07.06.2018 yildagi PQ-3777-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish — mini-klasterlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining har bir oilani o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari bo‘yicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ishtiyoqida bo‘lgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yo‘naltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo‘lgan turlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o‘rganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxati va hajmi yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish va yo‘nalishlar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini o‘tkazish va sotib olishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad topish imkonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish (shu jumladan, budjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga ko‘maklashish vazifalari yuklatilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oila va xonadonlarni xatlov asosida qamrab olgan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish davomida oilalarning tadbirkorlik g‘oyasi va ko‘nikmasi, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovli va ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchi har bir oilaning tadbirkorlik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish, yashash hududining xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun keng qamrovli yo‘nalishlar berish va ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish istagida bo‘lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish ishlarini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish, ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga ko‘ra faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatilishida tavsiyalar hamda ko‘mak berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda kamida bir marta tadbirkorlikni yangi tashkil qilgan oilalarga tashrif buyurib, faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganib borish, ularni bartaraf etish va ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish natijalari bo‘yicha hudud va respublika miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar va takliflarni hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga zarur bo‘lgan holatlarda Dasturda belgilangan vazifalarni qo‘shimcha moliyalashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Dastur doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari Jamg‘armaga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladigan yo‘nalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib borsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki, tijorat banklari tomonidan kreditlar:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg‘armaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300 million so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi bo‘yicha, 2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 300 million so‘mdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari a’zolari o‘z qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur koordinatorlari hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini yengillashtirish choralarini ko‘rsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalanilmayotgan yer maydonlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda ushbu yer maydonlarini Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ajratish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin va natijasi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda tuman va shaharlarda zamonaviy mini-texnologiyalar va boshqa uskunalar sayyor ko‘rgazmalarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Joriy yilning 10-iyunidan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila — tadbirkor” hududiy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Hududiy dastur) amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimi (Sh.Q. Abdurahmonov) joriy yilning 10-iyuniga qadar mazkur qarorda ko‘rsatilgan ishchi guruhlarni tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududiy dasturda ko‘zda tutilgan vazifalarni moliyaviy ta’minlash maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur koordinatorlari mazkur mablag‘larni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlasin hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (A.K. Mirsoatov) ushbu kredit mablag‘larini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz to‘lov sharti bilan qayta moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Andijon viloyati hokimligi (Sh.Q. Abdurahmonov) manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda naslli qoramol, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori bo‘lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko‘paytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining ko‘rgazmalarini tashkil etish va aholi xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish va kelgusida har bir xonadonda mavjud chorva mollari va parrandalarni vaksinatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, aholiga nasldor mollarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta yem, vitaminlar, premikslar, qo‘shimchalar hamda veterinariya preparatlarini yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoatlashgan chorvachilik klasterlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Belgilansinki, respublikaning boshqa hududlarida Dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni keng ko‘lamda yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3777-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 07/18/3777/1325-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)