18.11.2020 yildagi 726-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
726-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
1-ILOVA

Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament notarius tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni (ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin.Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

2-bob. Murojaat qilish tartibi

5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tadi.

6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.

7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.

9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat bo‘yicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.

10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;

tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;

soliq yoki kommunal xizmatlardan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan ko‘p kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va to‘siq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lmasa;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.

3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi

11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud bo‘lmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.

Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.

Bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;

16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);

chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.

Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.

14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.

Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.

Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi bitimlarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qog‘oz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)

Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.

4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi

17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.

Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.

Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, bitimni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.

Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlar tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.

5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi

18. Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.

Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.

Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qo‘yiladi.

Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi

19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi auksionda (kim oshdi savdosida) sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) ko‘chirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
(20-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mulkdor o‘ziga qarashli ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar ko‘chmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki ko‘chmas mulk yoxud uning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaxsga o‘tkazilgan qismi haqida belgi qo‘yadi, shuningdek o‘z imzosi va muhrini qo‘yib, nusxasini olib qoladi.
(21-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitim rasmiylashtirilayotganida, mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr ma’lumotnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan ko‘p kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va to‘siq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi to‘g‘risidagi xulosasi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining ma’lumotnomasi;
(22-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa (garov reyestrida kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa), garovga oluvchining (kreditorning) roziligi;
(22-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimi orqali tegishli mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulklar bo‘yicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalar Tizimda saqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bitimda yer uchastkasining yoki ko‘chmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni haqidagi ma’lumotlar kadastr ma’lumotnomasi va mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki ko‘chmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, shuningdek ko‘chmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qo‘shimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi bo‘lmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash xonasiga o‘zgartirgan bo‘lsa yoki boshqacha tarzda o‘zgartirgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish bo‘limining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasini taqdim etishni talab qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimining bunday qarori bo‘lmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimda ularning maydoni kadastr ma’lumotnomasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi mulkdori tomonidan ushbu mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining o‘ziga tegishli ulushini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim matnida ushbu mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibini faqatgina quyidagi hollarda ko‘rsatib o‘tishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari o‘rtasida foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi sud hujjati mavjud bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitim matnida ushbu ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv ushbu mulkning aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi ko‘rsatilgan holda alohida bitim tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda kadastr ma’lumotnomasi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflariga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ko‘zdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv, agar ko‘chmas mulk yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ulushlar miqdorining o‘zgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qo‘shimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini buzish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida ruxsatnomasini yoki ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasini, shuningdek kadastr ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega bo‘lgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qurib bitkazilmagan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Reyestrdan ko‘chirma yoki guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Reyestrdan ko‘chirma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatliligi (yoshi yoki sog‘lig‘i bo‘yicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi bo‘la olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530 — 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini mulk qilib berish majburiyatini olgan shaxsning vafotiga yoki ushbu shartnoma bekor qilingunga qadar notarius tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga taqiq qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruxsati bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi, memorial order, kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari, to‘lov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida ma’lumot ham talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi, hadya shartnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan (vafot etgan shaxslar bundan mustasno) shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimliklaridan olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda, ularning o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmasi (nusxasi olib qolinib, asli qaytarib beriladi) yoxud o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma.
(31-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan ma’lumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada ko‘rsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni sotib olishda o‘zaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi. Bunda bitta ko‘chmas mulk bir nechta shaxslar tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, har bir mulkdorning ushbu mulkdagi ulushi mazkur bandda nazarda tutilgan tegishli miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
(321-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IT-visa”ga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” o‘rniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olishishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalarining ro‘yxatining (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda — M va FRB) doimiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olingan shaxsning doimiy ro‘yxatga olinganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatning 6-bandi asosida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Ro‘yxatning 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va MvaFRBning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini;
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatning 6-bandi asosida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash ushbu shaxslar tomonidan yangi qurilgan narxi shartnoma tuzilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining 3 300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda, mulk huquqi (tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasi asosida) vujudga kelgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan ko‘p qavatli turar joy binolari, qurilish dasturlari doirasida namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar (jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) tushuniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasiga ega bo‘lgan diplomatik korpus xodimlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: ushbu Reglamentning 12-bandida ko‘rsatilgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlardan biri, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar. Ushbu ariza ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa — u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.

Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar yoki o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
(36-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qo‘llaniladi.

Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga huquqiy oqibatini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan ko‘chmas mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius qonunga muvofiq, er va xotinning har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki sud tomonidan ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;

bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;

faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.

38. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.

Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.

39. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning o‘zi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi bo‘yicha olingan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma belgilangan miqdordagi to‘lov undirilgandan so‘ng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov reyestrida bitim predmeti bo‘lgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin notarial harakatni amalga oshirish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan ma’lumotnoma (ma’lumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
(401-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi

41. Mazkur Reglamentning 20 — 40-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan bitimlarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bitim matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq to‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, STIRi to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bitimning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Bitimning matnida (tegishliligiga qarab):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);

bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi;

bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi;
(43-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmeti qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan ma’lumotnoma raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud bo‘lsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa holatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar;
(43-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar ro‘yxati (oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalarida);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulklar bo‘yicha);
(43-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim necha nusxada tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflarning xohishiga ko‘ra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda, uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
(43-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha (yashash joyi bo‘yicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(45-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.

16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Bitim yuzasidan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

46. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘zaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda o‘zaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvarag‘idan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvarag‘ida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnomalar hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.

48. Bitim taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi va bu haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq ko‘chmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar to‘lov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan so‘ng to‘lov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilxatni talab etadi.

9-bob. Bitimni tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi

49. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.

Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.

Bitim to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(49-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.

10-bob. Bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibi

50. To‘lovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.

52. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.

Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.

53. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
541. Notarius tomonidan amalga oshiriladigan ushbu Nizomning 51 — 54-bandlaridagi barcha harakatlar majburiy audio- va videoyozuvda qayd etiladi hamda tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
(541-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Bitim tasdiqlangandan so‘ng ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan notarius tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning o‘zida Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi

57. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.

Bunda, bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqadi;

videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi;

bitimning birinchi tarafi bilan o‘zaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi;

taraflar hamda ularning o‘zaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;

Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qo‘ydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.

Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.

Misol:

Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qo‘ygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.

Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
(57-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.

Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.

Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bog‘liq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;

Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot o‘rnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga to‘liq tushirilishi shart.

Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga to‘liq tanishtirib, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan so‘ng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda bo‘lgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.

Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.

Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

Elektron shaklda berilgan hujjat qog‘ozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.

Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yig‘majild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.

Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib, Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.

Bitimning ikkinchi tarafiga uning so‘roviga ko‘ra bitimning nusxasi o‘zi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. O‘zbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning o‘rniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat va uning noyob raqami shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi

59. Bitimdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 59-bandi asosida izohlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.

Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.

61. Notarial tasdiqlangan bitimni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi, unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi olinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi shuningdek, garov reyestrida ko‘chmas mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi tekshiriladi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov reyestrida bekor qilinayotgan bitim predmeti bo‘lgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin bitimni bekor qilish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.

Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.

Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.

63. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi

64. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;

muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil bitimni tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;

bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(64-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.

Notarius bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytariladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish

66. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.

Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Bitimlarning yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.

Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.

Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.

Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.

70. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.

74. Bitimlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bob. Yakuniy qoidalar

75. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim
(YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala
va huquq layoqatini aniqlash.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

3. Kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali kadastr ma’lumotlari, soliq va kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi hamda ko‘chmas mulk xususiylashtirilgan turar joy bo‘lsa tuman (shahar) hokimliklaridan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

4. Agar ko‘chmas mulk turar joy bo‘lsa, turar joy joylashgan ichki ishlar organiga kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali turar joyda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Avtomatik tarzda.

3. Agar ma’lumot:

kuryerlik xizmati orqali olinsa – bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa – zudlik bilan real vaqt rejimida.

4. Agar ma’lumot:

kuryerlik xizmati orqali olinsa – bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa – zudlik bilan real vaqt rejimida.

3-bosqich

Notarius

Bitim loyihasini tayyorlash va loyihani bitim taraflariga o‘qib berish hamda bitim mazmunini taraflarga tushuntirish.

Hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy
va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Bitimni notarial tasdiqlash, tasdiqlangan bitimni Reyestrga kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish.

1-5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng
15 daqiqa ichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
2-ILOVA

Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va video qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va video qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat bo‘yicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud bo‘lmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yohud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi bitimni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qog‘oz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitim tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitim va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimga ham tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, bitimni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitim tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarjimon yoki surdo tarjimon yohud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius avtomototransport vositasi mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Notarius tomonidan bitimni tasdiqlash davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi va bu haqida bitimda aks ettiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jismoniy shaxslar o‘rtasida bitimni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar mashinalarning texnik pasporti yoki texnik pasport berilmaydigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarning texnik guvohnomasi);
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxo‘rlarga berilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxo‘rlar yoki ularning vakillari ishtirok etib, bitimni imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitimni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar mashinalarning texnik pasporti yoki texnik pasport berilmaydigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarning texnik guvohnomasi);
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda avtomototransport vositasining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida ma’lumot ham talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Budjet tashkilotlarining avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: fuqaroning pasporti, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar. Ushbu ariza avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa — u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tugilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar yoki o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi bo‘yicha olingan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma belgilangan miqdordagi to‘lov undirilgandan so‘ng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov reyestrida bitim predmeti bo‘lgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin notarial harakatni amalga oshirish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning o‘zi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda o‘zaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda, notarius sotib oluvchi taraf sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnoma hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan ma’lumotnoma (ma’lumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Reglamentning 5 — 29-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitimning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bitim matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi;
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar o‘rtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim necha nusxada tuzilganligi haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitim notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi. Bunda, shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
(31-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflarning ixtiyoriga ko‘ra bitimda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
(31-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflarning xohishiga ko‘ra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda, uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
(31-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha (yashash joyi bo‘yicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Bitim yuzasidan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘zaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda o‘zaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvarag‘idan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvarag‘ida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnomalar hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bitim taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi va bu haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq avtotransport vositasi uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar to‘lov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan so‘ng to‘lov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilxatni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Bitimni tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(37-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. To‘lovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning birinchi tarafi bilan o‘zaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar hamda ularning o‘zaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qo‘ydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qo‘ygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Avtomototransport vositasi sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
(44-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat, avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bog‘liq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot o‘rnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga to‘liq tushirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga to‘liq tanishtirib, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan so‘ng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda bo‘lgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan hujjat qog‘ozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yig‘majild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning ikkinchi tarafiga uning so‘roviga ko‘ra bitimning nusxasi o‘zi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. O‘zbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning o‘rniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat va uning noyob raqami shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Bitimdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 46-bandi asosida izohlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuvlarni amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Notarial tasdiqlangan bitimni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yohud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil bitimni tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(51-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Bitimlarning yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Bitimlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

2. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Bitim loyihasini tayyorlash va loyihani bitim taraflariga o‘qib berish hamda bitim mazmunini taraflarga tushuntirish.

2. Bitim va bitim taraflari haqidagi ma’lumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

1. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni notarial tasdiqlash.

2. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlariga hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuborish.

1 — 5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
3-ILOVA

Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notariuslar tomonidan shartnoma notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida shartnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va shartnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar shartnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shartnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yohud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Murojaat qiluvchilar elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli shartnoma loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat bo‘yicha shartnoma loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hollarda shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud bo‘lmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius shartnomani rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi shartnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnoma vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot Tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qog‘oz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan shartnomalar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida shartnomani tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun shartnomani ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan shartnomalarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar shartnomalarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday shartnomalarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi shartnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro shartnomalarni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi shartnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va h.k.) shartnomani tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, shartnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida shartnomani tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, shartnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va shartnomaning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida shartnoma matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi shartnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, shartnoma uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda, notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, shartnoma uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan shartnoma mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar shartnoma bilan birga tikib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan tartibda shartnomani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli shartnomani o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Shartnomani tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shartnomani tasdiqlash uchun notarius quyidagilarni talab qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr ma’lumotnomasi (ko‘chmas mulklar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga (ipotekaga) qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchi va garovga qo‘yuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga (ipotekaga) qo‘yilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy bo‘lsa tuman (shahar) hokimliklaridan olingan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan ko‘chmas mulk bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga garovga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) narsasi ashyoviy huquq bo‘lgan (operativ boshqaruv huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va h.k.) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi. Idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan olingan ma’lumotnomalar Tizimda saqlanadi.
(19-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(19-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq shartnomani tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Notariuslar tomonidan shartnomani tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Notarius amalga oshirilayotgan shartnomaning o‘zi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shartnomani tasdiqlashda notarius garov (ipoteka) narsasi boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga tegishli bo‘lgan mol-mulkka nisbatan taqiq, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa, shartnomani rasmiylashtirishda garovga oluvchining (kreditorning) roziligi olinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan ma’lumotnoma (ma’lumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Shartnoma loyihasini tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Reglamentning 5 — 24-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan shartnoma loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan shartnomaning loyihasi yoki notarial idorada tuziladigan shartnomaning loyihasi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Shartnoma matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnomaning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qanday shartnoma ekanligi (shartnomaning nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga (ipotekaga) oluvchi bilan garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi haqidagi to‘liq ma’lumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi ko‘rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) narsasi bo‘lgan mol-mulk garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga qaysi huquqqa ko‘ra tegishli ekanligi va garovga (ipotekaga) qo‘yuvchining bu huquqini ro‘yxatdan o‘tkazgan yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar garov (ipoteka) narsasi garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa, ijara muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) narsasining baholanganligi haqidagi ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo‘lsa, garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga bo‘lib bajarilishi lozim bo‘lsa, tegishli to‘lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyat ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov (ipoteka) narsasining navbatdagi garovga (ipotekaga) qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi, boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi bilan garovga (ipotekaga) oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma nusxalarining soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, shartnoma matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari bilan bog‘liq shartnomalar taraflarning xohishiga ko‘ra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
(27-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi ma’lumot ham ushbu shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Shartnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir shartnoma alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Shartnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha (yashash joyi bo‘yicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmagan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(29-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Shartnomani tasdiqlashda notarius garovga (ipotekaga) qo‘yilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Garov narsasini almashtirish zaruriyati tug‘ilgan hollarda, garov narsasi garovga (ipotekaga) oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius garovga (ipotekaga) oluvchining garov narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning arizasi asosida garov narsasini almashtirish to‘g‘risida kelishuv bitimini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan garov (ipoteka) shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida ham kelishuv bitim tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Shartnomani tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Shartnomani tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlanayotgan shartnoma, shu jumladan shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Shartnomani taraflar tomonidan imzolash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. To‘lovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shartnoma loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli shartnomani o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra shartnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, shartnomani uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra shartnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, shartnomani uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida shartnomaning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Shartnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Shartnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Shartnomani videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida shartnomani notarial tasdiqlashi mumkin va bunday shartnoma ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartib asosida barcha turdagi shartnomalarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi shartnomalarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnomaning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videokonferensaloqa orqali shartnomani tasdiqlashda tegishli shartnoma kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning birinchi tarafi bilan o‘zaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi shartnoma tuzilayotganligini, shartnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu shartnoma mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berilgan holda shartnomaning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar hamda ularning o‘zaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida shartnoma loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda joylashtirilgan shartnoma loyihasini chop etadi va shartnomaning tegishli qismiga shartnomaning birinchi tarafiga imzo qo‘ydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi va shartnoma bilan birga saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qo‘ygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga (ipotekaga) qo‘yuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma garovga (ipotekaga) qo‘yuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Mulk garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
(39-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat, garov (ipoteka) shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius shartnomani imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga joylashtirilgan shartnoma bilan bog‘liq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali shartnomaning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot o‘rnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga to‘liq tushirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, notarius shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga qanday turdagi shartnoma tuzilayotganligini, shartnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu shartnoma mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi hamda hujjat matnini garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi)ga to‘liq tanishtirib, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi tomonidan shartnoma imzolangandan so‘ng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda bo‘lgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi) A.A.V. (va (yoki) E.M.B.)ning shaxsi men, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi)ning shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan hujjat qog‘ozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yig‘majild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaxlit holga keltirilgan shartnoma shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma uch nusxada tuziladi, bir nusxasi shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi (va (yoki) uchinchi) nusxasi shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga uning so‘roviga ko‘ra shartnomaning nusxasi o‘zi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. O‘zbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning o‘rniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat va uning noyob raqami shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Shartnomadagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (shartnoma ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 41-bandi asosida izohlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Notarial tasdiqlangan shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Notarial tasdiqlangan shartnomani bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar shartnomada bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, shartnomani bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab shartnomani bekor qilish haqidagi qarori (kredit komissiyasining qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va h.k.) olinadi. Shartnomaning barcha nusxalariga shartnoma bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Shartnomaning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani bekor qilishda shartnoma predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi olinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi shuningdek, garov reyestrida ko‘chmas mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi tekshiriladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) shartnomani bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius shartnomani haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda shartnomaning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan shartnoma predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yohud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan shartnomaning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Shartnomaning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan shartnomaning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Shartnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda shartnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday shartnomani amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatsiz fuqaro yohud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil shartnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan shartnoma uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(46-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, shartnomani tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik shartnomani tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda shartnomani tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Notarius shartnomani tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial rasmiylashtirilgan shartnomaning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Shartnomalarning yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Shartnomalar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, shartnomani tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.

60. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

62. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv        mavjud emasligini tekshirish.

2. Avtomatik tarzda.

3. Kadastr ma’lumotlari hamda ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy bo‘lsa tuman (shahar) hokimliklaridan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

3. Agar ma’lumotlar:

kuryerlik xizmati orqali olinsa bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa zudlik bilan real vaqt rejimida.

3-bosqich

Notarius

1. Shartnoma loyihasini tayyorlash va loyihani shartnoma taraflariga o‘qib berish hamda shartnoma mazmunini taraflarga tushuntirish.

2. Shartnoma va shartnoma taraflari haqidagi ma’lumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

To‘lov amalga oshirilgan
vaqtda

6-bosqich

Notarius

Garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash va garov (ipoteka) shartnomasi predmetini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash.

1 va 5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
4-ILOVA

Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan ishonchnomalarni (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va ishonchnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoga qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishonchnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishonchnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga o‘zi kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qiluvchi tomonidan elektron tarmoq orqali ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan yoki notarial idoraga kelib qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda rad etiladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qo‘yish, mol-mulkni boshqa shaklda o‘zgaga o‘tkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi (notarius yordamchisi mavjud bo‘lmagan hollarda, notarial idora kotibi yoki notarius stajyori), ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius yordamchisi (notarial idora kotibi yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Notarius murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Notarius murojaat etuvchi jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Notariusga murojaat etuvchi shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat etgan shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi ishonchnomalarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab vakil tomonidan murojaat etilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qog‘oz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis hujjati bo‘yicha yuridik shaxslarning rahbarlari notarial harakatlarni bajarish uchun ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlashni so‘rab murojaat qilsa, bunday hollarda notarius faqat ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs nomidan ishonchnomani tasdiqlash so‘rab uning vasiysi murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan murojaat qiladilar. Ishonchnomani tasdiqlash haqidagi ariza bilan murojaat qilinganida ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi ishonchnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxs ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab homiyning yozma roziligi bilangina murojaat qiladi. Bunda, homiyning roziligi ishonchnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Agarda alohida ariza ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilishda rozilik bera olmasalar, ishonchnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi. Agarda alohida ariza ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash va shu kabi boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim, ariza va boshqa hujjatlarni tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlashni tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, ishonchnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va arizasining mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida tegishli hujjat matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi ishonchnomani tasdiqlash haqidagi arizani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, ariza uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, ariza uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan ariza mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.

Mazkur bandda belgilangan tartibda arizani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli hujjatni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ishonchnomani rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar ishonchnoma bo‘yicha vakil bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida qayd etib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan tegishli ma’lumotlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ko‘chirma) Tizimda saqlanadi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishonchnoma bir yoki bir nechta vakilga berilishi mumkin. Agar ishonchnoma bir nechta vakilga berilsa, ularning har biri ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni birgalikda amalga oshirishi yoki alohida-alohida bajarishi haqida ishonchnomaning matnida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatda, notarius ishonchnoma bo‘yicha har bir vakilga berilgan vakolatlar doirasini aniqlaydi va bitimni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar ishonchnoma bo‘yicha vakillik qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ishonchnoma matnida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini boshqa shaxsga ishonchnoma berish orqali o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarida ishonchnoma berilgan shaxsda ushbu avtotransport vositasini chet elga olib chiqish huquqi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi yozuv alohida ko‘rsatilishi shart.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va h.k.) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma tasdiqlanganda asosiy ishonchnoma notarial idorada olib qolinadi va mazkur ishonchnoma bo‘yicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan ayrim vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish haqida ishonchnoma tasdiqlanganda esa asosiy ishonchnomaga qanday vakolatlar boshqa shaxsga ishonib topshirilganligi haqida belgi qo‘yilib, undan nusxa olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki notarial idora kotibi tomonidan ishonchnoma loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius ishonchnoma loyihasining qonunchilikk hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan ishonchnomalarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan ishonchnomalarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishonchnoma matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq to‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishonchnomaning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda ishonchnoma beruvchiga tushuntirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishonchnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishonchnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha (yashash joyi bo‘yicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ishonchnomani tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ishonchnomani tasdiqlashda notarius tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlanayotgan ishonchnoma, shu jumladan ishonchnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizimda saqlanadi.
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ishonchnomani imzolash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ishonchnoma loyihasi ishonchnoma beruvchiga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ishonchnomaning barcha nusxalarini ishonchnoma beruvchi (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ishonchnoma beruvchining (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ularning jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ishonchnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ishonchnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qo‘yilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tasdiqlangan ishonchnomaning bir nusxasi ishonchnoma beruvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarida tasdiqlangan ishonchnomalarning elektron shakli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida foydalanish uchun murojaatchilarning roziligi asosida (ularning shaxsi Face-ID tizimi orqali tasdiqlangan holda) davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari tomonidan axborot tizimlari orqali olinishi mumkin. Bunda elektron shakldagi hujjat uning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Ishonchnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga (boshqa notarial idora tomonidan bekor qilingan hollar bundan mustasno) belgi qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ishonchnomadagi qo‘shimcha va tuzatishlar ishonchnomani imzolagan shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 41-bandi asosida izohlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Notarius ishonchnomani haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda ishonchnomaning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga darhol xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli hududiy adliya organlariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Notariuslar tomonidan mansabdor shaxslar tasdiqlagan ishonchnomalarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnoma va ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar notarial idoraga kelib tushgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius saqlash uchun kelib tushgan ishonchnomani tekshirib ko‘rishi va uning qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu haqda darhol ishonchnoma oluvchiga va ishonchnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Ishonchnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda ishonchnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday ishonchnomani amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan ishonchnoma uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnoma qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(46-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ishonchnomani tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik ishonchnomani tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etish haqida murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius ishonchnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytarib beriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Hujjatlarning yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishonchnomalar bilan bog‘liq hujjatlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 5 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnomalarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Ishonchnomalarni tasdiqlash uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Ishonchnoma predmetiga nisbatan taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini aniqlash.

2. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Ishonchnoma loyihasini tayyorlash va loyihani ishonchnoma beruvchiga o‘qib berish hamda ishonchnoma mazmunini tushuntirish.

2. Ishonchnoma va ishonchnoma beruvchi haqidagi ma’lumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Ishonchnomalarni notarial tasdiqlash

1 — 5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma berish notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning matnida guvohnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va guvohnoma berishni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomani rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib murojaat qiluvchi(lar)ga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan murojaat qiluvchi(lar) to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoga qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar guvohnoma berish murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guvohnoma berish ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga o‘zi kelib yozma ariza bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek guvohnoma olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llagan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qiluvchi(lar)ni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qiluvchi(lar) tomonidan elektron tarmoq orqali guvohnoma berish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar u(lar)ning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslarning murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun guvohnoma berishni so‘rab ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan guvohnoma berish so‘rab uning vasiysi murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, guvohnoma berishni so‘rab o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarini xabardor qilgan holda murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro guvohnoma berishni so‘rab homiyni xabardor qilgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslarning murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Guvohnoma berishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, guvohnoma berish paytida u bilan muomala qila oladigan va arizasining mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida tegishli hujjat matnida yozib qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi guvohnoma berish haqidagi arizani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, ariza uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga yozib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilsa, ariza uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan ariza mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan tartibda arizani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaat qiluvchi savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli hujjatni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi (notarius yordamchisi mavjud bo‘lmagan hollarda, notarial idora kotibi yoki notarius stajyori), ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius yordamchisi (notarial idora kotibi yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Notarius guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Meros mol-mulki mulkiy kompleks sifatida korxona yoki meros qoldiruvchining yuridik shaxslar ustav kapitalidagi (fondidagi) ulushdan iborat bo‘lsa, guvohnoma berishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Guvohnoma berishni so‘rab vakil tomonidan murojaat etilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qog‘oz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Guvohnoma berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘r(lar)ning yozma arizasiga ko‘ra guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi oxirgi yashab turgan (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan) joyi hisoblanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi noma’lum bo‘lsa, meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, ko‘chmas mulk bo‘lmagan taqdirda esa, ko‘char mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Guvohnoma matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial okrug nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berilgan sana (so‘zlar bilan qayd qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berilgan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi, vafot etgan sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarindoshlik darajasi, merosxo‘rning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, merosxo‘r chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili, STIRi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosxo‘r sifatida yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros mulki ko‘chmas mulk bo‘lsa, uning joylashgan manzili, tarkibi va tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros mulki avtomototransport vositasi bo‘lsa, uning rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, avtomototransport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros mulkiga nisbatan marhumning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk va (yoki) avtomototransport vositasi bo‘yicha ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan berilgan hujjatlardagi mulkning tavsifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma nechta nusxada berilganligi haqida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berilgan reyestr raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berganlik uchun undirilgan to‘lovlar haqida ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berish uchun asos bo‘lgan meros ishi raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomani bergan notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi, muhr.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosxo‘rlar ixtiyoriga ko‘ra va (yoki) qonunchilik hujjatlariga muvofiq guvohnomada boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
(20-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy bo‘yicha notariusga murojaat etgan merosxo‘rlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi bo‘yicha guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan ko‘char mol-mulkka nisbatan guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar meros qoldiruvchining merosxo‘ri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo‘lsa (transmittent), unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha (transmissar) yoki vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxo‘rning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosxo‘rning (transmittentning) merosxo‘rlariga (transmissarlariga) guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, notarius vafot etgan merosxo‘rning (transmittentning) barcha meros mol-mulki vasiyat qilingan yoki yo‘qligini, merosxo‘rlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, 2019-yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Aliyevga tegishli meros mulkiga uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2020-yilda Samarqand viloyatida vafot etgan farzandining merosxo‘rlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Merosxo‘rlardan biri yoki uning vakili meros qoldiruvchining vafot etganligi haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani notariusga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosxo‘rlardan biri yoki uning vakili meros ochilgan joydagi notariusga murojaat etgan kunning o‘zida notarius Tizim orqali meros qoldiruvchining mol-mulkiga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros ishi ochilmagan taqdirda murojaat etgan merosxo‘r yoki uning vakilidan merosxo‘rlar doirasi ko‘rsatilgan holda meros ishi ochish to‘g‘risida ariza olinadi va notarius Tizimga meros ishini ochish bo‘yicha ma’lumotlarni kiritadi. Bu holda, notarius merosxo‘r yoki uning vakilining shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiyatnoma mavjud yoki mavjud emasligini, agar mavjud bo‘lsa, ushbu vasiyatnoma o‘zgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligini Tizim orqali tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial idoraga shaxsan kelgan merosxo‘rlardan merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar oladi. Merosdan voz kechish haqidagi arizalar notarial tasdiqlanishi lozim.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan bo‘lsa, merosxo‘rning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan bo‘lsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxo‘rga esa arizani notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari yoxud Qonunning 26-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki notarial idoraga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosdan voz kechish arizalarida meros tarkibi ko‘rsatilmaydi va notarial tartibda tasdiqlanadi. Bunday arizalarni tasdiqlashdan oldin muqaddam ushbu merosxo‘r tomonidan merosdan voz kechish arizasi berilgan yoki yo‘qligi Tizim orqali tekshiriladi. Agarda merosxo‘r tomonidan muqaddam voz kechish arizasi berilgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1147-moddasining to‘rtinchi qismi talablari tushuntirilgan holda rad etiladi (voz kechish arizasida merosxo‘r vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan voz kechayotganligi aniq ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros qoldiruvchining eridan (xotinidan) olingan merosdan voz kechish arizasida meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan o‘z ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda voz kechayotganligi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Notariusga murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasiga asosan meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan o‘z ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda meros qolgan mulkka nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish haqida ariza olinadi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan o‘tgan bo‘lsa ham u meros olishga chaqiriladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda bo‘lgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxo‘r deb hisoblanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zini meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb hisoblayotgan shaxs guvohnoma berilishini so‘rab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshi bo‘yicha qaramoqda bo‘lgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishda notarius meros qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz merosxo‘rlari mavjudligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda I yoki II nogironligi bo‘lgan deb topilgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz bo‘lishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlarga vasiyatnoma bo‘yicha o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar majburiy ulushga guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini o‘n kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxo‘rlarning xohishi bo‘yicha) merosxo‘rlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini ko‘rsatib o‘tishi zarur bo‘lsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati notarial idorada qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi o‘tadigan merosxo‘rga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan guvohnomada yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiyatnomada vasiyat qiluvchi meros sifatida turar joyni oladigan merosxo‘r zimmasiga turar joyni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga umrbod foydalanish uchun vasiyat majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lsa notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma matnida turar joydan umrbod foydalanish huquqiga ega shaxs haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Guvohnoma berishda notarius, qoida tariqasida, quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros qoldiruvchining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros qoldiruvchining oxirgi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki uy daftaridan ko‘chirma;
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (bunda meros mulki ko‘chmas mulk bo‘lsa, kadastr ma’lumotnomasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma;
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi. Bunda kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan ma’lumotnoma (ma’lumot) tegishli notarial harakatning hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
(29-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechtasi vorislikka chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan guvohnomaga kiritilishi mumkin. Bu rozilik yozma ariza ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Merosxo‘rlar shaxsan o‘zlari meros ochilgan joydagi notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxo‘rlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ariza notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar meros mulki tarkibiga ov miltig‘i kirsa, bunda notarius O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari (ichki ishlar organlari) tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxo‘rdan talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvarag‘ining ko‘chirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qog‘ozlar turi sifatida aksiyalar balki to‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi a’zosining (ishtirokchi, hissa qo‘shuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (a’zoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning ta’sis hujjatlari yoki bu haqda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxo‘rlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, notarius ko‘rsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda ko‘mak berishi lozim.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Fermer xo‘jaligining mol-mulki qonunchilik hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, fermer xo‘jaligi mulkiy kompleks sifatida merosxo‘rlarga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qog‘ozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxo‘rlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qog‘ozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ma’lumotnomasini talab qiladi. Omonat daftarchalari nusxalari va ma’lumotnomalar meros ishiga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar meros tarkibida banklar va boshqa kredit tashkilotlarida saqlanayotgan omonat pul mablag‘lari mavjud bo‘lib, biroq merosxo‘rlar uni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasalar, bu holatda notarius meros tarkibini aniqlash va uni himoya qilish uchun banklar, boshqa kredit tashkilotlari va yuridik shaxslarga ma’lumotnoma berish haqida so‘rov yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius olingan ma’lumotni faqat vasiyatni bajaruvchiga yoki merosxo‘rlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Guvohnomani rasmiylashtirishda meros mol-mulki taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi bo‘yicha olingan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan, shuningdek, kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa, taqiq va xatlov hamda tegishli yozuv olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berish to‘xtatib turiladi. Garov (ipoteka) shartnomasi asosida meros mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa (garov reyestrida kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud bo‘lsa), garovga oluvchining (kreditorning) roziligi bilan taqiq bekor qilinmagan holda merosxo‘rlarga guvohnoma berilishi mumkin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi merosxo‘rlarga guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxo‘rlarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manziliga ko‘ra vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Notarius tomonidan berilgan guvohnomada ko‘rsatilmagan boshqa meros mol-mulklari bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida qo‘shimcha guvohnomalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa mol-mulkka qo‘shimcha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxo‘rlar murojaat qilganda, ular ham umumiy asoslarda qo‘shimcha mulk bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ba’zi bir merosxo‘rlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Guvohnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning matnida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Guvohnoma berishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha (yashash joyi bo‘yicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSH SHIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Guvohnoma berish uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Guvohnoma berishda notarius tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma, shu jumladan guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(40-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi merosxo‘rlarga berilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Guvohnomani imzolash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Guvohnomaga notarius Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Guvohnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Merosxo‘rlarning xohishiga ko‘ra guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning barchasiga bir nusxada beriladi. Guvohnomaning ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Guvohnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Guvohnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar manfaatdor shaxsning murojaati yoki notariusning tashabbusiga ko‘ra kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki merosxo‘rlarning iltimosiga ko‘ra guvohnomaning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin. Guvohnomaga notariusning tashabbusi bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, bu haqda guvohnoma olgan shaxsga xabar qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Guvohnomaga qo‘shimcha va tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Matndagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Notarial tasdiqlangan guvohnoma sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius guvohnomani haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda guvohnomaning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan guvohnomaning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu guvohnomani belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga darhol xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli hududiy adliya organlariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Guvohnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda notarial harakatni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday notarial harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu notarial harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakat qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakatni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(48-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, notarial harakatni tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni tasdiqlash rad etilgan taqdirda notarial harakatni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius notarial harakatni tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius guvohnoma berishni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytarib beriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial rasmiylashtirilgan guvohnomaning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Hujjatlarning yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Meros ishi bilan bog‘liq hujjatlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar berishning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish, meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasini aniqlash.

2. Murojaat qilinganvaqtda.

3. Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

3. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma loyihasini tayyorlash va loyihani merosxo‘rlarga o‘qib berish va ushbu guvohnoma mazmunini tushuntirish.

2. Guvohnoma va guvohnoma oluvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Tizimga kiritish.

2-bosqichda keltirilgan hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilgan va ma’lumotlar tekshirilganda, meros ochilganidan so‘ng 6 oy ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish

To‘lov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalarni merosxo‘rlarga berish

1 — 5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2020-y., 09/20/726/1524-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)