1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.18.00 Mehnat daftarchalari va ishlaganlik to‘g‘risida boshqa hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida” 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga o‘zini mehnat daromadi bilan ta’minlaydigan shaxslarning mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalari (keyingi o‘rinlarda mehnat guvohnomalari deb ataladi) beriladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi bo‘yicha) pulli asosida beriladi, ushbu to‘lovlarni undirishdan tushgan tushumlarning bir qismi o‘zini o‘zi band qilganlarning pensiya sug‘urtasini ta’minlashga maqsadli yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan maqomiga ega bo‘lgan fuqarolarni shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash hisobiga, 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deb ataladi) va 20 foizi tumanlar (shaharlar) budjetlariga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizga to‘lanadigan ishsizlik bo‘yicha nafaqani va kasbga o‘qish davrida stipendiyani ololmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga mehnat guvohnomalarini olish uchun onlayn-maydonchani ishlab chiqsin va amaliyotga tatbiq etsin, uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq joriy etiladigan “Yagona mehnat milliy tizimi” axborot tizimiga integratsiyalashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin hamda ularning negizida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va ularning xizmatlari (ishlari) potensial buyurtmachilari o‘rtasida shartnoma tuzish uchun samarali faoliyat ko‘rsatadigan maydonchalar tashkil etish orqali ular ish usullarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va natijadorligini oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar ish izlayotgani va taklif etiladigan xizmatlar to‘g‘risida o‘z reklama e’lonlarini joylashtirishda mehnat guvohnomasi borligi haqidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda ko‘rsatishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vaqtinchalik mehnat guvohnomalaridan foydalanishning, shu jumladan, mehnat stajini hisobga olish huquqi bilan rasmiy bandlik maqomini olishning va rag‘batlantiruvchi imtiyozlar olishning ustun jihatlari haqida aholi orasida keng tushuntirish ishlarini tizimli va doimiy asosda olib borsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tadbirkorlik sohasida huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritish haqida taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Qo‘chqorov va bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
566-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini (keyingi o‘rinlarda vaqtinchalik mehnat guvohnomasi deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnat maqomi O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandchilik faoliyati subyektlari va dehqon xo‘jaliklari a’zolariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilganlarning ma’lumotlar bazasi (registr) — “Yagona mehnat milliy tizimi” axborot tizimida o‘zini o‘zi band qilganlar sifatida ro‘yxatga olingan o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq axborotni saqlash, o‘zgartirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda mehnat guvohnomasi deb ataladi) — mehnat organi tomonidan beriladigan va fuqaroning o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqini beradigan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar (xizmatlar) buyurtmachilari — o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslangan xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qiladigan fuqarolar va yuridik shaxslar (tashkilotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona mehnat milliy tizimi” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda YaMMT deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha axborotni, shu jumladan, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini birlashtiradigan, shuningdek, boshqa milliy axborot tizimlari va platformalari bilan hamkorlikni ta’minlaydigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatini mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan va o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn-maydon — o‘zini o‘zi band qilganlar bilan mehnat organlarining elektron aloqa kanallari orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, axborot va texnik yechimlarning dasturiy-apparat kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mehnat guvohnomasi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra jismoniy shaxsning murojaati asosida 1 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mehnat guvohnomasi berilgan sanadan boshlab va mehnat guvohnomasida ko‘rsatilgan muddatning amal qilishi tamom bo‘lgunga qadar butun davrga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat guvohnomasining amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro yangi mehnat guvohnomasi olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin, bunda takroriy murojaatlar soni cheklanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mehnat guvohnomasini berish uchun o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tanlagan amal qilish muddatiga qarab ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnat guvohnomasi berilganligi uchun to‘lov ariza beruvchi tomonidan mehnat guvohnomasi olish uchun ariza berilgan vaqtda biryo‘la to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnat guvohnomasini berish to‘g‘risidagi axborot YaMMTga kiritiladi, o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (registr) yaratiladi va parallel ravishda YaMMTda shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnat guvohnomasining asl nusxasi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroda u pensiya yoshiga to‘lguniga qadar saqlanadi, nusxasi esa uni bergan mehnat organida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilotlar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan maqomiga ega fuqarolarni shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mehnat organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy organlari o‘rtasida axborot ayirboshlash elektron raqamli imzo (ERI) majburiy tartibda qo‘llangan holda faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi mehnat guvohnomasini berish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlar berish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizga to‘lanadigan ishsizlik bo‘yicha nafaqani va kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida stipendiyani ololmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mehnat guvohnomalari blankalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat organlari buyurtmanomalari bo‘yicha shakllantiriladigan buyurtmasi bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mehnat guvohnomasini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan fuqarolarning arizasi asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ular doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi bo‘yicha) ushbu Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat guvohnomasini berish uchun ariza o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan mehnat organiga shaxsan taqdim etilishi, vakili orqali, buyurtma xat bilan yoxud elektron shaklda mehnat guvohnomalarini olish uchun onlayn-maydoncha (keyingi o‘rinlarda onlayn-maydoncha deb ataladi) orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arizada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi mehnat guvohnomasini olishni xohlagan muddat (oylar soni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ular bo‘yicha vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan tasdiqlangan Faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatidan xizmatlar (ishlar) turlari (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra) ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini yuritishning mo‘ljallanayotgan joyi (hudud) (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra ko‘rsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining pochta manzili, mobil telefon raqami va u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi olishdan manfaatdor bo‘lgan mehnat organi tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli xizmat(lar) tur(lar)i ko‘rsatiladi (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra ko‘rsatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining 3x4 o‘lchamli bitta fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat guvohnomasini berish uchun ariza berishda ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatga mos miqdorda (oylar soni) mehnat guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro onlayn-maydoncha orqali ariza bergan bo‘lsa, uni tasdiqlash o‘z mobil aloqa vositasiga qisqa xabar (keyingi o‘rinlarda SMS-xabar deb ataladi) olish orqali olingan tegishli kodni kiritish yo‘li bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga quyidagi fayllar biriktiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining 3x4 o‘lchamli fotosuratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi mehnat guvohnomasini olishni xohlagan muddatga (oylar soniga) muvofiq miqdorda mehnat guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi skanerlangan to‘lov hujjati. To‘lovni onlayn-maydoncha orqali amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mehnat organi uch kun muddatda arizani ko‘rib chiqadi va ariza beruvchini SMS-xabar, yozma murojaat, telefon yoki faks orqali quyidagilar haqida ogohlantiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat guvohnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda — mehnat guvohnomasi beriladigan sana va vaqt to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — rad etish sababi to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza berishda (fotosurat biriktirilgan holda) va onlayn-maydoncha orqali to‘lovni amalga oshirishda mehnat organi ariza beruvchini mehnat guvohnomasi beriladigan sana va joy to‘g‘risida avtomatik ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mehnat guvohnomasini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ko‘rsatilgan ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ko‘rsatilgan faoliyat turining o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ular bo‘yicha vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan tasdiqlangan Faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat guvohnomasi berish uchun ariza berilganda ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatga (oylar soniga) muvofiq miqdorda mehnat guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan to‘lov to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati nusxasining, yoxud pul mablag‘lari tushganligining tasdig‘i mavjud emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatilishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlanishi oqibatida mehnat guvohnomasini berish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga uch ish kuni mobaynida tegishli tuzatishlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat guvohnomasini berish uzil-kesil rad etilganda mehnat guvohnomasini berish uchun to‘langan pul mablag‘lari tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan hisob raqamiga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan mehnat guvohnomasi o‘rniga o‘zini o‘zi band qiluvchining mehnat organiga bergan arizasi bo‘yicha mehnat guvohnomasining dublikati berilishi mumkin. Bunda mehnat guvohnomasi dublikati tayyorlanganligi uchun belgilangan bazaviy hisob-kitob miqdorining o‘n foizi miqdorida xarajatlarni qoplash uchun to‘lov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘zini o‘zi band qilganlar va ularning xizmatlaridan (ishlaridan) foydalanuvchilar o‘rtasidagi fuqarolik- huquqiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va ularni xizmatlar ko‘rsatish hamda ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qiluvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda xizmatlar va ishlar buyurtmachilari deb ataladi) o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bilan xizmatlar va ishlar buyurtmachisi o‘rtasidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish muomalasi odatlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda — og‘zaki shaklda bitim (shartnoma) tuzishga yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda — yozma shaklda shartnoma tuzish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bitim (shartnoma) tuzishda tomonlar uning shartlarini, shu jumladan, undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish va uni tugatish shartlarini mustaqil belgilab oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bitim (shartnoma) ishtirokchilari uning tomonlari hisoblanadilar, majburiyatlar qabul qiladilar va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bitimni (shartnomani) bajarish bilan bog‘liq nizolar tomonlarning o‘zaro roziligi bilan yoki sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnat guvohnomasining amal qilish davrini mehnat stajida hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mehnat guvohnomasida ko‘rsatilgan o‘zini o‘zi band qilish tartibidagi mehnat faoliyatini amalga oshirish davri “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lingan paytdan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblash uchun qabul qilinadigan ish stajiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mehnat guvohnomasi berilgan sana pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga yoziladigan davrning birinchi kuni, mehnat guvohnomasida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugaydigan sana ushbu davrning oxirgi kuni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. O‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyati amalga oshirilishi davrlarini tasdiqlash uchun Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limi uch kun muddatda o‘zini o‘zi band qiluvchining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YaMMTdan so‘raydi va oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. YaMMTda jamlanadigan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning ma’lumotlar bazasidan (registridan) va jismoniy shaxsni ishga joylashtirish shaxsiy tarixidan olingan ma’lumotlar ham o‘zini o‘zi band qilish tartibida ishga joylashishning tegishli davrini pensiya hisoblab chiqarish uchun jismoniy shaxsning mehnat stajida hisobga olish uchun asos hisoblanadi. Bunda berilgan mehnat guvohnomalarini taqdim etish orqali bu ma’lumotlarni tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mehnat guvohnomasining amal qilish davri bu davrda o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyati amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar pensiyani hisoblab chiqarish uchun mehnat stajiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. O‘zini o‘zi band qilganlarga pensiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli mikrokreditlar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tijorat banklari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga imtiyozli mikrokreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son qarorida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mehnat organlari kamida olti oy amal qiladigan muddatga mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. O‘zini o‘zi band qilganlarga imtiyozli mikrokredit bozor iqtisodiyoti prinsiplaridan kelib chiqib, texnik-iqtisodiy asoslarni va kreditni qaytarish salohiyatini hisobga olib, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berish uchun tasdiqlangan Faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatida nazarda tutilgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) tur(lar)ini amalga oshirish va rivojlantirish maqsadlarida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. O‘zini o‘zi band qilganlarga mikrokreditlar mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. O‘zini o‘zi band qilganlarni o‘qitishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslarni kasbga o‘qitish markazlarida, kasb-hunar kollejlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish monomarkazida, boshqa kasbga o‘qitish markazlarida, shu jumladan, nodavlat kasbga o‘qitish markazlarida (keyingi o‘rinlarda kasbga o‘qitish markazlari deb ataladi) uch oygacha davom etadigan qisqa muddatli kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish kurslarida (keyingi o‘rinlarda kasbga o‘qitish deb ataladi) bepul o‘qitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kasbga o‘qitish markazlarida o‘zini o‘zi band qilganlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish va o‘qitish uchun xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro o‘qishdan o‘tish uchun oldin mehnat guvohnomasini bergan mehnat organiga o‘qish yo‘nalishini va o‘qish boshlanadigan taxminiy sanani ko‘rsatgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mehnat organi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning murojaati asosida tegishli o‘qitish dasturlarini tanlaydi va zarur dasturlar bo‘lganda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga tegishli kasbga o‘qitish markaziga yo‘llanma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro(lar)ni o‘z(lar)i tanlagan yo‘nalish(lar) va muddatlar bo‘yicha kasbga o‘qitish markaziga kasbga o‘qitish uchun yuborish imkoniyati bo‘lmaganda mehnat organi kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv guruhlari tashkil etish uchun buyurtmanomani shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. O‘zini o‘zi band qilganlarni jamoat ishlariga jalb qilish va mehnat qurollarini ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra jamoat ishlariga belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilganlarga mehnat qurollarini (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari va hokazolarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli asosda berish punktlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. O‘zini o‘zi band qilganlarga imtiyozli asosida berish uchun mehnat qurollari va shaxsiy himoya vositalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari butun O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vaqtinchalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) tur(lar)idan tashqari o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ular bo‘yicha vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan tasdiqlangan Faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiritilgan istalgan boshqa faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlarini amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. O‘zini o‘zi band qilganlar tomonidan kimyoviy va oson portlaydigan moddalarni qo‘llashni talab qiladigan xizmatlar (ishlar) bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. O‘zini o‘zi band qilish tartibida ishlarni bajaruvchi shaxslar bilan yoki ular ishtirokida yuz bergan baxtsiz hodisalar va sog‘liqqa yetkazilgan boshqa zararlar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tekshirilishi va hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Buyurtmachi — yuridik shaxs o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mehnatga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatga olishni va mehnat guvohnomasi berishni rad qilish bilan bog‘liq yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning vaqtinchalik mehnat guvohnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning vaqtinchalik mehnat guvohnomasi tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma o‘lchami 102 mm x 62 mm bo‘lgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli to‘g‘ri burchakli 100 foiz paxtadan yasalgan maxsus qog‘ozda* tayyorlanadi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanog‘i” ko‘rinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofsetli yozuv, hudud kodi, seriyasi ikki harfli, tartib raqami olti sonli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy ta’sirga bardoshli matbaa bo‘yog‘idan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista qo‘shilib ketishi ta’minlangan. Juda kattalashtirilganda ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan mikromatn ko‘rinadi. Maxsus qabariq va o‘yiqlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotin alifbosida davlat tilida yozilgan matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomadagi yozuvlar guvohnomani bergan Maxsus xizmatlar markazining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtampi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilganda haqiqiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra va texnik imkoniyatlar bo‘lganda belgilangan namunadagi guvohnoma xalqaro standartlar tavsiyalari asosida o‘lchami 102 mm x 62 mm bo‘lgan plastikdan tayyorlanishi mumkin. Guvohnomaning rangi — oq. Lotin alifbosidagi davlat tilidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berilganligi uchun undiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TO‘LOV MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik mehnat guvohnomasi quyidagi muddatga beriladi (oylar)
To‘lov miqdori (bazaviy hisoblash miqdori baravari)
1
0,5
3
1,4
6
2,6
9
3,7
12
4,5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qiluvchining vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish uchun arizasi
Menga o‘zini o‘zi band qiluvchining vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berishingizni va meni “Yagona mehnat milliy tizimi” axborot tizimida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida �o‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
Familiyasi, ismi, otasining ismi:_________________________________________________ Pasport: seriya ______ №_____________. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami: _________________________________________
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida amalga oshirilayotgan faoliyat tur(lar)i (xizmatlar, ishlar):_________________________________________________________________________
Guvohnoma quyidagi muddatga so‘ralayapti: __________ oy. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs mehnat faoliyati amalga oshiriladigan taxminiy joy:__________________________________________ Aloqa qilish uchun ma’lumotlar: Uy manzili:________________________________________________________ Telefon: ______________, SMS-xabar uchun telefon:________________ elektron pochta________________ Shaxsiy imzo: _______________________________ Ariza berilgan sana: 20___ yil “____”________
Ariza qabul qilinganligi haqidagi belgi: Ariza qabul qilingan sana: 20___ yil “____” _______________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyekt
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish uchun tegishli mehnat organiga 3x4 o‘lchamli fotosuratni ilova qilgan holda ariza (qog‘oz yoki elektron shaklda) beradi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Mehnat organi
1. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligini tekshiradi.
2. “Yagona mehnat milliy tizimi” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritadi va arizani ro‘yxatga oladi.
3. Ariza beruvchiga:
guvohnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — guvohnoma beriladigan sana va joy;
guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — rad etish sababi to‘g‘risida sms-xabar yuboradi.
Ariza tushganidan keyin 3 ish kuni mobaynida
3-bosqich
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro
1. Pasportning raqami va seriyasini hamda STIRni ko‘rsatgan holda belgilangan miqdorda to‘lov to‘laydi.
2. Mehnat organida shaxsan o‘zi yoki vakili orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning rasmiylashtirilgan vaqtinchalik mehnat guvohnomasini oladi.
Ariza berilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

Uyda repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda va guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish
OʼOʼB — 1.1.1
2.
Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
OʼOʼB — 1.1.2
3.
Bemorlar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa shaxslarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
OʼOʼB — 1.1.3
4.
Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish
OʼOʼB — 1.1.4
5.
Xizmat binolarini tozalash, yuridik shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
OʼOʼB — 2.1.1
6.
Uyda mebellarni ta’mirlash va yig‘ish
OʼOʼB — 1.1.5
7.
Murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, ta’mirlash-qurilish ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)
OʼOʼB — 1.2.1
8.
Santexnika uskunasini mayda ta’mirlash va o‘rnatish
OʼOʼB — 1.2.2
9.
Kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj ishlari (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsat bo‘lganda)
OʼOʼB — 1.2.3
10.
Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari
OʼOʼB — 1.3.1
11.
Fermer xo‘jaliklari egalari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va hayvonlarga qarab turish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari)
OʼOʼB — 1.3.2
12.
Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini tuzish ishlari
OʼOʼB — 1.3.3
13.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish
OʼOʼB — 1.3.4
14.
Chorva mollarini o‘tlatish, ularga qarab turish
OʼOʼB — 1.3.5
15.
Kompyutyerlarni ta’mirlash va sozlash, litsenziyalangan dasturiy ta’minot o‘rnatish, saytlarni, kompyuter di�aynini ishlab chiqish, tizim ma’muri xizmatlari
OʼOʼB — 1.4.1
16.
Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani ta’mirlash
OʼOʼB — 1.4.2
17.
Avtomobillarni mayda ta’mirlash
OʼOʼB — 1.4.3
18.
Avtomobil yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash
OʼOʼB — 1.4.4
19.
Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari
OʼOʼB — 1.5.1
20.
Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xomashyo to‘plash
OʼOʼB — 1.5.2
21.
Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda)
OʼOʼB — 1.6.1
22.
Bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish
OʼOʼB — 1.7.1
23.
Tovarlarni yetkazib berish, ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan, shaxsiy transportdan foydalanib yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)
OʼOʼB — 1.8.1
24.
Xizmat binolarini tozalash, yuridik shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
OʼOʼB — 2.1.1
25.
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Faoliyat (xizmatlar, ishlar) turi kodi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning vaqtinchalik mehnat guvohnomasida ko‘rsatiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun olingan mablag‘larning 60 foizi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga quyidagi mazmundagi kichik band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“r) o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilovaning 4-pozitsiyasi “Ma’lumotlar mazmuni” ustuniga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun amaldagi vaqtinchalik mehnat guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarining o‘rtacha yillik soni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilova 9-bandining to‘rtinchi xatboshiga “dehqon xo‘jaligi a’zolari” so‘zlaridan keyin “o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar” so‘zlari qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 320-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 10-bandi 2-kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarga ko‘maklashadi, ularning ro‘yxatga olinishini va ularga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar berish choralarini ko‘radi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blankalarini realizatsiya qilishdan va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berishdan tushgan daromadlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish