28.08.2008 yildagi 530-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni taʼminlash uchun senatorlar hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan ishchi guruhlar tuzilsin. Ishchi guruhlar tarkibiga xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari (kelishuvga muvofiq) kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
530-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-avgustdagi 530-I-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori (bundan buyon matnda Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror deb yuritiladi) mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarga, ular jazoni qayerda oʻtayotganligidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorga koʻra asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Amnistiyani qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror har bir shaxsga nisbatan yakka tartibda qabul qilinadi. Zarur maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda amnistiyani qoʻllanish masalasi qoʻshimcha materiallar olingunga qadar, lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib turiladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlarning soʻrovlari betoʻxtov bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllanishda qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik hisobga olinmaydi. Jinoyat toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga binoan jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun hukm etilgan shaxslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod qilingan shaxslar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlanganligidan qatʼi nazar, sud tomonidan tayinlangan jazolardan ozod qilinganlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hukmi chiqarilmagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni tushunish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllanish quyidagilarga nisbatan sudlar tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ish yurituvida (barcha instansiyalarda) qaysi shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar boʻlsa, shu shaxslarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmi qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda saqlanmayotgan shaxslarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar surishtiruv va tergov organlari ish yurituvida boʻlgan shaxslarga nisbatan — prokurorning iltimosnomasiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan — jazoni ijro etish muassasasi yoki organining boshligʻi (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida prokurorning iltimosnomasiga koʻra.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllanish masalasi sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotganda prokurorning ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni uch oylik muddat oʻtganidan keyin qoʻllanish masalasi sudlar tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1-bandini qoʻllanishda oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolardan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror mazkur bandining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “a” va “b” kichik bandlari taʼsir doirasiga, yoshidan qatʼi nazar, ayollar va jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “v” kichik bandi taʼsir doirasiga 1948-yil 28-avgustga qadar tugʻilgan erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “g” kichik bandi taʼsir doirasiga jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi uchun qonuniy asoslar boʻlmagan chet davlat fuqarosi boʻlgan shaxslar tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan tegishli davlatlar elchixonalarining yoxud konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha aniqlanadi. Amnistiya qilinadigan shaxslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, ularning fuqaroligi doimiy yashab kelgan mamlakatlarining amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya qilinadigan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolaridan faqat jinoyat sodir qilingunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtganlar va ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda shu mamlakatda yashash guvohnomasi berilganlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlatlarning tegishli organlaridan bunday shaxslarning fuqaroligi yoki ularning muqaddam sudlanganligi masalalariga doir zarur maʼlumotlar olish xalqaro shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslari boʻlmagan chet el fuqarolari Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli Qarorida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuboriladi (deportatsiya qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar oʻz ish yurituvlarida chet el fuqarolari xususidagi ishlar boʻlgan taqdirda, bu shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarurligi haqida tegishli idoralarga darhol xabar qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 2-bandi taʼsir doirasiga ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan, shuningdek ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir qilganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar, tayinlangan jazo turi va miqdoridan qatʼi nazar, tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 3-bandi taʼsir doirasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari qaroriga asosan aktiv shakldagi sil kasalligiga (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) chalingan deb topilgan mahkumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi deb topilgan mahkumlar tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu band javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari tugatilmaydi. Ularni tergov qilish va sudda koʻrib chiqish umumiy tartibda amalga oshiriladi va asoslar boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi talabiga asosan ayblov hukmi chiqarib, aybdorni mazkur hukm bilan tayinlangan asosiy jazodan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 4-bandi taʼsir doirasiga sodir etgan jinoyatining ogʻirlik darajasi va tayinlangan jazo miqdoridan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini haqiqatda oʻtashning ikki yildan koʻp boʻlmagan muddati qolgan mahkumlar tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu band javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 5-bandi taʼsir doirasiga sodir etgan jinoyatining ogʻirlik darajasi va tayinlangan jazo miqdoridan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini haqiqatda oʻtashning uch yildan koʻp boʻlmagan muddati qolgan mahkumlar tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 6-bandini Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasidagi asoslar boʻyicha, yaʼni shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etgan holda qoʻllanishda Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid materiallar va ishlar Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 7-bandi bilan belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda tugatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergovchi, surishtiruvchi amnistiya aktiga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilishi kerak boʻlgan materiallar, shuningdek tugatilishi lozim boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha prokurorga amnistiya aktini qoʻllanish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va unga material yoki jinoyat ishini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror taqdimnomani material yoki jinoyat ishi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlsa, amnistiya aktini qoʻllanish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻrib chiqib, amnistiya aktini qoʻllanish toʻgʻrisida yoki prokurorning iltimosnomasini rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish (protest bildirish) tartibini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shaxslarning harakati oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik ishlarini sudda yuritish tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini amnistiya akti asosida tugatilishiga, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, u vafot etgan taqdirda esa, uning yaqin qarindoshlaridan biri bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda jinoyat ishi boʻyicha ishni yuritish umumiy tartibda davom ettiriladi va asoslar boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 1-bandi talablariga asosan jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organining boshligʻi (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) prokurorga mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllanish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va unga mahkumning shaxsiy yigʻmajildini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror taqdimnomani mahkumning shaxsiy yigʻmajildi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlsa, amnistiya aktini qoʻllanish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻrib chiqib, amnistiya aktini qoʻllanish toʻgʻrisida yoki prokurorning iltimosnomasini rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish (protest bildirish) tartibini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 7-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, mazkur kichik band amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga; oʻta xavfli retsidivistlarga; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan mahkumlarga; muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.1. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 7-bandining “b” kichik bandiga muvofiq Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 1-bandining amal qilishi oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.2. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 7-bandining “v” kichik bandiga muvofiq Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 1, 2, 5 va 6-bandlarining amal qilishi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.3. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan qoʻllanilib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingunga qadar olib tashlanmagan va amal qilish muddati tugamagan ikkita yoki undan ortiq intizomiy jazosi boʻlgan mahkumlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shartli hukm qilinib, hukmda tayinlangan jazoni oʻtash uchun yuborilganlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga oʻtkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jazoni oʻtash vaqtida, hukm ijrosi kechiktirilgan yoki sinov muddati mobaynida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar deb hisoblash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b”, “v”, “g” kichik bandlarida qayd etilgan shaxslar, agar ular hibsga olingan kundan eʼtiboran bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsagina, jazo oʻtash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik bandida qayd etilgan shaxslarga (ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror, agar hukm kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 8-bandiga muvofiq Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 3 va 4-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslarga tatbiq etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bu toifadagi shaxslarga, ularning yoshi, jinsi va fuqaroligidan qatʼi nazar, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 3 va 4-bandlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining tegishli xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumning sodir etgan jinoyatdan chin koʻngildan pushaymonligi toʻgʻrisidagi yozma arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining mahkumni amalda pushaymonligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumning yaqin qarindoshlari hamda uning yashash joyidagi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining kafillik xati boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy koʻnikmasi va himoyasiga oid choralarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali tarzda hal etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va sudlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari orasidan hududiy komissiyalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifasi jazodan ozod qilingan shaxslar toʻliq hisobga olinishini taʼminlash va ularni ishga joylashtirish, yolgʻiz, yordamga muhtoj shaxslarni nogironlar va qariyalar uyiga joylashtirish, voyaga yetmaganlarni ota-onalarining, vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirish, zarur hollarda ularni tegishli taʼlim muassasalariga yuborilishini taʼminlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman va shahar hokimlariga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan birgalikda Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilayotgan shaxslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlar va taqiqlangan tashkilotlarning sobiq aʼzolariga nisbatan koʻrilayotgan tarbiyaviy taʼsir choralarining uzluksizligini taʼminlash yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan tezkor guruhlar tashkil etilishini taʼminlaydi. Tezkor guruhlarga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalari joylashgan hududlardagi tegishli prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tezkor guruhlarning asosiy vazifasi Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning har bir mahkumga nisbatan alohida, moneliksiz va xolisona qoʻllanilishi hamda qonuniylik buzilishlarining oldini olish ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilayotgan 1 va 2-guruh dispanser roʻyxatidagi sil kasalligiga chalingan shaxslarning hisobga olinishini va maxsus davolash muassasalariga joylashtirilishini (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida ozod qilinayotgan chet davlat fuqarolarining hisobga olinishini hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishini (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda) taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni taʼminlash maqsadida senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan ishchi guruhlari tuziladi. Ishchi guruhlarining amnistiya aktini qoʻllanish tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy jazoni ijro etish muassasalari va organlarini borib koʻrish, mahkumlar bilan suhbatlar oʻtkazish hamda ularning shaxsiy yigʻmajildlari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv va dastlabki tergov organlari yurituvidagi materiallar va jinoyat ishlari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya aktini qoʻllanishga oid materiallarni oʻrganishda va koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya akti asosida ozod boʻlgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar ahvolini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya aktining ijro etilishi jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zimmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash maqsadida amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni taʼminlovchi ishchi guruhlarining asosiy eʼtibori amnistiya aktini qoʻllanishdagi suiisteʼmolliklar, mazkur aktni noqonuniy qoʻllanish yoki uni qoʻllanishni rad qilish hollarini aniqlashga qaratilishi kerak. Aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallar koʻrib chiqilishi va chora koʻrilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Nizomning 17, 18 va 20-bandlarida qayd etilgan vazirliklarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimlarning) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.