23.12.2020 yildagi 806-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va ularning xizmatlaridan (ishlaridan) foydalanuvchilar oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” faoliyat turi kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
806-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni xabar berish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar (xizmatlar) buyurtmachilari — oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslangan xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatga jalb qiladigan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus mobil ilova — mobil telefonlar (planshetlar) uchun moʻljallangan “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi dastur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yoʻnaltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi (registr) — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzini oʻzi band qilganlar toʻgʻrisidagi oʻzaro bogʻliq axborotni saqlash, oʻzgartirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma — oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboriladigan va fuqaroning oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan elektron shakldagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi (registr) davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatga jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tatbiq etilmaydi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soʻrovnoma oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda mustaqil ravishda, davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, roʻyxatdan oʻtkazish elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilgan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini yuritishning moʻljallanayotgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning mobil telefon raqami va u bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomada oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat faoliyatini amalga oshiradigan hudud boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda maʼlumotnoma davlat tilida rasmiylashtiriladi. Shaxsning xohishiga koʻra maʼlumotnoma rus va ingliz tillarida yoki imkon boʻlsa, boshqa tilda rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maʼlumotnomani maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda qogʻoz shaklida ham olishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga maʼlumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda haq undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu summa toʻligʻicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs oʻz mehnat faoliyatini toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar davlat soliq xizmati organiga faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bildirishnomani maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma oʻzini oʻzi band qilgan shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmaydigan davrda ijtimoiy soliqni toʻlashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maxsus mobil ilova orqali quyidagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalarni va koʻrsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun toʻlovlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu maʼlumotlardan keyinchalik, shu jumladan, kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va isteʼmolchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar boʻyicha toʻlov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlari ochishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maxsus mobil ilova orqali daromadlar va xarajatlar hisobini yuritayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotnoma oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun norezidentlardan chet el valyutasidagi toʻlovlarni tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga kirim qilish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va ularning xizmatlaridan (ishlaridan) foydalanuvchilar oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va ishlar (xizmatlar) buyurtmachilari oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs bilan ishlar (xizmatlar) buyurtmachisi oʻrtasidagi ish muomalasi odatlariga asoslangan oʻzaro munosabatlarda ogʻzaki shaklda bitim (shartnoma) tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlariga asoslangan oʻzaro munosabatlarda yozma shaklda shartnoma tuzish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bitim (shartnoma) tuzishda tomonlar uning shartlarini, shu jumladan, undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish va uni bekor qilish shartlarini mustaqil belgilab oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bitim (shartnoma) ishtirokchilari uning tomonlari hisoblanadilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq majburiyatlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bitimni (shartnomani) bajarish bilan bogʻliq nizolar tomonlarning oʻzaro roziligi bilan yoki sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda soʻrovnomani toʻldirish.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Mavjud maʼlumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) asosida davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan maʼlumotnomani yuborish.

1. Real vaqt rejimida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

Maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yuklab olish.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning xohishiga koʻra

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTNOMA №______

Fuqaro __________________________________________________________________ ga

(jismoniy shaxsning toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda)

20__ yil “____” ________da oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida berildi.
‎Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

(JSHSHIR):

_____________________

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):

_____________________

Faoliyatni amalga oshirish manzili: ___________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________

T/r

Amalga oshiriladigan
‎faoliyat tur(lar)i

Faoliyat
‎boshlangan sana

Faoliyat toʻxtatilgan sana

1.

2.

‎‎

‎‎...

‎‎ ‎‎

Maʼlumotnoma ___________________________________________ tomonidan berilgan.

(roʻyxatga qoʻyilgan davlat soliq xizmati organining toʻliq nomi)

QR-kod

Ushbu maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridagi maʼlumotlar asosida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasidir.

QR-kodni mobil qurilma orqali skaner qilib maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandning sakkizinchi xatboshisiga “yakka tartibdagi tadbirkorlar” soʻzlaridan keyin “, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisiga “tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi” soʻzlaridan keyin “va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 12-bandning oltinchi xatboshisiga “tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan” soʻzlaridan keyin “oʻzini oʻzi band qilgan” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi sakkizinchi xatboshisiga “tadbirkor” soʻzidan keyin “oʻzini oʻzi band qilgan shaxs” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 17-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan boʻlishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-ilovadagi “I. Umumiy maʼlumotlar” boʻlimining 1 — 20-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-20.

Soliq rejimi

Aylanmadan olinadigan soliq

Qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

d) 6a-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 7-ilovaning 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5.

Joylashgan joyining (pochta manzilining) oʻzgarishi (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda).

oʻzgargan paytdan boshlab

10 kun mobaynida

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar yigʻilishini amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi 832-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomidan va 1-bandidan “uchastka” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq toʻlovlari hisobiga mablagʻlar elektron platformada ishlashga moslashtirilgan koʻp funksiyali maxsus toʻlov dasturlari yoxud toʻlov terminallari orqali bevosita bank plastik kartochkalari va naqd pul shaklida undirilishi tartibi belgilansin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektron platformada ishlashga moslashtirilgan koʻp funksiyali maxsus toʻlov dasturlari yoxud toʻlov terminallari orqali toʻlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaraqlariga keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda oʻtkazilishini taʼminlasinlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xoʻjaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilovaning 4-pozitsiyasi “Maʼlumotlar mazmuni” ustunidagi “fuqarolar uchun amaldagi vaqtinchalik mehnat guvohnomasiga ega boʻlgan fuqarolarning” soʻzlari “shaxslarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilovaning 3-bandi “g” kichik bandiga “tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar” soʻzlaridan keyin “oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasiga ega boʻlgan fuqarolar” soʻzlari “shaxslar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 10-bandi 2-kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ragʻbatlantiruvchi imtiyozlar berish choralarini koʻradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshlari tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning oʻttiz toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ragʻbatlantiruvchi imtiyozlar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshisidagi “oʻzini oʻzi band qilganning vaqtinchalik mehnat guvohnomasi olinganligi” soʻzlari “oʻzini oʻzi band qilganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-maydagi 283-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandga “xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlaridan keyin “(belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 8-bandiga “xoʻjalik yurituvchi subyektlarga” soʻzlaridan keyin “(belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga 1-ilovaning 23-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)