishlab chiqsin va unda quyidagilarga e’tibor qaratsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki bilan birgalikda tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borishning yagona “raqamli” tizimi joriy etilishini ta’minlaydi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)